Tizimchi | Nozim Abdulxayev
5 subscribers
1 photo
1 file
44 links
“Murodga qasd qilib yugurgan yetur”

• O’quv markazlarini tizimga solamiz
• O’quv, Sotuv, Marketing
• Qabul, Moliya, Xo’jalik
• Sifat nazorati, Tadqiqot guruhi(new))

@nozimjon_abdulxayev
Download Telegram
Agar admin almashtirsangiz, markaz to‘xtab qolmasligi kerak

Agar bitta xodim ketishi bilan tizim yiqilsa — tizim yo‘q.

Yechim:
• Yozma SOP
• Skriptlar
• Jadval va checklistlar
• Avtomatik hisobotlar

Tizim odamdan kuchli bo‘lishi kerak.

👉 SOP va checklistlar uchun:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
O‘quv markazlar nega “band”, lekin foydasiz?

Ko‘p markazlarda guruhlar to‘la.
Lekin foyda kam.

Sababi:
• Pul qayerdan kelayotgani aniq emas
• Qayerga ketayotgani nazorat qilinmaydi
• Qarorlar hisobotga emas, taxminga asoslanadi

Band bo‘lish ≠ tizimli bo‘lish.

👉 Tizimli markaz qanday quriladi:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Tizim bo‘lmagan markazning 3 ta belgisi

Agar sizda:
• Adminsiz ish yurimaydi
• Bitta ustoz ketsa, guruh yiqiladi
• Egasi bo‘lmasa, hamma to‘xtaydi

Demak muammo odamda emas — tizim yo‘q.

👉 Tizim qurishni o‘rganamiz:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Administrator = markaz darvozaboni

Kim keladi?
Kim ketadi?
Kim qoladi?

Barchasi admindan boshlanadi.

Shu sabab admin:
• Sovuqqon emas
• Beparvo emas
• “Keyin” deydigan emas

Admin — sotuvchi emas, ishonch menejeri.

👉 Admin tizimlari:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Yomon admin sizga qancha zarar keltiradi?

1 oyda:
• 10 ta yo‘qotilgan lid
• 5 ta ketgan o‘quvchi
• 1 ta obro‘ga putur

Bu reklama bilan yopilmaydi.

Yechim — adminni o‘qitish va standartlash.

👉 Standartlar shu yerda:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODN
Qabulda berilishi shart bo‘lgan 5 savol
1. Maqsadingiz nima?
2. Qachon natija kerak?
3. Oldin qayerda o‘qigansiz?
4. Haftasiga nechta dars qulay?
5. Natijani nimada ko‘rasiz?

Savol to‘g‘ri bo‘lsa — guruh ham to‘g‘ri bo‘ladi.

👉 Qabul skriptlari:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Tizim daraxtga o’xshaydi. Tasavvur qiling. Olma daraxtini yaxlit bir tizim deb faraz qilsak, uning org-strukturasi qanday bo’lardi? Nima deb o’ylaysiz?

https://t.me/markaz_tizim
“Qaysi kurs kerak?” — noto‘g‘ri savol

Bu savol mas’uliyatni o‘quvchiga tashlaydi.

Professional admin:
• Yo‘l ko‘rsatadi
• Tahlil qiladi
• Tavsiya beradi

Admin — navigator.

👉 Professional qabul modeli:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
O‘quvchi birinchi darsda qoladimi yoki yo‘q?

90% holatda qaror:
• Qabuldagi munosabat
• Adminning tushuntirishi
• Darsgacha bo‘lgan aloqa

bilan belgilanadi.

Birinchi taassurot — hal qiluvchi.

👉 Retention tizimlari:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Birinchi darsga kelmagan o‘quvchi — yo‘qotilgan emas

Agar:
• 15 daqiqada qo‘ng‘iroq qilinsa
• Sabab so‘ralsa
• Qayta vaqt belgilansa

O‘quvchi 50% holatda qaytadi.

No-show — tizim masalasi.

👉 No-show algoritmlari:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Dars sifati qayerda buzila boshlaydi?

Belgilar:
• Uy vazifasi qilinmaydi
• Savollar kamayadi
• Davomat tushadi

Bu signal.

Sifat — his qilish bilan emas, o‘lchash bilan boshqariladi.

👉 QC tizimlari:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
O‘qituvchini nazorat qilish — ishonchsizlik emas

Nazorat bo‘lmasa:
• Standart yo‘q
• Natija yo‘q
• O‘sish yo‘q

Nazorat = yordam.

👉 O‘qituvchi monitoringi:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Markaz egasi qachon charchaydi?

Qachonki:
• Hamma savol unga berilsa
• Hamma qarorni u chiqarsa
• Hammani u tekshirsa

Bu rahbarlik emas — o‘zini yo‘qotish.

👉 Delegatsiya va tizim:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Agar egasi bo‘lmasa, markaz ishlayaptimi?

Agar javob “yo‘q” bo‘lsa — tizim yo‘q.

To‘g‘ri model:
• SOP
• Hisobot
• Standart
• Nazorat

👉 Egalar uchun boshqaruv:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
Tizim - darxtga o’xshaydi!

1. Ildiz — maqsad va qadriyatlar
Ildizsiz daraxt bo‘lmaydi. Tizimda bu:
• aniq maqsad,
• egasining pozitsiyasi,
• uzoq muddatli niyatlar.
Ildiz kuchli bo‘lsa, tashqi bosimlar tizimni yiqita olmaydi.

2. Tanasi — asosiy model
Bu boshqaruv modeli:
• qaror qabul qilish tartibi,
• moliyaviy oqim,
• vakolatlar taqsimoti.
Tanasi mustahkam bo‘lmagan daraxt shoxlarni ko‘tara olmaydi.

3. Shoxlar — bo‘limlar va jarayonlar
Masalan:
• qabul,
• o‘qituvchilar,
• marketing,
• moliya.
Har bir shox o‘z vazifasini bajaradi, lekin tanadan uzilib yashay olmaydi.

4. Barglar va mevalar — natija
• o‘quvchilar soni,
• daromad,
• sifat,
• obro‘.
Meva — tizimning tashqi ko‘rinadigan natijasi, lekin u ildizdan boshlanadi.

Muhim xulosa:
Ko‘pchilik bargni ko‘paytirishga urinadi (reklama, shovqin), ammo ildiz va tanani mustahkamlamaydi. Shuning uchun tizim o‘smasdan quriydi.

https://t.me/markaz_tizim
Tizimlashtirishni nimadan boshlash kerak?
1. Admin
2. Qabul
3. Dars standartlari
4. Hisobot
5. Nazorat

Hammasini birdan emas — to‘g‘ri tartibda.

👉 Boshlovchilar uchun yo‘l xarita:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
📌 O‘quv markazi nechta bo‘limdan iborat bo‘ladi?

To‘g‘ri tizimlangan o‘quv markazi 6 ta asosiy bo‘lim asosida ishlaydi. Har bir bo‘lim aniq vazifaga ega bo‘lib, markazni barqaror va boshqariladigan qiladi.

1️⃣ Akademik bo‘lim (Ta’lim)
— Darslar, dasturlar, sifat nazorati
— O‘qituvchilar va natija
➡️ Markazning yuragi

2️⃣ Qabul va sotuv bo‘limi
— Murojaatlar, sinov darslari
— Ota-onalar bilan ishlash
➡️ O‘quvchini olib kiradi

3️⃣ Marketing va brend
— Reklama, SMM, aksiyalar
— O‘quvchi oqimini yaratadi
➡️ Sotuvni oziqlantiradi

4️⃣ Moliya bo‘limi
— To‘lovlar, xarajatlar, oyliklar
— Hisobot va foyda nazorati
➡️ Pul tartibi

5️⃣ HR va ichki boshqaruv
— Xodim tanlash va nazorat
— Motivatsiya va intizom
➡️ Odamlar tizimi

6️⃣ Rahbariyat va strategiya
— Qarorlar, rivojlanish rejasi
— Kengayish va nazorat
➡️ Yo‘nalish beradi

📌 Kichik markazda bir xodim bir nechta bo‘lim vazifasini bajarishi mumkin.
📌 Yirik markazda esa har bir bo‘lim alohida ishlaydi.

👉 Markazingiz hali tizimlashmagan bo‘lsa — aynan shu tuzilma bilan boshlash kerak.

Telegram: https://t.me/markaz_tizim
Bu kanal kimlar uchun?

O‘quv markaz egalari
Administratorlar
Academic managerlar

Agar sizga:
• Tartib
• O‘sish
• Barqarorlik

kerak bo‘lsa — bu kanal siz uchun.

👉 Qo‘shiling:
https://t.me/+2phhJSc9X-tlODNi
QABUL XODIMINING KUNLIK ISH GRAFIGI.pdf
114.6 KB
Ushbu faylda qabul xodimining ish grafigi berilgan. Har bir xodimning ish grafigi shunday holatda shakllantirilsa, ish sifati oshadi va xodim vaqtini behuda sarf qilmaydi. O’quv markazning ish jarayoni va ichki tartiblariga ko’ra, grafikka o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

https://t.me/markaz_tizim
#Mulohaza

Savol: Kanal nima uchun tashkil etilgan?

Javob:
Har bir o‘quv markazida muammolar mavjud. Eng qizig‘i shundaki, bir markaz duch kelgan muammoning yechimi boshqa bir markaz tajribasida allaqachon topilgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu kanal aynan shu maqsadda — o‘quv markaz menejmentiga aloqador insonlarni bir maydonga jamlash, tajriba almashish va muammolarga birgalikda yechim topish uchun tashkil etilgan.

Shu sababli, har bir post ostida fikr bildirishingiz, o‘z tajribangizni ulashishingiz kanal rivoji uchun juda muhim.

Aytgancha, kuzatuvchilar soni kam yoki ko‘pligi hal qiluvchi omil emas. Asosiy qadriyat — mavjud kuzatuvchilarning o‘zaro faolligi va fikr almashinuvi.

👉 https://t.me/markaz_tizim