MATH SOLVER | SAT
1.28K subscribers
14.2K photos
977 videos
1.55K files
1.67K links
-MATEMATIKAdan XALQARO va O'ZBEKISTON Universitetlarga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!!
-Variantlar va uning yechimlari;
-Isbotlashlar;
-Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar

Shaxsiy murojaat uchun :
https://taplink.cc/boburnormatov
Download Telegram
#fikr

🎯Bugungi "YOSHLAR GRANTI" loyihasining 2- suhbat bosqichidan olgan xulosalarim:

Salbiy fikrlar
:

1. Suhbatdagi 80% yoshlarimiz IT sohasiga qiziqadi, ammo IT sohasi yuzasidan biror tushunchaga ega emas (faqat yagona tushuncha ITshniklar ko'p pul topadi...)
2. 80 % yoshlarning shaxsiy fikri mavjud emas, ular asosan Youtube yoki Ijtimoiy tarmoqlardagi "Motivator"lar so`zini o`ziga dastur ul amal qilib olgan.
3. 95 % ukalarimizda kitobga bo'lgan qiziqish mavjud emas, asosan motivatsion (#auf) so'zlar bilan o`zlarini o`rab olganlar.
4. Har ikki gapining birida Alloh xohlasa, alhamdulillah so`zlarini ishlatadigan yoshlarimiz ko`paygan, lekin diniy bilim masalasida -17 baho
5. Aniq maqsadning yo`qligi, bu grantni yutush orqali mablag`ning tejalishi, garchi moddiy jihatdan boy bo'lsada, imkoniyatni boy bermaslik (Aslida ushbu loyiha mazmuni kam ta`minlangan ilmga qiziquvchan yoshlarni saralab olish edi)
6. Kelajakka variantlar ko'pligi (Imkon topilsayu barcha sohalarni egallab tashlashlari man uchun erish tuyuldi).
7. Fikrlash doirasining kengligi Youtube dagi 5-6 ta kanaldan olingan ma`lumot kengligicha (Bu borda, qo`shnim Botirning ham kuchugi yaxshi fikrlasa kerak, uzr ammo lekin)
6. O`z ota-onalaridan ko`ra yana o`sha Motivatorchalarni ustoz piri-komil deb bilashlari, garchi uni hayotda ko'rmagan faqat Ijtimoiy tarmoqlarda ko'ran bo`lsada (shunaqasi ham bo'lar ekanda, bu dunyoda ko`rmagan narsam qolmadi pochti 🤦‍♂️ O to`qqiz Osmon so`zlari.... )
7. Shuncha imkoniyatlarga qaramasadan chet elga ketish (#surish) istagi mavjudligi. (Ba`zilari vaziyatdan chiqish uchun qaytib kelib yurtimizni rivojlantiraman deyishlari ypoishmagan yamoqdek tuyuldi)

Suhbatdan faqat salbiy fikrlar emas IJOBIY FIKRLAR ham oldim :

1. 3-4 % yoshlarimizning mehnatdan qochmasligi barcha qiyinchiliklarni o`z zimmasiga ola bilishi
2. Asosiy motivatsiya Ota-onadan olinishi (Bir ukamizni gapi juda qattiq ta`sir qildi, Ota-bola tomsuvoq uchun loy qorib o`tirganda, bolam yo bu qiyinchiliklarni ilm olish orqali yengasan yokida menga o`xshab loy tepkilab o`tasan degan gapi. Shu gaplardan keyin anavi bratlarni osmon gaplari menga yetib kelmay qoldi aka deiyishi)
3. Haqiqatan ilm bor ammo moddiy muhtojlikka ega yoshlarimizni iqrorliklari
4. Maqsadning aniqligi
5. Yangi START UP loyihalarining mavjudligi
6. Ancha muncha yoshlarimizda diniy ilmning ham oshib borayotganligi


Shaxsiy fikrlarim :
Yoshlar bilan suhbatlashish ancha maroqli, ularning olami shundayki, kosmoslarda uchgisi, quyoshni kunduzi bo'lmasada kechasi zabt etishga 😜 urinib ko`rishi menga yoqdi. Faqat bir narsaga e`tibor qaratishlarini so`ragan bo'lar edim, ota-onalari hamda yurak amriga doim quloq tutib ish ko`rishlari birovlarning balandparvoz gaplariga uchmasliklarini istar edim.
Hurmatli ukajonlar, yolg`ondan tiyiling, o`z ustingizda ishlang, barcha muvaffaqiyatar faqat va faqat mehnat orqali erishiliadi. Ota-Onangizga mehribon ekanligingizdan hursandman, ammo 1-zinadan 5-zinaga birdan qadam tashlab bo'lmasligini, sabr matonat ila yutuqlarga erishishingizni hamda ularning qanchalar totli bo`lishini sezishingizni istayman. Balandparvoz gaplar bilan qorin to'ymaydi.
Oson erishilgan narsalar uzoqqa tatimaydi, Uzoqqa tatiladigan narsalar esa oson erishilmaydi

ENG MUHIM MAQSADLARINGIZNI BILING !

Sizchi bugungi suhbatdan nimalar kutgandingizu, qanday savollar berilishini xohlar edingiz. Kelajakdagi maqsadlaringizni Comment da qoldiring

©️ Normatovsmind
MATH SOLVER | SAT pinned «#fikr 🎯Bugungi "YOSHLAR GRANTI" loyihasining 2- suhbat bosqichidan olgan xulosalarim: Salbiy fikrlar: 1. Suhbatdagi 80% yoshlarimiz IT sohasiga qiziqadi, ammo IT sohasi yuzasidan biror tushunchaga ega emas (faqat yagona tushuncha ITshniklar ko'p pul topadi...)…»
#fikr

❗️Youtube da rivojlangan davlatlarda mutaxassislar yovvoyi hayvonlarni stressdan olib chiqqani haqidagi videolarni koʻrdim. Bir oʻzimizga qarab qoʻydim. Keyin xoʻrsinib, chuqur nafas oldimda, boshqa tomonga agʻnab oldim.

©Normatovsmind
📌 "Malibu" larga kuch yetmagandan so'ng......
#joke #fikr

❗️Bir ukamiz, Aka shu kitobni o'qing yaxshi takliflari bor ekan deydi.....
Bunaqa xato qilish uchun shuncha pulim bo'lishi kerak, uka dedim.

Haddimiz va qurbimiz yetadigan asarlar o'qisak manfaatli bo'ladi, fikrimcha.

Ps : Rasmni Hamidulloga aloqasi yo'q 😜

©Normatovsmind
Yaqinda Londonga koʻchib oʻtaman shekilli. Har holda Qoʻyliq bozordagi loʻli xotin kelajaging tumanli ekan dedi.
🚩 Shogird shi joyida haq edi.....
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚩 Shedevr....

Yo'ldagi shafyorlarga bakovoy oynadan qarashni o'rganishi uchun shuni ko'rsatish kerakmikan deb qolaman ba'zida
🚩 1992 yilda Yaponiyaning unchalik mashhur boʻlmagan Inakadate qishlogʻi aholisi sayyohlarni qanday jalb qilish haqida uzoq bosh qotirib, sholi maydonlarini bezash gʻoyasini oʻylab topdilar. Yaʼni, dehqonlar guruch ekish mavsumi oldidan turli syujetlarni oʻylab topib, uni turli rangdagi guruch navlari yordamida tasvirlaydilar.

Guruch maydonlarida anʼanaviy yapon syujetlaridan tashqari, dunyoga tanish tasvirlar, masalan, Napoleon, Merilin Monro, Mono Liza va mashhur asar qahramonlarining suratlarini ham aks ettira boshladi. Natijada qishloqqa kelayotgan sayyohlar soni keskin oshib, Inakadate nafaqat Yaponiyada, butun dunyoga mashhur boʻla boshladi.

Syujetlar ilgari qoʻlda chizilgan boʻlsa, ayni paytda bu ishlar kompyuter yordamida amalga oshirilmoqda. Hozir 500 mingga yaqin mahalliy va xorijiy sayyohlar aynan sholi maydonlaridagi suratlarni koʻrish uchun shu qishloqqa kelar ekan. Shuningdek, sholi savdosi ham keskin oshgan.

Yaponlarning zakovatiga qoyil qolmay iloj yoʻq.
🚩Shu kunlardagi o'g'irliklar, kazzob-u poraxo'rlarni ko'rib
Buvimdan A.Temur davrini bir hikoyasini eshitgandim yoshligimda, esimda qolganini aytay (qolganicha).
Bir qishloqda bir jarchi b.b kechqurun hammani tinchlantirish uchun hamma yoq tinch deb baqirib qo'riqchilik qilarkan,vuni ovozini eshitgan xalq, xotirjam uxlar ekan uyiga oĝri tushishidan xavotir olmasdan. Kunlarning birida jarchi hayotdan ko'z yumibdi. Og'rilar yolĝiz kampirni bir donagina echkisini oĝirlab ketishibdi. Kampir toĝri A.Temur qabuliga borib bo'lgan voqeani tushuntiribdi. Shunda A.Temur kampirga qarab, jarchi o'lganini bilibsan, nega ehtiyotingni qilib sergak uxlash o'rniga bemalol uxlading desa kampir
-Yurtda podshoh borligi uchun xotirjam uxladim degan ekan.
🚩 Obunachimiz yozyapti:

Yaxshi yangiliklar ham bor — "Prezident qabulxonasi" ishga tushibdi.
​​Sigir.

Bir qishloqchada boʻlib qoldim, hozirdan gaz yoʻq, qishga borib umuman boʻlmas ekan, sovuqqa qarshi asosiy qurol tappi.

Bugun sigir haqida oʻylab qoldim, sigir sut, qatiq, qaymoq beradi, odamlar uni sotib tirikchilik qiladi, albatta oʻzidan koʻpayadi, qariganda soʻyib goʻsht qilamiz, terisigacha sotamiz, bechora hojatga borib ham bizdan qutulmaydi, yo tappini oʻtin qilamiz, yo nuri qilib ishlatamiz.

Menimcha bemalol sigirni ilohiylashtirsak boʻladi. Hindlarning bir narsaga aqli yetganov.

UPD : Bekorga hindlar ko'p korporatsiyalarni boshqarmayotganga o'xshaydi.

P.S. Rasmda rishtonlik Dimaboy.


©tentakminds
🤦‍♂ No Comment.....

Boshqa Sammit o'tkazolmaydiyamda....
​​Бир куни қўй ариқдан сакраган экан, думбаси кўтарилиб кетиб сакраётган пайтини кўриб қолган эчки қўйга қараб “кетинг кўриниб қолди” деб ётиб олиб кулар эмиш.

Латифа тугади, расмга умуман алоқаси йўқ пост.

@tentakminds
❗️Tolibonlar biz eski tolibonlarmasmiz deyishyapti, yangi Afg'oniston bo'ladiyov manimcha

Yangi O'zbekiston qo'shnisi - Yangi Afg'oniston

Вообще у́зингни йу́к,отма 😉
❗️ Uchburchak haqida she'r