Manaviyat.edu.uz
56.4K subscribers
7.38K photos
1.99K videos
81 files
4.62K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#Munosabat

XOLISLIK VA SHAFFOFLIK ZARUR

🔰 Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning "Atoqli ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir" degan hikmatli so‘zlarini men qayta – qayta takrorlashdan charchamayman.

♻️ Keyingi yillarda masalaga mana shunday yondashuv bizning ushbu sohadagi faoliyatimiz mezoniga aylandi. Chindan ham, agar biz ta’limni o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. "Inson o‘zgarsa-butun jamiyatimiz o‘zgaradi" degan purhikmat so‘zlarini keltirishni joiz deb bilaman.

📎Batafsil o‘qish:

✍️FarPI birinchi prorektori Mirzohid Botirov

👉
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#munosabat

Oliy ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli qilish vijdoniy burchimiz bo‘lmog‘i lozim!

⚡️O‘zining qadimiy tarixi, unutilmas an’analari va qadriyatlariga ega bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz bugun rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi. Bu ezgu ishlarda barcha sohalarni rivojlantiruvchi asosiy kuch, omil va resurs – alaloqibat kadrlar masalasiga borib taqalmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining ulkan sa’y-harakatlari bilan ta’lim tizimi, shu jumladan oliy ta’lim tizimi boshqa sohalar kabi rivojlanishning yangi davrini boshidan kechirmoqda va muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.

📎Batafsil o‘qish

👉
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

⚡️Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi

Ushbu qaror yuzasidan Fargʻona davlat universiteti magistrant xotin-qizlari oʻz munosabatlarini bildirdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#munosabat

🎗BIRDAMLIK VA HAMJIHATLIK MUSTAHKAMLANADI

🇺🇿Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga mezbonlik qilish uchun alohida tayyorgarlik koʻrdi. Nihoyat, 15-16-sentabr kunlari qadimdan turli millat vakillari uchun muloqot maydoniga, ilm-fan, madaniyat markaziga aylangan Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

➡️Batafsil

👉Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#munosabat
MINTAQA BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDAGI MUHIM SAMMIT

🇺🇿 O‘zbekistonni Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga raislik qilishi hamda ushbu yirik siyosiy tadbirda o‘n to‘rtta mamlakat yetakchilarining ishtirok etishi nafaqat tashkilot faoliyatida, balki Yangi O‘zbekiston tarixida ham muhim voqelik sanaladi.

👉 Batafsil maqolani o'qish

Narimon Dexkanov,
Namangan davlat universiteti birinchi
prorektori, siyosiy fanlar doktori


👉Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#Munosabat

"Samarqand ruhi" dunyo bo'ylab kezmoqda...

⚡️Bugun butun dunyo nigohi jannat makon Oʼzbekistonga, tarix javoxiri Samarqandga qaratilgan. Bu bejiz emas, dunyo aholisini yarmidan ko'pi yashaydigan, jahon yalpi ishlab chiqarishning 25 foiz ulushiga egalik qiladigan davlat rahbarlari SHHTning 22-sessiyasida ishtirok etish uchun yig'ilishdi. Yurtboshimiz ilgari surgan "Har birimiz kuchli bo'lsakgina, SHHT kuchli bo'ladi", degan g'oya Samarqandda imzolanayotgan shartnoma va memorandumlarda o'z aksini topmoqda. O'zbekiston nomidan Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan takliflar mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga hissa qo'shadi. "Samarqand ruhi"- dunyoda tinch qo'shnichilik, tinchlik yo'lida hamkorlik va barqaror rivojlanish ramziga aylanishiga to'liq ishonamiz.

✍️Bobomurod Boboyorov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Nurafshon filiali direktor birinchi o'rinbosari, f.f.b falsafa doktori, dotsent

👉 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
#Munosabat

📌 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti auditoriyasida shiftdan tomchi tomganligi haqidagi videolavhalar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Institutning Muhandislik texnikasi fakulteti binosining 108-auditoriyasida bugun birinchi juftlik ma’ruza darsi o‘tkazilgan. Lekin ikkinchi juftlik dars vaqtida institutning texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari tomonidan binoning tomida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan paytda e’tiborsizlik tufayli bino tomida yig‘ilib qolgan suv auditoriya shiftidan sizib tushgan.

Mazkur guruhlarning darslari zudlik bilan boshqa auditoriyaga ko‘chirilgan. Hozirda bino tom qismida ta’mirlash ishlari yakunlandi va kamchilik bartaraf etildi.

©️QarMII Matbuot xizmati

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Youtube
​​​​#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bitta ko‘chat atrofida besh kishi ovvora! Beshinchi kishi sizga ko‘rinmayaptimi?!” deb nomlangan xabariga MUNOSABAT

🤝 Hurmatli Kompromatuzb sahifasi mualliflari, avvalo, sizga tashakkurimizni izhor qilmoqchimiz! Negaki, “Bitta ko‘chat atrofida besh kishi ovvora! Beshinchi kishi sizga ko‘rinmayaptimi?!” deb nomlangan chiqishingiz orqali davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga oid “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi jarayonlarida Oliy ta’lim vazirligi jamoa bo‘lib hamjihatlikda ishtirok etayotganliklarini ommaga namoyish qilib berdingiz.

☝️Qolaversa, do‘st achitib gapiradi, deganlaridek, “...ko‘chat o‘tqazish to‘g‘risida tushunchaga ega emaslar, shekilli”, degan pichinglaringizni ham do‘stona qabul qildik. Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish borasida tushunchalar Siz-u bizning, barchamizning qon-qonimizga singib ketgan qadriyat hisoblanadi. Har birimiz bolaligimizdanoq ota-bobolarimiz bilan hech bo‘lmaganda bir marotaba hamjihatlikda ko‘chat ekib, kitoblarda yozilmagan tushunchalarni olganmiz.

👉 Masofatalim sahifasi yozgan “Uyalinglar-e”, degan joyingizda esa uyalgimiz kelmadi. Axir nega uyalamiz? Biz uyaladigan ish qilayotganimiz yo‘q. Atrof-muhitni zararlaydigan chiqindi tashlaganimizda, hamma ishlab, biz qo‘limizni qovushtirib turganimizda yoxud yashnab turgan dov-daraxtlarni kesib tashlayotganimizda edi uyalsak o‘rinli bo‘lardi.

🌱 Hurmatli @kompromatuzb va @masofatalim sahifasi mualliflari! Ma’lumingizkim, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari yurtimiz bo‘ylab hali davom etadi. Ushbu loyihada ko‘chat ekishning “tushunchasi”ni emas, hadisini sizlardan o‘rganib olarmiz, degan maqsadda sizlarni keyingi ko‘chat ekish jarayonlarida hech bo‘lmaganda ko‘rinmay turadigan beshinchi kishi sifatida biz bilan hamjihatlikda ishtirok etishingizni do‘stona taklif qilib qolamiz.

©️Hurmat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi direktori Fozilbek Farhodov

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#referendum2023 #munosabat

🟥Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi direktori Ravshonbek Xudayberganov O‘zbekiston telekanali orqali efirga uzatiladigan Munosabat tok-shousining “O‘zbekiston Respublikasi Referendumi 2023”ga bag‘ishlangan sonida ishtirok etdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

🗣Ta’lim va tarbiya – millat taqdiridir

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijalariga barchamiz guvohmiz.
Jumladan, Namangan davlat universiteti ham dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jahonning oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid turli reytinglarda faol ishtirok etib, tobora yuqori o‘rinlarni band etmoqda. Universitetda talaba-yoshlar va ilmiy tadqiqotchilarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ilmiy-tadqiqot natijalarini rivojlantirish uchun tashkil etilayotgan va rejalashtirilayotgan ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari va boshqalarni sohadagi islohotlar samarasi desak, xato bo‘lmaydi.
Bugun oldimizga universitetni yanada rivojlantirish maqsadida ulkan rejalarni qo‘yganmiz.

Batafsil o‘qish 👉 https://namangantoday.uz/taielim-va-tarbiia-millat-taqdiridir

©️Sobitxon Turgʻunov, Namangan davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat | #TV

🟩O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Munosabat" ko'rsatuvining navbatdagi soni Urganch davlat pedagogika instituti faoliyatiga bag'ishlandi.

▶️Ko'rsatuv joriy yilning 1-iyun kuni efirga uzatildi. Ko'rsatuv davomida "O'zbekiston-2030" strategiyasi bo'yicha oliy ta'lim sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar, pedagoglarga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar Urganch davlat pedagogika institutining faoliyati misolida aks etdi.

▶️ To‘liq ko‘rsatuvni ko'rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM