Manaviyat.edu.uz
91.9K subscribers
8.07K photos
2.46K videos
85 files
5.27K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_teatr_studiyasi
#final2024 #Samarqand

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 2024-yilgi mavsum final bosqichi boshlandi!

♦️Ko‘hna va tarixiy Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan final bosqichi Samarqand viloyati hokim o‘rinbosari To‘xtayev Xusan Mirzayevich va Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Rizayev Jasur Alimdjanovich ochib berib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.

🗣Shundan so‘ng, barcha ishtirokchi jamoalar va ularni baholab boradigan Hakamlar hay’ati a’zolari tanishtirib o‘tildi va finaldagi ilk spektakl namoyishiga navbat berildi.

Ayni damda, 2023-yilgi mavsumda 2-o‘rinni egallagan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasining “Qish” nomli spektakli namoyish etilmoqda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand
#talabalar_teatr_studiyasi

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” finalining 2-kuniga belgilangan spektakllar boshlandi!

♦️Bugungi kunni Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Ibrat” talabalar teatr studiyasi Erkin A’zamning “Tanho qayiq yohud devonaning orzusi” spektakli bilan boshlab berdi.

✔️Endigi navbat Toshkent gumanitar fanlar universiteti “Sho‘raxon” jamoasiga. Ular sahnada Ikkinchi jahon urushida To‘rtko‘l tumanida joylashgan Sho‘raxon ovulining urushga qo‘shgan xissasi, qoraqalpoq yigitlarning urushdagi jonbozliklari haqida so‘zlovchi “Sho‘raxon” spektaklini ijro etishadi.

🔴Shundan so‘ng, qolgan ikki jamoa Qarshi davlat universiteti va Andijon davlat universiteti teatr studiyalarining chiqishlari bugungi spektakllarga yakun yasab beradi.

🏛 Bugungi spektakllarni tomosha qilish uchun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudoyberganov ham tashrif buyurdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand

🗣Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi hamda “Munozara” respublika turniri final bosqichlari Samarqand MTRK nigohida.

🔹Mazkur tanlovlarning final bosqichini yuqori saviyada tashkil etishda bosh tashkilotchilik vazifasini bajarayotgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rahbariyatiga Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va barcha ishtirokchi jamoalar nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand
#talabalar_teatr_studiyasi

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” finalining so‘nggi kuni mezbon jamoa spektakli bilan boshlandi!

♦️Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” talabalar teatr studiyalari jamoasi “Said Rizo Alizoda” dramasini namoyish etdi. Sahnada mezbon jamoa bo‘lganligi sababli, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab mehmonlar, talabalar, universitet xodimlari, shuningdek, universitet rektori Jasur Rizayev ham tashrif buyurdi.

✔️Shundan so‘ng, finalni yakunlab beruvchi Termiz davlat pedagogika instituti “Jayhun” jamoasi jadidlar hayoti haqida so‘zlovchi “Asr fojeasi” spektakliga navbat berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu spektakl yakunlangach, Hakamlar hay’ati a’zolari barcha spektakllarni birma-bir tahlil qilib, yutuq va kamchiliklarini aytib o‘tadilar.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM