Яна бир муқояса келтирсам, ҳеч ким кўнглига олмайди, деб умид қиламан. Орамизда анча-мунча одамлар эрталабки бадантарбия машқларини бажаришга ҳам ҳафсала қилмайди. Тренажёр залига ёки спорт-соғломлаштириш мажмуасига бориб, бирор спорт тури билан шуғулланишни-ку, гапирмай қўя қолай. Паралимпиячиларимиз эса дзюдо, найза улоқтириш, диск улоқтириш, ядро улоқтириш, таеквандо, узунликка сакраш, пауерлифтинг, баттерфлай усулида сузиш, комплекс сузиш каби спорт турлари бўйича медалларни қўлга киритишди. Бу чинакамига маҳорат, жасорат эмасми?!
Учрашув чоғида Президентимиз эришилган натижаларни мустаҳкамлаб, янада кўпроқ ютуқларни қўлга киритиш учун 2024-йилда Парижда бўладиган Паралимпия ўйинларига ҳозирданоқ аниқ тизим асосида тайёргарлик кўриш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги муҳим вазифалар белгилаб берилди. Юртбошимиз паралимпиячилар юртимиз спортининг шонли анъаналарини муносиб давом эттириб, келгусида бўлиб ўтадиган энг нуфузли мусобақаларда Янги Ўзбекистон байроғини баланд кўтариб, муваффақиятли иштирок этишига ишонч билдирди. Давлатимиз раҳбарининг юксак ишончи спортчиларимизни янгидан янги ғалабалар сари руҳлантириши, шубҳасиз.
Бобомурод ТОШEВ,
«Постда» мухбири.

Forwarded from INSPECTOR_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
45-mavzu
EKOPOLITSIYA – TABIAT HIMOYASI SARI MUHIM QADAM
Yer yuzi aholisining soni oshishi barobarida, insonning tabiatga zarari, atrof-muhit ifloslanishiga ta’siri ham ortib bormoqda. Mamlakatimizda ham mana shu dolzarb muammoning oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning maxsus farmoni bilan respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi hamda sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi belgilab qo‘yildi. Ushbu yangiliklar Konstitutsiyamizga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish hamda qo‘shimchalarda ham o‘z aksini topdi.
Mazkur konstitutsiyaviy yangiliklar qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan davlat boshqaruvi hamda nazorat tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat yuritayotgan davlat nazorati hamda boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish samaradorligini yuksaltiradi, bu borada idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlaydi.
Shuningdek, keyingi paytlarda Prezident xalq qabulxonasiga atrof-muhitni ifloslantirish, daraxtlar kesilishi, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Joriy yilning 24-avgustida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ya’ni daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan edi.
Mazkur ko‘rsatma ijrosini ta’minlash maqsadida har bir tuman (shahar)da hududiy profilaktika inspektori, patrul-post xizmati, Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlaridan iborat qo‘shma guruhlar shakllantirish, ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlashga doir maqsadli reydlar o‘tkazib borilishini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan.
Shu o‘tgan davr mobaynida, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda 8200 marotabadan ortiq o‘tkazilgan reydlar va maqsadli tekshiruvlar natijasida noqonuniy ravishda daraxt va boshqa o‘simliklarni kesganligi uchun 350 nafarga yaqin, chiqindilarni to‘plash, tashish va tozalik talablarini buzganligi uchun 2100 nafardan ortiq, noqonuniy ravishda ov qilish va baliq ovlagani uchun 150 nafarga yaqin, aholi punktlarida xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarni, boshqa qoldiqlarni yoqib yuborgani uchun 560 nafardan ortiq va ekologiya sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar uchun 100 nafardan ortiq qonunbuzarlar ushlanib, ulardan 7 nafari jinoiy hamda 4300 nafardan ortiq ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Olib borilayotgan ijobiy ishlarga qaramay, hududlardagi ayrim rahbarlar ekologiya muammosiga panja orasidan qarayotganligi, fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Videoselektor yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligi tizimida «Ekologiya politsiyasi» tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi. Hozirgi kunda ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Loyiha bilan, ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti tuzilmasida Ekologiya nazorat xizmatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida Ekologiya nazorat xizmati bo‘linmalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bugungi global ekologik muammolar insoniyatga katta xavf solayotgan bir paytda mamlakatimizda atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish uchun tashlangan bu qadam juda muhim hisoblanadi.
Xulosa shuki, butun dunyoda ekologik barqarorlikka erishish, yer yuzining hozirgi holatini tubdan o‘zgartirish uchun xalqaro hamkorlik, bu boradagi qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlikning qat’iy bo‘lishi, aholining ekologik madaniyatini oshirish zarur. Bu muammo barchamizni mas’uliyat hissi bilan yashashga undashga ham chaqiradi. Zero, ona tabiatni muhofaza qilish yurt oldidagi farzandlik burchimizdir. Qolaversa, ona tabiat kelajak avlod uchun qoldirishimiz mumkin bo‘lgan yagona va bebaho ne’matdir.
Sarvar SOBIROV, «Postda» muxbiri.

46-mavzu
SALOMATLIK – BEBAHO NE’MAT
Sog‘lom insonda ertangi kunga ishonch, yaratish, yashash, yashaganda ham mazmunli yashash istagi, ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Salomatlikni asrab-avaylash, avvalo, har birimizning o‘z qo‘limizda, qolaversa, bu kishilik jamiyatida ham muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Zero, dunyoning obodligi, yurtning tinchligi hamda xalqning farovonligiga erishishda tani sihatlik eng muhim omildir.
Salomatlik sari ilk qadam sog‘lom turmush tarziga amal qilishdan boshlanadi. Bunda, birinchi navbatda, inson turli kasalliklarga chalinmaslikka harakat qilishi joiz. Bizning serquyosh, yilning to‘rt fasli o‘z o‘rnida almashinib turadigan, tabiati mo‘tadil yurtimizda o‘ziga e’tibor qilgan insonlarning salomatligidan shikoyati bo‘lmaydi. Qolaversa, har bir inson o‘z salomatligining eng birinchi «tansoqchi»si. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Ya’ni, inson sog‘lig‘ining 50–55 foizi turmush tarziga, 20 foizi tashqi muhitga va 18–20 foizi naslga bog‘liq bo‘lib, tibbiyotga aloqador jihat 8–10 foizni tashkil etarkan.
Bilamizki, salomatlikning «oltin qoida»si to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiye¬naga amal qilish, sport bilan shug‘ulla¬nish, turli zararli odatlardan voz kechishdan iborat. Bu qoidalar bebaho ne’matni asrash va uzoq umr ko‘rish kafolatidir.
Tilimizga «U uncha-buncha kasalga yengiladigan emas, iligi to‘q» degan ibora singib ketgan. Bunda aynan sihat-salomatlik uchun muhim jihat, ya’ni sifatli va to‘g‘ri ovqatlanish organizmga kuch-quvvat bag‘ishlashi bilan bir qatorda, kasallikka qarshi kurashishga astoydil harakat qilish kerakligiga urg‘u beriladi. To‘g‘ri ovqatlanish tartib-qoidalari, taom sifati, me’yori ilmiy jihatdan mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, takomilga erishgan soha. Biroq organizmga tetiklik bag‘ishlovchi yegulik tanada yangi kasallik kelib chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkinligini nazardan chetda qoldirmaslik kerak.
Inson hayoti davomida shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi kerak. Uzoqqa bormaylik, dunyo tibbiyotini o‘ylantirgan koronavirus pandemiyasida ham shaxsiy gigiyena masalasi kasallik yuqishidan saqlanishning birlamchi usuli sifatida tan olindi. Tibbiyotda to‘laligicha o‘rganilmagan kasallikdan saqlanishda qo‘llarni sovunlab yuvish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish, niqob bilan himoyalanish o‘z samarasini berdi. Aslida har qanday kasallikdan himoyalanishda bular biz uchun muhim ehti¬yotkorlik choralaridir.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullangan inson ham jismonan, ham ruhan tetik bo‘ladi. Chunki har bir bajarilgan jismoniy mashq bu – harakat demakdir. Insonning kundalik turmushi esa bir-biriga ulanib ketgan harakatlar ketma-ketligiga o‘xshaydi. Ammo bunda mehnat qilish jarayoni bilan sport mashg‘ulotlarining organizmga ta’siri jihatdan farqli tomonlari borligini unutmasligimiz kerak. Chunki oramizda «Men kun bo‘yi tinmay ishladim, sport bilan shug‘ullanishim shartmi?», deguvchilar ham topiladi. Ammo birgina jismoniy mashq organizmga kuni bo‘yi bajarilgan mehnatdan foydali bo‘lishi mumkin. Chunki bu mashqlar organizm faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali insonni sog‘lom hayotga qaytarish jihatdan o‘rganib chiqilgan.
Ulug‘ tabib, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino «O‘z vaqtida me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi. Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan tartibga rioya qilmoq shart. Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero, harakatsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi», deb inson salomatligi uchun badantarbiyaning qan¬chalik muhimligini ko‘rsatib o‘tgan.

Kundalik turmushda inson salomatligiga zararli odatlar – sigareta chekish, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, giyohvandlik moddalar iste’mol qilish va boshqalar ham jiddiy xavf solishini doimo yodda tutishimiz kerak. Agar kuzatadigan bo‘lsak, aynan shu illatlar har yili qancha-qancha odamlarning hayotini izdan chiqarib, kimlarningdir hayotiga zomin bo‘ladi. Bu boradagi statistik ma’lumotlar tahliliga chuqurlashganimiz sa¬yin ularning qamrovi kengayib boraveradi. Ular keltirib chiqarayotgan nogironlik, surunkali kasalliklar, xavfli xastaliklardan yuragimiz uvishadi. Bu¬ning asosiy sabablarida, ming afsuski, yana o‘zimiz, inson omili birinchi o‘ringa chiqadi.
Biz inson qadri, uning salomatligi hamisha e’tibor va g‘amxo‘rlikda bo‘lgan jamiyatda yashayapmiz. Bugun yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida aholi salomatligini saqlash, tibbiy madaniyatni shakllantirishdek maqsad mujassam. Agar tarixga nazar tashlasak, bugungi tibbiyotda yengil kasalliklar sirasiga kiradigan xastaliklardan o‘sha davrlarda qancha-qancha odamlar nobud bo‘lgan. Bugun tibbiyot tez sur’atlarda rivojlanmoqda, davosi bo‘lmagan dardning o‘zi yo‘q. Qolaversa, zamonaviy tibbiy apparatlar yordamida og‘ir kasalliklarga ham to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, muolaja omilkorlikda tashkil etilmoqda. So‘nggi yillarda yurtimizda yurak, buyrak, jigar sohasidagi o‘ta nozik va qiyin jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Avvallari bu kabi jarayonlar xorijda katta mablag‘ evaziga amalga oshirilar edi.
Tibbiyot sohasidagi izlanishlar bilan bir qatorda, yurtimizda aholi salomatli¬gini saqlash maqsadida turli
ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi ham an’anaga kirib ulgurdi. Keng jamoatchilik ishtirokida «Sportni sev, sport bilan yasha!», «Salomatlik uchun besh ming qadam», «Sportchi oila» kabi musobaqalar, turli ommaviy marafonlar tashkil etilayotgani shular jumlasidandir.
Tibbiyot sohasida maktab yaratgan qomusiy olim I. Pavlovning «Inson – tabiatning yer yuzidagi oliy mahsulidir. Biroq tabiat yaratgan mo‘jizalardan bahra olmoq uchun inson sog‘lom, baquvvat hamda zukko bo‘lmog‘i zarur», degan ta’kidida hayotimizdagi bebaho ne’matga nihoyatda asosli ta’rif berilgan. Zero, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga va tozalikka rioya qilish, muntazam sport bilan shug‘ullanish nafaqat salomatlikni asrab-avaylash, balki uzoq va baxtli umr kechirish garovidir.
Gulnoza TURG‘UNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.
@manaviyat_va_marifat_darsi

47-mavzu
Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz
Bayroq boshqa davlat ramzlari qatorida, shu aziz Vatanda yashayotgan har bir fuqaro uchun muqaddas va qadrlidir. Shuning uchun ham ona zamin tinchligi va el osoyishtaligi yo‘lida kamarbasta bo‘lishni niyat qilgan har bir yurt farzandi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida Vatanga qasamyod qabul qiladi.
Zalvori tog‘lardan-da ulkan bo‘lgan ana shunday sharafli vazifani zimmasiga olgan har bir o‘g‘lon davlatimiz ramzi bo‘lgan muqaddas bayroqni o‘pib: buyuk ajdodlarining pok ruhlari, ona Vatan oldidagi burchini halol bajarishga, vijdoni, or-nomus va sha’nini o‘rtaga qo‘yib, O‘zbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq bo‘lishga, mamlakat mustaqilligini, uning sarhadlarini, ona xalqining tinchligi va osoyishtaligini, milliy manfaatlarini so‘nggi nafasigacha himoya qilishga, yurtiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli harakatlarga qarshi ayovsiz kurashishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga qat’iy amal qilishga tantanali ravishda qasamyod qiladi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Mana shu sanaga ham 30 yil to‘ldi. Shu o‘tgan vaqt mobaynida faxrimiz va g‘ururimiz bo‘lgan bayrog‘imiz xorij mamlakatlardagi rasmiy tashriflar, uchrashuvlar, sport musobaqalarida hilpirayotganini ko‘rsangiz, qalbingizda albatta, mustaqil yurtimizdan faxrlanish, g‘ururlanish hissi paydo bo‘ladi.
Ayniqsa, BMT binosi yonida yuzlab mamlakatlar bayroqlari qatorida, Vatanimiz bayrog‘ini ko‘rishingiz bilan qalbingizda g‘urur va iftixor paydo bo‘ladi. Yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir. Chunki bayrog‘imiz davlatimizning ramzi bo‘lish barobarida, xalqimizning tinch-osoyishta, ozod va erkin hayoti, yorug‘ kelajagiga bo‘lgan ishonchining ham timsolidir.
Davlat bayrog‘i – davlatning asosiy ramzlaridan biri: rasmiy, boshqa davlatlardan farqlovchi belgisi. Davlat bayrog‘ining tasviri maxsus qonun yoki konstitutsiya bilan belgilanadi. Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. Davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, vakolatxonalar, bojxonalar kabi binolar oldida ko‘tariladi. Milliy bayramlar kunlari elchixonalar, vakolatxonalar, konsulliklar o‘z mamlakati bayrog‘ini ko‘taradi. Davlat bayrog‘i, shuningdek, marosimlar paytida, xalqaro sport sovrinlari topshirilayotganda ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlatining bayrog‘i ham moviy rangda edi.
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Shu o‘rinda yana bir mulohaza. Davlat bayrog‘iga nisbatan qanday xatti-harakatlar man etilgan?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunni buzganlik uchun fuqarolarning bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha jarimaga tortilishiga sabab bo‘lishi belgilangan. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar esa bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan, Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish: O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Hurmatsizlik qilish deganda, davlat ramzini qasddan yoqib yuborish, yo‘q qilish, unga shikast yetkazish, axloqsizlik namoyish etish nazarda tutiladi. Shunday ekan, milliy timsolimizga bo‘lgan ehtirom va hurmat har bir yurtdoshimiz uchun muqaddas burch bo‘lmog‘i darkor.
Umuman olganda, davlat bayrog‘i bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lsa ham, qanday natijalarga erishsa ham, Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki bayrog‘imiz bizning – faxrimiz, g‘ururimiz!
Sarvar SOBIROV,

Forwarded from MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Қадимги Римда боласини мактабга олиб бориб келувчиларни ким деб аташган?
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят, Жиноят-процессуал ва Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекслари энди телеграм форматда
МЖТК / MJTK | ЖК / JK | ЖПК / JPK
МЖТК / MJTK | ЖК / JK | ЖПК / JPK
48-mavzu
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA ICHKI NAZORAT TUZILMALARINING AHAMIYATI
Korrupsiya – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan jirkanch illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Xullas, korrupsiya bor joyda rivojlanish bo‘lmaydi.
O‘z vakolatini suiiste’mol qilish turlicha bo‘lgani kabi, korrupsiya ham turli ko‘ri¬nishda yuzaga keladi. Unga faqat pora olish yoki berish emas, balki xizmat vaqtida tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, sovg‘a olish va berish, qarindoshchilik, mahalliychilik, lobbizm faoliyatlari ham kiradi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun ichki nazorat – boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tu¬zilmalar yaratishni taqozo etadi. Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 2020–2021-yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (komplayens-nazorat)ni bosqichma-bosqich joriy etish belgilab qo‘yildi. Shuningdek, korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minotni yaratish qayd etildi.
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini tashkil etish hisoblanadi.
2019-yilgi ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi joriy etilgan.
Korrupsiyaga qarshi komplayens- nazorat – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir.
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi rivojlangan mamlakatlarda «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi, «Davlat xizmatida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlar hamda davlat xizmatchilari, man¬sabdor shaxs¬lar, shuningdek, sudyalarning xatti-harakat me’yorlarini tartibga soluvchi Axloq kodekslari mavjud ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Ilg‘or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish jarayonida qo‘llayotgan usullaridan yana biri – davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi xarajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib belgilanganligidir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishiga yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishdan iborat.
Masalan, Daniya hukumati vakillarini har yili o‘z mol-mulki va shaxsiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nashr etishga, xorijiy kompaniyalarda aksiyalarga ega bo‘lishni taqiqlashga majbur qiladi. Bu boshqaruv faoliyatining oshkoraligi va shaffofligini, korrupsion holatlar¬ning oldini olishga yordam beradi.
Mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olish maq¬sadida ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlab yuborildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining «Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i 2021-yil 8-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom bilan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga (kuzatuv kengashiga) bo‘ysunishi belgilandi.

Korrupsiyaning oldini olishda rivojlangan mamlakatlarda davlat xizmatchilari yuqori darajadagi ijtimoiy muhofazaga egaligi ham muhim omil hi¬soblanadi. Davlat xizmatchilari bepul tibbiy xizmat va ta’lim olish huquqiga ega bo‘lib, ijtimoiy kafolatlarga tayanishlari mumkin. Bu esa korrupsion harakatlar ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbarlari tegishli tashkilot tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Mazkur tuzilmalar rahbarlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining roziligisiz lavozimdan ozod etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va tuzilmalar mustaqilligi ta’minlanadi.
Tuzilma xodimlari tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi. Tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda mazkur illatga qarshi kurashish tizimi samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilishni yo‘lga qo‘yadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun nizomda Korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmasiga qator huquqlar berish bilan birga, majburiyatlar ham yuklangan. Xususan, nazorat tuzilmasi xodimlari tekshiruv¬lar o‘tkazishi, hujjatlarni talab qilishi, xodimlardan yozma tushuntirishlar olishi mumkin. Tashkilot tizimida jinoyat alomatlari, xususan, korrupsiya holatlari aniqlangan hollarda, zudlik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, bu turdagi xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini so‘zsiz ta’minlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, dunyo afkor ommasi, bu illatga bee’tibor bo‘lmagan qatlam tomonidan korrupsiyani yengishning turli yechimlari taklif qilinadi. Ba’zilar, avvalo, tizimni raqamlashtirish zarurligini aytsa, boshqalar ishchilar maoshini ko‘tarish, jazoni kuchaytirish va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha alohida tekshiruvlarni amalga oshirish kerakligini ta’kidlaydi. Lekin bir haqiqatni yoddan chiqarmasligimiz lozim. Odamlar dunyoqarashini o‘zgartirmay, fuqarolarda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirmay va davlat xizmati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmay turib, bu borada ijobiy natijaga erishish juda qiyin.
Foziljon MAMASHARIPOV,

49-mavzu
Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklariga davlat ahamiyatiga molik masala sifatida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi besh yil mobaynida mamlakat ijtimoiy-siyosiy tuzumida yuz bergan o‘zgarishlar, vujudga kelayotgan munosabatlarni tartibga solishning yangi huquqiy asoslari yaratilib, yangi qonunlar qabul qilinmoqda va bu huquqiy islohotlar izchillik bilan davom etmoqda.
Xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorli¬gini ta’minlash, iqtisodiyotni li-berallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ayniqsa, bolalar mehnati, ishsizlik va kambag‘allikni bartaraf qilish, aholini uy-joy bilan ta’minlash, shu¬ningdek, ko‘p yillardan buyon to‘planib qolgan ta’lim, tibbiyot va e’tibordan chetda qolgan boshqa sohalardagi keng qamrovli islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishda Bosh qomusimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson va davlatning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o‘zaro siyosiy-huquqiy mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan bo‘lib, unda ilk bor inson huquqlari kategoriyasi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilgan va mustaqil davlatimiz o‘zining demokratik g‘oyalarga, ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qilishini jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan inson huquqlari va erkinliklariga sodiq bo‘lishini namoyon qilgan.
Birinchidan, inson va fuqaroning huquq, erkinlik va maj¬buriyatlari tenglik hamda teng huquqlilik asosida amalga oshiriladi.
Bu prinsip Konstitutsiyada uch jihatdan ta’riflangan. Fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi prinsipi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari tengligi prinsipi Konstitutsiyamizning tegishli moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur prinsipning yana bir muhim jihati, erkak va xotin-qizlarning teng huquqliligi Bosh qomusimizning 46-moddasida belgilangan. Respublika xotin-qizlarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasini kafolatlovchi hukumat darajasida bir necha qonunlar va dasturiy hujjatlar ishlab chiqildi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruv tizimlaridagi lavozimlarda, Oliy Majlisning quyi va yuqori organlariga depu¬tatlikka sayla¬nish jarayonida, siyosiy partiyalar va harakatlar faoliyatida keng ishtirok etayotganligi respublikada jinslararo teng huquqlilik ta’minlanganidan dalolatdir.
Ikkinchidan, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning kafolatlanligi prinsipi. Asosiy qonunimiz demokratik huquq va erkinliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi alohida e’tirof etilgan. 13-moddaning 2-qismida demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, 19-moddada esa fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi qonuniy mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy qonunimizning ikkinchi bo‘limi bevosita inson va fuqarolarning asosiy huquqlariga bag‘ishlanganligi ham demokratik huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy kafolatlanganligining yorqin dalilidir.
Uchinchidan, muhim prinsiplardan yana biri fuqarolar¬ning huquq va erkinliklari cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Bu prinsip insonga tug‘ilishidan tabiatan tegishli bo‘lgan uning ajralmas huquq va erkinliklari davlat tomonidan tan oli¬nishidan kelib chiqadi. Konstitutsiyaning 43-moddasida e’tirof etilishicha, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari faqat jamiyat hamda davlat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, aholining sihat-salomatligi, xalqning axloqi va ma’naviyati, jamoat tartibotini saqlash maq¬sadida qonunda belgi¬langan darajada cheklanishi mumkin. Ammo fuqarolarning yashash huquqi, shaxsiy qadr-qimmatni muhofaza qilish huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kabilar cheklanishi mumkin emas.

To‘rtinchidan, fuqarolarga beri¬ladigan huquq va majburiyatlar birligi prinsipi. Har bir shaxs nafaqat muayyan huquq va erkinliklar egasi, balki majburiyatlar sohibi ham hi¬soblanadi. Jamiyatda huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lmish fuqaro faqat huquq va imtiyozlardan foydalanib qolmasdan, jamiyat, davlat va boshqa fuqarolar oldida muayyan majburiyatlarni ham o‘taydi. Konstitutsiyaning 20-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Ma’lumki, mamlakatimizda ma’naviyat, ma’rifat, huquqiy ong va madaniyat masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Konstitutsiyamizning mazmuni va mohiyati, ma’naviyat va ma’rifat masalalari, milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari bilan hamohangligini alohida e’tirof etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida islohotlar¬ning bardavomligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» konsepsiyasida «Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat» g‘oyasini ilgari surdi. Chunki yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning muhim manbai yuksak ma’naviyat va ma’rifat, milliy mafkuradir.
Konstitutsiya, milliy mafkura va ma’naviyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Konstitutsiya – huquqiy tizim o‘zagi, uning boshqa barcha manbalarini uyushtiruvchi, bahamjihat etuvchi va harakatlantiruvchi markazi bo‘lsa, milliy huquqiy mafkura – uning g‘oyaviy aso¬sini, tarkibiy bo‘g‘inlarini mazmunan oziqlantiruvchi hamda yagona maqsad sari yo‘naltiruvchi manbadir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning ma’naviy-madaniy merosi, milliy tafakkur, muqaddas islomiy qadriyatlar va ko‘p asrlik davlatchilik tajribasi hamda huquqiy an’analarga asoslangan bo‘lib, ularning boy ijobiy tajribasini o‘zida aks ettirgan. Asosiy qonuni¬mizning muqaddimasidan oxirgi moddasigacha mustaqillik, demokratiya, inson huquqlari va Vatan ravnaqi g‘oyalari tarannum etilgan.
Xulosa qilib aytganda, har bir shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadidir. Bosh qomusimiz mustaqil davlatimizning buyuk kelajak sari intilishining huquqiy poydevori hamda inson huquqlarini himoya qilish va samarali ta’minlashning huquqiy kafolatidir.
Abdug‘afur SATTOROV,
yuridik fanlar doktori.

Президент «Ички ишлар органлари профилактика инспекторларининг юридик йўналишдаги билимларини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорни имзолади
Хабарингиз бор биз мунтазам равишда inspector_uz телеграм канали билан ҳамкорлик қилиб келамиз.
Бир қатор сабабларга кўра inspector_uz каналининг YouTube саҳифасида янги манзилда фаолият кўрсатаётган экан. Каналга уланиб олишингизни тавсия қиламиз

50-mavzu
Farzand tarbiyasi va ta’limi – eng muhim vazifa
Bog‘bon umid bilan yerga nihol qadarkan, kun kelib, uning ulkan daraxtga aylanishi, totli mevasi, hatto soyasi bir muddat nafas rostlagan odamga naf keltirishini o‘ylab ko‘ngli yorishadi, mehnatining samarasini ko‘rganda esa mamnunlik tuyadi. Har bir oila oshyonida dunyoga kelgan farzandni navniholga qiyoslasak, uning tarbiyasi va ta’limini eng muhim vazifa deb biluvchi ota-ona aynan bog‘bondir.
Faylasuf Imom G‘azzoliy ta’kidlaganidek, «Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyoyu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, muallimu ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi».
Oila tarbiya o‘chog‘i o‘laroq, har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlovchi, ma’nan va jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazuvchi muqaddas makondir.
Olimlarning jamiyatda tarbiya va ta’lim salohiyatini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash borasidagi qarashlari bu yo‘nalishdagi ishlarning mohiyatini ochib berish barobarida, uni yanada takomillashtirishga chorlaydi. Xususan, yunon olimi Aristotelning «Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi» degan so‘zlari fikrimiz tasdig‘idir. Imom Buxoriy esa bu xususda yanada yorqinroq so‘z aytgan: «Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo‘ladi, uni qanday g‘oyalar bilan to‘ldirish ota-ona va ustozga bog‘liq».
Ma’rifat maskani bo‘lgan maktabga qadam qo‘yib, Alifboning har bir harfini tanigani sayin savodi chiqqan bola borki, unda kitobga mehr, bilim olishga ishtiyoq uyg‘onadi. Uning yorug‘ olam haqidagi fikri, qarashlari va ongu tafakkuri shakllana boradi. Shu o‘rinda yurtimizda inson kamolotida beminnat mayoq sanalgan kitob, kitobxonlikka qaratilayotgan e’tibor, avvalo, jamiyatda shaxs tarbiyasi va ta’limining uyg‘unligini ta’minlashdek muhim vazifaga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etishini ham ta’kidlash o‘rinlidir.
So‘nggi yillarda yurtimizda 11 yillik maktab ta’lim tizimi¬ning tiklanishi, shu¬ningdek, ulug‘ ajdodlarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, «Temurbeklar maktabi», Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlarining tashkil etilgani bugungi kun yoshlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan Namanganda – Is’hoq¬xon Ibrat, Jizzaxda – Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim, Qarshida – Abdulla Oripov, Marg‘ilonda – Erkin Vohidov, Nukusda – Ibroyim Yusupov, Andijonda – Muhammad Yusuf, Gulistonda – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktablariga asos solinishi iqtidorli o‘quvchi yoshlar¬ tanlagan yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Zero, sifatli ta’lim, chuqur bilim taraqqiyot tizginini yaqqol namoyon etuv¬chi ko‘zgudir.
Maktablarda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar yangicha asosda tashkil etilib, «Milliy g‘oya», «Odobnoma», «Dinlar tarixi», «Vatan tuyg‘usi» kabi fanlari birlashtirilgan holda, yagona «Tarbiya» fani joriy etildi. Yangi fan bevosita o‘quvchi yoshlarda o‘z ona tilini bilish, ularning qalbida vatanparvarlik, adolat, millatparvarlik, insonparvarlik, el-yurtni himoya qilish, Vatanga sadoqat va muhabbat singari milliy dunyoqarashning asosiy unsurlarini shakllanti¬rishga xizmat qiladi.