34-maktab matbuot xizmati
597 subscribers
3.06K photos
839 videos
27 files
764 links
Ushbu kanalda maktabning ta‘lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib borishingiz mumkin.
Download Telegram
#Iqtidorli_òquvchi
#maktab_34

🏢YALE UNIVERSITETI DASTURIGA QABUL QILINGAN BITIRUVCHIMIZ
Shayxontohur tumani 34-sonli maktab bitiruvchisi 🧑‍🎓Javoxir Baxritdinov dunyoning eng nufuzli top 10 talikka kiritilgan Universitetidan biri bo’lgan Yale Universitetining Global Yosh
Olimlar Dasturiga to’liq grant asosida qabul qilindi. Har yili 150 davlattan 10 mingdan ortiq ilmiy izlanish olib borayotgan iqtidorli talabalar murojaat qiladigan ushbu dasturga xorijdan atigi 100 talaba qabul qilinadi. Javokhir maktab va maktabdan tashqari ilmiy izlanish, faoliyat va muvaffaqiyatlari tufayli ushbu dasturda qatnashish xuquqini qo’lga kiritti. Javoxir joriy yil iyul oyida Yale universiteti professor-o’qituvchilari bilan birgalikda bir qator global muammolarning yechimi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.  🧑‍💻Javoxir 9-sinfda IELTS, 10-sinfda SAT xalqaro test imtixonlarini yuqori ballarga topshirgan. Ushbu yutuqlari bilan 34-sonli maktabning boshqa o’quvchilariga namuna bo’ldi va ularning ham xalqaro testlarni topshirishlariga ko’mak berdi. Iqtidorli o’quvchimiz yuqoridagi muvaffaqiyatlar bilan qanoatlanib qolmasdan yana bir nufuzli oliygoh bo’lgan AQShning Mississippi universiteti “Computer Science” yunalishi bo’yicha o’qish uchun 75 000 AQSh dollar miqdoridagi to’liq grantni qo’lga kiritdi.
Javoxirning ota-onasini  34-sonli umumta’lim maktabi rahbari va jamoasi ushbu yutuqlar bilan chin yurakdan tabriklaydi. Javoxirning AQSh oliygohlarida davom ettiradigan ta’lim, ilmiy izlanish va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Biz bilan birga bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
https://t.me/maktabi34