Salomov.uz
639 subscribers
164 photos
14 videos
6 files
493 links
Maqsud Salomov blogiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: @SV_Murojaatbot
Download Telegram
#sayohat

Bugun Venetsiyani tark etib, rafiqam bilan birga “Muhabbat shahri” deb nom olgan Veronaga yoʻl oldik.

Verona – Shekspirning “Romeo va Julyetta” tragediyasida Julyetta va uning oilasi istiqomat qiladigan shahar. Shu sababli, Muhabbat shahri deyiladi. Tragediyada tasvirlangan Kapulettilar xonadoni (Julyetta Kapullettilar oilasiga mansub) va Julyetta Romeoga koʻrinish berish uchun chiqadigan balkon joylashgan. Xullas, bu yogʻi romantika:)

Romantikani bir chetga surib, sayohat xarajatlari haqida maʼlumot bersak. Venetsiyadan Veronaga ham FlixBus avtobusida boryapmiz. Ikki kishi uchun yoʻlkira 15,98 yevro (taxminan 170 ming soʻm) boʻldi.

Veronada kechasi qolmaymiz, kechgacha aylanib, Milanga ketamiz. Shu uchun Veronada turar joy xarajati yoʻq.

Oziq-ovqat narxi-navosi haqida Muhabbat shahri taomlarini tatib koʻrganimizdan keyin yozaman.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Venetsiyada ayrim yuklar ham kema va qayiqlarda tashiladi. Yuqoridagi suratda - vinoga to'ldirilgan xumlar ortilgan yuk qayig'i. Vinolarni qaysidir restoranga olib borishga hozirlanishyapti, shekilli.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Venetsiyada kabutar va chayka qushlari g'irt bezbet. Ayrim kabutarlar shundoq uchib kelib, qo'lingiz yoki yelkangizga qo'nib olishdan ham tap tortmaydi.

Qushlardagi bunday jasurlik sayyohlarning ularga muntazam ozuqa berishi natijasida shakllangan. Bizni Venitsiya bo'ylab boshlab yurgan vatandoshimiz so'zlariga ko'ra, ba'zi chayka qushlari qo'lingizda tutib yeyayotgan sendvich yoki boshqa yegulikka tashlanib, olib qochib ketish hollari ham uchrab turar ekan.

Yuqoridagi suratda shunday bezbet chayka qushlaridan biri. Ko'prik panjarasi ustida birorta sayyoh ovqat berarmikan deb baqrayib turibdi. Oldiga borsangiz, qochmaydi, ko'zini lo'q qilib qarab turaveradi, ochko'z 😃

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Italiyaga sayohatimiz tufayli, “Morrining seshanba darslari” kitobi tarjimasiga ulgurmayapmiz. Sayohatdan keyin, albatta, davom ettiramiz.

Bugun tarjima oʻrniga Venetsiya suratlari bilan tanishishingiz mumkin. Suratlarni koʻrish uchun BU YERGA bosing.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Verona, Italiya. Kapulettilar xonadoni

Suratdagi mo'jaz balkon - Shekspirning "Romeo va Julyetta" tragediyasida oqshomlari Julyetta chiqib, Romeo kelishini kutadigan balkon.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Veronada oziq-ovqat Venetsiyaga qaragandan biroz arzon ekan.

Bugun ikki kishi tushlikka pitsa va lazanya (pishloqli xonim) oldik. Ichimlikka qahva (latte). Jami 24 yevro (taxminan 254 ming so'm) bo'ldi.

Suratda tushlikdagi pitsa va uni ishtaha bilan kesayotgan qo'llarim😃
Arena di Verona - milodiy 30-yilda Verona shahrida qurilgan amfiteatr. Veronaning Kolizeyi.

Anchagina katta inshoot va hozirgacha yaxshi holda saqlangan. Qadimda Arena di Verona 30 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira olgan. Ushbu amfiteatrda gladiatorlar janggi, sirk tomoshalari va ot poygalari uyushtirilgan.

Hozirda ham undan konsert, opera va boshqa tadbirlarni o'tkazishda foydalaniladi. Faqat sig'imi kamaygan - hozir 15 ming nafar tomoshabinni sig'dira oladi.

Suratda - Arena di Veronaning tashqi tomondan olingan tasviri.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Kecha kechki payt Veronadan Milanga qaytdik. Yana Flixbus avtobusidan foydalandik.

Ikki kishiga yo'lkira 9,98 yevro (taxminan 106 ming so'm) bo'ldi. Yo'lga 2 soat 20 daqiqada vaqt ketdi. Bugun o'zimiz uchun Milanni kashf qilamiz.

Suratda Flixbus atobusi o'rindiqlari va ularning yonidagi rozetkalar.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Aytgancha, Milanda ham Airbnb.com platformasi orali turar joy band qildik. Turar joylar borasida eng qimmati Milan.

Bir kechaga 47 yevro (taxminan 498 ming so'm) to'ladik.

Oziq-ovqat ham Milanda nisbatan qimmat bo'lsa kerak. Bugun ko'ramiz.

Yuqoridagi suratda Milanda ijaraga olgan xonamiz.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Milanni aylanib yuribmiz. Suratda Milan sobori (Milan Cathedral).

Soborning har bir qulochi o'ziga xos san'at asari - turli inson va jontoz haykallari, shakl va bezaklar tushirilgan.

Jumladan, Milan soborining turli qismlarida 3400 ta inson haykallari, 700 ta shakl va bezaklar va 135 ta jonzot haykallari joy olgan.

158,6 metrlik ushbu inshoot Italiyadagi eng yirik cherkov hisoblanadi. Uning hozirgi holidagi shaklda qurib tugatishga naq 6 asr vaqt ketgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Milanga safarimiz ham qaridi. Lyublyanaga qaytyapmiz.

Milanda arzon kafelar ko'p ekan, tushlik Venetsiya va Veronadan arzonga tushdi: ikki kishi uchun pitsa, tovuq, kartoshka fri, qahva va suv oldik. Jami 20 yevro (taxminan 212 ming so'm) bo'ldi.

Flixbus avtobusida qaytyapmiz. Bu eng uzoq masofali yo'limiz bo'lgani uchun yo'l haqi ham eng qimmat bo'ldi - 1 kishiga 25 yevro (taxminan 265 ming so'm).

Quyidagi suratda Flixbus avtobusidagi hojatxonani ko'rishingiz mumkin. Juda tor. Lekin yo'qdan ko'ra, tor bo'lsa ham bori yaxshi:)

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Italiya sayohati tugadi, Lyublyanaga qaytib oldik.

Lyublyanadan Italiyaga borish va Italiyadan Lyublyanaga qaytish yoʻlkirasizni hisobga olmaganda, 2 kishilik sayohatimizga jami 209 yevro (taxminan 2 million 215 ming soʻm) ketdi.

Italiyada jami 2 kecha va 3 kun davomida boʻldik. Shuni hisobga olsak, 2 kishining Italiyaga sayohati uchun kuniga oʻrtacha 70-110 yevro (taxminan 740 000 - 1 200 000 soʻm) kerak boʻladi. Agar Oʻzbekistondan keladigan boʻlsangiz, ushbu kunlik xarajatga Italiyaga kelish va ketish xarajatini ham qoʻshasiz va taxminan qancha sarflashingiz mumkinligini bilib olsangiz boʻladi.

Albatta, bu xarajat qanday turar joy tanlash, nima tanavvul qilish va Italiyaning ichida qanday transportdan foydalanishga qarab kamroq yoki koʻproq boʻlishi mumkin.

Umuman olganda, aksariyat oʻzbeklar bu kabi sayohatga pul ajrata oladi. Faqat bir muammo bor: Toshkentdan Italiyagacha boʻlgan parvoz narxi. Ikki kishi uchun Toshkent-Milan borish va qaytish chiptasi narxi oʻrtacha 4-7 million soʻm oraligʻida boʻladi, adashmasam. Bundan qimmatroq yoki arzonroq boʻlishi ham mumkin. Oʻzbekiston havo yoʻllari boshqa davlatlarga qatnov uchun hamyonbop narx taklif qilsa, Oʻzbekiston fuqarolarida ham sayohat qilish imkoniyati ancha oshardi.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Forwarded from Mass-media fondi
Jamoat fondi Vasiylik kengashi tuzildi

2020-yil 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.

@massmediauz
Italiyaga sayohatimiz davomida Flixbus haqida koʻp yozdik. Ushbu tizim avtobusidan foydalanishda uchrashingiz mumkin boʻlgan bir holat haqida ham xabardor qilib qoʻyganimiz maʼqul: Avtobus yukxonasiga qoʻygan sumkangizni oʻgʻrilab ketishlari mumkin.

Bu juda kam uchraydigan holat va faqat Flixbus avtobuslarida emas, har qanday avtobusda sodir boʻlishi mumkin. Yaʼni xalqaro avtobuslar yoʻl davomida turli shaharlarda toʻxtab, shu shaharga yoʻlovchi tushiradi va u yerdan yoʻlovchi oladi.

Tushayotgan yoʻlovchi avtobus yukxonasidan oʻz yukini olayotganda, boshqaning sumkasini ham meniki deb olib ketishi mumkin. Umuman yuki boʻlmagan yoʻlovchi ham yukim bor edi, deb boshqaning sumkasini olib ketishi mumkin.

Masalan, rafiqamning xitoylik kursdoshi Germaniyadan Daniyaga kelayotganda avtobus yukxonasidagi sumkasini oʻgʻrilatib qoʻygan. Daniyaga yetib kelguncha bu haqida bilmagan, albatta. Yetib kelib, avtobusdan tushgach, yukxonadan sumkani topa olmagan.

Bir necha kun oʻtgach, Germaniya politsiyasi unga qoʻngʻiroq qilgan va unga tegishli hujjatlarni (sumkasida baʼzi hujjatlari, emaili va telefon raqami yozilgan yorliq ham boʻlgan) axlat qutidan topilganini aytgan. Keyin nemis politsiyasi hujjatlarini pochta orqali yuborishgan.

Bu hodisadan keyin xitoylik qiz Flixbus avtobusidan foydalanishni toʻxtatmagan, hali ham foydalanadi. Chunki avtobus ancha arzon. Uning aytishicha, endi har safar avtobus biror shaharda toʻxtaganda, pastga tushib, yoʻlovchilarning yukxonadan olayotgan sumkalarini kuzatib turishni odat qilgan.

Lekin, yuqorida aytganimdek, bunday hollar kamdan-kam uchraydi.

Taʼkidlash joizki, yukning yoʻqolmasligi jihatidan poyezd va samolyot ancha yaxshi vosita. Lekin ularda yoʻlkira qimmat.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Bugun – 2020-yil, 31-yanvarda Grinvich oʻrtacha vaqti (GMT) boʻyicha kechki soat 11:01 da Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini rasman tark etadi. Shunday qilib, Britaniya tarixda Yevropa Ittifoqini tark etgan birinchi va hozircha yagona mamlakat sifatida qayd etiladi.

Surat Toshkentdagi Britaniya elchixonasining rasmiy feysbuk sahifasidan olindi.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Shekspirning “Romeo va Julyetta” tragediyasi sodir boʻlgan Verona shahriga foto-sayohat.

Suratlar bilan SHU YERDA tanishing.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Ertadan boshlab nimalar oʻzgaradi?

Ertaga – 2020-yil, 1-fevraldan boshlab quyidagi oʻzgarishlar kuchga kiradi:

👉 Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshadi.

Oʻzbekiston hududida:

👉 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 soʻm;
👉 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 soʻm;
👉 eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 soʻm;
👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 soʻm;
👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 soʻm boʻladi.

Shuningdek, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi nafaqasi, kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning quyidagi miqdorlari amal qila boshlaydi:

👉 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa:
- bitta bolali oilalarga – 131 000 soʻm;
- ikkita bolali oilalarga – 217 000 soʻm;
- uchta va undan ortiq bolali oilalarga – 304 000 soʻm;

👉 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa – 434 000 soʻm;

👉 kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam – 326 000 soʻmdan 653 000 soʻmgacha;

👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam – 434 000 soʻmdan 1 085 000 soʻmgacha.

Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 soʻm oʻzgarishsiz qoladi.

Mazkur oʻzgarishlarning huquqiy asosi: “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