“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
3.02K subscribers
11.7K photos
572 videos
109 files
7.04K links
Kuch — bilim va tafakkurda!

Telegram: @marifatziyo

Web-sayt: www.marifat.uz

Pochta: marifat.bilan@gmail.com

www.facebook.com/marifat.uz

Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot

Tijorat uchun:(+99890)167-67-05
Download Telegram
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi

Fitch Ratings Toshkentning xavf profilini “zaifroq daraja” deb baholadi. Agentlik reytingiga ko‘ra, poytaxtning daromadlarni oshirish imkoniyatlari cheklangan, chunki soliq stavkalari va daromadlarni taqsimlash markaziy hukumat darajasida belgilanadi.

Batafsil: https://marifat.uz/show-post/fitch-agentligi-toshkentning-kredit-reytingini-qayta-tikladi-649

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Nizomiy nomidagi milliy pedagogika universiteti.pdf
2.2 MB
Davlat va xususiy OTMlarda talaba bilimi past bo‘lsa, pedagogika yo‘nalishlari yopiladi

Prezident farmoni bilan 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:

Davlat va xususiy OTMlarda pedagog kadrlar tayyorlash sifati tashqi diagnostika orqali baholanadi.
Belgilangan talablarga javob bermaydigan yo‘nalishlarda o‘qish jarayoni cheklanadi yoki yopiladi.
Davlat buyurtmalari va qabul prognozlari maxsus ERP dasturi orqali shakllantiriladi.

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida pedagogika yoʻnalishining sirtqi shakli toʻliq yopiladi

Joriy yildan boshlab endi faqat kunduzgi va kechki shakllarda oʻqish mumkin boʻladi. Shuningdek, nodavlat OTMlar pedagogika yoʻnalishi boʻyicha litsenziya olish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan xulosa olishlari shart.

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2025-yil 30-aprel kungi sonida:

👉 O‘zbekistonda oliy ta’lim: kecha, bugun va ertaga
👉 Axborot – ma’rifat bo‘lishi kerak emasmi?!
👉 PIRLS topshiriqlari namunalari metodikasi va ular ustida ishlash
👉 Sun’iy intellekt: tahdidmi yoki imkoniyat?
👉 Urug‘chilik – tinch turgan soyga tosh otish
👉 G‘alaba bahori: g‘oliblar va mag‘lublar
👉 It, yer harorati va rassom nigohi

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱
Facebook     📱 Mobil ilova
"Eng faol kitobxon oʻquvchi"

Joriy yilning 29-aprelida Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish maqsadida “Kitobxonlik festivali”
doirasida “Eng faol kitobxon oʻquvchi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazild
i.

Tanlovda 11 ta tuman, shahar bosqichlarida g’olib bo’lgan umumta'lim maktablarinning kitobxon o'quvchilari ishtirok etdi.

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Forwarded from Shodiyona
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi

29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish oʻtkazilgan.

Batafsil: https://marifat.uz/show-post/otmlarda-jinoyatchilik-statistikasi-elon-qilindi-650

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
#bitiruvchi
“Karyera kuni”da 38 ta ish beruvchi va 3500 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi

Ayni vaqtda Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan yarmarkada 3500 ziyod talaba va 38 ta potensial ish beruvchi tashkilotlar, davlat organlari va xususiy tashkilotlar o‘zlarida mavjud vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davom etmoqda.

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
TATUning Urganch filiali UrDUga qo‘shib yuboriladi

Yangi qarorga ko‘ra, 2025-2026-o‘quv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi.

Ushbu oliygohda o‘qiydigan talabalar o‘qishini 2025-2026-o‘quv yilidan UrDUning mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida davom ettirishi mumkin.

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Markaziy bank so‘rovlarida narxining o‘sishi bo‘yicha go‘sht yetakchilik qilmoqda

O‘zbekiston aholisi orasida sezilayotgan inflyatsiya darajasi mart oyida 14,3 foizgacha pasaydi. Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi — respondentlarning 64 foizi bu mahsulotlar narxining oshganini ta’kidladi.

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova