Makon Tv
3.33K subscribers
377 photos
412 videos
634 links
📺 Makon TV – har bir ko‘rsatuv, yangilik va ko‘ngilochar dastur bilan sizning hayotingizga yangi ranglar qo‘shadi, biz har doim sizning yoningizdamiz.



📞 Xat va reklama bo’yicha murojaat qilish uchun: +998 55 517 66 66
Download Telegram
Kino — bu shunchaki tomosha emas, bu butun bir san’at.

Tarixda shunday rejissorlar borki, ular oddiy film suratga olish bilan cheklanmay, butun kino olamini o‘zgartirib yuborgan.
Akira Kurosawa dan tortib Christopher Nolan gacha — har biri o‘z uslubi, o‘z qarashi bilan kino tarixida o‘chmas iz qoldirgan.
Ularning filmlarini ko‘rganingizda siz nafaqat syujetni, balki chuqur ma’no, falsafa va san’atni ham his qilasiz.


Qaysi rejissor sizga eng ko‘p ta’sir qilgan? Izohlarda yozib qoldiring

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
O‘qituvchi darsga anime qahramonlarining shlyapalarini kiyib yoki ularning obrazlarida kelishi mumkin.

U dars davomida qahramonlarning qobiliyatlarini (masalan, Luffining elastikligi yoki personajlarning zarba kuchi) fizika formulalari orqali tushuntiradi. Bu usul talabalarning zerikarli deb hisoblaydigan mavzularga bo‘lgan e’tiborini keskin oshirdi. Uning darslari aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda millionlab ko‘rishlar yig‘moqda.


Ximenesning fikricha, ta’lim va ommaviy madaniyatni (anime, kino) birlashtirish — yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishning eng samarali yo‘lidir.

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Makon - Sizning shaxsiy playlistingiz!

O‘zbek estrada olamining eng kutilgan premyeralari, yangi kiliplar va Jahon chartlarining eng qaynoq hitlari,
okean ortidan yangragan global kiliplar va siz bilgan-bilmagan trendlar bir yerda eng katta premyeralar!


Hammasi – Makonda!

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Makon telekanalidan musiqiy loyiha: "Yangi Ovoz"! 🎙

Makon telekanalida musiqiy "Yangi Ovoz" loyihasi boshlandi! Bu loyiha orqali biz yosh, umidli ijodkorlarni yangi janrlarda ijod qilishga undaymiz.

Bugun bizning loyihamizda ishtirokchisi , yosh iste'dod egasi Abdulloh Sagdullayev bo'ldi.

"Yangi Ovoz" bilan yosh ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlari kengayadi va biz tomoshabin sifatida yangi, kutilmagan ijrolarga guvoh bo'lamiz.


Abdulloh Sagdullayev
ijrosini tomosha qiling va Makon telekanalidagi "Yangi Ovoz" loyihasining keyingi ishtirokchisi kim bo'lishini hohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring!

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Benom” konserti: ilk kun hissiyotlari va jamoani birlashtirgan sir

“Benom” guruhining konsert dasturining ilk kuni yuqori kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Sahnaga chiqishlari bilan zalni to‘ldirgan muxlislar jo‘shqin kutib oldi, ijrolar esa jonli energiya va samimiyat bilan ajralib turdi. Har bir qo‘shiq tomoshabinlar bilan birga kuylanib, haqiqiy musiqiy bayram muhitini yaratdi.

Konsert nomi — “The Best” — bejiz tanlanmagan. Dastur davomida guruh o‘zining eng mashhur va muxlislar qalbidan joy olgan qo‘shiqlarini taqdim etdi. Bu orqali “Benom” nafaqat o‘z ijodining eng saralangan qismini sahnaga olib chiqdi, balki o‘zining mustahkam o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.


Siz-chi, konsertda bo‘ldingizmi? “Benom” ijrosidagi qaysi qo‘shiq sizga eng yaqin?

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va Qadrlash kuni muborak bo‘lsin!

Bu sana xalqimizning jasorati, sabri va fidoyiligini yodga soluvchi qutlug‘ kun.
O‘tganlar xotirasi qalblarimizda mangu yashasin, yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi bardavom bo‘lsin.


Xotira va Qadrlash kuni muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Dardli nolalar qirolichasi” — Ozoda Nursaidova katta konsert oldidan matbuot vakillari bilan uchrashdi.

Suhbat davomida xonanda ijod, sahna ortidagi hissiyotlar, jonli ijro va bugungi o‘zbek estradasi haqida ochiq fikr bildirdi. Shuningdek, bo‘lajak konsertdagi syurprizlar, yangi duetlar va tomoshabinlarni kutayotgan kutilmagan shou elementlari haqida ham ilk bor ma’lumot berdi.


