Bobo sizni sog'indim...
siz ketganingizga qancha vaqt boΚ»ldi, bilmayman... sizsiz ichilgan har bir piyola choy - sog'inchga qorishadi. Siz bilan o'tirib, sukunatda non yeganimizni sog'indim.. garchi ko'p gapirmasangizda yoningizda bo'lishning o'zi yetarli edi. Endi esa har luqma - ko'z yosh bilan yutiladi..!
Bobo, sizning ovozingizni sog'indim, o'sha pand nasixatlaringizni, sokin va ishonchli nigohlaringizni, har bir sukunatdagi mehringizni sog'indim. Bobo, pishirgan ovqatlarimni "Ajoyib bolam juda mazali bo'libdi!" deyishingizni sog'indim. Sizga bir piyola iliq choy quyib bera olmaganim, taomlar pishirib sizning oldingizga "bobom yesin" deya qo'yib kuzata olmaganim - ko'nglimda armon bo'lib qoldi. Har safar o'zimga, "Agar bobom tirik bo'lsa bugun qanday bo'lardi?" deb o'ylayman. Men sizning o'sha mexrli maqtovlaringizni sog'indim...
Ba'zida ko'zlarimni yumsam sizning quchog'ingizni his qilgim keladi. Chunki siz bor paytingizda men hech narsadan qo'rqmasdim. Siz bor edingiz men kuchli edim. Men hali pishirib berolmagan shirin taomlarim duoga, sizga olib berolmagan kiyimlarim sadaqaga. Sizni quvontira olmagan so'zlarim - tavba, istig'forga aylandi.
Bobo sizni juda sog'indim...
Siz men uchun duo qilardingiz - endi men siz uchun duo qilyapman...

π12β€βπ₯3β€1
Men biror odamni juda yaxshi
ko'radigan boΚ»lsam, hech qachon hech kimga uning
nomini aytmayman. Uning nomini aytish oΚ»zing uchun
aziz odamning biron zarrasini boshqalarga berib
yuborish bilan baravar....
π"Dorian Greyning portreti"
β€14β€βπ₯3π1
Ba'zan barcha kishanlarni parcha parcha qilib - bariga qo'l siltab, jamiyat qonun - qoidalariga ko'z yumib - o'zni g'oyiblik - bir bo'shliqqa urging keladi...
β€13β€βπ₯2π2
Β«Endi men aminman: hech kim hech kimni yoβqotolmaydi, chunki hech kim hech kimga tegishli emas. Haqiqiy erkinlik mana shundadir β sen uchun eng qadrli boβlgan narsaga ega boβlish, ammo unga egalik qilmaslik.Β»
π"O'n bir daqiqa"
π"O'n bir daqiqa"
β€11π6β€βπ₯1
Inson oβzi rostdan ham xohlagan har qanday narsa uchun albatta vaqt topa oladi...!
Β©Fyodor Dostoyevskiy
Β©Fyodor Dostoyevskiy
β€10β€βπ₯1
Men hech qachon bahslar orqali ilgari nomaβlum boβlgan biron-bir haqiqat ochilganini koβrmaganman. Chunki har kim gβalaba qozonishga intilganda, odamlar koβpincha ikki tomonning dalillarini sinchiklab oβrganish oβrniga, oβz fikrlarini haqiqatga oβxshatib koβrsatishga koβproq eβtibor qaratadilar.
β€10β€βπ₯3
Siz yaxshi ko'rgan qiz hali tuproqga qo'yilmay turib, tanasi sovib ulgurmasdan, siz boshqa ayollarning husni tarovati-yu, Pattining jo'shib kuylagani haqida gapirishga tilingiz boradimi?
π"Dorian Greyning portreti"
π"Dorian Greyning portreti"
β€10π3