Master Komo | Kamola Baxtiyarovna
7.56K subscribers
67 photos
10 videos
2 links
— Bu kanalda Kamola Baxtiyarovna tamonidan tikuvchi & dizayner opa-singillarimiz uchun foydali bilimlar berib boriladi.

🔔 Kanalga obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring!
Download Telegram
Assalomu alaykum azizlarim 💖

O‘quvchilarim uchun darslik maqsadida tikilgan puxavik kurtkam nihoyat tayyor bo‘ldi 🧥
Bu model ustida ishlash jarayonida har bir detaliga, har bir bichimiga va har bir chokiga alohida mehr va e’tibor berildi 💕✂️

Eng muhimi, bu jarayonlarning barchasi o‘quvchilarim uchun qulay va tushunarli bo‘lishi uchun to‘liq video darslik tarzida yozib olindi 🎥📚
Ya’ni, o’quvchilarim nafaqat natijani, balki boshidan oxirigacha barcha bosqichlarni ham o‘rganishligi mumkin 🤍

Aytingchi, ushbu puxavik kurtka kiyilganda qanday turishini ko‘rishni xohlaysizmi? 😍
Agar ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa, albatta model ustida kiyilgan holatini ham sizlar bilan bo‘lishaman 👗

Fikrlaringiz men uchun juda muhim 💬
Komentariyada o‘z fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring 😘👇
102🔥45👏21❤‍🔥9👍5
O‘quvchilarim uchun darslik maqsadida tikilgan puxavik kurtkaning model ustida qanday ko‘rinishini endi tomosha qilishingiz mumkin 🧥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😍44👍33🔥2313🥰8👏5
Kursimdagi har bir dastur va bilimlarni daftarga chiroyli qilib tushirayotgan mening go‘zal o‘quvchilarim 🥹📖

Sizlarning har biringizning mehnatingiz, harakatlaringiz va intilishlaringizni ko‘rib juda quvonaman 💖

Bu bilimlar — shunchaki yozuv emas…
👉 Bu kelajak uchun poydevor 🏗
👉 Bu hunar, bu meros

InshaAlloh, bu bilimlar avloddan-avlodga o‘tib, yana ko‘plab insonlarga manfaat keltiradi 🤲🌿

Har bir o‘quvchimning daftari ham, o‘zi kabi chiroyli va did bilan yozilgan 😍📚

Sizlar bilan faxrlanaman! 💕🌸
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏48👍16🔥108🥰7❤‍🔥5😍4
Oddiy tuxumni qovurishning o‘zi ham aslida san’at 🍳
Uni har kim har xil qiladi: kimdir maromiga yetkazib, tuzini ham, yog‘ini ham, pishish darajasini ham aynan kerakli holatda qiladi 😍👌
Yana kimdir esa shunchaki qo‘l uchida yoki kuydirib qo‘yadi… 😌

Tikuvchilik ham xuddi shunaqa 🧵💫
Bir xil mato, bir xil andoza — lekin natija har kimning yondashuvi, didi va mehriga bog‘liq 💖

Masalan, men ushbu trench plashni o‘quvchilarimga onlayn darslarimda miridan sirigacha, har bir detaligacha o‘rgatdim 🎥🪡
Har bir chok, har bir jarayon — barchasini tushuntirib berdim 🤍

Ammo endi bu plashni ular qanday tikishadi — bu ularning o‘ziga bog‘liq 🌿
Chunki haqiqiy natija bilim bilan birga mehr, sabr va e’tibor bilan yaratiladi

Bu darslarni tayyorlash, syomka qilish va o’quvchilarimga yetkazish oson bo‘lmadi… 😇
Lekin sizlar uchun harakat qildim 💪💖

Darslarni yaqindagina berdim, endi esa o‘quvchilarimdan chiroyli, sifatli natijalar kutib qolaman 😍👏
Albatta, ularning ishlarini sizlar bilan ham bo‘lishaman 📸

Ishoning, mehr bilan qilingan har bir ish — albatta o‘z natijasini beradi 💫💛
101🔥36👍23👏10🤗2