🎓 Math in knowledge 🤔
75 subscribers
94 photos
9 videos
24 files
49 links
• Assalomu alaykum!

🗣Kurslar
📝Vazifalar
💻Video Darsliklar
Savol-javob testlar
• Biz bilan qoling va Matematikani 0dan o'rganing! 👨‍🏫

👨‍💻Onlayn kurs bo'yicha 👉
@Azamjonov_2009

🧑‍💻Spam bulganlar uchun 👉
@Azamjonov_2009_bot
Download Telegram
❗️Milliy sertifikat(MS) imtihonlari yuzasidan ko'plab berilayotgan savollarga javoblar(2-qism).⤵️

6️⃣ Dekabr oyida bo'lgan milliy sertifikat natijalarida har bir bo'lim bo'yicha ballar alohida ko'rsatilmadi buning sababi nima?
Javob: Rash modelida ballar alohida ko'rsatilmaydi, endi doim shunday umumiy ball chiqadi.

7️⃣ Milliy sertifikat natijalari necha kunda e'lon qilinadi?
Javob: Oxirgi imtihon o'tkazilgan kundan boshlab 21 ish kunida.

8️⃣ BMBA da haftasiga necha kun ish?
Javob: 5 kun.

9️⃣ May oyida ham matematikadan milliy sertifikat imtihonlari o'tkazildimi?
Javob: Yo'q o'tkazilmaydi.

❤️ Imtihonda qiyin savollarni ishlasa ko'proq ball beradimi?
Javob: Ha nisbatan, lekin qiyinlarni ishlagandan ko'ra ko'proq ishlashga harakat qilish kerak.

✉️ MS yuzasidan yana sizni qiziqtirgan savollar bo'lsa izohlarda qoldiring!

👉 @idcuz_pdf
👍1
🌿 NAVROʻZ BAYRAMI MUBORAK! 🌿
Azizlar! Barchangizni kirib kelagan Navroʻz ayyomi bilan tabriklaymiz!

Uyingizga fayz-u baraka, qalbingizga tinchlik va xotirjamlik yor boʻlsin.

Yaxshi niyatlar, ezgu orzular albatta ijobat boʻlsin!

@mathinknowledge
@idcuz_pdf

Bayramingiz muborak boʻlsin!
Forwarded from Behzod_teacher
Navro‘z va hayit bayramlari sabab milliy sertifikat javoblari kechikadimi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, milliy yoki chet tili imtihon natijalari imtihon yakunlangan kundan boshlab 21 ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan imtihon natijalari faqat ish kunida hisoblanadi. Bu degani, har qanday qo‘shimcha dam olish kunining natijalar e’lon qilinishiga ta’siri bo‘ladi.



Kimyo, geografiya va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari o‘tkazildi.



Endi barcha dam olish kunlarini chiqarib tashlab, 21 ish kuni qachongacha davom etishini hisoblaymiz.



Mart:

9–13 mart → 5 kun (1–5)
16–19 mart → 4 kun (6–9)
20–23 mart → dam olish kunlari
24–27 mart → 4 kun (10–13)
30–31 mart → 2 kun (14–15)


Mart oxirigacha 15 ish kuni yakunlanadi.


Aprelda esa quyidagicha:


1–3 aprel → 3 kun (16–18)
6–8 aprel → 3 kun (19–21)

Demak, bundan kelib chiqadiki, 2026-yilning I yarim yilligida o‘tkazilgan kimyo, geografiya va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihon javoblari 8-9-aprel kunlari e’lon qilinadi.
Bo'sh utirmay ishlanglarchi 🤔
👌1
👍2
Forwarded from IDC PDF 📚
Uzum karta ochsalaring shu silkadan ochinglar 👌
🤷‍♂1
Bepul Uzum kartani rasmiylashtirishga taklif qilaman — u bilan komissiyasiz o‘tkazmalar, Uzum Marketda 30% gacha chegirmalar, 20% gacha keshbek, bepul naqd pul yechish, istalgan maqsad uchun 25 mln so‘mgacha limit va boshqa aksiyalarga ega bo‘lasiz

https://b.2u.uz/ref?c=50&a=7vJoQa1XKE
O'quv markazimizning kanali uzizgiz ham qushiling va tanishlarga yuboring!!!
👍1
Mana endi darslarni boshlaymiz. Inshaalloh 🤲
👍2
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang
#abituriyent

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari tugagunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Qabul boshlandi
#abituriyent

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Muhim joylari:

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

fanlar majmuasini tanlaganda qaysi yo‘nalishlarga mos kelishi haqida ma’lumot chiqadigan bo‘libdi, bu ancha qulay;

agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 206 ming so’m miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa (arizani tahrirlasa) bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