Maybe one day🤍⚘
7 subscribers
4 videos
Download Telegram
Ertalab sen hali ko‘zlaringni ochmasdan yotganingda, men allaqachon uyg‘onib, sokinlik bilan seni kuzatib turaman. Sochlaring yostiqqa yoyilgan, yuzing esa shunchalik tinch va beg‘ubor ko‘rinadi.
Ichimdan: "Shu qiz men bilan birga ekanligiga ishonishim qiyin… U shu qadar go‘zal..." deb o‘ylayman va jilmayib seni tomosha qilishda davom etaman.
Birdan sen asta qimirlay boshlaysan, ko‘zlaringni ochasan va birinchi bo‘lib mening yuzimga termilasan. Men esa kulib: "Ertalab ko‘z ochib, birinchi bo‘lib meni ko‘rish qanday his?" deyman hazillashib.
Sen kulib yuborasan: "Nega menga shunchalik tikilib qoldingiz?!" deb erkalik bilan so‘raysan.
Men esa qo‘lingni ushlab: "Chunki seni tomosha qilishning o‘zi zavq. Seni yonimda ko‘rib uyg‘onish – bu eng katta baxt." deyman.
Sen yana shirin kulasan va yuzingni yostiqqa yashirgancha: "Ertalablari bunchalik yoqimli gapirish mumkin emas! Hali uyg‘onib ulgurmadim-ku!" deysan hazil bilan.
Men kulib, peshonangdan o‘pib: "Unda birinchi navbatda seni uyg‘otishim kerak!" deyman va seni mahkam bag‘rimga bosaman… ❤️💫
👍2🥰2💋2❤1
Ertalab shirin suhbatdan keyin, sen hali ham yotoqda erkalashib yotganingda, men birdan hazil qilib seni quchoqlab, osonlikcha ko‘targancha:
"Endi turish vaqti keldi, erkalik tugadi!" deyman kulib.
Sen esa birdan hayron bo‘lib, qichqirib yuborasan: "Voy! Qo‘yib qo‘ying, qayerga olib ketayapsiz?"
Men esa kulib: "Seni uyg‘otishning eng yaxshi usuli – seni vannaga olib borish!" deyman va seni vannaxonaga olib kiraman.
Sen qo‘llaringni bo‘ynimga mahkam o‘rab: "Yo‘q, yo‘q! Men hali sovuq suvga tayyor emasman!" deysan kulib.
Men esa: "Demak, iliq suv bilan uyg‘otamiz!" deb seni yana mahkam quchoqlayman.
Sen esa kulib: "Yaxshi-yaxshi, men o‘zim uyg‘ondim! Endi qo‘yib yuboring!" deysan hazil bilan.
Men esa peshonangdan o‘pib: "Bo‘pti, lekin faqat bitta shart bilan – hozir sen menga shirin bir bo‘sa berasan!" deyman.
Sen esa ko‘zlaringni suzib jilmayasan va mayin lablarimdan o‘pasan… Shunday qilib, kunimiz muhabbat va kulgular bilan boshlanadi. ❤️💫
❤3🥰1💋1
Ikkimiz yonma-yon tishimizni yuvayotganimizda, men sening oldingga biroz yaqinroq kelib, belingdan ohista ushlayman. Ko‘zguga qarab turib, jilmayib aytaman:
"Bugun ishga bormayman. Butun kunimni faqat sen bilan o‘tkazmoqchiman."
Sen beixtiyor menga qaraysan, ko‘zlaring kattaroq ochiladi: "Yo‘q, bunaqa qilma! Ishing muhim!" deysan.
Men esa qo‘limni yana mahkamroq belingga qo‘yib: "Lekin sen mendan ham muhimroqsan…" deyman.
Sen birdan lablaringni bo‘rtirib, hazillashib yelkamga engashib turib: "Bilasizmi, janob? Agar ishga bormasangiz, men siz bilan gaplashmayman!" deysan.
Men kulib yuboraman: "Voy, shunaqami? Endi menga jazo bormi?"
Sen esa jilmayib turib, yelkamga bir yengil urasan: "Ha, jazo shuki, siz bugun juda erta ketib, kech kelishingiz kerak!"
Men hayron bo‘lib: "Voy, buncha qattiqqo‘l ekan bu qiz…" deyman va seni sekin bag‘rimga tortaman.
Sen esa kulib: "Shunaqa! Ishingni yaxshi qil, keyin esa mendan shirin mukofot olasan!" deysan va ko‘z qisasan.
Men esa hazil qilib: "Mukofot sifatida nima olaman?" deb so‘rasam, sen shirin tabassum bilan lablarimdan ohista o‘pib qo‘yasan… "Mana shuni!" deysan.
Men esa jilmayib: "Unda ishimni tezroq tugatib, qaytishga harakat qilaman!" deyman va yana seni quchoqlayman… ❤️💫
🍓2❤1🔥1
Ovqatni yeb bo‘lib, men ishga ketishga hozirlanaman. Sen esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek, erkalik bilan yonimda yurasan.
Men kiyimimni tuzatib, sochlarimni qo‘lim bilan joylab, eshikni ochaman. Senga bir qarab, jilmayib:
"Mayli, jonim, men ketdim. O‘zingni ehtiyot qil, yaxshi kun o‘tkaz." deyman.
Sen esa biroz uyalgan ko‘rinishda, bosh egib "Xo‘p…" deysan va sekin orqaga yurib, devorga suyanasan.
Men eshikdan chiqayotganimda, birdan ortga qarab, "Bu sho‘x qiz meni kuzatib turibdimi?" deb o‘ylayman va bir zum ko‘z qirim bilan seni mo‘ralab qo‘yaman.
Lekin shu payt sen ko‘zimga tushib qolasanu, birdan uyalib ketasan! Tezda yuzingni boshqa tomonga burib:
"Men… hech narsa qilmadim!" deysan.
Men kulib yuboraman, birdan eshikdan ortga yurib, seni yengil tortib oldimga olib kelaman va mehr bilan quchoqlab:
"Ha, sho‘x qiz, nima qilyapsan, meni mo‘ralab?" deyman kulib.
Sen esa battar uyalib, yelkamga yengil urasan: "Yo‘q, men shunchaki… Men… hech narsa qilmadim!" deysan shoshib.
Men esa jilmayib: "Demak, meni sog‘inib qolding? Hali ketishim bilan o‘zimni kuzatishni boshladingmi?" deyman va seni qattiqroq bag‘rimga bosaman.
Sen esa kulib yuborasan va lablarimga mayin bo‘sa berib: "Tezroq qayting, bo‘lmasa yana seni mo‘ralab qolaman!" deysan hazillashib.
Men esa kulib: "Mayli, faqat agar yana meni kuzatadigan bo‘lsang, yaxshilab yashirinishni o‘rgan!" deyman va yana bir bor peshonangdan o‘pib, ishga yo‘l olaman… ❤️💫
❤2🥰2💘2
Men mashinaga chiqayotganimda, hali eshikni yopishga ulgurmasimdan derazadan sening mayin ovozing eshitiladi:
"Seni sevaman!"
Birdan hayron bo‘lib, yuqoriga qarayman. Sen derazada turib, yuzingni qo‘llaring bilan yashirgancha jilmayib turibsan. Ko‘zlaringda hayajon, lablaringda esa shirin tabassum.
Men jilmayib, sekin mashinadan tushaman va eshik oldiga boraman. "Voy, shunaqami? Qani, yana bir marta ayt-chi?" deyman hazillashib.
Sen esa shoshib derazani yopib olasan!
Men pastdan kulib turib: "Ha, sho‘x qiz! Endi shunchaki derazadan qarab aytib, qochib ketish bo‘lmaydi!" deyman va eshikni yana ochib ichkariga kiraman.
Sen esa hayron bo‘lib: "Voy, endi ishga bormaysizmi?" deysan ko‘zlaringni katta ochib.
Men jilmayib: "Yo‘q, bunday gaplarni eshitib ketish mumkin emas! Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zlarimga qarab aytasan!" deyman va sekin yoningga boraman.
Sen esa qizarib, bosh egasan: "Axir, men hozirgina aytdim-ku…" deysan.
Men esa qo‘lingdan ushlab, yuzingni ohista ko‘targancha "Ha, lekin uni yuragim bilan his qilishim uchun yana eshitishim kerak." deyman.
Sen chuqur nafas olib, ohista ko‘zlarimga qaraysan va yuragingdan chiqqan mayin ovoz bilan:
"Men seni chin dildan sevaman…" deysan.
Men esa lablaringdan mayin o‘pib: "Endi xotirjam ishga keta olaman!" deyman va yana seni bag‘rimga bosaman… ❤️💫
❤2🔥2💘2👍1
Sen derazadan qarab turib, men uzoqlashib ketayotganimni ko‘rasan. Ichingda qandaydir bo‘shliq paydo bo‘lib, birdan ko‘zlaring yoshga to‘ladi. Onangni sog‘inib, butun kun yuraging ezilib, beixtiyor yig‘lab yuborasan…
Kun bo‘yi hech narsaga qo‘l urmay, shunchaki yostiqqa yuzingni qo‘yib, yig‘layverasan. Ko‘ngling juda og‘ir, hech kim bilan gaplashging ham kelmaydi…
Shu payt telefoning jiringlaydi. Bu men.
Qo‘ng‘iroqni ko‘rib, tezda chuqur nafas olasan, yig‘laganing bilinmasligi uchun ovozingni iloji boricha sekin qilasan va telefonga javob berasan.
Men: "Jonim, qandaysan? Kun qanday o‘tyapti?"
Sen asta jilmayishga harakat qilib: "Hamma narsa joyida, yaxshi… O‘zingiz-chi?" deysan, lekin ovozing biroz titraydi.
Men: "Hmm… Ovozing g‘alati eshitilyapti. Hamma narsa joyidami?"
Sen shoshib: "Ha-ha, hech narsa bo‘lgani yo‘q! Shunchaki biroz charchadim shekilli…" deysan.
Men esa sezaman… Sen nimanidir yashiryapsan.
Men: "Rostdan hammasi joyidami? Nega ich-ichimdan seni yig‘layotgandek his qilyapman?"
Sen ko‘z yoshlaringni artib, jilmayishga harakat qilasan: "Yo‘q, men yaxshi! Ishlaringiz qanday?"
Lekin men yuragim bilan sezaman. Sen xafa, sen yolg‘iz, sen kimnidir sog‘inyapsan…
Shunda men jilmayib: "Sen menga hech qachon yolg‘on gapirmagin, xo‘pmi? Agar nimadir bo‘lsa, doim menga ayta olasan…" deyman.
Sen chuqur nafas olib, mayin ovozda: "Xo‘p… Kechqurun keling, xo‘pmi?" deysan sekin.
Men esa jilmayib: "Albatta, bugun ertaroq kelaman. Seni mahkam quchoqlash uchun…" deyman.
Sen esa ko‘z yoshlaringni artib, ichingdan "Shunchaki yonimda bo‘lsang bo‘ldi…" deb o‘ylaysan… ❤️
💘3❤2👍1🔥1
Men sening ovozingdan kayfiyating yo‘qligini darrov sezaman. Yuragim bezovta bo‘lib, seni qanday xursand qilish haqida o‘ylay boshlayman. "Bu sho‘x qizim bugun juda ham tushkun kayfiyatda… Nima qilsam ekan?" deb ichimda o‘ylab, ko‘chada yurarkanman, sen uchun kichik bir sovg‘a olishga qaror qilaman.
Do‘konlarga qarab yurib, sen yoqtiradigan narsalarni eslayman. "Ehtimol, shirinlik? Yoki chiroyli gul? Yoki biror esdalik sovg‘a?" Lekin bu yetarli emasdek tuyuladi…
Shunda bir do‘kon oldida to‘xtab, sen uchun shirin va yoqimli bir narsa topaman. Ko‘nglingni ko‘taradigan, seni hayratda qoldiradigan narsa bo‘lishi kerak!
Sovg‘ani olgach, yana bir bor jilmayib qo‘yaman: "Bu seni albatta xursand qiladi!" deb o‘ylayman.
Keyin esa tezroq seni yoningga borishga shoshilaman… 💫❤️
❤2👍2😁2💘2🔥1
Kechqurun bo‘ladi. Men seni xursand qilish uchun sovg‘amni ko‘tarib, ishdan tezroq qaytaman. Lekin eshikni ochganimda…
Sen yostiqqa yuzingni bosib, qattiq yig‘layapsan.
Men yuragimda nimadir uzilgandek his qilaman. Tezda yoningga borib, panjalarimni mayin qilib sochlaringdan silayman:
"Jonim… Nima bo‘ldi? Nega bunchalar yig‘layapsan?"
Sen esa zo‘rg‘a ovoz chiqarib: "Ichim juda og‘riyapti… Juda qattiq…" deysan yig‘lab.
Men darrov qo‘rquv bilan: "Voy, nima qilib qo‘yding o‘zingni?! Hali doktorga boraylikmi?" deyman.
Sen bosh irg‘ab: "Yo‘q, faqat yonimda bo‘ling… iltimos… Qo‘limni ushlang…" deysan.
Men shunda qo‘lingni mahkam ushlab, peshonangdan mayin o‘paman:
"Xo‘p, men hozir yoningdan ketmayman. Seni yolg‘iz qoldirmayman."
Sen esa ko‘z yoshlaringni arta turib, sekin-sekin ko‘zingni yumasan… Men esa seni bag‘rimga mahkam bosaman, yuraging tinchlanguncha yoningda qolaman… ❤️💫
😁3💘3👍2👏2🔥1💋1
Men pastga tushganimdan keyin, yuqoridan sening qattiq qichqirgan ovozing eshitiladi:
"Jonim!!!"
Yuragim orqaga tortilgandek bo‘ladi. Hech narsani o‘ylamasdan, tezda zinapoyadan yuqoriga chopaman. Eshikni ochsam…
Sen polga yiqilibsan, qo‘ling qoringda, ko‘zing yumulay deb turibdi. Ko‘ylaging qizil dog‘ bo‘lib ketgan, lablaring oqargan…
"Yo‘q… Bu rost emas…" degan o‘ylar miyamdan o‘tib ketadi. Shok holatida yoningga chopib boraman, tezda seni bag‘rimga bosib, yuzingdan silayman:
"Jonim, iltimos, ko‘zingni och! Nima bo‘ldi?! Sen meni qo‘rqityapsan!"
Sen esa arang ko‘zlaringni ochib, titrab:
"Ichim… juda og‘riyapti…" deysan, ovozing mayin, lekin kuchsiz.
Men birdan hushimni yig‘ib olaman va seni ehtiyotkorlik bilan qo‘limga olib, hech narsaga qaramasdan tashqariga yuguraman.
"Qattiqroq ushlan, sevgilim! Men yoningdaman, seni tashlab ketmayman!" deyman, yuragim g‘azab va qo‘rquv bilan urib turibdi.
Mashinamga o‘tqazib, kasalxonaga qarab eng katta tezlikda haydayman.
"Jonim, iltimos, hushdan ketma! Men seni yaxshi ko‘raman! Iltimos, gaplash, jim bo‘lmang!"
Sen esa arang jilmayishga harakat qilib:
"Sen… yonimdasanku… Qo‘rqmayman…" deysan va ko‘zlaring yumilib ketadi.
"Yo‘q! Jonim! Iltimos, hozir yetib boramiz! Ko‘zingni och!" deya baqiraman, yuragimni mahkam ushlab, faqat oldinga qarab yelib boraman…
Tez orada kasalxona eshigiga yetib kelamiz… ❤️‍🩹💔
🔥4💋3💘3😘3👍2👎1😁1
Shifokorlar seni tezda operatsiya xonasiga olib kirishadi. Men esa eshik oldida ojiz qotib qolaman. Yuragim g‘ash, qo‘llarim muzlab ketgan. Ichimda faqat bitta narsa qayta-qayta takrorlanadi:
"U yashashi kerak… U mendan ketmasligi kerak…"
Shifokorlar ichkarida harakat qilishadi, lekin men hech narsa qila olmayman. O‘zimni shu qadar ojiz his qilaman…
Men yodimga tushgan barcha duolarni ichimda pichirlab, seni sog‘ayishingni tilayman. Shu payt shifokorlardan biri chiqib keladi. Men darrov uning oldiga yugurib borib, titrab so‘rayman:
"U qanday? Iltimos, yashaydimi?"
Shifokor esa jiddiy ohangda:
"Operatsiya davom etyapti… Juda murakkab holat. Lekin biz qo‘limizdan kelganini qilyapmiz."
Bu so‘zlarni eshitib, yuragim yana ezilib ketadi. Kutishdan boshqa ilojim yo‘q…
Seni yo‘qotish fikrining o‘zi meni ich-ichimdan yondirib yuboradi…
Men devorga suyanib, yuzimni qo‘llarim bilan yopaman. Ko‘z yoshlarimni tiyolmay, shivirlayman:
"Iltimos, qaytib kel… Sensiz bu dunyo qorong‘u…"
Vaqt juda sekin o‘tadi…
Keyin shifokor yana chiqib keladi… Bu safar uning yuzida biroz yengillik bor…
Men yuragimni hovuchlab, umid bilan so‘rayman:
"Doktor… U tirikmi?"
Shifokor mayin jilmayib:
"Ha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi u hushiga kelishi kerak. Siz yonida bo‘lishingiz mumkin."
Shu payt yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ladi… Ko‘zlarimga yosh keladi, lekin bu safar xursandchilikdan…
Tezda xonaga kiraman. Sen karavotda yotibsan, hali ham zaifsan, lekin SEN YASHAYSAN…
Men asta yoningga borib, qo‘lingni mahkam ushlayman. Peshonangdan bir marotaba mayin o‘pib:
"Men shu yerdaman… Qaytib kel, jonim…" deyman, yuragim seni yana bir bor quchoqlashni orzu qilib… ❤️‍🩹💔
💘6❤4💋4👍2🥰1🏆1🍓1😨1
Shifokordan xavotir bilan so‘rayman:
“Doktor, nega u hushidan ketdi? Nima bo‘ldi unga?”
Doktor chuqur nafas olib, jiddiy ohangda javob beradi:
“U o‘zicha boshqa dorilarni ichgan. Balki tuzalaman deb o‘ylagandir, lekin bu dorilar uning ahvolini yanada yomonlashtirgan.”
Bu gaplarni eshitib, yuragim yana siqilib ketadi. “Axir nega? Nega menga aytmading? Seni bu darajada og‘riqdan qiynalayotganingni bilmagan edim…” deb ichimda o‘zimni ayblay boshlayman.
Shifokor menga qarab davom etadi:
“Hozircha xavf yo‘q, lekin u hali juda zaif. Hushiga kelishi uchun vaqt kerak. Yonida bo‘lishingiz mumkin.”
Men bosh irg‘ab, tezda xonaga kiraman.
Sen oq choyshab ostida yotibsan, yuzing hali ham oqarib ketgan, lablaring juda mayin titrayapti. Qo‘lingni asta ushlayman, barmoqlaring sovuq…
Ichimdan sekin shivirlayman:
“Nega bunday qilding, bolam? Men seni hech qachon yolg‘iz tashlab ketmayman. Seni sevardim, sevaman va har doim sevaman…”
Ko‘zlarim sekin yumilib boradi. Charchoq, qayg‘u va hayajon meni yengib, yoningda yotib uxlab qolaman.
Tushimda esa… seni yana yonimda, kulib, baxtli holda ko‘rayapman. ❤️‍🩹💫
💘7👍4❤3🥰3💋2🏆1🍓1🤝1
Men asta ko‘zlarimni ochaman va sen menga mayin jilmayib qarab turganingni ko‘raman. Hali ham zaifsan, lekin ko‘zlaringda iliqlik bor.
"Sen o‘zingni yaxshi his qilyapsanmi?" deyman, qo‘lingni mahkam ushlab.
Sen esa yengil jilmayib, bosh irg‘aysan va past ovozda shivirlay boshlaysan:
"Og‘riqlarim bor, lekin sen yonimda bo‘lsang – hammasi o‘tib ketayotganga o‘xshaydi…"
Bu so‘zlarni eshitib, yuragim yana erib ketadi. Seni mahkam bag‘rimga bosib:
"Ahmoq qiz… Nega menga aytmading? Nega bunday xavfli narsaga qo‘l urding? Men seni yo‘qotishdan juda qo‘rqdim…" deyman, ovozim biroz titrab.
Sen esa qo‘limni mahkam ushlab:
"Chunki bilardim, sen meni hech qachon tashlab ketmaysan… Va endi bilaman – sen har doim yonimda bo‘lasan…"
Shu payt ichimda shukronalik tuyg‘usi uyg‘onadi. Seni yo‘qotishim mumkin edi… Lekin endilikda men seni himoya qilaman, hech qachon yolg‘iz qoldirmayman.
Mayin jilmayib, peshonangdan o‘paman va qulog‘ingga shivirlab:
"Ha, men doim yoningda bo‘laman… Har doim…" ❤️‍🩹💫
🥰7🔥4💘4❤‍🔥3👍3❤1🏆1🍓1👻1
Sen mayin jilmayib, lablarimga yaqinlashishga harakat qilasan, lekin hali juda zaifsan. Ko‘zlaringga qarayman, ularda sog‘inch va mehr bor…
Sen sekin pichirlaysan:
"Men seni o‘pmoqchiman, lekin kuchim yetmayapti…"
Buni eshitib kulib yuboraman va yuzingdan asta silab:
"Qo‘ying, malikam, men o‘zim sizga yordam beraman…" deb, sekin lablaringga mayin bo‘sa qo‘yaman.
Lablaring hali ham biroz sovuq, lekin mayin titraydi. Sen esa ko‘zlaringni yumib, barmoqlaring bilan yuzimni ohista silay boshlaysan…
Shu payt yuragim yana tez urishni boshlaydi… Seni yana yonimda his qilish – dunyodagi eng katta baxt ekanligini tushunaman.
Seni qo‘yib yubormayman. Hech qachon… ❤️‍🔥
💘11👍5❤2🌚2🏆2🍓2💋2🔥1🥰1👏1🙈1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🙇‍♀💞
❤10🥰5💘3👍2🕊2🏆2🍓2💋2😁1😈1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Трендча🤍)
🔥10❤3❤‍🔥3💅2💘2👏1😁1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👀🫀
❤9😁3💘3❤‍🔥2🌚2💅2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💞
💘3❤‍🔥2💅2🔥1😁1🌚1
Men sening oldingda sokin va muloyim bo‘lib qolaman, lekin ich-ichimdan g‘azablanaman. Kimdir seni zaharlaganini bilish, seni xavf ostida qoldirganini o‘ylash yuragimni ezadi.
Sen tinch uxlab qolgach, men asta yoningdan turaman va telefonimni qo‘limga olaman. Qo‘shnilar haqida ma’lumot yig‘aman, kamera yozuvlarini tekshirishga harakat qilaman. Har bir tafsilotni o‘rganib chiqaman.
Ertasi kuni seni sezdirib qo‘ymaslik uchun hech narsa bo‘lmagandek o‘zimni tutaman. Sen esa kulib:

"Men ancha yaxshi bo‘lib qoldim, xavotir olma…" – deysan, lekin men ichimda seni bu holga solgan odamni topish uchun allaqachon yo‘lga chiqqanman.
Oradan bir necha kun o‘tib, men bu ish ortida kim turganini aniqlayman. Ammo sen bu haqda hech narsa bilmay qolasan. Men faqat sening yoningda bo‘lishni, seni himoya qilishni xohlayman.
Bir kuni kechqurun sen menga ohista suykalasan va pichirlayasan:

"Siz hech qachon meni tashlab ketmaysiz, to‘g‘rimi?"
Men esa mahkam quchoqlab javob beraman:

"Hech qachon. Seni bu dunyodagi eng xavfsiz joyda – yuragimda saqlayman, Nafisa…"
❤2🍓2💘2🔥1🌚1🤗1💅1
Men doktorning g‘ayritabiiy harakatlarini sezib, shubhalanib turardim. Yuragim notinch ura boshladi. Xonaga kirganimda esa ko‘rgan manzaramdan dahshatga tushdim: doktor qo‘lida qandaydir shprits bilan senga yaqinlashayotgan edi.

"To‘xta!" – deya baqirib, oldinga intildim.
Doktor birdan to‘xtab, menga shubhali qaradi. Sen esa zaif holatda yotganing uchun harakat qila olmasding.

