Malika Psixolog|Blog
38 subscribers
12 photos
14 videos
67 links
Men Malika Yusupova Psixologiya bo'yicha mutaxassis va master kit bo'yicha konsultantman.
Bu yerda o'zimning mutaxassisligim bo'yicha foydali ma'lumotlar berib boraman
Instagram:https://instagram.com/malika_psixolog?i
Download Telegram
Siz shundog'am yaxshi insonsiz

Siz bunga ishonmaysizmi?
Keling unda sizga buni isbotlab beraman.

Siz dangasasiz

To'g'ri siz dangasasiz ammo dangasalikning ham foydali tomonlari bor, ishni yoqtirmasangiz qilmaysiz bu sizning erkin inson ekanligingizni bildiradi.
Siz xohlasangiz dam olasiz, aynan shuning uchun ham sizning asablaringiz tinch.
Odam biroz dangasa ham bo'lishi kerak chunki har bir narsaning yaxshi va yomon tomonlari bor.
Mehnatsevarlikning qanday yomon tomoni bor deb o'ylayotgandirsiz?
Bor, agar siz juda mehnatsevar bo'lsangiz boshqalar sizga "uni, buni" qilib ber desa siz rad etmaysiz, chunki siz mehnatsevarsiz.Oqibatda ko'plab odamlar sizning elkangizga minib olishadi, natijada siz charchaysiz, asablaringiz taranglashadi.
Dangasa bo'lsangiz " e bore" deb qutulasiz.

Siz qo'rqoqsiz

Siz qo'rqoq odamsiz.Ammo buning ham foydali tomonlari bor.
Siz qo'rqoq bo'lganingiz bilan juda ehtiyotkor odamsiz.Siz yutqazib qo'yishdan qo'rqasiz va shuning uchunam tirishib ishlaysiz, mehnat qilasiz.
Sababi siz mag'lubiyatdan qo'rqasiz.Aynan shuning uchunam mehnat qilasiz.
Qo'rqmaslikning salbiy tomonlari bormi?
Albatta bor, men juda ko'plab qo'rqmas insonlarni ko'rganman, ular o'z mardligini isbotlash uchun o'zini har ko'yga solgan, hattoki ilonni qo'lida ushlab o'zini hammaga "mard" qilib ko'rsatmoqchi bo'lgan inson ilondan zaharlanib juda ko'p vaqt davolanishiga to'g'ri kelgan.

Davomi bor
Siz shundoq ham yaxshi insonsiz-2

Siz surbetsiz

Siz juda surbet odamsiz, faqat o'zingizni o'ylaysiz.
Hamma sizni yomon ko'radi.
Lekin surbet bo'lish ham kerak.
Sababi hayotda ozgina surbet bo'lmasangiz, natijaga erisholmaysiz.
Ichingizdagi gapni aytolmaysiz.
Surbet bo'lsangiz bemalol gapni ichingizda saqlab yurmay shartta aytib tashaysiz va yengil tortasiz.
Uyatchanglikning qanaqa zararli tomoni bor?
Uyatchanglik ham foydali, ham zararli.
Sababi siz uyatchang bo'lsangiz o'zingiz xohlagan narsani qilishdan uyalasiz, misol uchun siz bitta qizni sevib qoldingiz ammo u qizga borib biror so'z aytish uchun sizdagi uyatchanglik yo'l qo'ymaydi.
Aynan shu tufayli siz shu qizdan ayrildingiz , uni surbetroq bo'lgan odam "ilib" ketdi.

Siz jahldorsiz

To'g'ri siz jahldorsiz, sal narsaga asabiylashib ketasiz.
Aynan shuning uchun ham sizdan ko'p odam hayiqadi.
Siz haqiqiy rahbarsiz.Sababi ko'pincha jahldor odamlar rahbar bo'ladi, ulardan hamma qo'rqadi.
Aynan shuning uchun qo'l ostidagilar sizning buyrug'ingizni bajarishadi.
Yuvoshlikning qanaqa zararli tomonlari bor?
Agar siz yuvosh bo'lsangiz, asabingiz tinch bo'ladi, ammo odamlar sizning asabingiz tinch ekanini bilib bemalol sizni ustingizdan hazil qilishadi, masxara qilishadi.
Sababi sizdan qo'rqishmaydi.
Boshqalar sizning aytganingizni qilishmaydi.

Davomi bor....
Forwarded from Repost.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Комиссия по вопросам обеспечения гендерного равенства совместно с ОБСЕ и МВД представили информативный ролик о защите жертв домашнего насилия

@repostuz
Men juda ham hursandman, bunday dolzarb mavzularga bizning davlatimiz ahamiyat bermoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar biron nimani chin dildan xohlasang, butun koinot uni amalga oshirish payida bo'ladi!
​​Siz shundoq ham yaxshi insonsiz-3

Siz ayyorsiz

Siz ayyorsiz, doim ayyorlik ishlatasiz.
O'zingiz uchun doim hiyla nayrang ishlatasiz.
Siz maqsadingizga tez etishasiz, sababi ozgina ayyorlik bilan ham katta lavozimlarni egallab olasiz.
Sizning fikrlashingiz yaxshi.
Ayyor bo'lish uchun ham aql kerak.
Sizda esa etarlicha aql bor.
Soddalikning qanday zararli tomonlari bor?
Inson sodda bo'lsa, hamma undan foydalanishga harakat qiladi.
Doim og'zidagi oshni oldirib qo'yadi.
Juda soddaligi sababli hayotda juda ko'p qiynalishadi

Siz xudbinsiz

Doim o'zingizni o'ylaysiz.Sizning birov bilan ishingiz yo'q.
Fikru hayolingiz faqat o'zingizda.
Siz o'zingizni yaxshi ko'rganingiz uchun xudbinsiz.
Ammo buning ham yaxshi tomonlari bor.
XXI asrga kelib odamlar o'zgarmoqda.
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.Sababi boshqa insonni qayg'uradigan zamonlar o'tib bo'ldi.
Agarda g'amxo'r bo'lsangizchi?
Doim birinchi navbatda o'zingizni emas, boshqalarni o'ylaysiz.Boshqalarni birinchi o'ringa qo'yasiz.
Ammo hozirgi davrda bunaqasi ketmaydi.
Siz faqat boshqasini emas, o'zingizniyam o'ylashingiz kerak.
Sababi boshqa insonlarga yordam berishimiz uchun eng avvalo o'zimiz yordamga muxtoj bo'lmasligimiz kerak.
Aziz ayollar hammangizni bayram bilan tabriklayman❤️
​​Shakarning ham ozi yaxshi

Har narsaning me'yori yaxshi.
Bilasizmi nimaga?
Chunki siz ovqat yeyotganingizda juda shirin bo'lsa u me'dangizga tegadi, juda achchiq bo'lsa yemay qo'yasiz.
Insonning fe'l atvori ham shunaqa agar siz juda saxiy bo'lsangiz, yashashga qiynalasiz, saxiyligingiz tutib o'zingizga kerak narsani berib yuborib qiyin ahvolga tushishingiz mumkin.
Siz juda ziqna bo'lsangiz ham bo'lmaydi,sababi ziqnaligingiz sababli hayotning ajoyib ne'matlaridan bebahra qolasiz.
Yuqoridagi gaplar bilan shuni aytmoqchimanki har narsada balans (muvozanat) bo'lishi kerak!
​​1️⃣4️⃣4️⃣0️⃣

Bu raqam nimani anglatadi bilasizmi?🤔
Agar u bo'lmasa biz yashay olmaymiz,
Agar u bo'lmasa biz kun qaysi mahal ekanligin bila olmaymiz.
O'ylayapsizmi?
Topdingizmi?
Toppa to'g'ri bu bizning bir kunlik daqiqalarimiz.

Har birimizga kuniga 1440 daqiqa beriladi, ko'p ham emas, oz ham emas roppa-rosa 1440 daqiqa.
Aynan shu daqiqalarimizni o'z foydamizga yoki zararimizga ishlatamiz.

Aynan shu daqiqalar bizni kelajak tomon olib boradi.
Vaqt bebaxo ne'mat.
Vaqt puldan ham ustun.
Sababi pulni topish mumkin,qaytarish mumkin.
Ammo vaqtni qaytarib bo'lmaydi, topib bo'lmaydi.
Vaqtni ehtiyot qilish va to'g'ri sarflash sizning kelajingizni belgilab beradi.

Davomi keyingi postimda
Forwarded from Rasmiy axborot
Расмий хабар

Ўзбекистонда короновирус инфекциясининг тарқалиши ва унга қарши кўрилаётган чоралар бўйича аҳолини тўғри, холис ва аниқ маълумотлардан тезкор хабардор қилиш мақсадида Koronаvirus info (@koronavirusinfouz) расмий канали очилди.

Ушбу канал Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги ҳамда Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи ҳамкорлигида ташкил қилинди.

Барча ОАВ журналистлари ва блогерларни ушбу канални биринчи манбаа сифатида фойдаланилиши ҳамда унда тарқатилаётган хабар ва янгиликларни кенг ёритиб боришда ҳамкорликка чақирамиз.
Koronavirus.

Men optimistman, lekin nima bo'layotgan narsalar bee'tibor bo'la olmayman. Ammo umumiy vahimaga tushib qolish = vayronagarchilikka sherik bo'lish.

Keyingi bir necha oy ichida nima bo'lishini bilmaymiz. Ehtimol, barcha mamlakatlar o'z chegaralarini yopib, virusga qarshi o'z yo'lida kurashadilar. Yoki, ehtimol, bir hafta ichida hamma narsa tugaydi.

Ammo biz aniq bilamiz "hamma narsa o'tadi va bu ham". ⠀

Bu tajriba natijasida biz kimga aylanamiz - kuchliroq, aqlli, ruhiy indon yoki halokatga uchragan, halokatga uchragan va baxtsiz - bu davr qanday yashayotganimizga bog'liq.

Mening maslaxatlarim:
1. Yangiliklarni minimallashtiring va ma'lumot maydonini iloji boricha toza saqlang. Bu degani, har bir postga turli kanallarda ishonmaslik kerak, chunki ularning ba'zilari shunchaki bu mavzuni ko'pirtirishadi. Faqat ishonchli manbalarga ishoning.

2. Imkoniyatlarga e'tibor qarating. ⠀ Inqirozni tasvirlaydigan xitoycha belgi bir vaqtning o'zida ikkita narsani anglatadi: xavf va imkoniyat. Faqat bu kabi emas.

3. Organizmni sport va vitaminlar bilan mustahkamlang. Immunitet bizning hamma narsamiz. Ammo fanatizm va to'satdan harakatlarsiz, masalan, kontrastli dush. U ilgari kiritilishi kerak edi.

4.Shaxsiy gigiyena qoidalariga avvalgidan ham ko'proq amal qiling.

5.Vahima qilmang!Darrov oziq-ovqat g'amlab qo'yish uchun supermarket va bozorlarga boravermang.
Har kuni grippdan, gepatitdan, rak kasalligidan minglab odamlar vafot etmoqda. Bu epidemiya ham oddiy kasalliklardan biri. Buni oddiy kasallik deb qabul qiling.

6.Har kuni insonlarga quvonch va yaxshilik ulashishdan to'xtamang. 🙏

@malikablog
​​Vaqt

Qadrdonlarim va'da qilaganimdek bugungi postim hammamiz uchun eng qimmatli narsa bo'lgan vaqt haqida.
Keling sizga bu mavzuni savol ko'rinishida tushuntirsam.
Deylik siz o'zgacha olamga tushib qoldingiz.
U yerda har bir kun yangi hayot.
Sizga har kuni 1440 $ beriladi.
Ammo kunning oxirigacha.
Kun tugaganidan so'ng sizda qancha qolsa bori tortib olinadi.
Siz pulni hammasini ishlatdingizmi yoki yo'q farqi yo'q.
Kun tugasa bo'ldi ortib qolgan pulingiz kuyib ketadi.
Xo'sh agar bu vaziyatda siz bo'lganingizda nima qilardingiz?
Albatta shuncha pul zoya ketmasligi uchun uning hammasidan foydalanishga intilasiz.
1 chaqasini ham qoldirmaslikka intilasiz.
Nega vaqtingizdan shunday foydalanmaslikka intilmaysiz?
Vaqt juda chegaralangan.
1 sutkada 24 soat vaqt bor ya'ni 1440 daqiqa.
Har bir daqiqa, har bir soat oltinga teng.
Vaqtingizni qadrlang, uni iloji boricha foydali ishlarga sarflang, foydasiz ishlardan uzoq turing.
Kuningizni reja bilan qiling, har bir soatingizni rejalashtiring aynan shunda bir kunda ko'plab ishlarga ulgurasiz.

Davomi bor
​​Qanday qilib vaqtni to'g'ri taqsimlash mumkin?

Har birimizning vaqtimiz chegaralangan.
Vaqt bebaxo.Shuning uchun uni avaylab, aql bilan ishlatish kerak.
24 soat vaqtingiz bu sizning bir kunlik hayotingiz.Bu kunni qanday o'tishini siz o'zingiz hal qilasiz.
Demak, vaqtni to'g'ri taqsimlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
Eng avvalo siz bugungi kun boshlanmasdan turib o'zingizga vazifalarni belgilab oling.
Masalan, restoranga borish, bozorga borish yoki kitob o'qish h.k.
Bu vazifalarni o'zingiz uchun qulay va zarur vaqtga qo'ying.
Biror daqiqangiz ham bo'sh ketmasligi kerak.
Bu juda qiyin narsa, ammo shunga odatlansangiz vaqt o'tib muvaffaqiyatli insonga aylana borasiz.
​​Karantinda nima bilan shug'ullangan ma'qul?

Ma'lumki hozirgi karantin davrida bizning avvalgi holatimizga qaraganda bo'sh vaqtimiz ancha ko'p.
Bu paytda kimdir shunchaki dam olishni, kimdir do'stlari bilan vaqt o'tkazishni va yana kimdir yaqinlari holidan habar olishni istaydi.
Quyida men sizlar bilan o'z tavsiyalarim bilan o'rtoqlashmoqchiman

1.Farzandlaringiz bilan ko'proq vaqtni o'tkazishga harakat qiling.

Ular bilan har xil qiziqarli o'yinlarni o'ynashga harakat qiling,
har biri savoliga jahl qilmasdan, erinmasdan oqilona javob bering, kitob o'qishga qiziqshini uyg'otishga harakat qiling.
Bu narsa bolalarning dunyoqarashini tez kengayishiga sabab bo'ladi

2.O'z ustingizda ishlang

Biror yangi narsani o'rganishga harakat qiling.
Til, hunar yoki biror bir mahorat darslarimi farqi yo'q.
Bu harakatlaringiz orqali shaxsiy rivojlanishga erishasiz

3.Kitob o'qing.

Kitob o'qish dunyoqarashingizni kengaytiradi, bilimingizni oshiradi va hayotga teranroq qaray boshlaysiz.
Kuniga 30 daqiqadan kitob o'qish orqali 1 oyda kamida 4 kitobni o'qib tugatishingiz mumkin

4.Muvaffaqiyatli insonlarni kuzating.

Ijtimoiy tarmoqlarda muvaffaqiyatli insonlarning hayotini kuzating.
Ularning motivatsiya so'zlarini tinglang va ibrat oling

5.Sport bilan shug'ullaning

Sport bilan shug'ullanish tanimizga yangicha quvvat baxsh etadi, ortiqcha yog'lardan xalos bo'lasiz va qad-qomatingiz chiroyli bo'lib boradi.
Bu tavsiya mening eng yoqtirgamlarimdan biri
Qaysi mavzuda post yozishimni xohlaysiz?
Anonymous Poll
14%
Sog'liq
32%
Munosabat
9%
Moliya
38%
Shaxsiy rivojlanish
7%
Karantin haqida
​​4 hayot jabhasi

Aziz va qadrdonlarim sizlar bilan yana ko'rishib turganimdan hursandman!😊
Ishlarim ko'payib ketganligi bois, biroz vaqt post yozolmadim.
Karantin paytida qanaqa ish bo'lishi mumkin deb o'ylashingiz mumkin?
Shuncha paytdan beri yig'ilib qolgan muammolarim edi.

Men shu paytgacha faqat ish deb kelganman, ammo faqat ishni o'ylaganligim sababli qolgan jabhalarimda muammo to'planib qoldi.
Men muvozanatni yo'qotdim.
Ammo men bu narsadan saboq oldim.
Hayotimizda hamma narsada muvozanat bo'lishi kerak.

Hayotimiz 4 jabhadan iborat:
1.Sog'liq
2.Munosabat
3.Moliya💰
4.Shaxsiy rivojlanish 📚


👉Bu to'rtta jabha bir biriga uzviy bog'liq.
Sog'liq bo'lmasa, pulingiz bo'lmaydi.
Munosabatingiz yaxshi bo'lmasa moliyangiz sustlashadi.

👉Shaxsan rivojlanmagan ya'ni etarlicha bilimingiz bo'lmasa ham moliyangiz bo'lmaydi.

👉Bu bilan shuni aytmoqchimanki har bir narsa biri biriga uzviy bog'liq.
Biz ko'pincha ish bilan band bo'lib qolgan jabhalarni be'tibor qoldiramiz va oqibatda muvozanatni yo'qotamiz.

Inson huddi mashinaga o'xshaydi.
Mashina bu inson , 4 hayot jabhasi esa mashinaning g'ildiraklari.🚘
Agar mashinaning bitta g'ildiragi ishdan chiqsa nima bo'ladi? u sudralib yuradi yoki umuman yurmay qoladi.
Inson ham shunday.

Agar siz hayotingizda muvozanat hosil qilmoqchi bo'lsangiz 4 hayot jabhasini mukammal bilishingiz zarur.📚

Bu haqida keyinroq aytib beraman

Kanalga ulanish👇
@malikablog
​​​​4 hayot jabhasi

Amaliyot

Inson hayotida hamma narsa muvozanatda bo'lishi kerak.
Ana shundagina u baxtli, farovon, sog'lom yashaydi.
Ammo juda ko'pchilik odamlar faqat hayotning bitta jabhasiga e'tibor berib qolganlarini esdan chiqaradi.🤷‍♀
Natijada hayoti izdan chiqadi.

Bugungi mavzuim qanday qilib 4 hayot jabhamizni yaxshilash haqida aytib beraman va misollar keltirib beraman.

Inson hayoti 4 jabhadan iborat.
Bular
1.Sog'liq
2.Moliya💰
3.Munosabat❤️
4.Shaxsiy rivojalanish📚

Unda ularning har birini qanday qilib yaxshilash borasida misol keltirib beraman.

Sog'liq jabhasi

Qo'lingizga qog'oz va ruchka oling va o'zingizga savol bering "Qanday qilib men bugun, sog'liq jabhamni yaxshilashim mumkin"? .
Daftaringizga 3 ta vazifani yozing.
Bir narsani esda tuting: vazifalar aniq va o'sadigan bo'lishi kerak.

Misol uchun:
1.Kuniga 2 litr suv ichaman
2 litr bu aniq va o'sadigan son.
Chunki men sog'lig'imni yaxshilash uchun yanada ko'proq suv ichaman.

Shunday tarzda 1 jabhaga 3 vazifani yozasiz.

Har bir jabha 3 vazifadan, 4 jabhada umumiy bo'lib 12 vazifa kelib chiqadi.

Shu vazifalarni kundaligingizga belgilaysiz va bajarasiz.
Forwarded from BiznesRivoj
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“BiznesRivoj” universal SMM menejerlikka tayyorlov kurslarini e’lon qiladi.

Siz ushbu kursda ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaritish, targeting va kopirayting, shuningdek, Adobe Photoshop, Premiere Pro, After Effects, Illustrator nomli foto va video dasturlarida ishlash va kreativ material tayyorlashni o’rganasiz. Kurslar bevosita amaliyot orqali olib boriladi. Kurs yakunida barcha diplom bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi birituvchilar ish bilan ta'minlanishi kafolatlanadi.

Darslarni “United Marketing”
agentligining onlayn bo’limi boshlig’i, marketolog Malika Yusupova va “BiznesRivoj” onlayn jurnalining bosh grafik dizayneri Azim Ganiev olib boradilar.

Keling, saboq oling va eng yaxshi mutaxassisga aylaning!

Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani Chust ko’chasi “C-Space” kovorking markazi.
Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99894 364-88-88

👉 Kurs haqida batafsil ma'lumot olish
Forwarded from Rustamoff
-Ишларингиз юришмаяпдими?
-Одамларнинг кунглига йул топишда кийналасизми?
-Нимагадир ишингизда шунча урунсангиз хам натижа бумаяпдими?
-Пулсизликдан кийналяпсизми?
-Сизга лидерлик кобиляти етишмаяптими?
-Узингизга булган ишончни оширишни хохлайсизми?
-Дадил ва харакатчан, чурткесар инсон булишни хохлайсизми?


Агар "ха" булса Мен Рустамов Саидбек психолог, коуч, ментор ва мотиватор узимнинг 2 кунлик бепул шахсий коучингимга таклиф киламан!

Бу коучингда сиз
Кандай килиб феьл- атворингизни узгартиришни
Фикрлашингизни узгартиришни
Пулни кандай килиб осон топиш йулларини
Одамлар билан осонгина тил топишишни
Узингизда лидерликни ривожлантиришни
Озингиздаги ухлаб ётган кобилятларингизни уйготишни
Юкори энергияли инсон булиш сирларини билиб оласиз.


2 кунлик бепул дарсларга катнашиш учун пастдаги хавола босиб каналга аьзо булинг!
👇

@rustamovss
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22 май куни соат 20:00 да
"Ирода кучи" номли вебинарим булади.
Бу вебинарда сиз
-Кандай килиб иродамизни кучайтиришни
-Энергиямизни кутаришни
-Дангасалигимизни бошкаришни
-Ишларни тугри режалаштиришни
-Уз энергиянгиздан максимал фойдаланишни
-Интизомли булишни

Билиб оласиз!
Вебинар шу каналда 👇 @rustamoff07
Вебинарда куришгунча😉