34-maktab matbuot xizmati
577 subscribers
3.07K photos
840 videos
27 files
772 links
Ushbu kanalda maktabning ta‘lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib borishingiz mumkin.
Download Telegram
#osh_musobaqası
#maktab_34

Bahor faslini  ko‘tarinki kayfiyatda boshlash hamda o‘quvchilarda do‘stlik, axillik va birdamlik hissini uyg‘otish maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-maktabning 9-sinflari o‘rtasida “Miliy maktabimda milliy taomlar” nomli osh musobaqasi o‘tkazildi.
Qizlar uylarida tayyorlab kelgan milliy taomlarimiz ‒somsa, chuchvara va turli shirinliklar bilan dasturxon tuzashdi. Yigitlar esa o‘zlari uchun osilgan 7 ta qozonning birini egallab, mahoratlarini ishga solishdi.
Har bir qozonga 2,3 kilodan damlangan osh 7 xil ta’m va 7 xil ko‘rinish bilan dasturxonga tortildi. Tadbirda Kamolon MFY vakillari ishtirok etib, “Eng quvnoq jamoa”, “Eng faol jamoa” “Eng uyushqoq jamoa” kabi nominatsiyalar bo‘yicha barcha jamoaning mehnatlarini taqdirlashdi.
Maktablarda bunday tadbirlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarda bir-biriga ishonch, jamoaviy va ijodiy ruhda ishlash ko‘nikmasini hosil qiladi.  Shuningdek, oilaviy hayotga tarbiyalashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
https://t.me/maktabi34