Manaviyat.edu.uz
84.9K subscribers
7.57K photos
2.12K videos
82 files
4.84K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Bugun 29-iyul haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌍 Xalqaro yo‘lbarslar kuni.
🇷🇴 Ruminiya – Davlat madhiyasi kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy Tailand tili kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy raqs kuni.

#voqealar
🔸Tyumen shahriga asos solindi (1586).
🔸Parijdagi Yulduzlar maydonida G’alaba arkasi tantanali ravishda ochildi (1836).
🔸O‘zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun (1937).
🔸SSSRda Nevskiy, Suvorov va Kutuzov ordenlari chiqarildi (1942).
🔸Londonda XIV yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilishi (1948).
🔸AQSh Prezidenti Duayt Eysenxouer NASAni tashkil etdi (1958).
🔸Kanada Janubiy Afrikadan kelgan barcha sportchilar va murabbiylar uchun mamlakatga kirish uchun taqiq e’lon qildi (1988).
🔸Microsoft kompaniyasi Windows NT 4.0 operatsion tizimini taqdim etdi (1996).
🔸Microsoft o‘zining yangi Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi (2015).

#tavalludlar
🔹1798-yil: Karl Blexen (1840) – nemis peyzajchi rassomi.
🔹1877-yil: Uilyam Bib (1962) – amerikalik zoolog, yozuvchi, batisferani ixtiro qilgan.
🔹1888-yil: Vladimir Zavorkin (1982) – rus muhandisi, zamonaviy televideniye ixtirochisi.
🔹1900-yil: Eyvind Yunson (1976) – shved yozuvchisi va publitsisti, Nobel mukofoti sohibi (1974).
🔹1905-yil: Dag Yalmar Agne Karl Xammarsheld (1961) – Shvetsiyalik diplomat, davlat arbobi, jurnalist va shoir, BMT bosh kotibi (1953-1961), Nobel mukofoti sohibi (1961).
🔹1957-yil: Nelly Kim – sovet gimnastikachisi, 5 karra Olimpiya chempioni, 5 karra jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni.
🔹1975-yil: Akobir Qurbonov – Milliy kurash bo'yicha jahon chempioni (1999), “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
🔹1982-yil: Ibrohim Hamroqulov – Xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni.
🔹1984-yil: Anna Bessonova – ukrainalik sportchi (badiiy gimnastika), mutloq jahon chempioni (2007).
🔹1988-yil: Taryey Byo – norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), sakkiz karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 30-iyul haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro do‘stlik kuni.
🇺🇳 BMT – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Milliy daraxt kuni.

#voqealar
🔸Xristofor Kolumb birinchi marta mayyalar bilan uchrashdi (1502).
🔸Baltimor shahriga asos solindi (1729).
🔸Amerikalik shifokor Jon Xarvi Kellogg va uning ukasi Uill makkajo‘xori donalarini ixtiro qilishdi (1898).
🔸Britaniya shaxtalarda bolalar mehnati taqiqlangan (1900).
🔸Los-Anjelesda X Olimpiya o‘yinlari boshlandi (1932).
🔸Kvebekda fransuz tili yagona rasmiy til deb e’lon qilindi (1974).
🔸Isroil parlamenti birlashgan Quddusni mamlakat poytaxti deb e’lon qildi (1980).
🔸Yangi Gebridlar mustaqil davlat – Vanua respublikasi deb e’lon qilindi (1980).

#tavalludlar
🔹1511-yil: Jorjio Vazari (1574) – Italiyalik me’mor, rassom, yozuvchi, zamonaviy san’atshunoslik asoschilaridan biri.
🔹 1863-yil: Genri Ford (1947) – amerikalik sanoatchi, Ford korporatsiyasining asoschisi.
🔹1909-yil: Siril Nortkot Parkinson (1993) – Ingliz tarixchisi, mashhur qonun muallifi.
🔹1931-yil: Gulnora Mavayeva – balerina, raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1931-yil: Yo‘ldashboyev To‘ymas – fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1994), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991).
🔹1965-yil: Minhojiddin Hojimatov – o‘zbek muxbiri va shoiri.
🔹1990-yil: Marina Xmelevskaya – uzoq masofalarga va marafonlarga ixtisoslashgan o‘zbek sportchisi, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi.
🔹1992-yil: Fabiano Karuana – Italiyalik shaxmatchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 31-iyul haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇳 Afrika ayollari kuni.
🌏 Butunjahon reynjerlar kuni.
🌍 Xalqaro qutqaruvchilarni qadrlash kuni.

#voqealar
🔸Daniel Defo hazilomuz hikoyasi uchun xalq mehrini qozondi (1703).
🔸Essenavis Antuan de Sent-Ekzyuperi halok bo‘ldi (1944).
🔸Dar-us-Salom (Tanzaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan Butun Afrika konferensiyasida bu kun Afrika ayollari kuni deb e’lon qilindi (1962).
🔸Boliviya prezidenti Evo Morales Isroilni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi va Isroilga vizasiz kirishni bekor qildi (2014).

#tavalludlar
🔹1912-yil: Habib Abdullayev (1962) – o‘zbek sovet geologi, OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947) va prezidenti (1956-1962).
🔹1912-yil: Valentin Fadeyev (1975) – rangtasvir ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968).
🔹1965-yil: Joan Ketlin Rouling – ingliz yozuvchisi, Garri Potter kitoblarining muallifi.
🔹1986-yil: Svetlana Slepsova – rossiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), jahon chempioni.
🔹1989-yil: Viktoriya Azarenko – belaruslik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 1-avgust haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌎 Butunjahon o‘pka saratoniga qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro bolalardan xoli kun.
🌍 Butunjahon Internet kuni.
🇨🇩 Kongo Respublikasi – Ota-onalar kuni.

#voqealar
🔸Xristofor Kolumb Venesuelaga tashrif buyurgan birinchi yevropalik bo‘ldi (1498).
🔸Josef Pristli  kislorodni kashf etdi (1774).
🔸Berlinda Olimpiya o‘yinlarining ochilishi (1936).
🔸Sovet Ittifoqi Qahramonining “Oltin yulduz” medali ta'sis etildi (1939).
🔸Katta Farg’ona kanali qurilishi boshlandi (1939).
🔸Qora dengizda suv osti daryosi topildi (2010).

#tavalludlar
🔹1819-yil: Herman Melville (1891) – amerikalik yozuvchi va Amerika uyg’onish davri shoiri. 
🔹1926-yil: Anna Glushenkova – kimyogar olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1996) va Oʻzbekiston  FA akademigi (2000).
🔹 1933-yil: Safarov Firudin Sattor oʻg’li – opera rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1986). 
🔹 1956-yil: Hoshim Arslonov (2020) – oʻzbek kino va teatr aktyori.
🔹 1951-yil: Shoazim Minovarov – Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi
🔹 1956-yil: Abdulxay Karimov – “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”.
🔹 1957-yil: Nuriddin Haydarov (2004) – estrada xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (2003). 
🔹 1984-yil: Bastian Shvaynshtayger – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 2-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇦 Ukraina – Halok bo‘lgan parashyutchilarni xotirlash kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Ozarbayjon kinosi kuni.

#voqealar
🔸Fransiya poytaxti Parijda pochta qutisi ilk bor o‘rnatilgan (1653). 
🔸Makmillan nashriyotida L.Kerrollning “Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari” kitobi 1-marta nashr etildi (1865).
🔸Londonda Tauer tunneli ochildi (1870).
🔸Portugaliyaning “Portu” futbol klubiga asos solindi (1906).
🔸Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri tashkil topdi (1932).
🔸O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan beri birinchi marta Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1-avgustdan 2-avgustga ko‘chirildi (2011).

#tavalludlar
🔹1820-yil: Jon Tindal (1893) – ingliz fizigi, osmon nega ko‘k ekanligini tushuntirgan.
🔹1834-yil: Frederik Ogyust Bartoldi (1904) – fransuz haykaltaroshi, Ozodlik haykali muallifi.
🔹1891-yil: Viktor Maksimovich (1971) – rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944).
🔹1909-yil: Ilyos Muslim (1993) – Bolalar yozuvchisi.
🔹1943-yil: Sayyora Rashidova – kimyogar olima, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (1995-2015).
🔹1960-yil: Olivye Gruner – fransuz kino aktyori va sobiq kikboksing chempioni.
🔹1977-yil: Shahnoza Soatova – jurnalistlik tajribasiga ega taniqli o‘zbek blogeri, kolumnisti va jamoatchilik faoli.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 3-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro tarvuz kuni.
🇳🇪 Niger – Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSh – Tarvuz kuni.

#voqealar
🔸Nemis astronomi David Fabrisius birinchi o‘zgaruvchan yulduz – Kit Mirasini kashf etdi (1596).
🔸Milanda “La Scala” opera teatri ochildi (1778).
🔸Londonning birinchi svetoforlari Pikadilli maydonida o‘rnatildi (1926).
🔸BMT Xavfsizlik Kengashi Xitoyning BMTga kirishiga qarshi ovoz berdi (1950).
🔸SSSR poytaxti Moskva shahrida yozgi olimpiyada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi (1980).

#tavalludlar
🔹1928-yil: Qunduz Mirkarimova (2019) – raqqosa, baletmeyster va pedagog, O‘zbekiston xalq artisti (1966).
🔹1983-yil: Ulug’bek Qodirov – aktyor.
🔹1986-yil: Darya Domrachyova – belorus biatlonchisi, to‘rt karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Belorusiya Qahramoni.
🔹1994-yil: Koranten Tolisso – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 4-avgust haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro bulutli leopard kuni.
🌏 Xalqaro ishlayotgan yolg’iz ayollar kuni.

#voqealar
🔸Telefon ixtirochisi Aleksandr Bellning dafn marosimi. AQShda 1 daqiqa davomida 13 million telefon ishlamay turdi (1922).
🔸Toshkentda “Temir yo‘l texnika” muzeyi ochildi (1989).
🔸Marsni o‘rganish uchun mo‘ljallangan Amerikaning AMS Phoenix kemasi Delta-2 raketasi yordamida Kanaveral burni kosmodromidan uchirildi (2007).

#tavalludlar
🔹1895-yil: Shermuhammadov Mirmuhsin (1929) – O’zbek matbuotining asoschilaridan, jurnalist, yozuvchi.
🔹1915-yil: Igor Savitskiy (1984) – grafikachi rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog’iston xalq rassomi.
🔹1983-yil: Aida Xasanova – o‘zbek qilichbozi va qilichbozlik bo‘yicha xalqaro hakam.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 5-avgust haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro svetofor kuni.
🌏 Ufqni kuzatish kuni.
🌏 Xalqaro blyuz musiqasi kuni.

#voqealar
🔸shu kuni Nyu-York shahrida “Ozodlik haykali” qurilishi boshlandi (1884).
🔸Klivlend (AQSh)da dunyodagi birinchi elektr svetofor o‘rnatildi (1914).
🔸O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g’risida”gi qarori qabul qilindi (1994).
🔸Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlandi (2016).

#tavalludlar
🔹1850-yil: Gi de Mopassan (1893) – fransuz yozuvchisi.
🔹1921-yil: Jo‘ra Abdurasulov (1990) – rentgenolog, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964).
🔹1930-yil: Nil Armstrong (2012) – amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam.
🔹1941-yil: O‘tkir Hoshimov (2013) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.
🔹1943-yil: Abdulla Sher (Sherov Abdulla) – shoir va tarjimon.
🔹1974-yil: Valeriy Kechinov – O‘zbekiston va Rossiyalik sobiq xalqaro professional futbolchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 6-avgust haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Vrachlar uchun xalqaro tinchlik kuni
🇰🇿 Qozog’iston – Transport xodimlari kuni.
🇺🇦 Ukraina – Harbiy havo kuchlari kuni.

#voqealar
🔸AQShda ilk bor elektr kursida qatl amalga oshirildi (1890).
🔸Yaponiyaning Xirosima shahriga “Bolakay” atom bombasi tashlandi (1945).
🔸Dunyodagi birinchi internet-servis paydo bo‘ldi (1991).
🔸Xaker hujumi bilan Yaponiya Mudofaa vazirligining kompyuter tarmog’i buzildi (2002).

#tavalludlar
🔹1952-yil: Abdurahmon Abdurazzoqov – Oʻzbekiston Qahramoni (2003).
🔹1958-yil: Kavsar Turdieva – bolalar shoirasi, olima, murabbiy.
🔹1963-yil: Kevin Mitnik – amerikalik dasturchi, ilgari dunyoga mashhur kompyuter xakeri.
🔹1978-yil: Dildora Rustamova – oʻzbekistonlik taniqli jurnalist, suxandon, dublyaj aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
🔹1992-yil: Xan Kong – xitoy konkida uchish ustasi, uch karra jahon chempioni va toʻrt qit’a chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 7-avgust haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Professional ma’ruzachilar kuni.
🇰🇮 Kiribati – Yoshlar kuni.
🇹🇻 Tuvalu – Bolalar kuni.

#voqealar
🔸Angliyada bolalarning mo‘ri tozalashi taqiqlandi (1840).
🔸Boris Rozing televideniye yaratish uchun patent oldi (1907).
🔸“Mark I” kompyuteri taqdim etildi (1944).
🔸Birinchi kompyuter shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi (1970).

#tavalludlar
🔹1954-yil: Valeriy Gazzayev – rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
🔹1966-yil: Jimmi Donal Ueyls – amerikalik internet-tadbirkor, Viki konsepsiyasi ideologi, Vikipediya asoschilaridan biri.
🔹1969-yil: Ra’no Zokirova – sovet va o‘zbek teatr va kino aktrisasi.
🔹1984-yil: Ruxsora To‘laboyeva – adabiyotshunos.
🔹1987-yil: Sidney Krosbi – kanadalik xokkeychi, ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube