MA’NAVIYAT va MA'RIFAT
850 subscribers
10.5K photos
1.93K videos
96 files
4.28K links
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar
#Xorazm

📚 "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Hazorasp tuman bo'linmasi tomonidan, “Kitob yarmarkalari”, turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 41-son umumta’lim maktabida bo’lib o’tgan "Kitobxonlik haftaligi" tadbirlari ham juda qizg‘in kechdi.

Kanalga ulanish: @manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Fargʻona

📚Toshloq tumani axborot-kutubxona markazida "Kitob haftaligi" ning 4-kuni ham juda qizg‘in kechdi.

📗Tadbirda tuman ko'zi ojizlar kutubxonasi kitobxonlari bilan "Kitob zimiston umr yo'llarida insonga nur bag'ishlovchi sehirli chiroqdir" mavzuida tadbir bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish:@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Qoraqalpogʻiston

Qo'ng'irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Mening sevimli yozuvchim" mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist, "Shuhrat" medali sovrindori, kopgina badiiy adabiyotlarining muallifi, ekologiya mavzusi boyicha mahalliy va xalqaro konkurslarining laureyati yozuvchi – jurnalist U.O'teuliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish:@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Fargʻona

Farg‘ona viloyat hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida kitobxonlik haftaligi doirasida Farg‘ona davlat universitetining xiyobonida
I-Farg‘ona kitob festivali o‘tkazildi.
Festivalda ma’naviyat va ma’rifat markazlari tuman bo‘linmalari tomonidan kitob yarmarkalari tashkil etildi, ijodiy madaniy targ‘ibotchilar, talaba yoshlar, o‘qituvchi ,faxriy ustozlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Mohir sozandalar tomonidan yangragan kuylar, talaba yoshlarning qo‘shiqlari festivalga yanada fayz kiritdi.

@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Surxondaryo

Bugun, Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida TerDU milliy libos va san’at fakulteti katta o‘qituvchisi, bastakor Orif Hakimovning ijodiy kechasi va kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Ijodiy kechada maktab direktori B.Ishmuratov, bo‘lim mutaxassisi N.Bakarov, Termiz Davlat Universiteti katta o‘qituvchilari K.Mardayeva, S,Alimovalar O.Xakimov hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishdi.
Shundan so‘ng Orif Hakimov ijodiga bag‘ishlangan videorolik hamda cholg‘ulashtirgan asarlaridan tashkil topgan konsert dasturi tomoshabinlarga namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida O.Hakimov yaqinda nashr etilgan "Xalq cholg‘ularida ijrochilik" nomli kitobi haqida ma’lumot berib, kitoblaridan san’at maktabi kutubxonasiga sovg‘a qildi.

@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Qashqadaryo

Vatan xizmatchilari vatan kuychisini yod etdi

Shahrisabz tuman IIB tuman bo‘limida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Din ishlari qo‘mitasi Shahrisabz tumani bosh mutaxassislari hamkorligida ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xususan "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi","Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzularida uchrashuv o‘tkazildi.
Ichki ishlar organi xodimlarini kasbiy mahoratini oshirish, ularni jismonan va ma’nan yetuk, chuqur bilimli, mard va jasur etib tarbiyalash borasidagi tadbir doirasida so‘z olganlar, o‘zbek xalqining hassos shoiri, vatan kuychisi Muhammad Yusufning tavalludining 68 yilligi munosabati bilan hayoti va ijodi, she’riyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tdilar

Kanalga ulanish:@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Jizzax

Jizzax viloyati IIB xodimlari, IIV Jizzax akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari “Ma’naviyat oyligi” doirasida 10 ming qadam shiori ostida tashkil etilayotgan sport tadbirida faol ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish: @manaviy_markaz
#Hududlardan_xabarlar
#Buxoro

Ma`rifat - yillar davomida tarbiyalanib boradi va inson qalbiga singib ketаdi. Inson ma`rifatning oltin mevasi bo‘lgan kitoblardan ziyo nurini oladi. Inson qancha ko‘p bilim olsa, bilim olish uchun tirishsa, bilingki, bu insonda ma’rifat uchqinlari alanga olmoqda. Bunday insonlarga e`tibor berilsa, qo‘llab-quvvatlansa, ular o‘z oliy maqsadlari sari ildam qadam tashlab boraveradi.

Batafsil:👇🏻
https://telegra.ph/Shofirkon-tumanida-tanlov-goliblariga-etirof-04-25

Каналга уланиш:
@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Qoraqalpogʻiston

“ZUKKO KITOBXON”LAR O'ZARO BELLASHISHDI

📌Bugun Qo'ng'irot tumanidagi barcha mahallalarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zukko kitobxon” loyihasi mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda mahallalardagi 16-30 yosh toifasidagi barcha yoshlar ishtirok etdilar.

📗 Jarayon davomida ishtirokchilar egallagan bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdilar. Qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtgan loyihada kuzatuvchilar ham oʻzgacha zavq oldilar.

⚡️ Oʻtkazilayotgan ushbu loyihalar yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli o'tkazishi va bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:@manaviy_markaz
#Hududlardan_xabarlar
#Buxoro

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi tuman xalq ta'limi bo'limi hamda yoshlar ittifoqi Vobkent tuman Kengashi bilan hamkorlikda el sevgan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan "Millionlar qalbini zabt etgan shoir" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etdi.

Batafsil:👇🏻
https://telegra.ph/Yalpizga-bosh-qoygan-shoir-04-26

Kanalga ulanish:
@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Jizzax

Jizzax viloyatining chegara hududlarida joylashgan mahallalar yoshlari o'rtasida "Ko'p kurash" harbiy sport musobaqasiga start berildi

⚡️ Yangiobod, Zomin, Baxmal, Forish va Mirzacho'l tumanlari yoshlari o'rtasida tarkib topgan jamoalar musobaqada ishtirok etib,
musobaqa ishtirokchilari Buyuk sarkardalarimiz tarixidan savol-javob, o'qotar qurolni sochib yig'ish, Street workout usullarini bajarish, Estafeta shartlari bo'yicha bellashadilar.

@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Hududlardan_xabarlar
#Surxondaryo

Mustahkam va farovon oila-jamiyatning asosiy negizidir
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Mahalla huquq- tartibot maskani” loyihasi doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha Termiz shahar "Manguzar" va "Kattabog‘" mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Undan ko‘zlangan maqsad, joylarda huquqbuzarlik profilaktikasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini keng jamoatchilkga yetkazishdir.
Targ‘ibot guruhi tomonidan mahalla aholisi, xususan yoshlarga mavzuiga oid bukletlar tarqatildi.

Kanalga ulanish: @manaviy_markaz