Muammolar haqida
Ba'zida hayotimizda shunday paytlar bo’ladiki, atrofimizda sodir bo’layotgan muammolardan va mayda muammo tug’dirayotgan insonlardan qochgimiz keladi.
Shunday qilish kerak ham aslida, agar bu muammolarni hal etish sizning qo’lingizda bo’lmasa yoki uni hal qilish biror narsani o’zgartirmasa.
Bunday paytlarda o’zimizni bizga maqsadlarimizni eslatadigan, yaxshilikni o’ylashga chaqiradigan, xursandchiliklari bilan bo’lishadigan insonlar muhitiga tortishimiz kerak.
Hayotda muammolar bo’lishi tabiiy bu uning bir bo’lagi, lekin bu muammolarni ortiqcha stressga bormasdan hal etib va hal etilmas turlaridan o’zimizni chetga olib, bu dunyo hayotini mazmunli va manfaatli o’tkazish o’z qo’limizda.
In every life we have some trouble, when we worry we make it double, don’t worry, be happy.
#WAGMI
Mannheim, Germaniya
@malikposts

Dardkash
"They're hearing without listening..."
-from The Sound of Silence
Ba'zan, bu dunyo bir jonimizga og'irlik qilishni boshlaganida, shunchaki, hech bir so'z aytmay, oldimizda o'tirgancha bizni unsiz tinglashlarini istab qolamiz. Hech bir maslahatlarsiz, ovutish-u tasallilarsiz, hech qanday gaplarsiz, shunchaki tinglashlarini xohlaymiz.
Lekin, buni hamma ham eplolmaydi. Bir qarashda eng oson ishdek tuyilgan bu "jim o'tirib tinglash"ga hammaning ham uquvi yetavermaydi. Aslida, bu yillar davomida shakillanuvchi fazilatdir. Empathetic - dardkash insonlar hammani o'ziga tortadi. Hamma unga kelib dardini aytib yengillab olishni istaydi. Ammo, dardkashlik fazilatining ham, qanchalik insoniy, qanchalik ezgu bo'lmasin, o'ziga yarasha badali bor. Dardkashlik insondan avvalo katta energiya talab qiladi. Vaholanki, oddiy odamning bunga jismonan va ruxan qurbi yetmaydi. Hammaning dardini tinglab uni yetarlicha protses qilmaslik vaqti kelib burnout - charchoq, yoki ruhiy krizisga sabab bo'ladi.
Undan tashqari, o'ta ta'sirchan insonlarda, atrofdagilarning holatini tez ilg'ab olishlari sababli, odatda empathy - hamdardlik hissi kuchli bo'ladi. Aynan shu sababdan ham ular odamlar bilan muloqotda nisbatan tez toliqib qolishadi, va ma'lum vaqt yolg'iz qolishga ehtiyoj sezishadi.
Shunday bo'lsada, o'zida hamdardlik hislatini shakillantirish ijtimoiy hayotda va odamlar bilan munosabat o'rnatishda katta ahamiyatga egadir. Bolalarga kichlikligidanoq emotsiyalar va ular bilan ishlash haqida tushuncha berib borish ulaga kelajakda o'zgalar va o'zi bilan sog'lom munosabatlar o'rnatishda katta yordam beradi.
#WAGMI
Mannheim, Germaniya
25.07.24

Malikam ✨
Bugun siz bilan hayrlashganimizga roppa-rosa 60 kun bo‘pti qizim.
Kunlarim o'zim bilan bo'lib tez o'tsada, tunlarim sizsiz to'xtab qolgandak. Ongimda turfa xil fikrlar bo'lsada, hayollarimda faqat o'ziz. Jismonan bu Germaniya ko'chalarini kashf etib yurgan bo'lsamda, ruhan o'zaro rishtalarimiz uzoqlashayotgani qalbimni hira qiladi.
Har gaplashganimizda tilimda salom alik qilamanu, sizi har telefonga qarab kulib qarashlariz qalbimdagi sog'inchimni bosish o'rniga, aksincha kattalashtiradi. Kelib telefondagi dadangizni yuzini o'pib ketasizu, o'sha paytda sizi hayolizda nima o'tadi bilmadimu, lekin meni o'zimga ko'p savollar berishimga majbur qiladi.
Ha qizim, sizsiz bu yerda kunlarim zerikarli. Ha qizim, sizsiz bu yerda tunlarim bedor. Ha qizim, sizsiz bu yerda dadangiz yolg'iz. Ha qizim, o‘zizdachi qizim?
07.08.2024

https://telegra.ph/Littlelar-hammadan-kuchli-Parkinsondanchi-02-22
Bor narsani tan olish taslim bo’lish degani emas, balki nimanidir shunday ekanligini tushunish va uni yengishning bir yo’li bo’lishini anglatadi

Telegraph
„Littlelar hammadan kuchli“. Parkinsondanchi?
Tasavvur qiling, Hollywood yulduzisiz, yoshiz 29da. Yoningizda suyukli umr yo‘ldoshiz, beg‘ubor farzandiz, baxtli oila a‘zolar, sevimli ishingiz va to‘lin-sochinlikka to‘la hotirjam hayot. Qaysidir bir tong otdi. Yotoq yopinchig‘ingiz ostida nimadir to‘xtovsiz…
Guess Who‘s Back.
O‘tkan 4-5 oy mobaynida hech qanday sport mashg‘uloti bilan shug‘ullanmagan tanamni bugun yugurishga olib chiqdim.
Yugurishga chiqishdagi maqsad bu sog‘ligimdagi yoki jismoniy holatimdagi rivojlanishga bo‘lgan chanqoqlikni qondirish emas, balki mental ichki ovozni jilovlash.
„The more you suffer, the more it calms your mind“ - shu jumlaga mos ravishda bugun ozgina ovozi o‘chdi.
Erta-indin yana ming’irlashni boshlaydi. Lekin, endi buyog‘iga ovoz o‘chirgichlar tayyorlab qo‘yganman. Menga yagona kerakli narsa nafsni yengishdagi g‘ayrat. Buni men o‘zimga tilab qolaman.
WAGMI
Mannheim, 08.06.2025.

Ovropa xalqi osmonda uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari.
Ovropaliklar suv ostida suzar ekan-bizda uzun va yoki qisqa kiyim janjallari.
Ovropa shaxarlari butun elektrik bilan isitilur va yoritilur ekan bizda - maktablarda jo'g'rofiya va tabiotni o'qitish va o'qitmaslik ixtiloflari davom etadi...
MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV.
1923 yil "TURKISTON" gazetasidagi maqolasidan.

📖Reading 50
Ikkinchi kitob: „Oydin tunlar“-Feodor Dostoyevskiy.
Voqealar markazida Peterburgning hamma bilar, borgisi kelar “oydin tunlar”i. Ya’ni bu shunday tunlarki juda kam soat qorong’u bo’ladi. Tun ham yorqinlikdan iborat. Yolg’izlikdan aziyat chekar, xayolparast, ko’chalarni xayol surgancha aylanadigan bir yigit. Ismi noma’lum.
Va albattaki hamma bilar Nastenka. Ha, u aynan Nastenka. Qissa bir qarashda ko’z yoshlarga, kutilishlarga to’ladek ko’rinsada, ammo tub zaminida umid, insoniy tuyg’ularning nozik tomonlari, yolg’izlik yotadi.
Bu kitob Dostoyevskiy kitoblari ichida o‘qigan birinchi kitobim. Balki nemis tilida o‘qanim uchunmi yoki xissiyotlar 19 asrnikidan farq qilganidanmi, kitob ta‘sirli bo‘lib chiqmadi. Balki bu asarni ruhini, aynan o‘z sevgisiga yetolmaganlar anglab yetar.
Ha mayli, shunga qaramay quyida kitobdan olingan mazmunli jumlalarni qoldirman:
- Ko‘chalarda sandiroqlab yurarkanman, mutlaqo notanish yo‘lovchilarni kuzatishni, ularning yuzlarini o‘rganishni va kimligini, qanday yashashini, nima bilan shug‘ullanishini, ayni damda ularni nima qiziqtirayotganini bilishni yaxshi ko‘raman.
- Koʻkda yulduzlar charaqlab turar, osmon shunchalik yorugʻ ediki, unga qarab, beixtiyor oʻzingdan-oʻzing: nahotki shunday osmon ostida ham serjahl va tajang odamlar yashasa, deb soʻraging keladi.
- Bu nihoyasiz orzular olamida qandaydir umid uchquni borligiga ishonging keladi.
Mannheim
4.10.2025

Nomsiz tuyg`u @konsta
Konsta
🍂Asarga mos ashula ham topildi:
Konsta - Nomsiz tuyg‘u.
Konsta - Nomsiz tuyg‘u.
🖇️Intizom shakllantirayappan.
Intizom bir katta lahzada emas, balki kichik takrorlar orqali shakllanadi.
Odatlar unique va qiyin bo‘lgani uchun emas, balki takror-takror qayta qilingani uchun mustahkamlanadi.
Miya bir marta his qilgan narsasiga emas, odatiy ravishda qilib isbotlangan natija va shu orqali qilingan buyruqga itoat qiladi.

1-Post lekin 1-kun emas.
Yaxshi odamlar
Qaysidir kuni ijtimoiy tarmoqda bir postga ko‘zim tushdi:
„Hozirgi paytda jamiyat yaxshi odamlarni qadrlash o‘rniga, aksincha ulardan foydalanadigan bo‘lib qolgan“.
Men bu fikrni to‘g‘ri deb hisoblayman. Inson hamma uchun qancha ochiq ko’ngil va xojantmand bo‘lsa, shuncha undan o‘z foydasi uchun foydalanadiganlar topiladi.
Masalani ikkinchi tomoni, bunday toifadagi odamlarni ko‘pchiligi bu holatni biladi va bunga ko‘z yumadi.
Sababi ular, munosabat va rishtalarini saqlab qolishni, qanaqadir dramalar paydo qilmaslikni va asosiysi o‘zlarini ichki hotirjamliklarini shu orqali saqlashni tanlashadi.
Yana bir jihati shuki, aynan o‘sha insonlar siz bilan biz yashayotgan jamiyatlarning ma‘naviy hamda ruhiy ustunlaridir.✨
26.11.2025

P.S: 1 oydan so‘ng nafaqaga chiqadigan nemis hamkasabam bilan qurilgan uzoq suhbat va o‘z kuzatuvlarim post bo‘lganda.
26.11.2025
Mannheim
🪧Starting from the bottom
Kecha Germaniyaga qadam bosganimga roppa rosa 18 oy bo‘ldi.
Shundoq o‘tirib, oyoqni yozib, o‘tkan bu umrimga nazar solarkanman endi bu dunyoga qarash bir-yarim yil oldingidan ancha farq qilayotganini anglamoqdaman.
Xo‘sh nimalar o‘zgardi? Nimalarni uddasidan chiqdim/chiqmoqdaman? Nimalarni yo‘qotdim yoki yo‘qotmaqdaman? Qanday xatolar bo‘ldi? Yutuqlarchi? Balki afsuslar bordir?!
Aynan lekin men bu yerlarda yurib anglagan asosiy narsa bu o’zligim bo’ldi.
Yes my friend men o‘zimni 27 yoshimda, yelkamda alohida oila maasuliyati, 3,5 yosh qizimga otalik, murakkab kariera boshlash oldida, vatandagi ko‘pchilikni umidi bo‘lib turgan holatimda endigina topdim.
O‘tkan umrning aksar qismi soxtalikda o‘tkanligini, kimnidir meni judge qilishidan cho‘chib yashaganligimni, qandaydir shaxsga yoqish uchun qilingan mulozamatlaru, o‘zimga yoqmasa ham qandaydir qoliplarga tushganligimni tushundim.
Yana shuni tushindimki, o‘sha meni judge qiladigan odamlar hech qanaqasiga meni judge qiladigan darajada emasligini angladim. Ularning mendanda yaxshiroq qila olgan narsasi mendan o’tkan ikkiyuzlamachi bo‘lganliklari ekanligini angladim.
Bu balki Egoni ham shakllanishidir. Agar bu ego bo‘lsa, bildimki egoistik fikrlash va avvalo o’zini birinchi o’ylash yomon fazilat emas.
stay hard
Mannheim
9.12.2025

Bu yo‘l yangi, aytiladigan gaplar ko’p, hali yechilmagan masalalar bor.
stay hard
Mannheim
9.12.2025
Barakali kunlar🌅
Avtomoshinamiz ko’chadagi chang bilan kir va iflos!
Uni suv bilan yuvamiz va tozalaymiz.
Qalblarimiz nafsning xohishi bilan ifloslangan!
Allohning rahmi va kechiruvi qalblarni suv kabi poklaydi.
Qalbimiz poklangunicha buni yaratgandan so‘raymiz va shunga ishonamiz.
Bu jarayon bir necha kun, hafta, oy davom etadi.
Bu ruhimiz uchun iloj.
Biz qo‘ldan kelgancha so‘raymiz va qalbni isloh qilishga o‘zimiz ham chin yurakdan harakat qilamiz.
Va bu so‘raladigan kunlarning eng afzallari oldimizda.
Ramazon muborak!

Mannheim, 18.02.26
🪵O’zinga ishonch haqida
O‘ziga ishonchni ikki xil turi bo‘ladi:
1. After school special believe.
2. Built Believe.
1. “After school special belief” – tashqi manbalardan keladigan ishonch. O‘qituvchi, ota-ona: “Sen zo‘rsan” deyishadi, doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Har qanday vaziyatda yonida turib „sen uddalaysan“ deb dalda, ishonch berib turishadi.
2. “Built belief” – inson o‘zi qurgan haqiqiy ishonch. Qiyin vaziyatdan o‘tasiz, qo‘rqib turib ham harakat qilasiz, har kungi intizom. Shu orqali yanada qiyin va murakkab ishlarni inson qila boshlaydi. Miyada qaytariladigan asosiy gap,- “men qiyin narsani qila olaman. Chunki oldin ham qilganman.” bo‘ladi.
Afsuski birinchi turdagi ishonch ko‘pchilikka berilmaydi yoki shakllantirilmaydi(sabablari ko‘p, bu haqida keyinroq).
Ikkinchi ishonchni shakllantirish uchun esa, biz inson sifatida juda ko‘p muammo va mashaqqatlarni yengib o‘tishimiz, o‘zimizga o’zimiz kecha bergan va‘dalarimizni bajarishimiz, yiqilgandan keyin o‘zimizni qayta turgiza olishimiz va eng asosiysi shu jarayonda bizga ishonchizlik bildirayotkan va bu yo’lda chalg‘itayotgan inson/hayollar/nafs/vaziyat/sharoitga yo‘limdan qoch(f* you )deya olishimiz kerak bo‘ladi.
Aynan, Sport bu ishonchni shakllantirishdagi eng asosiy manba, chunki o‘z jismoniy holatimizni kundan kunga yaxshilayotganlarni payqash orqali natijalarimizni nazorat qilib bora olamiz. Xullas, men Fevral oyida shu yo‘lda 27 soat vaqtimni Sport bilan o‘tkazdim, batafsil Stravada.
stay hard
Mannheim, 02.03.26.
O‘ziga ishonchni ikki xil turi bo‘ladi:
1. After school special believe.
2. Built Believe.
1. “After school special belief” – tashqi manbalardan keladigan ishonch. O‘qituvchi, ota-ona: “Sen zo‘rsan” deyishadi, doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Har qanday vaziyatda yonida turib „sen uddalaysan“ deb dalda, ishonch berib turishadi.
2. “Built belief” – inson o‘zi qurgan haqiqiy ishonch. Qiyin vaziyatdan o‘tasiz, qo‘rqib turib ham harakat qilasiz, har kungi intizom. Shu orqali yanada qiyin va murakkab ishlarni inson qila boshlaydi. Miyada qaytariladigan asosiy gap,- “men qiyin narsani qila olaman. Chunki oldin ham qilganman.” bo‘ladi.
Afsuski birinchi turdagi ishonch ko‘pchilikka berilmaydi yoki shakllantirilmaydi(sabablari ko‘p, bu haqida keyinroq).
Ikkinchi ishonchni shakllantirish uchun esa, biz inson sifatida juda ko‘p muammo va mashaqqatlarni yengib o‘tishimiz, o‘zimizga o’zimiz kecha bergan va‘dalarimizni bajarishimiz, yiqilgandan keyin o‘zimizni qayta turgiza olishimiz va eng asosiysi shu jarayonda bizga ishonchizlik bildirayotkan va bu yo’lda chalg‘itayotgan inson/hayollar/nafs/vaziyat/sharoitga yo‘limdan qoch(
Aynan, Sport bu ishonchni shakllantirishdagi eng asosiy manba, chunki o‘z jismoniy holatimizni kundan kunga yaxshilayotganlarni payqash orqali natijalarimizni nazorat qilib bora olamiz. Xullas, men Fevral oyida shu yo‘lda 27 soat vaqtimni Sport bilan o‘tkazdim, batafsil Stravada.
Reja oson bo‘ldi: Lift More Than Runners, Run More Than Lifters.
stay hard
Mannheim, 02.03.26.
🪜Imtihondan yiqildim.
24-iyun kuni men Germaniyada tibbiy bilimimni tan oldirishga mo'ljallangan imtihon(Kenntnissprüfung)dan o'ta olmadim. Birinchi urunish - failed.
Yiqilishimga eng alamli qiladigan sabablar - na bilimdagi, na tilimdagi kamchiliklar bo'ldi. Ular, subektiv va obektiv bo'ldi. Subektiv sabalarini gapirishimdan foyda yo'q, o'zim uchun olib qo'ydim. Men tomonimdan bo'lgan sababi haqida to'xtalmoqchiman.
Imtihondan oldingi davr paytida, o'zimga haddan tashqari ishonch shakllanayotgan edi. Shu tariqa bilimimga, intelektual kuchimga, til salohiyatimga ishonchim o'ta yuqori bo'lib ketgandi. Lekin, men payqamagan yana bir xislat - arrogance ham orada shakllanib qolgan edi ekan.
Ishxonada, uyda, ko'chada, guruhlardagi simulyatsilardagi sheriklar, bu yerdagi hamyurtlar bilan uchrashuvlarda ham o'zim payqamagan holatda, o'ta tez reaksiya beradigan va gapni oxirigacha eshitishni xoxlamay qo'ygan edim.
O'rtada ayolim eslatdi, Javohir eslatdi e'tibor qaratmadim. "I thought it was a part of winning."
Imtihonda esa menga aytilgan asosiy kritika esa aynan shu bo'ldi. „Sie hören sich die Frage nicht bis zum Ende an.“ tarjimasi, "Siz bizni oxirigacha eshitmayabsiz." then i got humbled...
Oradan 3 hafta o'tdi, tushunarsiz o'ylar, javobsiz savollar, uyqusiz tunlaru, achchiq self talk. Bu tuyg'uni oxirgi 2016 yilda xis qilgan ekanman. Ko'p tanlovlar bor, lekin hammasi ham haqiqiy yechim emas. Feeling sorry for myself is no option anymore.
Endi nima? Davom etamiz, kamchiliklarni to'ldirmiz, shakllanayotgan mentalityni yanada ehtiyotkorona quramiz. Bizni yaqindan biladigan insonlarning kritikalarini tinglaymiz. Insecuritylarga yanada jiddiyroq yondashamiz. Haqiqiy rejalarni tuzuvchiga yanada yaqinroq bo'lamiz.

Mannheim, 16.07.2026
stay hard