FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
19.3K subscribers
25.6K photos
4.26K videos
10 files
10.3K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Hududlarda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda

Namangan viloyatining Mingbuloq va Namangan, Xorazm viloyatining Tuproqqal'a hamda Toshkent viloyatining Piskent tumanlarida "Boshqaruv organlari favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmalari hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari" mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/48344

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Самарқандда Президент Шавкат Мирзиёев ва Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедовнинг музокаралари бўлиб ўтмоқда.

В Самарканде проходят переговоры Президента Шавката Мирзиёева и Национального лидера туркменского народа, Председателя Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida FVB, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda daxldor tashkilotlar xodimlari ishtirokida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish va ularni tarqalishini oldini olish maqsadida FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

⭕️ Hurmatli fuqarolar yong‘in boshlangan vaqtdayoq uni o‘chirish katta talofat va moddiy zararlarni oldini oladi.

‼️Yodda tuting,
bu borada birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish eng samarali usuldir.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘i rahbarligida joylarda kuchaytirilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda

Xususan, viloyat hududidagi savdo majmualari va dehqon bozorlarida nohush holatlarning oldini olish maqsadida o‘rganishlar tashkil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maxsus avtotransport vositalari, yong‘in-qutqaruv avtomobillarining erkin harakatlanishini taʼminlash bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan sunʼiy to‘siqlar olib tashlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari FVB xodimlari tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari hamda Farg‘ona viloyati FVB tomonidan o‘tkazilgan "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Ijtimoiy tarmoqlarda “Mingchinor, Istanbul kafesi orqasida yong‘in yuzaga kelgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot

Bugun, 24-aprel kuni soat 14:02 da Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani, Mingchinor MFY, A.Ermatov ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (restoran)larning birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da voqea joyiga yetib borgan va yuzaga kelgan vaziyat soat 14:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha restoranning shamollatish tizimidagi elektr dvigatelda nosozlik sababli qisqa tutashuv yuzaga kelib, tutun hosil bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqmagan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X