Made in Uzbekistan
51 subscribers
55 photos
7 videos
13 links
🇺🇿 Made in Uzbekistan

🔹 G'aroyib mahsulotlar va kreativ xizmatlar
🔹 Paradokslar, qarama-qarshiliklar va yumor
🔹 O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng qiziq narsa va hodisalar

Mahalliy brendlar, noodatiy topilmalar va original kontentlar
Download Telegram
🗓️ Hafta davomida Oʻzbekistondagi eng ko'p muhokama qilingan voqealar tahlili

881 milliard soʻm — davlat mediasi uchun


2025-yilda Milliy teleradiokompaniya uchun davlat byudjeti orqali 881 milliard soʻm ajratildi. Shuningdek, UzReport va Sport telekanallarini qoʻllab-quvvatlash uchun 93,6 mlrd soʻm ajratilishi kutilmoqda.


🇮🇹 Italiya OAVlari Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga eʼtibor qaratdi

Italiya ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistonning yangi besh yillik taraqqiyot strategiyasiga alohida eʼtibor qaratdi. Ularda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi islohotlari, jumladan, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha maxsus qonun qabul qilish niyati, Fuqarolik kodeksining yangi tahriri va adolatni taʼminlash tashabbuslari haqida maʼlumot berildi.

🧪 Davlat xizmatchisining ish joyida psixotrop modda isteʼmol qilgani

Joriy haftada ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatchisining ish joyida psixotrop modda isteʼmol qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu holat jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab boʻldi. Rasmiy organlar bu holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini va ishdan boʻshatilganini maʼlum qildi.

UZTELECOM’dan “bepul taʼlim”

Davlat kompaniyasi UZTELECHOM taʼlim va OAV saytlariga bepul kirish imkonini eʼlon qildi. Unda:
•200 dan ortiq resurs roʻyxati bor
•Internet tezligi oʻrtacha 2-3 Mbit/s
•Mobil operatorlar orqali trafik hisoblanadi

Foydalanuvchilarning asosiy shikoyati — bepul saytlar ochilishidagi texnik muammolar va sifatli kontent yetishmasligi.

🏃‍♂️ VII Toshkent Xalqaro Marafoni: sport va shaharning yangi qiyofasi

13-aprel kuni Toshkentda VII Xalqaro Marafon boʻlib oʻtdi. Yangi Oʻzbekiston bogʻi va uning atrofida tashkil etilgan musobaqada dunyo boʻylab 8 mingga yaqin sportchi va yugurish ishqibozlari ishtirok etdi. Marafonning mukofot jamgʻarmasi 639 million soʻmni tashkil etdi, bu esa tadbirning nufuzini yanada oshirdi.
Made in Uzbekistan: 6 soniyada yangilanadigan bizneslar!

Bir kuni sen xalq orasida eng mashhur ilovaga aylanasan.
Yo‘llardagi jarimalarni hamma sening ilovang orqali tekshiradi.
Qancha odam undan foydalanyapti — hisoblab bo‘lmaydi.
Lekin…

Kutilmaganda — tizim seni “o‘chiradi”.
Sabab yo‘q. Izoh yo‘q.
Faqat yangi ilova bor. Endi shu ishlaydi.
Endi eksklyuziv huquq ular qo‘lida.

Kim edi u?

1. Yangi ilovaning sahifasi ham ishlamayapti.
2. Ammo eksklyuziv huquqni olayotganlar — 500 ming so'mli firma.
3. Shu odamlar yirik davlat tenderini ham yutgan.

Made in Uzbekistan — bu:
Barcha ishlaydigan servislarni “yangilab” qo‘yish!
Dadasi kuchli bo‘lsa — sen o'yinchisan!
Raqobat? Unut. Shaffoflik? Yopiq!

Nima deb o‘ylaysiz— shunaqa tizimda chin raqobat bo‘lishi mumkinmi?

@made_inuzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Made in Uzbekistan: Bahorda piknik uchun 10 ta eng zo‘r joy!

Ayni pallada yaqinlaringiz bilan dam olish uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishni rejalashtiryapsizmi? Unda mana sizga bahorgi piknik uchun eng ommabop va go‘zal 10 ta joy!

1. Chorvoq suv ombori (Toshkent viloyati)
Suv, tog‘ va sport – hammasi bir joyda!

2. Chimgan va Beldersoy tog‘lari (Toshkent viloyati)
Gril, tog‘ yurishlari va bahoriy tabiat go‘zalligi.

3. Aydar-Arnasoy ko‘llari (Jizzax/Navoiy)
Qushlar, sukunat va kenglikni sevuvchilar uchun.

4. Gulobod — Toshkent viloyatidagi yashil makon. Asosan turistlar boradi. Pik-nik qilish uchun yaxshi lokatsiya.

5. Zaamin milliy bog‘i (Jizzax)
“O‘zbekistonning Shveytsariyasi” – oromgohlar va o‘rmonlar.

6. Sangardak (Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani) — yashil zonalarni va baland tog'lar va tiniq suvlarni sevuvchilar uchun env zo'r tanlov.

7. Nurata tog‘lari va Fazilman soy bo‘yi (Navoiy)
Ekoturizm va yovvoyi gullar orasida piknik.

8. Boysun tog‘lari va Derbent darasi (Surxondaryo)
Bahoriy tinchlik va tabiiy go‘zallik.

9. Nevich — Toshkeng viloyati, Parkent tumanidagi yashil zona hisoblanib, tog'lar va ko'kalamzor tabiati bilan alohida e'tiborga sazovor.

10. Toshsoy — Toshkent viloyatidagi tog'li manzaraga ega yashil zona.


Bahorni o‘tkazing ilhom va tabiat bilan!
Batafsil foto va videolar, intervyular va maslahatlar — bizning kanalimizda!

@made_inuzbek
Ziyoratchilar uchun raqamli inqilobmi, yoki yengillik?

2025-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda “Haj va Umra bo‘yicha yagona portal” va mobil ilovasi ishga tushiriladi!

Bu nima degani?
Endi Haj va Umra safarlari bilan bog‘liq barcha jarayonlar raqamlashtiriladi — ortiqcha navbatlar, hujjatlar va byurokratiyaga xayr!

Yagona portal orqali:
📌 Haj safariga boruvchilar elektron navbat asosida ro‘yxatga olinadi;
📌 Umra ziyorati uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi;

Barcha tashkiliy ma’lumotlar va xizmatlar bitta joyda bo‘ladi.

Ushbu portal — nafaqat vaqtni tejaydi, balki ziyoratchilarga qulaylik va shaffoflikni ham kafolatlaydi.

Bu loyiha uchun mas’uliyatni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga olgan.

Made in Uzbekistan: An'analar va innovatsiya bir tugma bilan

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda kim qancha oladi? Maoshlar, kasblar va achchiq haqiqatlar

📌 2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 5,3 million so‘mni tashkil etdi. Yaxshi yangilik, to‘g‘rimi? Ammo bu raqam sizning hamyoningizga mos keladimi, bu boshqa masala.

💸 Eng yuqori maoshli sohalar:

📌 Moliya sohasi: O‘rtacha 15,2 million so‘m. Pul bilan ishlashni bilganlar, pulni ishlashni ham bilishadi.

📌 Axborot texnologiyalari (IT): O‘rtacha 9,9 million so‘m. Kod yozishni bilganlar nafaqat kompyuterda, balki hayotda ham "bug"siz yashashadi.

📌 Top menejment: O‘rtacha 17,7 million so‘m. Rahbarlarimizning maoshi ham yuqori, mas'uliyati ham.

💸 Eng past maoshli sohalar:

📌Ta’lim sohasi: O‘rtacha 3,1 million so‘m. Kelajak avlodni tarbiyalayotgan o‘qituvchilarimiz o‘zlari moliyaviy tarbiyani orzu qilishmoqda.

📌 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar: O‘rtacha 3 million so‘m. Hayotimizni saqlab qolayotgan shifokorlarimiz o‘zlari hayot kechirishda qiynalishmoqda....deb hisoblaysizmi?

💸 Hududlar bo‘yicha maoshlar:

📌 Toshkent shahri: O‘rtacha 8,45 million so‘m. Poytaxtda yashash qimmat, lekin maoshlar ham shunga yarasha.

📌 Navoiy viloyati: O‘rtacha 6,6 million so‘m. Tog‘-kon sanoati va boshqa sohalar bu yerda yaxshi maoshlar taklif qilmoqda.

📌 Qashqadaryo viloyati: O‘rtacha 3,6 million so‘m. Bu hududda yashovchilar uchun maoshlar hali ham past darajada.

❗️Agar siz IT sohasida ishlayotgan bo‘lsangiz, sizning maoshingiz yuqori bo‘lishi mumkin. Ammo agar siz o‘qituvchi yoki shifokor bo‘lsangiz, sizning maoshingiz hali ham past darajada. Bu holat, afsuski, ko‘pchilik uchun haqiqatdir.

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💸 Elektromobillar bizni o‘ldiradi...

📌 Ha, ha to‘g‘ri eshitdingiz. Hayotimizga tobora singib borayotgan elektr avtomobillar kun kelib zararimizga ishlashi mumkin desam ishonasizmi?

💸 Made in Uzbekistan jamoasi "Afsona va haqiqat" turkumida shu mavzuni o‘rgandi.

Elektromobillar an'anaviy avtomobillardan farqli o'laroq azot oksidi, zarrachalar va uchuvchi organik birikmalar kabi zararli ifloslantiruvchi moddalarni chiqarmaydi. Biroq bu elektromobillar xavfsiz degani emas.

📌Energielösung GmbH kompaniyasining mahsulotlar bo'yicha mutaxassisi Markus Frayzelning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi avtomobillarda yuqori bo‘lgan past chastotali magnit va elektr maydonlari inson tanasida tok hosil qilishi mumkin.

Bu esa odamlarda bosh og'rig'i, uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, hatto yurak kasalliklariga olib keladi. Mutaxassislar salomatlikdagi ushbu buzilishlarni "elektromagnitga yuqori sezuvchanlik" deb atashadi.

💸Bu hali hammasi emas.
📌Elektromobillarning asosiy komponenti bo‘lgan zaryadlanuvchi akkumulyatorlarda kobalt, nikel va boriyli litiy kabi, zaharli moddalar mavjud boʻlib, ular to‘g‘ri utilizatsiya qilinmasa, atrof-muhitga katta zarar yetkazishi mumkin.

💸 Xo'sh, siz qaysi birini tanlaysiz?
📌Zamonaviy elektrokarlar yoki ichki yonuv dvigateliga ega mashinalar. Tanlovingizni izohlarda yozib qoldiring.

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekiston havo yuklari hajmi 31,9 foizga oshdi

📌 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab havo transporti orqali tashilgan yuklar hajmi 13,9 ming tonnani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

📌 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 31,9 foizga o‘sganligini bildiradi, bu esa mamlakatning havo yuklari sohasida yuk tashishning barqaror o‘sishi va faolligidan dalolat beradi.

Made in Uzbekistan: Biz faqat yerda emas, havoda ham pul qilamiz!

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy qog‘ozi qanday qilib Samarqandda mashhurlikka erishdi?

📌 Kundalik zaruriyatimizga aylangan qog‘ozning vatani Xitoy ekani barchaga ma’lum. Biroq xitoyliklarni ham lol qoldirgan Samarqand qog‘ozi haqida uncha-muncha odam bilavermaydi.

📌 Xitoyliklar qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasini VIII asrgacha qattiq sir saqlashgan. Manbalarda aytilishicha, VIII asr oʻrtalarida Xitoy qoʻshinlari bostirib kirgach, Samarqand hukmdori Abu Muslim askarlari dushman harbiylarini asirga oladi. Ular orasida qog‘oz ishlab chiqarish ustalari ham bo‘lgan. Asirlar umri evaziga qog‘oz ishlab chiqarish sirini ochadi. Shu tariqa Samarqand qog‘oziga asos solinadi.

📌 Shundan to XVIII asrgacha Samarqand O'rta Osiyoning ipak qog'oz ishlab chiqarish markaziga aylanadi.

📌 Samarqand qog‘ozi silliqligi va rangi bilan ajralib turgan, lekin uning asosiy sifati chidamliligi edi. Samarqand qog‘oziga yozilgan hujjatlarning aksariyati bugungi kungacha yaxshi holatda saqlanib qolgan. Aynan shu qog‘ozdan xattotlar matn uchun, rassomlar esa miniatyuralar uchun ishlatgan.

📌 XVI-XVIII asrlarda O‘rta Osiyoda davom etayotgan ichki urushlar tufayli samarqandlik ustalar o‘z do‘konlarini tashlab, tinchroq hududlarga ko‘chishga majbur bo‘lishadi. XIX asrga kelib Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish to‘xtab qoladi. YUNESKO tashabbusi bilan XX asr kelibgina Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish qayta tiklanadi.

📌 Ayni kunlarda Samarqand yaqinidagi Konigil qishlog‘ida taniqli usta aka-uka Muxtorovlar tomonidan tashkil etilgan “Meros” qog‘oz zavodi ishlab turibdi. Ustalar sa’y-harakati bilan qadimgi texnologiya bo‘yicha qog'oz ishlab chiqarish an‘anasi tiklandi. Qizig‘i shundaki, butun ishlab chiqarish qo‘lda amalga oshiriladi va har bir mehmon qog‘oz ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin.

Samarqand qog‘ozi haqida yana nimalarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizda bori qayda bor?

O‘zbekistonda bir necha jihatlari bilan dunyoda yagona yoki o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi narsalar bor. Ularning ba'zilari bizni quvontirsa, boshqalari ko'ngilni xira qiladi.

Quyida ChatGPT ta'biri bilan aytganda, faqat O'zbekistongagina xos bo‘lgan narsa va hodisalarni keltiramiz:

🕌 1. Registon maydoni – dunyodagi yagona arxitektura ansambli
Samarqanddagi Registon — 3 ta madrasa (Ulug‘bek, Sherdor va Tillokori) bir maydonda joylashgan yagona arxitektura majmuasi. U o‘zining simmetrik tarrozi, ganch ishlanmalari va tillo bezaklari bilan mashhur.

Dunyoda bunday o‘lchamdagi madrasa ansambli yo‘q.

🌊 2. Oral fojiasi – dunyodagi eng katta ekologik falokatlardan biri

Oral dengizi vaqtida dunyoda 4-o‘rinda turgan suv havzasi edi. Uning qurushi — dunyodagi inson qo‘li bilan sodir etilganbeng katta ekologik falokatlardan biri sifatida tarixga kirgan.

O‘zbekiston hozirda Oralbo‘yi mintaqasini qayta tiklash bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirmoqda.

🧵 3. Ikat (adras) to‘qish san’ati – O‘zbekistonga xos shaklda yaratiladi

Adras va atlas matolar faqat O‘zbekistonda saqlangan shaklda to‘qiladi. Bu to‘qish uslubi "ikat" deb ataladi. O‘zbek ikatlari o‘zining ranglari va uslubi bilan butun dunyodan ajralib turadi.

Bu matolar hozirda Parij, Milan va Nyu-York moda uylarida ham ishlatilmoqda.

🏛 4. Xiva – dunyodagi yagona “ochiq osmon ostidagi muzey” shahar

Butunlay muzeyga aylangan, devor bilan o‘ralgan tarixiy shahar — Ichan qal’a. Bu joy YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Xivada tarixiy binolar, masjidlar, madrasalar va maqbaralar hech qanday zamonaviy o‘zgarishlarsiz saqlangan.

🍒 5. O‘zbekiston gilosining yer yuzidagi eng erta pishishi

Farg‘ona va Toshkent vodiysidagi gilos — dunyoda eng erta (aprel oxiri — may boshida) pishadigan turlardan biri.

Shuning uchun O‘zbekiston gilosi Yaponiya, Koreya, Xitoy, BAA va Rossiya bozorlarida tengsiz hisoblanadi.

Siz faqat O‘zbekistongagina xos bo‘lgan yana qanday jihatlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тоғлар чиройли, лекин улар ёнида яшаш осонми?

Бугун кун жуда исиди. Шундай кунда тоғлар, сойлар, кенг далалар ёдга келади... Лекин улар ёнида яшашнинг ўзига ҳос машаққати, меҳнатига ҳамма ҳам чидай олмаса керак. Видео қаҳрамони Соҳиба ҳам ўтин териб келиб, болалари учун овқат қилади, шу ўтинда сув иситиб кир ювади. Тоғда қўйларни боқиб келган чўпоннинг уйга қайтиши оила учун байрамга айланиб кетади.

«Қайси бир йили уч кун Жиззахнинг Бахмали оралаб роса юрганмиз.  Бизга айнан видеодаги қаҳрамон ва унинг ҳаёт тарзи керак эди. Оро ва ором нималигини билмайди, тоғдан ўтин олиб тушиш, мол-ҳолга қараш ҳам унинг мажбурияти,  болаларига овқат пиширишни-ку юмуш санамайдиган «темир хотин». Шаҳарни телевизорда кўрган, боришни хаёлига сиғдиролмайди, ушалмайдиган бир орзу деб билади. "Истасангиз айлантиргани олиб кетамиз", дейилса, ишонқирамай мийиғида кулади...», деб эслайди муаллиф.

Муаллифлар - Машҳура Султонова,
Акобир Мисралиев

Каналимизда шундай позитив видеолар кўп бўлади! Бизга уланинг👉

@made_inuzbek
Йўллар сифати қоидаларга амал қилиш жаримасига арзимаслигини тушунишди(ми)?

Кўринмай кетган йўл чизиқларини билмай босиб ёки "яма"ларда балонларини ташлаб кетиш рискидан кўра, босиб, жаримани бўйнига олганларнинг арзу-доди етиб борибти.

1 июндан бошлаб йўл чизиқларини босиб қоидабузарлик содир этиш ҳолатларини махсус автоматлаштирилган фото ва видео қайд этиш дастурий-техник воситалари орқали қайд этишга йўл қўйилмайди. Лекин, бу ЙПХ ходими ҳам кўрмаганга олади, дегани эмас.

❗️Тўхташ чизиғи – "стоп-линия" (5.33 йўл белгиси) бундан мустасно.


1 июндан бошлаб шаҳарлар автомобиль йўлларида таъмирлаш ёки йўл чизиқларини чизиш билан боғлиқ ишларни соат 07.00 дан 21.00 га қадар амалга оширишга йўл қўйилмайди.

Таъмирлаш ва йўл чизиқларини янгилаш ишлари энди фақат кечаси — йўллардаги ҳаракат камайган вақтда амалга оширилади.

@made_inuzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yuzi sizningcha qanday bo‘lishi kerak?

Sun‘iy intelektdan so‘ragan edim:
“O‘zbekiston yuzi — bu tabassumli, tabiiy, ziyoli va milliylik bilan zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan inson yuzi. Unda qalb, madaniyat va iftixor aks etishi kerak”, deb javob berdi.

Toshkentdagi “Navro‘z” bog‘ida bo‘lib o‘tgan FACE OF UZBEKISTAN 2025 finalida juda yorqin obrazlar ko‘p bo‘ldi. Tanlovga o‘zbek tilida nom qo‘yishganda u “O‘zbekiston yuzi”, deb atalgan bo‘lardi☺️

Tadbirda Mursak, Dulat, Velvet & IDEAL moda namoyishlari, afsonaviy "Yalla" guruhining jonli ijrosi, shuningdek, yetakchi brendlar va tadbir hamkorlarining taqdimotlari o‘tkazildi.

G‘oliblar Janubiy Koreyadagi "Face of Asia"da O‘zbekistonni taqdim etishadi.

Menga erkaklarni beqasam va zarchopondan boshqa liboslari erish tuyuldi. Sizgachi? Videoni ko‘rib fikr bildiring! Bu obrazlar Koreyadagi Osiyo festivalida O‘zbekiston yuzi bo‘la oladimi?

@made_inuzbek