Malik’s Thoughts
573 subscribers
25 photos
4 videos
23 links
Bu kanalda Malik Abdulloh o’zi qiziqqan mavzularda postlar qiladi.

Mamasoliev@gmx.de
Download Telegram
Channel created
Assalamu alaykum ua rahmatullohi ua barokatuhu. Azizlarim.
Alloh umringizni iymoningiz ila ziynatlasin.

🖋️Mana bugun 10-may 2020-yil sanasidan o'zimning shaxsiy sahifam bo'lmish "Malik's Thoughts"ni ish faoliyatini boshlash arafasidaman. Bu kanalda mening ilm, tibbiyot, maqsad, tafakkur va yana bir necha mavzulardagi fikrlarimni va asosiysi o'zimni qiziqtiradigan va siz-u biz yoshlarga foydali bo'lgan ma'lumotlarni joylashtirib boraman.

Allohdan hayr va barokat so'rab sahifaga start beraman.
Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo'lgandir: tun yarmidan o'tganda birdan uyg'onib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz... Uy jimjit, deraza jimjit, qorong'i osmon jimjit. Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar og'ir sukunat cho'kadiki, quloqlaringiz shang'illab ketadi. Zildek yuk ustingizga yopirilib, vujudingizni yerga mizlaab tashlaydi; tanho ojiz bir narsaga aylanib qolasiz. Go'yo butun dunyo bir taraf-u siz o'zingiz bir taraf... Shunday paytda ko'z o'ngimda to'satdan onam paydo bo'ladi. Qorong;i xonaning bir burchidan chiqib keladi-da, ma'yus jilmaygan ko'yi boshim ustiga egiladi. Yillar zahmatidan dag'al tortgan barmoqlari bilan peshonamni silagandek bo'ladi ... O'pkam to'lib, o'zimni tutolmayman. Birdan tush kabi uzoq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursullagancha o'rnimdan turib ketaman

O‘tkir Hoshimov

@malikposts
Ba'zida bolaligimga qaytgim keladi.
Biron narsani o'zgartirish uchun emas, ba'zi tuyg'ularni ikki xissa yodga olish uchun..
Умрнинг кўп қисми оз қисмини соғиниш билан ўтади

Муҳаммад Ризо Мунаввар
Қиш келди. Кечагина беморнинг инграшидек ҳазин куз садоларига тўлган боғлар бугун жимиб қолди. Ҳазон шитирламайди, яланғоч шохларга арғамчи осган мезонлар чайқалмайди.
Қиш келди...

©Ўткир Ҳошимов
Rejadagidak dars tayyorlay olmaganda, siqilib qolishlik haqida.

Bugun 8-dekabr dam olish kuni sababli insititut kutubxonasi ham yopiq edi. Uyda qoldim. Ertalabdan turib bugunga belgilangan vazifalarimni bajarishga kirishdim, 3-4 soat dars bilan band bo’ldim. Shu-shu yana qaytib o’zimdan 3 m masofada bo’lgan dars stolimga yetib borolmayabman(o’ta dangasamanda o’zi). 5-6 soat mobaynida gadjetlarim bilan kunimni isrof qildim. Kunlik rejalarim tartib bilan tuzilmaganligi bugun bilinib qoldi.

Vaqtimni ijtiomoiy tarmoqlarda, film ko’rib entertainment bilan o’tkazgan bo’lsam ham, o’zimni o’ta ketgan charchagan va zerikkan xis qilmoqdaman. Bu normal holat aslida. Biz talabalar qancha dangasalik tomonga yursak u bizni shuncha o’z domiga tortib ketaverar ekan. O’zi bu postda bundan qanday xalos bo’lish haqida gap ketishi kerak edi. Lekin buni men ham bilmaymanda. Shunday paytlarda men dangasaligim va kunimni samarali o’tkazmaganimni o’ylab siqilib qolar edim. Ammo hozir unday emas..