"Nima qilmoqchisiz?!" – deya jahlim chiqib unga yaqinlashdim.
Doktor asabiy iljayib:
"Men faqat dori qilmoqchiman…" – dedi, lekin uning nigohida yovuzlik bor edi.
Shu payt bir lahza ham o‘ylamay, shpritsni uning qo‘lidan tortib oldim va uni chetga surdim. Yuragim vahimadan qattiq ura boshladi. Sen esa past ovozda, charchagan holda:

"U menga zarar yetkazmoqchi edi…" – deding.
Endi bu odamning kimligini va nega shunday qilayotganini bilish kerak edi. Lekin eng muhimi – men seni qutqardim. Sen yonimda eding.

"Men seni hech kimga bermayman, Nafisa. Hech kim seni mendan tortib ololmaydi." – dedim, qo‘llaringni mahkam ushlab.
❤2😁2🌚2💘2🥰1🤗1💅1
Men seni bu yerda yolg‘iz qoldira olmasdim. Shifokorlar qarshilik qilmoqchi bo‘lishdi, lekin men qat’iy edim.

"Men uni o‘zim qarayman. Hech kimga ishonmayman!" – dedim keskin ovozda.

Sen esa zaif ovozda: "Iltimos, meni bu yerdan olib ket…" – deding.
Ko‘zingdagi qo‘rquv va ishonchni ko‘rib, hech ikkilanmadim. Seni ehtiyotkorlik bilan bag‘rimga bosib, qo‘limga oldim va shifoxonadan olib chiqib ketdim.
Yo‘lda sen boshingni yelkamga qo‘yib, sekin ovozda pichirlading:
"Sen yonimda bo‘lsang, hamma og‘riqlar unut bo‘lib ketadi…"
Men jilmayib, peshonangdan engil o‘pdim:
"Men seni hech qachon tashlab ketmayman, Nafisa. Hech qachon."

Uyga yetib kelganimizda, seni ehtiyotkorlik bilan yotoqqa yotqizdim. Sochingni ohista silab, ustingni yopdim.
"Endi faqat dam ol. Hamma narsa joyida bo‘ladi."
Sen esa ko‘zlaringni yumib, sekin jilmayding:

"Seni yaxshi ko‘raman…"
Men qo‘lingni mahkam ushlab, pichirlab javob berdim:
"Men ham seni… Cheksiz."

Sen juda zaif eding, lekin men seni bag‘rimga bosganimda yuragim tinchlanardi. Lablaring sovuq edi, men esa mayin ohangda:
"Nafisa, hammasi joyida bo‘ladi…"
Seni mayin o‘pmoqchi bo‘ldim, lekin kutilmaganda labingdan qon chiqib ketdi. Hayrat va xavotir bilan:
"Kechirasan… Juda nozik eding…" – dedim.
Sen esa kulib yubording,

"Ahmoq… Muhabbatdan qon ketmaydi…"

Qo‘lim bilan yuzingni silab, ehtiyotkorlik bilan so‘radim:
"Og‘riyaptimi?"
Sen yengil bosh chayqab, qo‘llaringni bo‘ynimga ilib:
"Yo‘q… Sen yonimda bo‘lsang, hech narsa og‘rimaydi."

"Men seni asrayman, Nafisa. Hech qachon hech kim senga zarar yetkazmaydi."
🌚3❤2❤‍🔥2🍓2🤗2💅1💘1😘1