Magic Physics
214 subscribers
770 photos
265 videos
106 files
236 links
Bu kanalda siz fizika faniga doir qiziqarli ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Shuningdek fizikadan turli qiyinlikdagi masalalarni o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Murojaat uchun: @magicphysics_bot
Download Telegram
IPhO 2025: Navbatdagi xalqaro g‘alaba!

📍Parij, Fransiya

➡️55-marotaba o‘tkazilayotgan Nufuzli ilmiy bellashuvda dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥉Nozimjon Shavkatjonov - Fargʻona viloyati, Dangʻara tumanidagi 1-IDUMning oʻquvchisi - Bronza medal
🥉 Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi - Bronza medal

Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:

3-oʻrin uchun:
oʻquvchilarga
— 375 mln soʻm (1 ming baravar).


📝 Eslatib o‘tamiz:
Terma jamoa a’zolari joriy yil davomida xalqaro ekspert ishtirokida o‘tkazilgan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

❗️Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Fizika olimpiadasida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.


Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida fan orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir.

🏅 Ushbu yutuq yurtimiz iqtidorli o‘quvchilari uchun yangi marralarga yo‘l ochadi va xalqaro miqyosdagi keyingi g‘alabalarga zamin yaratadi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
🔥4
👍1
😁7👍1👏1
***
Odamlar ikki xil boʻladi:
Nurda uxlayotgan va zulmatda uygʻoq.
Shayx Muhammad Gʻazzoliy
4👍1👏1
70 dan ortiq oʻquvchilarim matematika va fizika fanidan milliy sertifikat oldi

Ularning 50 tadan koʻpi 95% natija egalari.

Men Ergashev Boburmirzo. Zomin ixtisoslashtirilgan maktab internatida matematika va fizika fani oʻqituvchisiman.

Ishdan tashqari abituriyentlarni OTMʼga tayyorlash bilan ham shugʻullanaman.

Men erishgan natijalar:

— Matematika fanidan 100 foizlik milliy sertifikat;
— Fizikadan xalqaro darajadagi GRE sertifikati;
— Oliy toifadagi pedagog;
— CEFR Ingliz tili B2
— Davlat tomonidan 70 foizlik ustama egasi.


Kanalimda oʻquvchilarim erishgan natijalar, yangiliklar va kurslarga yangi qabullar haqida eʼlonlar berib boraman.

👉 Kanalimni oliy ta’limga tayyorlanayotganlarga joʻnatib qoʻying.

@zominfizmatolami777