Channel created
Insonlar erisholmagan narsalarni qayg'u deb biladi.(Kalmar o'yini)



Inson doimo orzu qiladi, intiladi va mukammallikka intiladi. Ammo ba’zan bu intilishlar amalga oshmaydi. Masalan, u ma’lum bir martaba, moliyaviy muvaffaqiyat, sevgi yoki e’tirofga erisha olmaydi. Shu paytda inson o‘zini baxtsiz his qiladi, chunki u erisholmagan narsasini yo‘qotilgan yoki yetishmagan deb qabul qiladi.
Haqiqiy qadr va qadrsiz narsalar
Qiziq jihati shundaki, inson ko‘pincha qo‘lida bo‘lgan, erishgan narsalaridan baxt topolmaydi. Ammo ayni shu narsalarga yetisholmaganida, ularni haddan tashqari qadrlay boshlaydi. Bu — psixologiyada “yo‘qotish qo‘rquvi” yoki “orzu buzilishi qayg‘usi” deb ataladigan holatga o‘xshaydi.

Shu paradoksni tushunish — haqiqiy erkinlik kaliti. Inson orzulariga intiladi, ba’zida erisholmaydi, lekin aynan shu jarayon uning ruhini shakllantiradi. Hayotdagi baxt faqat erishilgan narsalarda emas, balki erishish jarayonini qadrlashda yashaydi.
Shunday qilib, qayg‘u va erishilmagan orzular — bu hayotimizning tabiiy qismi. Ammo ularni yengishning kaliti — ongli qarash va qadrlashdir. Har bir orzu va har bir yetishmovchilik bizga ichki o‘sish, sabr va shukr hissini beradi.
Hayotdagi haqiqiy baxt — bu nafaqat qo‘lga kiritilgan narsalarda, balki erishishga intilish va shu jarayondan zavq olishda yashaydi. Shuning uchun, orzularingizga intiling, lekin ularni qayg‘uga aylantirmang; qo‘lga kiritganlaringizni qadrlang, lekin hech qachon yetishgan narsangiz bilan cheklanib qolmang.
Xulosa shuki: Erisholmagan narsalar sizni qayg‘uga solishi mumkin, lekin ularni anglab, ichki dunyongizni boyitish uchun vosita sifatida qabul qilsangiz, har bir kuningiz — hayotga to‘la zavq bilan yashash imkoniyatiga aylanadi.
🔥31
Baxt haqida:

Baxt, sevgi, yaxshi ko‘rgan ish — sen erishadigan narsalar emas, balki sen qila oladigan qarorlarning natijasi. (Marcus Aurelius)

Senda ko‘p narsa bor, bilmaysiz, eng kamida shu narsani o‘qishgan vaqtingiz bor. O‘ylay olasiz. Biz qaror qabul qilamiz va "baxtliman" deymiz. Kimdir “shu ishni qilsam, shuncha pul topsam” yoki “uni qilsam, buni qilsam baxtli bo‘laman” deb o‘ylaydi. Aslida, baxtli bo‘lsak, keyin qilamiz.

Baxtni shukur, sabr va rozilik bilan tenglashtirish mumkin. Lekin baxt ko‘proq baxt gormonlariga va anglashga bog‘liq. Baxt — bu sening kutilmalaring minus voqelik. Kutilmangiz qancha baland bo‘lsa, shuncha baxtsiz bo‘lib qolishingiz mumkin.
1🔥1
Don’t be normal when you have potential to be the best in your bloodline


“Qon tomirlaringda eng yaxshisi bo‘lish imkoniyati bor ekan, oddiy bo‘lma”. Oddiy hayotni tanlash ko‘pincha osonroq bo‘ladi, chunki bunda mas’uliyat kam, savollar ham kamroq bo‘ladi. Shunga qaramay, qiyin yo‘l har doim ham noto‘g‘ri degani emas, ba’zi hollarda aynan qiyin yo‘l eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lib chiqadi. Bu yerda romantika emas, tanlov bor: qulaylik yoki o‘sish. Hammaga o‘xshash bo‘lish xavfsizdek tuyuladi, ammo bunday holatda hayot ham insondan ko‘p narsa talab qilmaydi va natijada kam narsa beradi. Mas’uliyatli bo‘lish tushunchasi boshqalardan ustun bo‘lish bilan emas, balki insonning kechagi holatidan yaxshiroq bo‘lishi, bugun avval qila olmagan ishni qila boshlashi bilan bog‘liq. Ichki imkoniyatni tan olish hamma uchun ham oson emas, chunki imkoniyat faqat sovg‘a emas, balki mas’uliyat hamdir, u harakat va sabr talab qiladi.
1🔥1
Vaqt haqida o‘ylasam, bir narsani anglayman: u hech kimni kutmaydi. Biz ham kecha kim bo‘lganimizga qaytolmaymiz, ertaga kim bo‘lishimizni esa bilmaymiz. Ammo bitta narsamiz bor — bugun!!

Odam hayotda hamma narsani yo‘qotishi mumkin: pulni ham, imkoniyatni ham, hatto baʼzi odamlarni ham. Ammo vaqt bilan yaralgan xotiralar ketmaydi — ular bizni kim ekanimizni eslatib turadi.

Men ortga qarasam, afsuslanmayman. Chunki har bir odam, har bir tuygʻu,hatto og‘ir lahzalar ham menga saboq bo‘ldi. Bu hayot shunaqa: yoki o‘sasan, yoki takrorlanasan. Men o‘sishni tanladim.

Kimdir aytadi: hayot qisqa. Men esa boshqacha fikrdaman — hayot yetarli. Qachonki uni “ertaga”ga qoldirmay yashasak.
1🔥1
“Why do we fall? So we can learn to pick ourselves up.”
— Batman Begins

Nega yiqilamiz? Qayta turishni o‘rganish uchun.
1🔥1
Savollar hech qachon oʻzgarmaydi.Faqat javoblar oʻzgaradi.


Savollar hech qachon o‘zgarmaydi.
O‘zgaradigan — bizmiz.
Shu sabab javoblar ham har safar boshqacha bo‘ladi:
kecha his bilan aytilgan gap,
bugun aql bilan inkor etiladi.
2🔥1
Mansur blog pinned «Savollar hech qachon oʻzgarmaydi.Faqat javoblar oʻzgaradi. Savollar hech qachon o‘zgarmaydi. O‘zgaradigan — bizmiz. Shu sabab javoblar ham har safar boshqacha bo‘ladi: kecha his bilan aytilgan gap, bugun aql bilan inkor etiladi.»
“Sening hozirgi qarorlaring — hozirgi aqlingdan kelib chiqib eng to‘g‘risi.” ( Naval Ravikant)


Avvallari juda muhim deb o‘ylagan narsalarimiz bugun g‘irt oddiy, hatto axmoqona tuyilgan paytlar bo‘lganmi?
Ko‘pchilik buni boshidan kechirgan.

O‘sha paytda biz yoshroq edik.
Tajriba kamroq edi.
Dunyoqarash torroq edi.
Lekin aynan o‘sha holatimiz bilan qilgan tanlovimizni eng to‘g‘risi deb bilganmiz.

Yillar o‘tadi.
Bilim ko‘payadi.
Fikr kengayadi.
Shunda ortga qarab:
“Ha, o‘sha paytda men shunaqa darajada fikrlaganman, demak, o‘sha payt uchun bu to‘g‘ri qaror edi”, deymiz.

Aslida baxt ham tasodif emas.
Baxt — ketma-ket qabul qilingan to‘g‘ri qarorlarning natijasi.
Va yana bir haqiqat bor:
inson qancha ko‘p o‘rgansa, shuncha baxtli bo‘lish imkoniyati oshadi.

Chunki o‘rganish — tanlov sifatini oshiradi.
Tanlov sifati oshsa — hayot sifati ham oshadi.

Shuning uchun kechagi xatolaring uchun o‘zingni ayblama.
Ular sening o‘sha paytdagi eng yaxshi versiyang qarorlari edi.

Bugun esa sen boshqa odamsan.
Boshqa bilim bilan.
Boshqa qarash bilan.
Demak, bugun qiladigan qarorlaring ham seni boshqa — yanada baxtliroq manzilga olib borishi mumkin.
1🔥1
Biz gormonlarimizning qulimiz.