Post yozishimdan maqsad shuki, ko’pchilik siz va menga o’xshagan talabalar hayotimizda bunday holatlar ham uchrab turishini aytmoqchiman. Samaradorligingiz pastlaganda depressiyaga tushish yaramaydi do’stim. O’tgan vaqt o’tdi, buni siz to’g’ri qabul qiling va siz bunda to’g’ri xulosa chiqaring. Masalan, men aytishim mumkin bugun kechagichalik ko’p vaqtimni tibbiyotni o’rganishga emas, youtubeda comedy clubni ko’rishga sariflagan bo’lsam ham kechagidan ko’ra dunyoqarashim o’sdi albatta.

Bu bir qarashda o’zini oqlashdak ko’rinar, lekin hamma vaqtingizni ham o’qish bilan o’tkazish ham yaramaydi. Biz talabalarning 85%imiz tez zerikivchimiz. Bugun o’zimizni majburlab, o’zimizga yoqmasa ham o’qiyversak, erta-indin bu fanga qiziqish ham so’nishi mumkin(hammaga tegishli emas). Shunchaki qay vaqtda o’qish va to’gri vaqtda boshqa ishlar bilan yana o’sha kitobni o’qishga ishtiyoq qidirish bilan band bo’lsa ham bo’ladi. Shaxsan men shunaqaman. Kayfiyatni tushurmang do’stim. Siz o’zingizni majburlab 4soat kitobga termulib o’tirganizdan ko’ra 1soat o’ziz xoxlab biror narsani o’rganganiz foydaliroq. Men javob.

Faqatgina shu ishtiyoq bo’g’ib qo’ymasangiz bas. Hali hammasi oldizda, hammasiga ulgurasiz!
Виктор Цой - Хочу перемен

Вместо тепла зелень стекла,
Вместо огня дым.
Из сетки календаря выхвачен день.
Красное солнце сгорает дотла,
День догорает с ним.
На пылающий город падает тень.
Перемен требуют наши сердца,
Перемен требуют наши глаза,
В нашем смехе и в наших слезах,
И в пульсации вен
Перемен!
Мы ждем перемен.
Электрический свет продолжает наш день
И коробка от спичек пуста.
Но на кухне синим цветком горит газ.
Сигареты в руках, чай на столе,
Эта схема проста.
И больше нет ничего, все находится в нас.
Перемен требуют наши сердца,
Перемен требуют наши глаза,
В нашем смехе и в наших слезах,
И в пульсации вен
Перемен!
Мы ждем перемен.
Мы не можем похвастаться мудростью глаз
И умелыми жестами рук,
Нам не нужно все это, чтобы друг друга понять.
Сигареты в руках, чай на столе,
Так замыкается круг.
И вдруг нам становится страшно что-то менять.
Перемен требуют наши сердца,
Перемен требуют наши глаза,
В нашем смехе и в наших слезах,
И в пульсации вен
Перемен!
Мы ждем перемен.
Kimgadir aql o’rgatish to’grisida.

Ko’pchiligimiz sen shu ishni qilishliging kerak edi, nega bunday qilmaysan, sen bu yo’ldan yursang bunaqa bo’lmas edi, sen bunday qilmasliging kerak va hkz shunga o’xshash gaplarni ko’p eshitamiz. Bu gaplarni bari gap yo’naltiriligan odamni dilini xira qilishdan ortiqcha narsaga yaramaydi. Bu insonlar sizni yaqinlaringiz bo’lmasa, albatta.

Ba’zida o’ylanib qolasan kishi, naxotki ular aytgandak bo’larmidi deb, vallohu alam. Balki ular to’gri maslahat berishar lekin, siz shunday bo’lishingiz kerak degani emas, agar hayotiy prinsiplariz bo’lsa, sizni oldingizga qo’ygan real maqsadlaringiz bo’lsa va u maqsadlar tamon rejalaringiz puxta bo’lsa, ikkilanishni hech ham keragi yo’q my friend, ular nohaq. Faktlarni keltirishsa ham siz o’z bilganingizdan qolmasligingiz kerak.

Mana misol uchun: siz tibbiyot talabasisiz, lekin sizning tibbiyotdan umuman xabari yo’q amakingiz sizga
zo’r urolog tanishini borligini, uni ishlari zo’r ekanligini, siz ham albatta urolog bo’lishingiz kerakligini takidlab joningizga tegdi deylik. Amakingizga sizni uralogiyaga qiziqishingiz bor-yo’qligi, sizning rejalaringiz qandayligi, sizning qay sohada uquvingiz balandligiyu qanchalik bu soha yoqmasligini absloyutno qizig’i yo’q. Urologni muvvofaqiyatiga tayanib aql o’rgatayapti xalos.

