Manaviyat.edu.uz
65.5K subscribers
7.86K photos
2.3K videos
82 files
5.08K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
↪️Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
↪️Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
↪️Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.

♦️Yig‘ilishda mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.
➡️Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
➡️Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
➡️Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
➡️Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

🟥Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. “Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.
➡️Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.
➡️Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.
➡️“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi 4
Tog'ay Murod
#audio_kitoblar

📀“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” – Tog’ay Murod (4-qism).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 29-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌍 Xalqaro yo‘lbarslar kuni.
🇹🇭 Tailand - Milliy Tailand tili kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy raqs kuni.

#voqealar
🔸O‘zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun (1937).
🔸Londonda XIV yozgi Olimpiya o'yinlarining ochilishi (1948).
🔸AQSh Prezidenti Duayt Eysenxouer NASAni tashkil etdi (1958).
🔸Microsoft kompaniyasi Windows NT 4.0 operatsion tizimini taqdim etdi (1996).
🔸Microsoft o‘zining yangi Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi (2015).

#tavalludlar
🔹1888 - Vladimir Zavorkin (1982) - rus muhandisi, zamonaviy televideniye ixtirochisi.
🔹1914 - Marsel Bich (1994) - Fransuz ixtirochisi, “Bic” kompaniyasi asoschisi.
🔹1957 - Nelly Kim - sovet gimnastikachisi, 5 karra Olimpiya chempioni, 5 karra jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni.
🔹1975 - Akobir Qurbonov - Milliy kurash bo‘yicha jahon chempioni (1999), “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
🔹1982 - Ibrohim Hamroqulov - Xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni.
🔹1984 - Anna Bessonova - ukrainalik sportchi (badiiy gimnastika), mutloq jahon chempioni (2007).
🔹1988 - Taryey Byo - norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), sakkiz karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
🏛 Kecha 28-iyun kuni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tyutorlarning malakasini oshirish kursi doirasida “Oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda huquqiy profilaktik tadbirlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔸Tadbirda markaz direktori R.Xudayberganov, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi dotsenti S.Saidjalolov, IIB profilaktika xizmati katta inspektori A.Axmadjonov va oliy taʼlim muassasalarning tyutorlari ishtirok etishdi.

🔸Mazkur tadbirni markaz direktori R.Xudayberganov ochib berdi. U o‘z nutqida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatga doir tadbirlarda talabalarning faolligi oshirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan huquqiy mexanizmi xususida ro‘xtalib o‘tdi.

🔸Davra suhbati yakunida tyutorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM