Manaviyat.edu.uz
86.5K subscribers
7.58K photos
2.12K videos
82 files
4.85K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov
🇺🇿 Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek, bir qator hamkor tashkilotlar bakalavr talabalari oʻrtasida "Yangi O'zbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovini e’lon qiladi!
👉 HD formatda ko'rish

☝️Tanlov 4 bosqichda: OTMdagi fakultetlararo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan OTMlar o‘rtasida, mintaqaviy hamda yakuniy final respublika miqyosida o‘tkaziladi.

✔️Tanlovning respublika bosqichi g'oliblarini taqdirlash:
🥇-o‘rin uchun – 30 million so‘m,
🥈-o‘rin uchun – 20 million so‘m,
🥉-o‘rin uchun – 10 million so‘m.
💻 Bundan tashqari Respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.

📝 Ishtirok etish istagidagilar o‘z oliygohlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlariga murojaat qilishlari mumkin.

📌 TANLOV NIZOMI

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Esselar tanloviga start berildi

Namangan davlat universitetida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etamiz" shiori ostida Respublika esselar tanlovining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz ushbu tanlovning barcha hududiy bosqich ishtirokchilari zamonaviy noutbuk, Respublika bosqichi gʻoliblari esa umumiy jamgʻarmasi 60 million soʻm qiymatida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
👉 Tanlov haqida batafsil

Sizning oliy taʼlim muassasa bizda ushbu tanlovning fakultet bosqichi qay tarzda tashkil etildi? Kommentlarda fikrlaringizni kutib qolamiz...

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#diqqat_tanlov
“Biz obod Vatan farzandlarimiz!” mavzusida audio-tanlov eʼlon qilamiz!

🎗9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz obod Vatan farzandlarimiz!” mavzusida audio-tanlov oʻtkazadi.

Audio-tanlovda ishtirok etish uchun siz Ikkinchi jahon urushi haqidagi asarlardan 5 daqiqalik parcha o‘qib, audio tayyorlab, @manaviyateduuzbot manziliga yuborishingiz kerak. Qo‘shimcha fon musiqalaridan foydalanish mumkin.

🎼 Tanlov uchun audio materiallar 8-may kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Audio material yuborayotganda ism-familiyangiz, telefon raqamingiz hamda o‘qish (ish) joyingizni yozishingiz shart, aks holda material haqiqiy deb topilmaydi va tanlovga qabul qilinmaydi.

🏆 G‘oliblar joriy yilning 12-may kuni aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

🔹 Tanlovga qabul qilingan ijodiy ishlar tashkilotchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi deb topilgan 10 ta audio @manaviyateduuz sahifasida yoritiladi.
🔹 Mutaxassislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan 3 ta audio materiallari aniqlanadi va 1-, 2-, 3-o‘rinlar sifatida eʼtirof etiladi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Audio
#diqqat_tanlov_natijalari

🎗9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz obod Vatan farzandlarimiz!” mavzusida oʻtkazilgan audio-tanlov natijalari:

Tanlovda 375 nafardan ziyod talaba ishtirok etishidi. Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

🎗 Tanlovning yakuniy natijalari quyidagicha:
🥇-o’rin: Sobitov Ulugʻbek – Namangan davlat universiteti talabasi
🥈-o’rin: Boliyeva Rushana – Qarshi davlat universiteti talabasi
🥉3-o’rin: Alisher Egamberdiyev – O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti

⚜️ G’oliblar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan I, II, III darajali diplomlar va eng sara nodir kitoblar bilan taqdirlandilar!

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Diqqat_tanlov

Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi e’lon qilingan.

🗓 Test sinovi 6-iyun kuni soat 09.00 dan 13.00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

🔢 Siz yhq.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

☑️ Test sinovi 20 ta savol va 1 ta ijodiy savoldan iborat.

❗️Test savollarining barchasiga eng tez va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarning 10 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

🎁 Test sinovi g‘olibi velosiped bilan taqdirlanadi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabrigacha “Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

➡️ Tanlovga materiallar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etilishi mumkin:

▫️badiiy publitsistika
(ocherk, esse va boshqa);
▫️tasviriy san’at (portret, peyzaj va boshqa);
▫️media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

☑️ Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

🔰 Materiallarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

▫️mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
▫️holatni yoritishda ta’sirchan ifoda;
▫️original yondashuv.

Tanlovga materiallar 10-sentabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.

🎁 Tanlov g‘olibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov #yil_talabasi

✅️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔖 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

🧊 Yuqorida “Yil talabasi – 2021” gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifalarimizda berib boriladi: sahifalarimiz:
Telegram |🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🧊 Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov!

✅️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
🟢birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
🟢respublika final bosqichi.

👉 Tanlov nizomi batafsil

💠Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

➡️Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://t.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

🟢Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

💠 TANLOV NIZOMINI OʻQISH

➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
🟢2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
🟢3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
🟢4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
🟢5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
🟢Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

↪️ Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🧊 Bugun imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlovga hujjat topshirishning soʻnggi kuni!

✅️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
🟢birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
🟢respublika final bosqichi.

👉 Tanlov nizomi batafsil

💠Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

➡️Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://t.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM