Manaviyat.edu.uz
59.9K subscribers
7.28K photos
1.95K videos
79 files
4.55K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#milliy_qadriyatlar_sayli
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘yicha Yoshlar radiosi “Salom yoshlar loyihasida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov bilan suhbat efirga uzatildi.

📚 Shuningdek, Yoshlar radiosi orqali yaqinda yakunlanganKitobxon yoshlar ligasi onlayn tanlovi 3-mavsumi final bosqichi haqida ham ma’lumotlar efirga uzatildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Yoshlar radiosi orqali Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan Kitobxon yoshlar ligasi onlayn tanlovi 3-mavsumi g‘olibasi ToshDO‘TAU talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova bilan jonli intervyu efirga uzatildi.

Intervyuni tinglab loyiha haqida, uni o‘tkazilish va g‘oliblarni taqdirlash tartibi haqida yanada batafsil g‘olibning o‘zidan eshitishingiz mumkin.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli Kitobxon yoshlar ligasi 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

⚡️Taqdirlash marosimini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 125 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashlikotchisi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

🔹Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratov va markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

🔹Kitobxonlik tanlovi 3-mavsumida davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sanaqulov va markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

🎙 Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ustoz san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

📌Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

🌐Videoni YouTube orqali ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilganKitobxon yoshlar ligasi 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlash marosimidan fotolavhalar

▶️ Fotolavhalarni ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM