Salomov.uz
639 subscribers
164 photos
14 videos
6 files
493 links
Maqsud Salomov blogiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: @SV_Murojaatbot
Download Telegram
Tarjima

Kitob: “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi: Mich Elbom
Janri:
Biografiya, falsafa, esdalik

Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.

10-bob. “Uchinchi seshanba: pushaymonlik haqida suhbatlashamiz”.
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш

Bundan oldingi boblar:
👉 BIRINCHI BOB
👉 IKKINCHI BOB
👉 UCHINCHI BOB
👉 TOʻRTINCHI BOB
👉 BESHINCHI BOB
👉 OLTINCHI BOB
👉 YETTINCHI BOB
👉 SAKKIZINCHI BOB
👉 TOʻQQIZINCHI BOB

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Yaqinda yoqimsiz holat yuz berdi: telefonim buzilib, ichidagi hamma maʼlumot va ilovalar oʻchib ketdi. 21-asrdagi eng ayanchli koʻngilsizliklardan biri.

Kulfat kelsa, qoʻsha-qoʻsha keladi, deydi dono xalqimiz. Zap bilib aytadi bu xalq. Telefonimdagi maʼlumotlar oʻchib ketishi ortidan navbatdagi hangoma boshlandi.

Shoshmasdan soʻzlay: Mobiuz raqamim bor (sobiq UMS) . Yevropaga oʻzim bilan koʻtarib kelganman. Yevropada ishlatmasam-da, raqamni oʻzimda saqlab qolish uchun har oy maʼlum summa tashlab qoʻyaman. Hisobida pul boʻlsa, qancha vaqt ishlatilmasa ham raqam oʻchib ketmaydi. Sodiq mijoz boʻlsa, men-cha boʻlar. Nima dedingiz?

Oʻchib ketgan ilovalarim orasida Milliy bankdan olgan viza va soʻm kartamdagi mablagʻlarni boshqarishga moʻljallangan “Milliy” ilovasi ham bor edi. Yangi telefonga ilovani qaytadan yuklab, kirmoqchi boʻlsam, tabiiyki avtorizatsiya uchun ilovaga ulangan raqamga kod yuborishadi. Bu raqam esa oʻsha Mobiuz raqamim.

Dastlab muammoni Milliy bank orqali hal qilmoqchi boʻldim. Ular bilan bogʻlandim, ilovaga kirishning unga ulangan telefon raqamiga kod yuborishdan boshqa yoʻli ham bormi, deb soʻradim. Ular bundan boshqa yoʻli yoʻq, bu hisob raqam xavfsizligi uchun majburiy jarayon deyishdi. Xavfsizlik – muhim, buni normal qabul qildim.

Ilovaga ulangan raqamni Oʻzbekistonga qaytmasdan oʻzgartira olishim mumkin-mumkin emasligini soʻradim. Ular esa ilovaga ulangan karta raqami oʻzgartirilgani bilan kod baribir SMS xizmat ulangan raqamga boradi deyishdi. Bu raqam – yana Mobiuz raqamim. Kartamning SMS xizmatini boshqa raqamga ulash uchun Oʻzbekistonga borib, birorta bankomatdan foydalanishim kerak ekan. Bu variantni esdan chiqardim.

Keyin Mobiuz bilan ukam orqali bogʻlandim. Yevropadagi mijoz oʻz raqami uchun rouming xizmatini qanday yoqtirsa boʻladi deb soʻraldi ulardan (rouming yonsa, SMS Yevropaga ham keladi). Ularni javobi qoniqarsiz boʻldi: Bu uchun Yevropadagi mijoz pasporti va sim kartasi bilan Oʻzbekistondagi Mobiuz ofisiga kelishi kerak. Bundan boshqa imkoni yoʻq.

Ajoyib! “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” deb nomlangan 2020-yilda raqamimda rouming xizmatini yoqtirish uchun kamida 800 AQSH dollari xarajat qilib, Oʻzbekistonga borib kelishim kerak ekan.

“Nahotki, pulini toʻlab, dunyoning istalgan yeridan turib roumingni yoqish mumkin qilib qoʻyish imkoniyati boʻlmasa?” deb tun-u kun gʻam chekdim. Afsuski, shunday. Bu muammo faqat Oʻzbekistonda emas, dunyoning boshqa davlatlaridagi ayrim mobil operatorlarida ham bor ekan – juda paspotringni olib kel, deyishmas ekan-ku, lekin nomer ishlaydigan hududga qaytish kerak ekan.

Muammoga yechim topishni ham bopladim: SIM kartamni pochtadan Oʻzbekistonga yubordim. Endi birortaning telefoniga qoʻyib turamiz. Sloveniyadan turib “Milliy” ilovasiga kiraman. Kod Oʻzbekistonga boradi. Oʻzbekistondagi kishi telegramdan menga yuboradi. Men kodni kiritib, ilovaga kirib olaman. Olam – guliston!

Lekin alam qildi – 21-asrda yashab, shuni onlayn hal qilolmasak. Uyat, uyat!

1984-yilda chiqqan “Terminator” filmida 2020-yillarda davlatlar koʻrinishi odamdan mutlaqo farq qilmaydigan robotlar (Terminator shulardan biri) ishlab chiqib, ulardan har maqsadda foydalanayotgan boʻladi. Aslida esa 2020-yillarning boshiga kelib rouming xizmatini yoqish uchun boshqa davlatdan oʻz davlatimizga pasportimizni qoʻltiqlab borib kelishimizni talab qilib oʻtirishibdi. Eh, yolgʻonchi filmlar😢

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tarjima

Kitob: “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi: Mich Elbom
Janri:
Biografiya, falsafa, esdalik

Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.

11-bob. “Koʻrgazmali qurollar: ikkinchi qism”.
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш

Bundan oldingi boblar:
👉 BIRINCHI BOB
👉 IKKINCHI BOB
👉 UCHINCHI BOB
👉 TOʻRTINCHI BOB
👉 BESHINCHI BOB
👉 OLTINCHI BOB
👉 YETTINCHI BOB
👉 SAKKIZINCHI BOB
👉 TOʻQQIZINCHI BOB
👉 OʻNINCHI BOB

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Toshkent davlat stomatologiya institutida rektor stipendiyasi taʼsis etilibdi. Yaxshi xabar.

Bu haqda 2020-yil 31-yanvar kuni institutda rektor va talabalarning ochiq muloqotida rasman eʼlon qilingan.

Stipendiya egalarini institut ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan ishchi guruh aniqlar ekan.

Rektor stipendiyasi miqdori 500 ming soʻm boʻlib, 2019/2020 oʻquv yilining bahorgi semestridan taʼsis etiladi va butun semestr davomida beriladi.

Mazkur stipendiyani qoʻlga kiritish uchun talaba institutning barcha fanlarini chuqur oʻzlashtirishi, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari, tanlov hamda fan olimpiadalari sertifikatlariga ega boʻlishi, sport va maʼnaviy tadbirlarda ishtirok etishi, IELTS va boshqa til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega boʻlishi lozim.

Rektor stipendiyasi uchun nomzodlar dekanat va Yoshlar ittifoqi talabalar kengashi tavsiyanomasiga koʻra, tanlov asosida saralab olinadi.

Shu bilan stipendiya haqidagi xabar tugadi.

Oliygohlarda talabalarni izlanishga, oʻz ustida ishlashga undovchi stipendiyalar joriy etilishi ijobiy holat, buni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman.

Lekin Toshkent davlat stomatologiya institutidagi rektor stipendiyasi haqida oʻqib, stipendiya faqat “universal soldat”larga berilar ekan-da, degan fikr keldi xayolimga.

Aytaylik, ushbu stipendiyani olish uchun sport va maʼnaviyat tadbirlari ishtirok etish sharti nega kerak? Shunchaki, sportni taʼlimdan alohida ajratishning imkoni yoʻqmi? Dunyoda jismoniy jihatdan nimjon va hattoki nogiron boʻlgan olimlar, fan sohasida keskin burilish yasaganlar, ilm-fan boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari qancha. Maʼnaviy tadbirlar boʻyicha ham shu fikrdaman.

Taʼlimni ragʻbatlantirishda har bir sohaga xususiy yondashmaslik, ragʻbatga ega boʻlish uchun hamma sohada super qahramon boʻlish talabini qoʻyish kerakli natijani bermaydi.

Ilm-fanni, taʼlimni ragʻbatlantirish uchun talablarni soha yoʻnalishida qisqartirish kerak. Ilm-fan uchun shu fan sohasidagi stipendiya berilsin. Maʼnaviyat uchun alohida boʻlsin. Sport uchun sport stipendiyasi berilsin, marhamat. Biror chempion bokschiga mashina yoki uy berishda “agar fizikadan respublika olimpiadasida olingan diploming boʻlsa, keyin uy (mashina) beramiz” deyish kulgili-ku, shunday emasmi?

Albatta, yuqorida tilga olingan stipendiya maqsadi aynan ilm-fanni emas, universallikni ragʻbatlantirish boʻlishi ham mumkin. Lekin hozirgi davrda universallik – utopiya. Barcha sohani toʻliq oʻrganish toʻlaligicha imkonsiz. Barcha sohada toʻliq boʻlmagan bilim va mahoratni oʻzlashtirgandan koʻra, bitta sohani mukammal oʻzlashtirgan afzal. Hozirda zamon talabi shunday.

Qaysi taʼlim muassasasi boʻlmasin, ilm-fanni (sport, maʼnaviyat va boshqalarni ham) ragʻbatlantirishda tor doirada yondashish ancha samarali ekanligi hisobga olinishini juda xohlardim. Shuningdek, ragʻbatning muntazamligi ahamiyatini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​2020-yil, 2-fevral – oʻziga xos kun. Bunday kun oxirgi marta 909 yil avval sodir boʻlgan

Qanaqasiga?

Palindrom kun
degan tushuncha bor. Bunda raqamlarda ifodalangan sananing yozilishi boshdan oxiriga qarab ham, oxiridan boshiga qarab ham bir xil oʻqiladi. Masalan, bugungi sana: 02.02.2020.

Bunday
kunlar koʻp-ku, nega 2020-yil, 2-fevral maxsus ekan?

Ha, palindrom kunlar koʻp. Masalan, 2021-yil, 12-fevral ham palindrom kun: 12.02.2021. Lekin bir nozik jihat bor: dunyo davlatlarida sananing yozilishi farq qiladi.

Masalan, Oʻzbekistonda birinchi kun, keyin oy va keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil, 12-fevral quyidagicha boʻladi: 12.02.2021.

AQSHda esa teskari: birinchi oy, keyin kun va undan keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil, 12-fevral quyidagicha boʻladi: 02.12.2021.

Koʻrib turganingizdek, baʼzi mamlakatlarda palindrom hisoblangan kun boshqa mamlakatda palindrom boʻlmay qolyapti.

2020-yil, 2-fevral esa, yuqoridagi har ikkala usulda yozilganda ham, palindrom kun boʻlib qolaveradi: 02.02.2020. Shu sababli, bugun tarixdagi kam uchraydigan universal palindrom kundir.

Bundan oldingi universal palindrom kun qachon boʻlgan?

Bundan oldingisi, yuqorida aytib oʻtganimizdek, bundan 909 yil oldin – 1111-yil, 11-noyabrda boʻlgan: 11.11.1111.

Bundan keyingi universal palindrom kun qachon boʻladi?

Bugundan keyingi universal palindrom kun yana 101 yildan keyin – 2121-yil, 12-dekabrda (12.12.2121) boʻladi.

Lekin undan keyingi universal palindrom kun 2121-yildan keyin yana 909 yildan oʻtgach – 3030-yilda keladi (03.03.3030).

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Anchadan beri yozmay yurgan bir hikoyam bor edi. Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligi yaqinlashgani ushbu hikoyani yana yodimga soldi. Bu safar oqqa koʻchirdim.

Hikoya real voqeaga asoslangan boʻlib, unda shaxsan ishtirok etgan bola tilidan yozilgan.

“Navoiyning yongan roboti”
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Kecha Toshkent davlat stomatologiya institutida rektor stipendiyasi taʼsis etilgani, lekin shartlariga koʻra uni faqat “universal soldatlar” olishi mumkindek tuyulishi haqida yozgan edim.

Bugun shu post yuzasidan institutning matbuot kotibi aloqaga chiqdi. Kotib ushbu stipendiyaga ega boʻlish uchun talabadan stipendiya haqidagi yangilikda sanalgan shartlarning barchasiga bir vaqtda mos boʻlish soʻralmasligi, shunchaki, bu shartlarning har biri stipendiya nomzodiga maʼlum ball berishi haqida aytdi. Batafsil maʼlumot uchun stipendiya Nizomini ham yubordi.

Nizomga koʻra, stipendiyaga nomzodlar quyidagi mezonlar boʻyicha keltirilgan ballar bilan baholanadi:

1. Fanlarni oʻzlashtirish – 20-25 ball.
2. IELTS va boshqa sertifikatlar – 10-20 ball.
3. Fakultet dekani tavsiyasi – 15 ball.
4. Ilmiy anjumanlar, olimpiada – 10-20 ball.
5. Yoshlar ittifoqi talabalar kengashi tadbirlarida ishtiroki – 10.
6. Koʻrik-tanlov va sport – 5-10 ball.

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritgan talabalar davlat tomonidan beriladigan stipendiyadan tashqari 5 oy davomida oyiga 500 ming soʻm qoʻshimcha ragʻbat bilan taʼminlanadi.

Institut matbuot kotibiga tezkor reaksiya va batafsil maʼlumot uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Va taʼkidlash joizki, institutning stipendiya joriy qilganligi tahsinga sazovor.

Shu oʻrinda, Oʻzbekistonda taʼlim, tadqiqot, ilm-fanga boʻlgan ragʻbat boshqa sohalardan ajratilishi, ixtisoslashtirilishining samarasi ularni boshqa sohalar bilan aralash holda ragʻbatlantirgandan ancha yuqori boʻlishini yana bir bor taʼkidlash lozim.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Masaya ismli bir yapon bloger oʻz blogiga oʻzbek tilidagi postlarni ham joylab boryapti ekan. Masalan, mana bu yerda Masaya-sanning Oʻzbekistondagi bozor madaniyati haqidagi postini oʻqishingiz mumkin.

Baʼzi gaplariga tushunish qiyin, orfografik, grammatik xatolar ham koʻp. Lekin yozganlaridan umumiy mazmunni anglab olsa boʻladi. Harakatiga balli.

Aytgancha, hozirda Alisher Navoiyning gʻazallari yapon tiliga tarjima qilinyapti. Yaqin orada kichikroq kitob shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Yapon tiliga tarjima qilingan Alisher Navoiy gʻazallarining ayrimlari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tarjima

Kitob: “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi: Mich Elbom
Janri:
Biografiya, falsafa, esdalik

Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.

12-bob. “Professor”.
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш

Bundan oldingi boblar:
👉 BIRINCHI BOB
👉 IKKINCHI BOB
👉 UCHINCHI BOB
👉 TOʻRTINCHI BOB
👉 BESHINCHI BOB
👉 OLTINCHI BOB
👉 YETTINCHI BOB
👉 SAKKIZINCHI BOB
👉 TOʻQQIZINCHI BOB
👉 OʻNINCHI BOB
👉 OʻN BIRINCHI BOB

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
21-asr boshlaridan boshlab Yaponiyada ilm-fan avvalgidan koʻra ancha ilgarilab ketgandek tuyuladi. Bunga yaqqol misol qilib 2000-yildan boshlab to hozirgacha (2020-yil) 20 nafar yapon Nobel mukofotini qoʻlga kiritganligi faktini keltirish mumkin. Toʻgʻri, bu 20 nafar yapondan 3 nafari hozirda boshqa davlat fuqaroligini olgan, lekin bu alohida mavzu.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtsak: 1999-yilgacha Nobelni qoʻlga kiritgan yaponlar soni atigi 8 nafar edi. Shunday qilib, hozirda jami 28 nafar yapon Nobel mukofoti sovrindori hisoblanadi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 2000-yildan boshlab yaponlar tomonidan qoʻlga kiritilgan 20 ta Nobel mukofotining 19 tasi ilm-fan sohasida (bittasi adabiyot).

Xoʻsh, shunda 2000-yildan boshlab yaponlar toʻsatdan “aqlli” boʻlib qoldimi?

Yoʻq, bunday emas. Butun millat bir kechada toʻsatdan “aqlli” boʻlib qolmaydi. Unda sababi ne?

Sababi oddiy: oxirgi 30-40 yillar davomida Yaponiyada ilm-fan va tadqiqotni qoʻllab-quvvatlash darajasi keskin oshdi. Tadqiqotlar uchun katta mablagʻlar ajratila boshlandi. Aynan shu omil “nobelchi” yapon ilm-fani rivojidagi tezlashishning asosiy sababi sifatida keltiriladi.

Yaʼni yapon olimlari oldin ham oʻz holicha tadqiqot oʻtkazgan, yaratgan, kashf qilgan. Lekin bu yaratiq va kashfiyotlarni, ayniqsa nazariyalarni keng miqyosda qoʻllash, sinab koʻrish, mukammallashtirish uchun yetarli mablagʻ va taʼminotga ega boʻlmagan.

Masalan, 2000-yillardan boshlab Yaponiyaning ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash jamiyati va Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi yapon olimi Shinya Yamanaka tadqiqotlarini katta miqdorda moliyalashtirish bilan qoʻllab-quvvatlay boshlaydi. Oradan biroz vaqt oʻtib, ushbu ragʻbatlantirish oʻz samarasini beradi – Yamanaka induksiyalangan pluripotent ildiz hujayralarini (Induced pluripotent stem cells) kashf qiladi va bu kashfiyoti uchun 2012-yili fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor boʻladi. Yaponlar orasida bunday misollar koʻp.

Eng ahamiyatlisi, yapon jamiyatida ilm-fanni faqatgina davlat emas, xususiy sektor ham faol ragʻbatlantiradi.

Bizda-chi? Afsuski, ilm-fan, tadqiqotni davlat tomonidan ragʻbatlantirish qoniqarli darajada emas. Xususiy sektor haqida-ku, gapirmasa ham boʻladi. Ragʻbat deyilganda faqat pul ajratish emas, tadqiqot olib borish uchun yaratilgan sharoit ham nazarda tutilyapti. Shu holimizda hali beri ilm-fan sohasidagi Nobeldan umid qilmasak ham boʻladi.

Ayni damda oʻzbeklar Nobel olishi boʻlgan yagona soha – adabiyot. Lekin negadir adiblarimiz ham jonbozlik koʻrsatmayapti. Bu ham bir tarafdan yana mablagʻga borib taqaladi: uyum, ovqatim, mansabim, bola-chaqam demay, oʻtirib sanʼat darajasidagi asar yaratish va uni turli tillarga tarjima qildirish uchun yaxshigina mablagʻ va iqtisodiy taʼminot kerak.

Shunday boʻlsa ham, yaqin orada adabiyot sohasida biror oʻzbek Nobel mukofotini qoʻlga kiritadi deb umid qilamiz.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Bir necha kun oldin Mobiuz raqamim bilan bogʻliq hangoma haqida yozgandim. Mushtariylardan biri oʻsha post ostida Beeline uyali aloqa operatorini maqtab izoh qoldiribdi. Oʻzbekistonga qaytganimda, Beelineʼga oʻtib olaman, shekilli:)
С.A.T. Science Accelerator – ilmiy loyihalar akseleratoriga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturda oʻz startap-loyihasini ishga tushirmoqchi boʻlgan olimlar va axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar quyidagi sohalar boʻyicha qabul qilinadi:
– “yashil” texnologiyalar;
– diagnostika va biotibbiyot;
– yangi materiallar ishlab chiqarish;
– muqobil energiya manbalari;
– ilm-fanda IT-texnologiyalar;
– oziq-ovqat bilan bogʻliq texnologiyalar.

Dasturda ishtirokchilar oʻz gʻoyangizni sinovdan oʻtkazib, prototipini yaratadi va biznesni ishga tushirish koʻnikmalariga ega boʻladi. Bundan tashqari xalqaro mentorlarning maslahatlarini olib, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligidan investitsiyalar olish imkonini qoʻlga kiritadi.

Maʼlumot uchun: Akseleratorga birinchi qabul 2019-yilda o‘tkazilgan va akseleratorning 3 ta startap-loyihasi O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov doirasida umumiy qiymati $200 000 miqdorida investitsiyaga ega bo‘ldi.

Akseleratorga arizalar 2020-yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Dastur haqida SHU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga SHU YERDA ariza topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Koronavirus: Yevropa mamlakatlaridagi xitoyliklar yuz niqoblarini xarid qilib, Xitoyga yuborishyapti. Yevropa aholisining yuz niqoblari xaridi ham keskin oshgan. Ayrim Yevropa shaharlarida niqoblar tugab ham qolgan.

Masalan, xitoylik tanishlarimizdan biri bir oyga yaqin Norvegiyada yashagan. Hozir Sloveniyada, yaqinda kelgan. Sloveniyaga kelishdan oldin Norvegiya dorixonalaridan niqob sotib olib, Xitoydagi oila aʼzolariga yubormoqchi boʻlibdi. Lekin Norvegiyadagi yirik va port shaharlaridan niqob topa olmabdi. Izlab-izlab, oxiri Norvegiyaning shimolidagi kichikroq bir shaharchadan zoʻrgʻa topib, sotib olibdi va uyiga yuboribdi.

Oʻtgan hafta Xitoyda yuz niqoblariga boʻlgan bir kunlik talab 200 million donani tashkil etayotgani haqida xabar berilgandi. Hozirda bu koʻrsatkich yana-da oshgan.

Shuningdek, yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining aksiyalari narxi yaxshigina oshgan. Quyidagi suratda yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyasi – Kawamotoning aksiyalari narxidagi oʻsishni koʻrishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tibbiyot sohasida oʻqiyotgan va ishlayotgan bir nechta tanishlarim bor. Oʻzbekistonda tibbiyot xodimi boʻlib ishlash havas qilarli darajada emasligini nolib qolishadi. Bu toʻgʻri.

Tibbiyot xodimlarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi juda kuchsiz: oyligini yuqori deb boʻlmaydi, koʻpchilikda aksariyat shifokorlar chalasavod degan taassurot shakllangan, ularni haqoratlashadi, tez-tez kaltaklab ham turishadi.

Tibbiyot sohasini chindan yoqtiradigan tanishlarim biror xorijiy davlatga chiqib, oʻsha yerda tibbiyot boʻyicha oʻqib, oʻsha yerda ishlashni juda xohlaydi – oylik yuqori, munosabat ijobiy.

Lekin afsuski, tibbiyot – taʼlimda eng kam grant ajratiladigan va ishga olinishda talablari eng yuqori boʻlgan sohalardan biri. Shu sababli ham, xorijda tibbiyot sohasida oʻqish va ishlash oson emas.

Aytaylik, aksariyat davlatlar tibbiyot xodimlaridan mahalliy tilni bilishni talab qiladi. Ingliz tili davlat tili boʻlsa, yaxshi – koʻpchilikning ingliz tilidan xabari bor va bu tilni oʻrganish ham juda qiyin emas. Lekin ingliz tili davlat tili boʻlmagan davlatlarda qiyin.

Masalan, Daniyada tibbiyot xodimlariga talab juda yuqori, lekin tibbiyot sohasiga ishga kirish uchun dat tilidan imtihon topshirib, kerakli natijani qayd etish kerak.

Garchi Daniyada deyarli hamma ingliz tilida muloqot qila olsa-da, shifokor mahalliy aholi tilini bilishi shart. Chunki joni ogʻrib turgan kishi qaysidir soʻz yoki jumlani ingliz tilida eslab oʻtira olmaydi.

Taʼkidlash joizki, Daniyada shifokorlar daromadi anchagina yuqori – shifokorning bir yillik oʻrtacha maoshi 1 million 255 ming 733 kronani (taxminan 186 ming AQSH dollari) tashkil etadi.

Bundan tashqari, Daniyada tibbiyot xodimlariga hurmat ham yuqori. Men, shunchaki, bitta davlatni misol keltirdim. Tibbiyot xodimlari uchun sharoit juda yaxshi boʻlgan davlatlar koʻp.

Tibbiyot xodimlarining ijtimoiy va iqtisodiy taʼminoti havas qilarli darajada boʻlmaganidan keyin davlat tibbiy muassasalaridagi xizmatlar sifati ham yuqori boʻlmaydi, albatta. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat sifati nisbatan yuqoriroq, chunki ularning xizmat haqi qimmat, xodimlar maoshi yuqoriroq. Shunday boʻlgach, yaxshi shifokor xususiy tibbiy muassasalarga ketib qoladi (agar hali xorijga chiqib ketmagan boʻlsa). Natijada davlat tibbiy muassasalaridagi sifat darajasi tushadi.

Qani edi, bizning shifokorlar ham koronavirusga oʻxshash kasalliklar bilan isiriq yuborish orqali emas, unga qarshi vaksina ishlab chiqish ustida ishlash orqali kurashishsa.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tarjima

Kitob: “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi: Mich Elbom
Janri:
Biografiya, falsafa, esdalik

Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.

13-bob. “Toʻrtinchi seshanba: oʻlim haqida suhbatlashamiz”.
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш

Bundan oldingi boblar:
👉 BIRINCHI BOB
👉 IKKINCHI BOB
👉 UCHINCHI BOB
👉 TOʻRTINCHI BOB
👉 BESHINCHI BOB
👉 OLTINCHI BOB
👉 YETTINCHI BOB
👉 SAKKIZINCHI BOB
👉 TOʻQQIZINCHI BOB
👉 OʻNINCHI BOB
👉 OʻN BIRINCHI BOB
👉 OʻN IKKINCHI BOB

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Ilon Mask 2-fevral kuni AI (sunʼiy intellekt) boʻyicha Tesla kompaniyasida ishlash uchun yangi ish oʻrinlari mavjudligi haqida tvit qoldirgan. Shuningdek, u Tesla kompaniyasida ishlash uchun ilmiy daraja shart emasligini yana bir marta taʼkidladi.

Ilon Mask 2014-yil nemis avtomobil nashriyoti “Auto Bild” bilan boʻlgan suhbatda ham ishga olinish uchun ilmiy daraja zaruriy shart hisoblanmasligini qayd etgandi.

Hatto oliy taʼlim diplomi (darajasi) yoki hatto oʻrta maxsus taʼlim diplomi (darajasi)ga ega boʻlish ham shart emas, degandi u ishga olishda qanday jihatlarga eʼtibor qaratilishi haqida kengroq maʼlumot berishi soʻralganda.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​❗️ Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi 15-17 yoshli oʻzbekistonliklar uchun AQSHda 2-4 hafta davomida universitetlar va taʼlim bilan tanish imkonini beruvchi dasturga arizalar qabul qilmoqda.

Dasturda qatnashish imkonini qoʻlga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
✔️ AQShga borish va kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
✔️ Viza xarajatlari qoplab beriladi.
✔️ Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
✔️ Barcha ishtirokchilar dastur davomida tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi.

🔘 Ushbu dasturga arizalar 2020-yilning 20-fevrali soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Talablar va hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Xitoyliklar orasida boylari koʻp. Ular muntazam sayohat qiladi, borgan davlatlarida eng qimmat butik va doʻkonlarga kiradi. Eng qimmat kiyim-kechak, baʼzan taqinchoqlar va boshqa mahsulotlarni xarid qiladi.

Agar xitoy tilini bilsangiz, Yevropaning sayyohlar koʻp tashrif buyuruvchi shaharlarida dunyoning eng mashhur brendlari doʻkonlari sizni jon deb ishga oladi, odatda.

Masalan, T Fondaco dei Tedeschi Venetsiyada eng qimmat savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu savdo markazi anchagina baland boʻlib, uning tomiga chiqib, shahar manzarasini tomosha qilish mumkin. Biz ham tomga chiqdik.

Kiraverishda – har qavatda koʻplab xitoylik sayyohlarga koʻzimiz tushdi. Har doimgidek eng qimmat kiyim-kechak va mahsulotlar xaridi bilan band.

Italiyaliklarning oʻzi va boshqa davlat sayyohlari bu savdo markaziga odatda shaharni tepadan tomosha qilgani keladi, xolos. Ularning biror mahsulot sotib olayotganini kamdan-kam uchratasiz. Xitoyliklar esa mahsulot tanlayotgan, xarid qilayotgan yoki qoʻli toʻla mahsulot bilan markazni tark etayotgan boʻladi.

Eʼtiborlisi shundaki, bu savdo markazidagi reklamalarning baʼzilari aynan xitoyliklarga moslab ishlangan. Reklama posterlari, ekranlarda namoyish etiladigan reklamalarda mahsulotni koʻz-koʻz qiluvchi shaxslar orasida xitoylik ayol va erkaklarga tez-tez koʻzingiz tushadi: brend kiyimlarni kiyib olgan yosh xitoy yigiti yoki qaysidir mashhur parfyumeriya mahsulotining reklama roligidagi yosh xitoy goʻzali.

Doʻkon va savdo markazlarini biroz eʼtibor kuzatsangiz, Xitoyning dunyo bozorlaridagi oʻrni nafaqat ishlab chiqaruvchi sifatida, balki isteʼmolchi sifatida ham oshib borayotgani seziladi.

Albatta, ayni damda barcha mamlakatlarni tashvishga solayotgan koronavirus Xitoyning dunyo bozorlaridagi oʻrniga ozmi-koʻpni oʻz salbiy taʼsiri oʻtkazyapti. Lekin bu vaqtincha – virusga qarshi vaksina topiladi, odamlar tuzaladi va Xitoyning dunyo bozoridagi ahamiyati yana oʻsishda davom etadi.

Hozirda Xitoy iqtisodiy qudrati jihatidan dunyoda 2-raqamli mamlakat hisoblanadi (1-oʻrinda AQSH).

P.S. “Xitoy – uyqudagi arslon. Uni uygʻotib yubormang, aks holda, dunyoni larzaga soladi”, degan edi Napoleon Bonapart bundan 2 asr oldin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
58 nafar fuqaro Prezident Farmoni bilan afv etildi. Bu haqida Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

“Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 41 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.

Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 2 nafarini ayollar tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Donald Tramp prezidentlik lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi

Donald Trampga qarshi ilgari surilgan impichment moddalari yuzasidan AQSH senatorlarining ovoz berish jarayoni hozirgina yakunlandi.

Impichmentning 1-moddasi boʻyicha 48 nafar senator Donald Trampni aybdor, 52 nafar senator esa aybsiz deb topdi.

Impichmentning 2-moddasi boʻyicha 47 nafar senator amaldagi AQSH prezidentini aybdor deb topgan bo'lsa, 53 nafar senator uning aybsizligini yoqlab ovoz berdi.

Shunday qilib, impichment yuzasidan oʻtkazilgan sudda Donald Trump aybsiz deb topildi. Natijada Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimida oʻz faoliyatini davom ettiradigan boʻldi.

Donald Trampga qarshi impichmentning toʻliq matnini SHU YERDA oʻqishingiz (PDF fayl).

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