Ko‘pincha qaror qilyapman deb o‘ylaymiz.
Aslida esa ko‘p hollarda qarorni ichimizdagi kimyo chiqaradi.
Dopamin bo‘lsa — zavqni quvlaymiz.
Kortizol bo‘lsa — qo‘rquv bilan yashaymiz.
Testosteron oshsa — o‘zimizni isbotlashga urinamiz

Shunda biz xarakterimiz bilan emas,qaysi gormon kuchli bo‘lsa o‘sha bilan yashaymiz.

istaklariga bo‘ysungan odam erkin emas.U faqat ichki impulslarning ishchisi.

Haqiqiy erkinlik —
xohlaganingni qilish emas,
qaysi xohishga ergashmaslikni bilishdir.
1🔥1
Ertalab uyg‘onding. Barcha kerakli ishlarni qilding. Ko‘chaga chiqding va dunyo qanchalik chiroyli va ajoyib ekanini his etyapsan. Qushlar sayrayapti. O‘pkangga toza havo yig‘ib, mazza qilib nafas olyapsan. O‘zing yoqtirgan kino saundtreki yoki musiqa va shirin xotiralar. Ishingga bording.

Do‘stlar, hamkasblar — hammasi. Sen mazza qilib kulishib va hotirjam o‘z ishingni bajaryapsan. Ishing tugadi. Ishdan chiqding. Zalga yo‘l olding. Kuchga to‘lding. Dopaminni his etding. Endi yaqin do‘stlaring bilan qandaydir kafega bording yoki oila a’zolaring yoxud sevgan insonlaring bilan uchrashding. Dildan suhbat qurding va uyga qaytding. Xonada bir o‘zingsan. Bugun kun sarhisobi va shukronalik hislari senda avj olyapti. Qisqasi, sen baxtlisan. Nima uchun?

Chunki sen bundan oldin shu holatlarga erishish uchun tinmasdan harakat qilding.
Nafsingga qarshi chiqding.
To‘g‘ri ovqatlanding, vaqtida uxlading, sport zalga chiqding, yomon ovqatlar yeb semirib ketmading, hadeb siqilavermasdan ko‘proq harakat qilding. Chekmading, ichmading. Bemaza ovqatlar yeding. Qiyin ishlar qilding, xullas.
Bu esa shunchaki barcha qiyin ishlarning haqiqiy natijasi. Hayot sifati barcha to‘g‘ri bajarilgan amallar natijasi bilan o‘lchanadigan, o‘lchanma harakat natijasidir.

Endi shuni teskarisiga tasavvur qilib ko‘r.
1🔥1
Mukofot deb xato qilyapmiz!


Ko‘pchilik rag‘bat yoki mukofot insonni va hatto davlatni kuchaytiradi deb o‘ylaydi. Aslida rag‘bat kuch beradi, lekin tizimni uzoq ushlab turolmaydi. Davlatni ham, insonni ham ushlab turadigan narsa — holat.
Inson odati faqat harakatni qaytarish bilan ifodalanmaydi. Inson odati aslida fikrni qaytarish bilan ifodalanadi. Fikr esa muhitga bog‘liq. Fikr o‘zgarishi uchun holat o‘zgarishi kerak. Holat o‘zgarishi uchun esa insonni faqat mukofot bilan emas, jarayonning o‘zini bajarishga o‘rgatish kerak. Jarayonning o‘zi rag‘batga aylanishi kerak.
Tarixda ham imperiyalar ko‘pincha noto‘g‘ri rag‘bat tizimi sabab yemirilgan. Bunga misol — Amir Temur imperiyasi. Temur davrida ko‘plab sarkardalar jangda g‘alaba qilsa, ularga yer berilgan, hatto ba’zilari Temurning kuyoviga aylangan. Ya’ni o‘rtada qarindoshlik va manfaat rishtasi paydo bo‘lgan. Bu tizim askar va sarkardalarni mukofotga o‘rgatgan.
Agar ular mukofotga emas, holatga — ya’ni tizimni saqlashga o‘rgatilganida, ehtimol imperiya uzoqroq yashagan bo‘lardi. Temur vafot etgach, davlat ichkaridan yemirila boshladi. Har kim o‘z manfaatini himoya qildi va natijada Temuriylar imperiyasining parchalanishi sodir bo‘ldi. Tarix shuni ko‘rsatadi: ba’zan ichki holat insonni ham, davlatni ham tashqi dushmandan oldinroq yo‘q qiladi.
Bunga qarama-qarshi misol sifatida Alexander the Great armiyasini ko‘rish mumkin. Uning tizimida sarkarda ham, oddiy askar ham jang maydonida bir xil xavf ostida bo‘lgan. Kim jangda yutib chiqsa yoki tirik qolib g‘alabaga hissa qo‘shsa — o‘sha mukofotlangan. U sarkardami yoki oddiy askarmi, farqi yo‘q edi. Rag‘bat lavozimga emas, o‘sha paytdagi holatga berilgan.
Natijada askar ham, qo‘mondon ham o‘zini bir xil tizimning ichida his qilgan. Ular mukofot uchun emas, o‘sha paytdagi g‘alaba hissi va holatini saqlab qolish uchun harakat qilgan. Ana shu his va holat armiyani ushlab turgan.
Bu tamoyil faqat tarixda emas, hayotning hamma sohasida ishlaydi: biznesda, jamoada, hatto farzand tarbiyasida ham.
Masalan, bola maktabda biror vazifa bajardi. Agar biz: “Mana senga 5 baho yoki pul, chunki ish qilding”, desak, rag‘bat harakatga bog‘lanadi. Bola ishni mukofot uchun qiladi. Mukofot bo‘lmasa, harakat ham to‘xtaydi.
Lekin bola bir necha marta yaxshi o‘qib, o‘zini ko‘rsatganida biz: “Zo‘r qilyapsan, sen yaxshi o‘quvchiga aylanayapsan”, deb uning holatini ko‘rsatsak, u o‘zini boshqacha his qila boshlaydi. Uning ichki holati o‘zgaradi. Shunda u bu harakatni mukofot uchun emas, o‘z holatini saqlab qolish uchun davom ettiradi.
Xulosa oddiy:
mukofot harakatni tug‘diradi, lekin holat davomiylikni tug‘diradi.
Shuning uchun tizim qurishda eng katta xato — odamni mukofotga o‘rgatish. Eng to‘g‘ri yo‘l esa — uni holatga o‘rgatish.
1🔥1
Sevganimiz uchun xato qilamiz!

Biz kimnidir yoqtirsak, uning xatosini emas, uning ko‘rinishini yaxshi ko‘ramiz. Ya’ni insonni qanday bo‘lsa shunday emas, balki o‘zimiz ko‘rishni xohlagan holatda qabul qilamiz.

Kuchli inson o‘ziga o‘zi zarar bermasa, demak unga ishongan va yaxshi ko‘rgan insonlari zarar berishi mumkin. Chunki inson eng ko‘p ishonchni aynan o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlariga beradi. Insonga eng ko‘p yaqin bo‘la oladigan ham aslida o‘zi yoqtirgan insonlari bo‘ladi.

Shuning uchun inson ko‘pincha uzoqdagi odamdan emas, yonidagi, qarshisidagi insondan ko‘proq zarar ko‘radi.

Inson biror g‘oyaga yoki o‘zi yaxshi ko‘rgan insonni yoqtirib qolsa, atrofidagi barcha faktlarni uning atrofiga moslay boshlaydi. Ya’ni faktlarni haqiqatga qarab emas, balki o‘zi yoqtirgan narsaga qarab talqin qiladi.

Natijada inson ba’zan xatoni bilmay qilib qo‘ymaydi.
U xatoni sevganligi uchun qiladi.
Avtoritetga qarab ergashish


Ko‘pincha inson kimdir qilgan ishiga yoki aytgan gapiga qarab unga ergashadi. Bloggerlar, aktyorlar, aktrisalar yoki boshqa mashhur insonlar jamiyat ko‘zida avtoritet bo‘lib qoladi. Odamlar ularning ishlarini qaytaradi, gaplarini to‘g‘ri deb qabul qiladi. Go‘yoki ular qilgan narsa avtomatik ravishda to‘g‘ri bo‘lib qoladigandek.
Lekin avtoritet degan narsa ko‘pincha o‘sha insonda emas, bizning ongimizda paydo bo‘ladi. Biz ularning biror sifatini ko‘rib, uni ideal qilib qo‘yamiz. Aslida esa biz o‘sha sifat o‘zimizda bo‘lishini xohlaganimiz uchun uni ularga bog‘laymiz.
Shuning uchun mashhur inson bitta xato qilsa, jamiyat uni darrov toshbo‘ron qiladi. Kecha ideal qilgan odamni bugun inkor qiladi. Bu yerda muammo o‘sha insonda emas. Muammo biz kutgan kutilmada. Biz uni oddiy odam sifatida emas, o‘zimiz yaratgan mukammal obraz sifatida ko‘ramiz.
Yana bir muhim xato — biz ko‘pincha avtoritetning natijasiga qaraymiz, lekin uning jarayonini tushunmaymiz. Kimdir bir gap aytdi yoki bir ish qildi, biz esa uni takrorlaymiz. Lekin o‘sha inson o‘sha qarorga qanday holatda kelgani, qanday sharoitda aytgani haqida o‘ylamaymiz.
Shuning uchun avtoritetga qaraganda bitta oddiy savol berish kerak:
Men shu narsani qilganimda yoki aytganimda to‘g‘ri bo‘larmidi?
Agar javob yo‘q bo‘lsa, demak muammo avtoritetda emas — ko‘r-ko‘rona ergashishda.
Jamiyatda esa ko‘pincha boshqa narsa o‘rgatiladi: “Kimdirga o‘xsha.” Ya’ni qandaydir avtoritet deb bilgan insonlarga qarab yashash.
Lekin mashhur psixolog William James inson haqida juda qisqa fikr aytgan:
Odam kim bo‘lishni istasa, o‘sha bo‘ladi.
Bu yerda asosiy narsa boshqalarga o‘xshash emas, o‘z ichki holatini shakllantirish.
Chunki haqiqat oddiy:
Inson harakatni emas, ichki holatini takrorlaydi.

"Fikr o‘zgarmasa, harakat ham o‘zgarmaydi."

"Insonni tashqi mukofot emas, ichki holat boshqaradi."

"Odam kim bo‘lishni tanlasa, asta-sekin o‘sha tomonga aylanadi.
"

Shuning uchun avtoritetga qarab yashash o‘rniga, uning jarayonini tushunish kerak.
Avtoritetni ko‘r-ko‘rona takrorlash emas, o‘z ichki holatini qurish muhim.
Chunki oxir-oqibat inson boshqalarga o‘xshab yashamaydi.
U o‘zi ichida qanday holatni yaratgan bo‘lsa, o‘sha hayotni yashaydi.
2🔥1
Haqiqat intuitiv tushunadigan narsamas


Haqiqat ko‘pincha intuitiv bo‘lmaydi. Chunki bizning intuitiv fikrlashimiz evolyutsion jihatdan “tez qaror qabul qilish” uchun yaratilgan: xavfdan qochish, ov qilish, ijtimoiy vaziyatlarda moslashish.
Ammo haqiqat esa ko‘pincha mantiq, tajriba va chuqur kuzatuv bilan ochiladi. Masalan:
Intuitiv ravishda “Yer tekis”dek tuyuladi, lekin ilmiy haqiqat — u sharsimon.
Intuitiv ravishda “og‘irroq tosh tezroq tushadi” deb o‘ylaymiz, lekin Galiley tajribasi aksini ko‘rsatadi.
Intuitiv ravishda odamlar ko‘proq pul topishsa, ko‘proq baxtli bo‘ladi deb hisoblaydi, lekin psixologik tadqiqotlar ma’lum darajadan keyin pulning ta’siri kamayishini ko‘rsatadi.
Ya’ni, haqiqatni anglash uchun faqat his-tuyg‘u yoki ichki sezgi emas, balki mantiqiy tahlil va tekshiruv kerak.