MATH SOLVER | SAT
1.28K subscribers
14K photos
930 videos
1.5K files
1.61K links
-MATEMATIKAdan XALQARO va O'ZBEKISTON Universitetlarga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
-Variantlar va uning yechimlari;
-Isbotlashlar;
-Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar

Shaxsiy murojaat uchun :
https://taplink.cc/boburnormatov
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fikr

Turkiyada namoyish qilingan vodorod yoqilgʻisida harakatlanuvchi mashina.

Mashinaning qulay tomoni vodorod zaryadlarini haydovchi osongina almashtirishi mumkin.

Bu mashina NamX HUV yoʻltanlamas, Yevropa maxsuloti boʻlib, jami 6 ta zaryad bloki bor, mashina toʻliq yoqilgʻi bilan 800 km yura oladi.

Agar vodorod yoqilgʻisi avtosanoatga toʻliq kirib kelsa, elektromobillar uchun jiddiy raqobat yuzaga keladi.

Siz yangi GM ONIX oʻrniga shundan olgan boʻlarmidingiz?
Fikringizni yozib qoldiring.

♻️@math_solver
#fikr

🚩Muammolarning mutaxassislar bilan bog'liqligi

©Normatovsmind
#fikr

Endi dunyoni naqadar qattiq sevishingni o‘ylab ko‘r! Senga dunyoni qanchalik sevdirganimni ko‘rdingmi? Allohning huzurida, namozda ekaningda ham hayolingga pul, mol-davlat, ertaga nima sotib olishing, qayerga borib, nima yeyishing haqidagi dunyoviy narsalarni keltiraman. Har doim senga “Odamlar nima deydi, men odamlarga nima deyman?” kabi savollarni berdiraman. Ataylab “Alloh nima deydi, Uning huzurida holim nima bo‘ladi?” degan savollarni eslatmayman. Qanday o‘lishingni emas, bu hayotda qanday yashab, kayfu safo qilishingni yodingga solib, umringni o‘tkazib yuboraman. Seni mag‘lub qilib, nog‘oramga istaganimcha o‘ynatyapman.

Men (bas qil, ey nafs)”
©Fotih Duman

©Normatovsmind
#fikr

​​❗️Diplom uchun harakat qilmang! Diplom yaqin kelajakda hech narsani hal qilmaydi

«Yildan yilga barcha OTMlarning birinchi kurs talabalari uchun kredit-modul tizimi joriy etiladi. Bu tizimda o‘qish uchun talaba o‘z ustida ko‘proq ishlashi kerak. Agar o‘z ustida ishlamasa, uning kursdan qolish ehtimoli oshadi va o‘qishni tugatishi uchun 8 yil muddat beriladi», deya oliy ta'limda yangi tizimga o‘tilayotgani haqida ma'lum qilgan edi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

«Bizda OTMga kirdingmi, bitirib ketishing shart degan fikr singib qolgan. Bu noto‘g‘ri va endi bunday bo‘lmaydi. Hozir OTMlarda talabalar soni yetarlicha. 5-6 yil oldin talabani haydasa, shtat qisqarib ketadi, degan fikrlar bo‘lgan. Endi talabalar ham, ota-onalar ham OTMga kirgandan so‘ng faqat diplom olishini emas, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib chiqishini o‘ylashi kerak.

Diplom yaqin kelajakda hech narsani hal qilmaydi. Sababi kadrlar soni ko‘paygach, raqobat ham oshib boradi.

Shu paytgacha bizda faqat ehtiyojga qarab kadr tayyorlangan. Ehtiyoj 50-60 ming ekani hisobga olinib, shuncha kadr tayyorlangan va bu bitta joyga faqat bir nafar odam ish uchun talabgor bo‘lib borganini bildiradi. O‘z-o‘zidan bitta o‘ringa 5-6 bitiruvchi borsa, bu yerda ish beruvchi ham o‘ylab, o‘ziga foyda keltiradiganini ishga oladi. Natijada, ishga kira olmagan qolgan bitiruvchilar ikkinchi mutaxassislikda o‘qiydi, o‘qisa ham yaxshiroq o‘qiydi. Yoki malaka oshirish kurslariga borib o‘z ustida ishlaydi.


©️Normatovsmind
#fikr

🚩 34

Yaqinda 34 ga ham to'laman. O'tgan davr man uchun katta vaqt. Shu sababli 15-25 yoshli ukalarimizga o’zimni kichik tajribamdan kelib chiqib quyidagi maslahat va fikrlar haqida o’ylab ko’rishni tavsiya qilaman.

1. Iymoningizni but qiling, ibodatda bo’lishni o’rganing. Qilgan xatolaringiz uchun tavba qilishni unutmang.

2. Qilgan xatolardan tog’ri xulosa chiqarishni va bo’lib o’tgan ishlardan faqat yaxshi dars va hotiralarni saqlab qoling.

3. Ota-ona va aka-ukalaringiz sizning eng yaxshi suyanchig’ingiz.

4. Do’st tanlashda adashmang! Sizni atrofingizdagilar sizni kimligingizni belgilab beradi, siz ham ularga qarab o’sasiz, ular ham sizga qarab o’sishadi.

5. Yaqinlaringiz borligiga shukur qiling, lekin birinchi o’rinda Allohga, keyin o’zingizga tayanishni o’rganing.

6. Networkni kattalashtiring! Doim yoningizda bo’ladigan do’stlaringizdan tashqari, yaxshi hamfikr tanishlar ham sizga hardoim yordam beradi.

7. Har bir o'rganayotgan sohangizdan o'zingizga ustoz toping va uni har doim hurmatini joyiga qo'ying.

8. Til o’rganing!

9. Consistency is the key of success!

10. O’zingizni hech qachon birovga solishtirmasdan o’zingizni ustingizda ishlashga odatlaning. Zo’rdan baribir zo’r chiqadi. Kechagidan yaxshiroq bo’lishga harakat qiling.

11. Harakat bo’lmasa, iqtidorni foydasi yo’q. Va aksincha, iqtidoringiz bo’lmasa ham siz birinchi bo’lishingiz mumkin. (Hard work beats the talent, when talent doesn’t work hard)

12. Birovni dilini og’ritmang, hamma narsa o’zingizga baribir qaytadi. Ammo g'ururingizni to'kishlariga yo'l qo'ymang.

13. Orzu qiling lekin reallikdan chiqib ketmang!

14. Hayotda hamma narsa ham sizga bog’liq emas, ming harakat qilib o’lib tirilganingizni foydasi yo’q narsalar bilan to’ldirmang. Holatingizga shukur qilib voz kechishni o’rganing.

15. Yoqotilgan kun, bu yoqotilgan imkoniyatlar demakdir.

16. Vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamasdan tog’ri hordiq chiqarishga o’rganing.

17. Sog’lig’ingizga e’tibor bering. Yomon odatlardan uzoq bo’ling, sport bilan shug’illanishni boshlang.

18. Pul bu vosita, lekin ko’p pul ko’proq imkoniyatlar demakdir. Pulni tejashni va u bilan tog’ri muomila qilishni o’rganing. “Yaxshi kun”ga pul olib qo’ying ammo pulni "Qora kun"imga deb saqlamang chunki agar shunday maqsad qilsangiz o'sha qora kun albatta keladi va pullaringiz o'sha kunga sarf bo'ladi.

19. Moddiyatingiz yetarli bo’lsa, sayohatga chiqing.

20. Rejimda ish bajaring, oson yumushni bajarib o'zingizni xursand qilavermasdan, qiyin ishlarni bajarishga intiling.

21. Vaqtingizni har bir soniyasi uchun javob berishingizni unutman.

22. Allohga chin dildan ixlos bering va hamma ishda faqat o'zigagina tavakkal qiling.

23. Har bir fan yoki ilmni xurmat qiling, ustoz uchun dars qilmang.

24. Ota-onangiz va ukalaringizni sizning ustingizda haqlari bor ekanini unutmang.

25. Doim borliqni tushunishga va tafakkur qilishga o'rganing.

26. Eng muhim maqsadlaringizni biling.

27. O'qigan faningizdan to'lovlarni o'z vaqtida kechikmasdan to'lang. 😂😂😂

28. Uzun postlardan qo’rmang, oxirgacha o’qishga odatlaning va oxirida like bosib qo’ying. Do'stlaringizga Share qilsangiz yana yaxshi 😅

Ps : 34 ta maslahat bermoqchidim yetmay qoldi.
(Keyin 27- maslahat ham yoqmagani aniq ) 😃😃😃

©️Normatovsmind
#fikr

Bugun nimagadir Erkin Voxidovning mana shu sheʼrini koʻp eslayapman:

Egil, oʻzni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yoʻtalganga oʻn besh yil,
Aksirganga yigirma.

Kar boʻl, koʻr boʻl, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga oʻn besh yil,
Eshitganga yigirma.

Qalamingni dushman bil,
Qogʻoz uzra jildirma,
Roman yozsang - oʻn besh yil,
Doston yozsang - yigirma...

©️Normatovsmind
#fikr

🚩 Soat 16:00 larga borib qorin ochqab qoldi. Shu payt google bratishkadan nima yeyishni so'rardim.
(Nima yeyishni qorindan emas, google dan so'raydigan zamonga ham yetib keldik veeey😆)

Hayolga
fikr keldi : Shashlik yozsammi yoki kabob.

Google dan javob :


Shashlik turkiycha so'z. Sish - six. Sishliq - sixga terilgan go'sht, degani.

Kabob esa forscha so'z. Kuydirmoq degan ma'noda.

Man shashlik ruscha so'z deb yurarkanman,
ux ti pogodi google

©️Normatovsmind
#fikr

Tv da tinmay reklama boʻlayotgan dorilarni koʻrib - biz kasal Xalqmizmi devorasan kishi....

Tinmay aylanayotgan seriallarni koʻrib biz bekorchi Xalqmizmi devorasan kishi...

Qadamda choyxonayu oshxonalarni koʻrib  biz yomonam qoringa mexr qoʻygan Xalqmizmi devorasan kishi...

Qadamdagi sharob doʻkonlarini koʻrib biz koʻp ichivchi Xalqmizmi devorasan kishi...

Gaz oʻzimizda boʻla turib oʻtin, koʻmir, tappi yoqsang  sabrimizga qoyil devorasan kishi...

Manaviyatni, oilaga xurmatni oʻrgatadigan kitob qolib Tushlar taʼbiriyu, Oshxona sirlari, Dubaydagi Kelin kitoblarini oʻqib afsuslanasan kishi...

Kim uzarga toʻylar, uylar qurilishini, man-manlikni koʻrib Habba devorasan kishi...

Mardikor bozoridagi odamlarni koʻrib vijdoning qiynaladi kishi..

Ammo men bunday voqealardan bexabarman, chunki koʻzim koʻr, vijdonsiz soqovman...!

Buyuk kelajakni faqat  sogʻlom, baquvvat, ilmli  bilimli Xalqimiz bilan qurish mumkin!

©Dima Qayum
#fikr

♨️ Odatda dam olish kunlari mening asosiy hobbiyim kino ko'rish bo'ladi, bugun erta tong 6:00 dan boshlab 3-kinoni ko'rib tugatdim. (o'rtada yarim soat choy ichib olishga ketdi 😜). Oxirgi ko'rgan kinoyim ushbu "Qo'g'irchoq" filmi bo'ldi. Bir so'z bilan aytaman hindlar detektiv kino ishlashda Golivudga yetib olmoqda qoyil.... Sizga ham tavsiya qilaman

🎯 Link : http://uzmovi.com/tarjima-kinolari/5079-qogirchoq-premyera.html


©️ Normatovsmind
#fikr

⭕️ Bekorchilikda ilm.....

Bugun Canada da yashaydigan bir blogger akamizni ajoyib video postlarini ko'rib qoldim. Rasmda ko'rib turganingizdek bir vaqtda 3 ta quyosh chiqqandek holat tasvirlangan. Ajoyiba, buni nima ekanini qiziqib Google amakiga murojaat qilgandim, u kishi Wikipedia tog'amga jo'natdilar.

Wiki tog'a esa :

Perigeliy (peri... va yun. helios — Quyosh) — Quyosh atrofida ellips, parabola yoki giperbola boʻyicha harakatlanayotgan osmon jismi orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi. Sayyoralarning gʻalayonlovchi kuchlari taʼsirida P.ning fazodagi vaziyati oʻzgaradi. Mac, tortishish qonunlariga muvofiq Merkuriy perigeliyi oʻzgargani aniqlangan. P.dan Quyosh markazigacha boʻlgan masofa P. masofa deyiladi.

Ushbu ma'lumotlarni berdi. Shuncha tabiat mo'jizalari juda ajoyib.

©️ Normatovsmind
#fikr

📌 Bergan topshiriqlaringni chiroyli va to'liq bajarmasdan, "rivojlanish uchun yana nimalar qilay" degan shogirdlarni tushuna olmay o'tib ketsam kerak. .....

©Normatovsmind
#fikr

🚩 Work&Travel ham kiradigan joyiga kiribdiyu Uzbdan. O’tgan yili kelganlar ko’pi qaytmabdi.

Hozir 5/95 viza olish, hammaga reject beryabdikan interviewda.

©️Normatovsmind
#fikr

Nima deb o'ylaysiz rasmda nima reklama qilinmoqda...


♻️@math_solver
#fikr

⭕️ Ikki kundan beri YANGI KONSTITUTSIYA dagi manabu modda mani rosa o'ylantiryapti :

76-modda.

Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.


🚩 Matematiklar aniq va to'liq ma'lumotlar bilan ishlashga o'rganib, qolishgan shekili manda shu nikohlanuvchilar
jumalasi rosa erish tuyilyaptide, shu jumlani erkak va ayol ga o'zgartirsak bo'lmasmidi deymanda. Yevropada agar yoqib qolsa taburetkaga uylanishga ham ruxsat berilayotganda bu jumlani aniq qilib belgilab qo'yilsa yaxshi bo'lardi.

Bu mani subyektiv fikrlarim.....

👨🏻‍💻 : Siz bunga qanday fikrdasiz ?

©️Normatovsmind
#fikr

❗️Stress...

Hamma kasalliklarni kaliti, erkak kishini ishdan olib qo'yadigan va hayotdan maqsadini unuttiradigan qurol.

Jamiyatda motivatorlar ko'paygani sari stressga tushadigan insonlar ham ko'payadi.

Bir narsani unutmang, motivatsiya yolg'on. Disiplin esa muvaffaqiyat kaliti. Eshitgan motivatsiyalaringiz sizni hayotingizda foyda bermaydi. Chunki hammani hayoti va taqdiri har xil.

Sizni butun hayotingiz motivatsiyangiz, ota-onangiz motivatsiyangiz. Shu dunyoda hech narsa stressga tushishga arzimaydi.

Stressga tushgan insonlarni haloskorlari ko'p harakat(GYM 💪), to'g'ri ovqatlanish va ibodat qilish.


©Normatovsmind
#fikr

Yoshlar: ”Millioner bo’lmoqchiman”

Aksar yoshlar millioner bo’lish, tezroq boyishim kerak degan fikr bilan ovora bo’layotganday tuyuladi.

Manimcha hozirgi hoyotdagi millionerlar 17-18 yoshida kelajakda millioner bo’laman deb o’ylamagan bo’lsa kerak, manimcha!
(Konturprimer bo’lsa, bilmadim!)) )

Niyatni yaxshi qilish kerak albatta, lekin bu g’oya hayotdagi asosiy maqsad bo’lishi to’g’ri bo’lmasa kerak.

Ko’pgina millionerlar
insonlarning og’irini yengil qilishga harakat qilishi, qandaydir jamiyat uchun foydali loyihalarni amalga oshirishi ortidan bu maqomga erishgan bo’lishi kerak, katta ehtimol bilan.

Yoshlarning ko’proq har bir harakati uchun qandaydir mablag’ talab qilishi yoki tekinga tajriba to’plash imkoni bor vaziyatlardan voz kechishi fikrimning yaqqol isboti deb hisoblayman.

Hurmatli ukalarimiz, singillarimiz tushunamiz 21-asr, “tekinga mushuk oftobga chiqmaydi degan maqolni yoddan bilasiz” lekin yashashning mazmuni faqat ko’proq daromad topishdan iborat emas va Sizning oliy maqsadingiz bo’lishi NOTO’G’RI!
Bu bilan ko’proq daromad qilishdan qaytarmoqchi emasman, Mablag’ asosiy maqsadlaringizdan, hayotdagi pozitsiyangizning pastroq bo’g’inlaridan birida joy olishi to’g’ri bo’lsa kerak.

Yaqinda bir iste’dodli, iqtidorli o’quvchi bilan gaplashib shu fikrlar o’tdi xayolimdan.

Bor iqtidoringizni yanada yuksaltiring, ustingizda mustaqil ishlashdan to’xtamang, odamlarga yordam berishni, jamiyatga foyda keltirishni niyat qiling, reja qiling va buni amalga oshiring, ishonch bilan aytaman o’zingizga ham foyda keltirasiz, obro’ e’tiborga ham daromadga ham erishasiz.


©Normatovsmind
#fikr

⭕️ Bugun zarurat bilan bitta mashhur avtosalonga kirishga to'g'ri keldi. Chetdan kuzatib turarkanman, hali beri o'zbeklarda pul ko'pligiga amin bo'ldim. Hamma buyum vasvasasiga tushgan....

Eng qizig'i oyog'ida Madikor (bizni xalq tilida shunaqa deyishadi) shippak, soqollari o'sgan, kiyimi bezparyodok bir yigit va shu alfozdagi farzandi ham bor yonida otasiga mashina olyapti. Sekin suhbatga tortsam Rossiyadan 4 yil deganda kelibti va otasiga mashina olib bermoqchi ekan, Yana qancha deng 460 000 000uzs..... Sekin suhbatni davom ettirib Toshkentdan uyi bor yo'qligini so'raganimda, yana 2-3 yil ishlab uy olish uchun ishlagani keyishini aytdi (Ilojim niyatiga yetsin)....

Shunda o'ylab qoldim, Mashina yoki qandaydir buyum uchun shunchalik chirib ishlash qanchalik zarur, undan ko'ra o'zi, oilasi va farzandlari uchun yashash muhimroq emasmikan. Ayniqsa farzandlari ta'limi uchun investitsiya qilinsa bundan ko'proq maqsadlarga erishishni qachon tushinarkanmiz deb, sochim oqarsa kerak.

Yana bilmadim, har kimda maqsadlar turlicha bo'ladiku, bali man noto'g'ri fikrlarman.

Siz shunday vaziyatlar uchun qanday fikrdasiz ?

©️Normatovsmind
#fikr

🎯 O'lmasdan turib o'lish :
Nafsi amoradan - nafsi lavomaga o'tishdir

Jarayonlari :
1.Iymon
O'g'risi -shayton
Qo'riqchisi - La ilaha illaloh

2. Namoz
O'g'risi - johillik
Qo'riqchisi - himmat

3. Sahovat
O'g'risi - bahillik
Qo'riqchisi - Mehr-shavqat

4. Ilm
O'g'risi - takabburlik
Qo'riqchisi - shikastalik

Bir joyda do'stimiz shu mavzuga sal kirgandek, bo'libtilar....
Ammo bu mavzuda bizlarni hali aqlimiz kamlik qilishini eslatmoqchiman

Zero :

Ilohiy bandaman bechoradurman
Havoyi nafs ila ovoradurman.
Yururmam barcha nuqsonima iqror,
Musulmon o'gli qilmas iwlarim bor.

Maningdek osiy bulgaymi jahonda,
Gunohim zohirindin ko'p nihonda.
Netay chun ayni aqlim beziyodir,
Amal ham yo'q agar qilsam riyodur......


©️ Normatovsmind
#fikr

🚩 "Я живу в доме за $50 000 в Бока-Чика, где находится наш космодром Starbase. Я арендую его у SpaceX. И это здорово. Единственный дом, которым я владею, - это дом для мероприятий в районе залива."

©Илон Маск

Ps : Quyidagi rasmda Ilon Maskni "vagon" uyi, milliarderni uyiga xam uxshamaydi. E dovdir M.Gorkydan, Rakat yoki Kosmonavtlar metrosi yonidagi mahallalardan uy olib ko'chani boshiga oxrana qo'yib tashlamaysanmi ?
Nest one dan 2 etajni sotvolmaysanmi, g'ir galdir ekansan Ilonjon......
E qo'shnimni sigirida ham 2 etajli 6x6 yashash joyi bor e, BOXABL misha, e o'ynab qo'yay bundaychikin kulbangdan

Bu odamlarga nima motivatsiya berishi mumkin!?

©Normatovsmind