Ozoda Nursaidova ta’kidlashicha, uning uchun konsertdagi eng muhim jihat — muxlis qalbiga yetib boradigan samimiy ijro va kuchli emotsiyadir.

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yangi Ovoz" loyihasining ssenariysi o‘zgardi!

Biz loyiha formatini yangiladik! Endi "Yangi Ovoz"da faqat ovozlar emas, balki biz yurtimizdagi eng mahoratli sozandalarni kashf etamiz.

Loyiha qahramonlari endi o‘z mahoratlarini yangicha ssenariy va kutilmagan yo‘nalishlarda namoyish etishadi. Bugungi ishtirokchimiz — Bonu Qosimova


Keyingi ishtirokchimiz kim bo'lishini hohlaysiz? o‘z fikringizni bildiring!

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqimizning sevimli san’atkori bilan konsertdan eksklyuziv suhbat!

Konsertning 3-kuni ham muxlislar uchun unutilmas lahzalarga boy o‘tdi Sahnadagi nafis va hashamatli liboslar, tomoshabinlar uchun tayyorlangan maxsus chiqishlar hamda millionlab yuraklarni zabt etgan “Toylar muborak” klipi haqida samimiy suhbat bo‘ldi 🎶


Konsert taassurotlari va hali hech qayerda aytilmagan fikrlarni o‘tkazib yubormang

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10 yillik sog‘inch, minglab muxlislar va yana bir sahnada jam bo‘lgan afsonaviy Ummon…

Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan konsert chin ma’noda nostalgiya, hissiyot va unutilmas lahzalarga boy kechdi. Muxlislar yillar davomida sevib tinglagan qo‘shiqlar yana jonli ijroda yangradi, zal esa bir ovozdan Ummon bilan kuyladi!
Konsertdan so‘ng Ummon bilan eksklyuziv suhbat qildik. 10 yildan keyingi qaytish qanday hissiyot bergani, muxlislar sog‘inchi va kelajakdagi yangi loyihalar haqida samimiy intervyuni o‘tkazib yubormang!


Bu oddiy konsert emas — bu butun bir avlodning xotiralari edi…

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Makon telekanalidan musiqiy loyiha: "Yangi Ovoz"! 🎙

Makon telekanalida musiqiy "Yangi Ovoz" loyihasi boshlandi! Bu loyiha orqali biz yosh, umidli ijodkorlarni yangi janrlarda ijod qilishga undaymiz.

Bugun bizning loyihamizda navbatdagi ishtirokchi , yosh iste'dod egasi Akmaljonov Azizjon bo'ldi.

"Yangi Ovoz" bilan yosh ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlari kengayadi va biz tomoshabin sifatida yangi, kutilmagan ijrolarga guvoh bo'lamiz.


Akmaljonov Azizjonning
ijrosini tomosha qiling va Makon telekanalidagi "Yangi Ovoz" loyihasining keyingi ishtirokchisi kim bo'lishini hohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring!

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YUZ FEST — yangi avlod musiqasi, kreativ g‘oyalar va yorqin iste’dodlarni birlashtiradigan yirik festival. Festival oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida tashkilotchilar va san’atkorlar tadbirning asosiy maqsadlari haqida so‘zlab berishdi.

Festival nafaqat musiqiy loyiha, balki yosh ijodkorlar uchun o‘z iste’dodini namoyish etish maydoni ham hisoblanadi. Tadbir doirasida zamonaviy musiqa, yangi hamkorliklar va unutilmas sahna chiqishlari muxlislarni kutmoqda.


YUZ FEST yaqin kunlarda minglab musiqa ixlosmandlarini bir sahnada jamlab, ularga unutilmas taassurotlar ulashishni maqsad qilgan.

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️🔥 UZCARD FOOTBALL FEST — unutilmas futbol bayramiga aylandi!

Humo Arena minglab futbol muxlislari, san’at ixlosmandlari va O‘zbekiston terma jamoasi tarafdorlarini bir joyga jamladi.

Tadbir afsonaviy sport sharhlovchisi Mirzaxakim To‘xtamirzayev ishtirokida boshlandi. Festival sahnasida esa Sevara Nazarxon, Munisa Rizayeva, Shoxrux, Konsta, Sahar, Doppi Twins hamda DJ Umar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Oqshomni esa Mirshakar Fayzulloev olib bordi.

Bayramning eng hayajonli qismi esa O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni katta ekranda birgalikda tomosha qilish bo‘ldi.


❤️ UZCARD FOOTBALL FEST nafaqat futbol va musiqa bayrami, balki ezgulik tadbiri ham bo‘ldi. Chiptalardan tushgan barcha mablag‘lar VAQF faoliyatiga yo‘naltiriladi.

Bizning sahifalarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube