Malik’s Thoughts
573 subscribers
25 photos
4 videos
23 links
Bu kanalda Malik Abdulloh o’zi qiziqqan mavzularda postlar qiladi.

Mamasoliev@gmx.de
Download Telegram
Биологлар кўпинча организмнинг экологияси ҳақида гапирадилар: энг юксак эман дарахти бу қадар юксакка кўтарилишига унинг энг яшовчан ниҳолдан экилганлигигина сабаб эмас. Ҳамма гап шундаки, у ўсаётганда бошқа дарахтлар уни қуёшдан тўсиб қолмаганлар, ниҳол унумдор ерга тушган, у ҳали ниҳол эканида қуёнлар унинг танасини ғажилаб кетмаганлар, дурадгор улкан дарахтга айланмасидан уни кесиб кетмаган. Ҳаммамиз биламизки, ютуққа эришадиган одамлар ва гуруҳлар энг яшовчан уруғдан чиққанлар. Аммо биз уларни иситган қуёшни, улар илдиз отган тупроқни, уларга учраган қуён ва дурадгорларни етарлича биламизми?

© Малколм Гладуэллнинг “Зукколар ва ландовурлар” китобидан.

@malikposts
Онамнинг суратин олиб қўлимга,
Хаёлан сўзлашиб кўнгил сўрайман.
У муштоқ бўлгандай менинг йўлимга
Шунчалар термулиб унга қарайман.

- Нечун суратимни қўлинга олдинг?
- Онажон, сизни бир кўргим келди.
- Ўғлим, нега бунча термулиб қолдинг?
- Шунчаки, сиздан ҳол сўргим келди
- Бошгинанг ғамлардан омонми, жоним?
- Сиз борсиз, ташвишлар менга бегона.
- Илоҳим бахтингни берсин худойим.
- Сиз менинг борлиғим, бахтимсиз она!..
Бугун битта дардга этмади кучим...
- Қай дард-ки солибди кўнглинга қайғу?
- Она, расмингизни келяпти қучгим.
- Сени қийнаэтган у кандай туйғу? У қандай дард экан, ожиз бардошинг?
- Ўйламанг, на хорман ва на оғриндим.
- Хўш нечун бағримни эзар кўз ёшинг?
Онажон, шунчаки... сизни соғиндим!

Э.Бозоров
Mendan huzur nima deya so'rashsa:

- uning kulgusi
- uning kuchsiz oyoq uzatishlari
- uning hidi
- uning qiyqirig'lari
- uning, uning, uning deya davom etgan narsalarni sanasam kerak.

Ha qizim, hayotimga kirib kelganingga ko'p bo'lmagan bo'lsada, qalbimni, hayotimni, hayolimni egallab olding, Allohim bu qanday muhabbatki, uning kichik barmoqlari bilan chimdalashlari ham menga zavq , huzur bag'ishlaydi.

Robbim, o'zinga hamdlar bo'lsin
Ота қизнинг ҳаётида такрорланмас кишидир. Унинг ўрнини бирор киши боса олмайди, на ака-ука ва на эр, ҳатто фарзанд ҳам.
Умрнинг совуқ тунларида ота омонлик соҳилидир.

Айман Ёғий

#selfreminder
#WAGMI - We are all gonna make it ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimgadir aql o’rgatish to’grisida.

Ko’pchiligimiz sen shu ishni qilishliging kerak edi, nega bunday qilmaysan, sen bu yo’ldan yursang bunaqa bo’lmas edi, sen bunday qilmasliging kerak va hkz shunga o’xshash gaplarni ko’p eshitamiz. Bu gaplarni bari gap yo’naltiriligan odamni dilini xira qilishdan ortiqcha narsaga yaramaydi. Bu insonlar sizni yaqinlaringiz bo’lmasa, albatta.

Ba’zida o’ylanib qolasan kishi, naxotki ular aytgandak bo’larmidi deb, vallohu alam. Balki ular to’gri maslahat berishar lekin, siz shunday bo’lishingiz kerak degani emas, agar hayotiy prinsiplariz bo’lsa, sizni oldingizga qo’ygan real maqsadlaringiz bo’lsa va u maqsadlar tamon rejalaringiz puxta bo’lsa, ikkilanishni hech ham keragi yo’q my friend, ular nohaq. Faktlarni keltirishsa ham siz o’z bilganingizdan qolmasligingiz kerak.

Mana misol uchun: siz tibbiyot talabasisiz, lekin sizning tibbiyotdan umuman xabari yo’q amakingiz sizga
zo’r urolog tanishini borligini, uni ishlari zo’r ekanligini, siz ham albatta urolog bo’lishingiz kerakligini takidlab joningizga tegdi deylik. Amakingizga sizni uralogiyaga qiziqishingiz bor-yo’qligi, sizning rejalaringiz qandayligi, sizning qay sohada uquvingiz balandligiyu qanchalik bu soha yoqmasligini absloyutno qizig’i yo’q. Urologni muvvofaqiyatiga tayanib aql o’rgatayapti xalos.

Shaxsan men shunday insonlardan qochaman. Nega? Chunki ular men emas, ular meni tashqaridan bilishadi, ularga qilgan muomalamga qarab baho berishadi xalos, meni ichki kechinmalarimni bilishmaydi, meni yo’limdan yurishib ko’rmagan, yurishmaydi ham. Shunchaki gaping to’g’ri deb qutilaman. Lekin bilganimni qilaman.

03.05.2020

@malikposts
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menimcha bu “BAXT” deyilsa kerak

Dam olish kuni oqshomi, monitorda taxminan 20 marotaba ko’rilgan multik seriyasi, atrof to’la sochilgan o’yinchoqlar, qo’lingda varoqlari g’ijimlangan va yirtilgan kitob

Ha qizim, vaqt o’tkazish siz bilan maroqli. Ha qizim, sizsiz xona zerikarli. Ha qizim, siz bor dadangiz bardam. Ha qizim, yaxshiyam siz bor qizim🫶

Iya, ana chiroq o’chdi, endi uni yoqishni ham o’rganing qizim
The Sound of Silence
The Beatles
Time doesn't heal. Otherwise it wouldn't have taken huge part of my adolescence to cope.

So, hello darkness, my old friend.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍁Inson tabiatida kayfiyatning o'zgarib turishi tabiiy.

Menda ham negative o'ylar soni ko'payib ketganda, jismonan toliqib hech narsaga havsala qilgim kelmaganida shunga o'xshash reels larni birlashtirib olamanda haftalab, oylab qayta - qayta ko'rib yuraman.

Its kinda relaxing tho ❄️
"Know that people will fall off.

Friends and family aren't going to be able to push you to the limits you need to be pushed. They simply won't understand the journey you are on.

Those people around you will see where their world ends and your world begins. You are willing to go that much further, dig that much deeper, endure that much more, and suffer that much longer. Your resolve needs to be that much
deeper. Always, without fail.

Before you go to bed at night, you must ask yourself just one question. Have I done enough today? If the answer is no, you must find it within yourself to forego sleep and be willing to go the extra mile. You must realize that if you are in search of finding that new
realm, you must be willing to extend yourself to the limit without any guarantee of success.

Be willing to be the one who is willing to sharpen your
sword alone."

David Goggins
Be the person who still tries.🧑‍🚀

After failure, after frustration, after disappointment, after exhaustion, after heartache, be the person who musters up the courage to believe that a new attempt can manifest a new outcome.

Be the person who still tries.🪐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖Reading 50

Birinchi kitob: "Can't hurt me" by David Goggins.

Bu kitobda Goggins qanday qilib iroda, aqliy chidamlilik va qattiq mehnat, jamiyatning quyi pag'onasidagi shaxsni Amerikaning eng oldi atletlaridan biriga aylanganligini tushuntiradi.

Har birimizni ichimizda o'zimizni shaytonimiz yoki nafsimiz deymizmi, ichki ovoz bor. U bizga doimo eslatib turadi: seni bu holatingda qolishinga sabab bu ota-onangni kambag'al ekanligi, seni xunukliging, oriqliging, semizliging, seni qishloqda tug'ulganliging, seni yaxshi maktabda o'qimaganliging yoki atrofingda qo'llab quvvatlovchi odamlaring yo'q va boshqa bahona sabablar bor ekanligini.

Aynan, bu kitobda David Goggins o'z hayoti misolida deyrali 140 kg vaznli, intelektual sust fikrlovchi, o'qish-yozishni quyi sinf maktab o'quvchisi darjasida biluvchi, kunlik hayoti bahonalarga to'la, dangasa insondan dunyodagi eng chidamli insonga aylanish yo'lida bosib o'tkan tajriba va xulosalarini bayon qiladi.

Quyida kitobdan olgan asosiy mulohazalarim:

- Bu hayotda ko'pchiligimiz eng qisqa va oson yo'lni bo'sib o'tish bilan maksimal foyda keltiradigan harakatlar tizimini izlamoqdamiz. Masalan, qani endi kuniga 2 soat ishlab haftasiga 5000$ pul topsam, qani endi 10 minut bir mashq qilsamda Instagramdagi eng oldi fitness modeldanda qomatim chiroyli bo'lib ketsa yoki qani endi 10 sahifali bir kitob bo'lsada bu orqali butun Kardiologiyani tushunib olsam. Agar, yuqorida sanalgan narsalarga kunlik intizom va qattiq mehnatsiz erishgan odamni ko'rsangiz bilingki, bu insonni Xudo siylapti. Ammo, aksariyat hollarda biz orzu qilgan moliyaviy kamchiliklardan holi hayot, bir sohadagi chuqur bilim, tajriba yoki o'sha qaddi qomat kunlar, haftalar, oy va yillar mobaynida qilingan qattiq mehnat samarasidan boshqa narsa emas. Xulosa, agar bu hayotda biror maqsading bo'lsa va unga boradigan aniq rejang bo'lsa qattiq mehnat qilmas ekansan, bu maqsad maqsadligicha qolib ketadi.

- Ko'pchiligimiz o'z kamchiliklarimizni boshqalarga bildirmaslikka, yashirishga harakat qilamiz. Bu yashirish orqali o'zimiz ham bu o'zimiz o'ylab topgan aldovlarimizga ishonamiz. Shu orqali o'sha kamchiliklarimizni to'g'rilamasdan yillar o'tib ketadi. Goggins kitobda o'zimizga haqiqatni aytishni o'rgatadi. Semizmisan tan ol semizsan va buni ustida ishla - yugurishga chiq, ovqatlanishingni to'g'rila. Dangasamisan tan ol dangasasan. Necha marotaba ertaga qilaman deb ortga surgan ishlaringni ertaga deb qilmay qo'ygansan? Tan ol va qilaman deb reja qilgan ishingni qilmaguningacha uxlama. Bu ko'nikma siz bilan bizga o'z kamchiliklarimizni anglamay yana ko'plab energiya va vaqt yo'qotishizdan saqlab qoladi. Xulosa, o'zinga haqiqatni aytishni o'rgan, o'zingni kamchiligingni boshqalardan eshitgandan ko'ra o'zingdan eshitib, to'g'rilaganing shaxs sifatida rivojlanishinga foydasi ahamiyatliroq.

- Katta yutuqlarga erishishdan avval senda uchqun sifatida kichik g'alabalar bo'lishi kerak. O'zingni kichik g'alabalaringni katta maqsadlaring yo'lida yoqilg'i sifatida ishlat. Masalan, institutga o'z mehnating orqali grand kirganing, 1 sutka o'tirib 80 paraghrafli kitobni tugatganing, kecha trenajorda 110 kg deadlift qilganing yoki aytaylik IELTSdan 7+ olganing. Bu natijalarni eslash, shaxsga maqsad yo'lidagi qiyinchiliklarda taslim bo'lmaslikka chorlaydi, seni qo'lingdan bundan avvalgi ish kelgan bunisi ham keladi degan ma'noda. Xulosa, oldingi yutuqlaringdan keyingi maqsadlaring uchun poydevor sifatida foydalan!

🪐O'qilish shart bo'lgan kitob, chindanda hayotingizni va fikrlashingizni o'zgarishiga sabab bo'luvchi kitob, aqliy chidamlilikni oshiruvchi kitob, biror ishingizni tugatmagungacha uxlashga qo'ymaydigan insonga aylantiruvchi kitob.
Ганимат

Шундай кетишлар бўлади, кейин асло ортга қайтилмайди.

Қорлар ёғади, ёмғирлар ёғади, хатто бойчечаклар чиқади.

Кетганлар эса бошқа қайтмайди.

Хозир эса хар мавсум аро улар ёнингизда.

Яхши кўришингизни, шунчаки ростан яхши кўришингизни, манфаатларсиз эканини, сизга керак эканини айтинг, токи керак  инсонлар керакли бўлиш бахтини хис қилиб яшасин.

Улар шундоққина ёнимизда🌠
Men o’rtacha emasman

Bugun kechki yugurishga chiqdim. Buyuk Ipak Yo’li metro bekatidan Novza masjidga qadar maqsad qildim.

1000 kkal, >15km masofa va men 110 daqiqa vaqt ichida manzilga keldim.

Manzilga sanoqli masofa qolar ekan 2-3-kmdagi motivatsiyadan asar ham qolmagan. Chap tizzada 30 minut avval boshlangan kuchli og’riq, o’pkamda hansirash, yurakda hovliqish, yuzimda chiqqan terga aralashib loyga aylangan Toshkent ko’chalari changi va asosiysi uyimdan chiqib yugurishimni boshlashim bilan 10 minut o’tmay “to’xtash kerak”deb takidlayotgan ichki ovoz.

Yagona maqsad miyamga bu shaxsga ong ostida kim ho’jayin ekligini isbotlash. Isbotladim. Bugun menman. Boshlanishi bo’lsin ilohim.

Men endi kechagi Malik emasman. Bugungisi esa bu sohadagi beginneri. Yozilishicha dunyo aholisining 10%dan kami yugurgan ekan bir urunushda bu masofani.

Endi maqsad yarim marafonga (21km+).

Men o’rtacha emasman🌠

Sizchi? #wagmi

1.05.2024
Tashkent
10km Night run 🌠

26.05.2024
Tashkent
Muammolar haqida

Ba'zida hayotimizda shunday paytlar bo’ladiki, atrofimizda sodir bo’layotgan muammolardan va mayda muammo tug’dirayotgan insonlardan qochgimiz keladi.

Shunday qilish kerak ham aslida, agar bu muammolarni hal etish sizning qo’lingizda bo’lmasa yoki uni hal qilish biror narsani o’zgartirmasa.

Bunday paytlarda o’zimizni bizga maqsadlarimizni eslatadigan, yaxshilikni o’ylashga chaqiradigan, xursandchiliklari bilan bo’lishadigan insonlar muhitiga tortishimiz kerak.

Hayotda muammolar bo’lishi tabiiy bu uning bir bo’lagi, lekin bu muammolarni ortiqcha stressga bormasdan hal etib va hal etilmas turlaridan o’zimizni chetga olib, bu dunyo hayotini mazmunli va manfaatli o’tkazish o’z qo’limizda.

In every life we have some trouble, when we worry we make it double, don’t worry, be happy.

#WAGMI

Mannheim, Germaniya

@malikposts