Shaxsan men shunday insonlardan qochaman. Nega? Chunki ular men emas, ular meni tashqaridan bilishadi, ularga qilgan muomalamga qarab baho berishadi xalos, meni ichki kechinmalarimni bilishmaydi, meni yo’limdan yurishib ko’rmagan, yurishmaydi ham. Shunchaki gaping to’g’ri deb qutilaman. Lekin bilganimni qilaman.

Kanalga ulanish: @malikposts
Sarhisob

O’tkan yili shu kunda o’tirvolib rejalar tuzganim, kechagidak yodimda. Tak vot, rejalar orasida 50 ta foydali kitob o’qib tugatish ham bor edi. Mana quyida o’qib tugata olgan kitoblarim ro’yxati.

1. Islom Tarixi 1-kitob - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (ShMSMY)
2. Ixyou Ulumiddin - Abu Homid G’azzoliy
3. Muhammad(s.a.v) siyrati va Islom tarixi - Muhammad Zako Konrapa
4. Sof tabiat dini - Said Mubashshir Taroziy
5. Hadis va Hayot. 1-juz. - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
6. Peshonamdagi Nur.
7. Alkimyogar - Paulo Koelo
8. Sunniy Aqidalar - ShMSMY
9. Islomga bag’ishlangan umr - Muhammad Amin Muhammad Sodiq
10. Tushda kechgan umrlar - O’tkir Hoshimov
11. Jamila - Chingiz Aytmatov
12. Hadis va Hayot. 2-juz - ShMSMY
13. Qadam - Sanjar Xo’ja
14. Kifoya 3-juz - ShMSMY
15. Shaytanat-1.
16. Shaytanat-2.
17. Shaytanat-3.
18. Shaytanat-4.
19. Shaytanat-5
- Tohir Malik
20. Bahor qaytmaydi - O’tkir Hoshimov
21. Molxona - Jorj Oruel
22. Dorian Grey Portreti - Oskar Uayld
23. O’lsang kim yig’laydi - Robin Sharma
24. Yolg’izlikning yuz yili - Gabriel Garsia Markes
25. Eljernonga atalgan gullar - Daniel Kiz
26. Zukkolar va landovurlar - Malkolm Gladuel
27. Stive Jobs - Uolter Ayzekson
28. Тонкое искусство пофигизма - Марк Менсон
29. O’tkan kunlar - Abdulla Qodiriy
30. Iqrornoma - Lev Tolstoy

#Kitobōqi rubrikasidan.

P.S: Kimdir kelib mendan:
- bu yili nimani do’ndirding, deb so’rasa, yuziga qaratib shu postni linkini otaman endi.
​​Seni nima qutqaradi?

Tasavvur qil, sen oddiy ishchi (kambag’al) oilada tug’ilding. Nima deb o’ylaysan kelajakda boy (yoki hech bo’lmasa o’rtahol) qatlamga qo’shilish imkoniyating qanday?

Ko’pchilik qattiq mehnat qilsa, omadi kelib qolsa, tanishi bo’lsa boyib ketish imkoni hammada bor deb o’ylaydi. Lekin afsuski unday emas. Kambag’al bo’lib tug’ilganlarning o’rtacha atigi 7,5%i o’z moliyaviy ahvolini umirini oxirigacha o’zgatira olarkan. Manba.

Xo’sh bu 7,5% ni nima ajratib turadi? Ta’lim.

Qanday ta’lim bo’lishining ahamiyati yo’q. Qo’shimcha til bilish, onlayn kurslar, universitet, kasbiy ta’lim, dasturlash, amaliy ta’lim. Muhimi doimiy o’rganish va izlanish. Ha hozir zamon shunday. Eng ko’p pul ma’lumot assimetriyasi hisobiga topiladi (bu haqda yana yozamiz). Ya’ni qancha boy bo’lmoqchi bo’lsang shuncha ko’p bilishing va ko’p narsa qila olishing kerak.

Ortib qolgan har bir daqiqangni, har bir 1000 so’mligingni ta’limga tikar ekansan senga oz vaqt o’tib 10 (keyinchalik 100) barobar bo’lib qaytadi. 100 tadan 7,5 ta odam eplayotgan ekan, sen ham eplay olasan, ta’limga e’tibor bermasang 93 ta odamni orasida qolib, Turkiya dengizlarini faqat kinolarda ko’rib yurishga to’g’ri keladi.

“Tanishing bo’lsa bilim shart emas” dema. Puli bor odam sen bilan gaplashishi uchun yoki biliming yoki puling bo’lishi kerak. Juda bo’lmasa mashhur odamni kuyovi bo’lishing kerak. Oxirgi ikkitasi bo’lmagandan keyin e’tiborni ta’limga qaratish eng выгодный вариант.

@azizrakhimov_blog
Go'zal narsalar ortida hamisha bir fojiya yashirinib yotadi. Eng kam suqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to'lg'oq dardini boshdan kechirmog'i zarur.

"Dorian Greyning Portreti" asaridan.
Yoshlik meni tashlab ketmoqda

Kuni kecha uyga qaytar ekanman, 2-3 yildan buyon qadam bosmagan tor kesib chiquvchi ko’chadan yurdim. O’sha yo’llari chang, begona o’tlar bosgan, katta ariqda balchiq va undagi suv o’tlarining hidi ufirib turibdi. Absolutno bolalik davrimdan beri hech narsa o’zgarmagan.

Shu payt o’ylanib qoldim, bog’cha yoshimda multfilmdagi “jungle” shu bo’lsa kerak deb o’ylagan, maktab davrimda arig’ida krokadil bo’lsa kerak deb tasavvur qilgan, 2-3 yil oldin ham tunda bu ko’chaga kirishga yurak yetmagan 300m uzunlikdagi bu katta ko’cha, men uchun endi oddiy bir tashlandiq yo’lak. Bolalik xotiralarim qolgan, kam qatnov bir yo’nalish.

Mindee o’ylab qarasam, bunaqangi hodisa ko’p uchrayapti shu kunlarda. Ikki xulosa bor. Yaxshisi, duyoqarashim o’sganligidan, ongim katta megapolislarda orienter olishga qodir, endi katta muammolarni yechishga ham tayyorman.

Boshqa tomondan, men endi bola emasman. Buyog’i endi katta hayot deb nomlangan yo’l, oila deb nomlangan kompaniya, shifokorlik masuliyati. Kordinal o’zgarishlar meni kutyapti.

Yoshlik meni tashlab ketmoqda.

15.05.2021
Butun umr o'rganishdan to'xtamaslik

1. Hayot teskari ketayotgan eskalatorga o'xshaydi. Bir joyda turibsan - pastga ketyapsan degani. Yurishni boshlasang bitta joyda turasan. Tepaga chiqish uchun esa yugurish kerak. Yugurish bu - katta tezlikda o'rganish.

Tez o'rganish nima degani?

2. Shu darajada tez o'rganishing kerakki, 6 oy oldingi ahvolingni ko'rib qo'rqib ketishing yoki hayron qolishing kerak. ~ Ilon Mask

3. Odam yangi narsani o'rganayotganda o'zini noqulay his qiladi. Juda tez o'rganayotganda esa qo'rqadi. Agar hozirgi qilayotgan ishing davomida qo'rqmayotgan bo'lsang, demak tez o'rganmayapsan. O'zingni qulay his qilayotgan bo'lsang, umuman hech narsa o'rganmayapsan.

4. Qo'rqayapsan, lekin hech nimani o'zgartirmayapsanmi? Unda bu beqarorlik, yoki beamallik, yoki ikkalovi.

5. Odam butun umr komfortda yura olmaydi. Hozir bemalollikda yurganing, faqat kelajakda havotir bilan yurish hisobigagina bo'ladi. Buning uchun maktab paytingdagi bezorilarning hozirgi ahvolini kuzatishing kifoya.

6. Xulosa: O'rganishdan to'xtama. O'rganish tezligingni o'zing qo'rqib ketadigan darajaga olib chiq. Komfortga tushib qolishdan ko'ra diskomfort bilan yashashga ko'nik.

7. Yuqoridagilar ham diniy ham dunyoviy bilimlarga taaluqli.