NAVOIY SHAHAR 10-SONLI UMUMTA'LIM MAKTAB
524 subscribers
3.81K photos
222 videos
19 files
222 links
РАСМИЙ КАНАЛ
Download Telegram
Kirib kelayotgan qutlug' kun, ya'ni 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-10-sinf o'quvchilari o'rtasida "Xotira muqaddas, qadr abadiy" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.Ushbu tanlov orqali yoshlarni   o'tmishga nazar tashlashga, tarixdan saboq olishga undaldi. Ayniqsa, ular qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va ajdodlarga sadoqat  tuyg'ulari shakllantirildi.Tanlov oxirida g'olib o'quvchilar aniqlandi.
Forwarded from Гулчехра Олимовна
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida islohatlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 316-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yil 7 may  kuni Navoiy shahar 10-umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchilaridan test olindi. Test  olishdan maqsad 9 yil davomida olgan bilimlarini nazoratdan o'tkazish, kasb-hunarga jalb etish va to'g'ri yo'naltirishdan iborat bo'ldi. Test maktab maslahatchisi G.Xujamurodova, O'IBDO' T,Primov va sinf rahbarlar  tomonidan shaffof tarzda tashkil etildi.
👍1
Navoiy shahar 10-maktabning 4-"E" sinf o'quvchilari Xotira va qadrlash kuni munosat bilan tasviriy san'at darsini tabiat qo'ynida o'tkazdilar.Darsda o'quvchilar turli rasmlar chizib ,yaxshi taassurotlar bilan qaytdilar
👍1
Navoiy shahar 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 2-"B" sinf o‘quvchilari "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan devoriy gazetalar tayyorlab kelishdi
👍2
Qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlayman

Inson xotirasi — muqaddas, qadri — ulugʻ. Bugungi musaffo osmonimiz, erkin va osuda hayotimiz uchun mardona kurashgan, bu yoʻlda jon fido qilgan ota-bobolarimizning qahramonligi va jasorati hech qachon unutilmaydi. Ularning soʻnmas yodi va oʻlmas merosi qalbimizda mangu barhayotdir.

Tinchlik oʻz-oʻzidan kelmaydi. Uni asrab-avaylash, qadriga yetish va yosh avlod ongiga singdirish — barchamizning, xususan, siz taʼlim-tarbiya fidoyilarining eng muhim va sharafli vazifangizdir.

Zero, vatanparvar, oʻz tarixini chuqur biladigan va eʼzozlaydigan komil insonlarni tarbiyalash aynan bogʻcha va maktabdan boshlanadi. Shu oʻrinda, millat maʼrifati yoʻlida oʻzini baxshida etgan, yoshlarimizning ilm-fan egallashi uchun zahmat chekkan jadid bobolarimiz hamda yurt kelajagi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan minglab ustozlarimizning pok ruhlari oldida ham bosh egamiz.


Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
👏2