Manaviyat.edu.uz
55.3K subscribers
7.43K photos
2.04K videos
81 files
4.67K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_teatr_studiyasi

🔹Namangan davlat universitetining «Nihol» teatr studiyasida «Usmon Nosir» spektakli talabalar tomonidan namoyish etildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Talabalar_teatr_studiyasi

🔹Joriy yilning aprel oyida O'zbekiston Milliy universitetida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Unda fakultetlardan ishtirok etish istagini bildirgan talaba-yoshlardan iborat jamoalar o'zlarining sahnalashtirilgan badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdi va hakamlar hay`ati tomonidan e'tirof etildi. Tanlovda faol ishtirok etgan talabalarni munosib taqdirlashdi.
🔹“Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining 2-hududiy saralash bosqichi joriy yilning 25-26-aprel kunlari O`zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining teatr binosida bo'lib o'tadi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Talabalar_teatr_studiyasi

🎭Toshket shahridagi Oʻzbekiston davlat Satira teatrida OTM talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan "Eng faol Talabalar teatr studiyasi" tanlovining oxirgi mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

🎭Unda TTAning "Darmon" teatr jamoasi, FarPIning "QIRGULI" teatr jamoasi, UrDUning “Sayqal” teatr jamoasi hamda JizDPIning "Istedod" teatr jamoalari ishtirok etishdi.

🔺Xakamlar hay'ati a'zolarining yakuniy xulosasiga koʻra 2 ta jamoa TTA va FarPI teatr jamoalari final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_teatr_studiyasi
#final2024 #Samarqand

🎭Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 2024-yilgi mavsum final bosqichi boshlandi!

♦️Ko‘hna va tarixiy Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan final bosqichi Samarqand viloyati hokim o‘rinbosari To‘xtayev Xusan Mirzayevich va Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Rizayev Jasur Alimdjanovich ochib berib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.

🗣Shundan so‘ng, barcha ishtirokchi jamoalar va ularni baholab boradigan Hakamlar hay’ati a’zolari tanishtirib o‘tildi va finaldagi ilk spektakl namoyishiga navbat berildi.

Ayni damda, 2023-yilgi mavsumda 2-o‘rinni egallagan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasining “Qish” nomli spektakli namoyish etilmoqda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand
#talabalar_teatr_studiyasi

🎭 Talabalar teatr studiyalari” finalining 2-kuniga belgilangan spektakllar boshlandi!

♦️Bugungi kunni Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Ibrat” talabalar teatr studiyasi Erkin A’zamning “Tanho qayiq yohud devonaning orzusi” spektakli bilan boshlab berdi.

✔️Endigi navbat Toshkent gumanitar fanlar universiteti “Sho‘raxon” jamoasiga. Ular sahnada Ikkinchi jahon urushida To‘rtko‘l tumanida joylashgan Sho‘raxon ovulining urushga qo‘shgan xissasi, qoraqalpoq yigitlarning urushdagi jonbozliklari haqida so‘zlovchi “Sho‘raxon” spektaklini ijro etishadi.

🔴Shundan so‘ng, qolgan ikki jamoa Qarshi davlat universiteti va Andijon davlat universiteti teatr studiyalarining chiqishlari bugungi spektakllarga yakun yasab beradi.

🏛 Bugungi spektakllarni tomosha qilish uchun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudoyberganov ham tashrif buyurdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand
#talabalar_teatr_studiyasi

🎭Talabalar teatr studiyalari” finalining so‘nggi kuni mezbon jamoa spektakli bilan boshlandi!

♦️Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” talabalar teatr studiyalari jamoasi “Said Rizo Alizoda” dramasini namoyish etdi. Sahnada mezbon jamoa bo‘lganligi sababli, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab mehmonlar, talabalar, universitet xodimlari, shuningdek, universitet rektori Jasur Rizayev ham tashrif buyurdi.

✔️Shundan so‘ng, finalni yakunlab beruvchi Termiz davlat pedagogika instituti “Jayhun” jamoasi jadidlar hayoti haqida so‘zlovchi “Asr fojeasi” spektakliga navbat berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu spektakl yakunlangach, Hakamlar hay’ati a’zolari barcha spektakllarni birma-bir tahlil qilib, yutuq va kamchiliklarini aytib o‘tadilar.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM