Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
9.85K subscribers
29.5K photos
5.75K videos
77 files
11.7K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: info@madaniyat.uz

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Prezidentning “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4585-son qarorida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy va xalqaro grantlar asosida ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini tashkil etish vazifasi belgilangan bo'lib, shunga ko'ra, kuni kecha Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 3 nafar o‘quvchilari A.Y.Vaganova nomidagi rus balet akademiyasiga ta'lim olish uchun yuborildi.

Yuqoridagi vazifalarning ijrosini ta‘minlash maqsadida ko‘plab davlatlar qatorida Rossiya Federatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Ma'lumot o'rnida, o‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qoplanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVII forumi bo'lib o'tayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Forum doirasida O'zbekiston madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar madaniy hamkorlik bo‘yicha Kengashi va MDH Gumanitar hamkorlik davlatlararo fondi Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Kengash doirasida 2023-2024-yilda GHDF tomonidan amalga oshirilgan ishlar, 2025-2026-2027-yillarda Hamdo‘stlik madaniy poytaxtlari dasturi doirasida madaniy poytaxt sifatida e’lon qilinadigan shaharlar - Lochin, Megri, Molodechno masalasi, Hamdo‘stlik mukofotlarini topshirish, Hamdo‘stlik asosiy tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot va boshqa mavzularda chiqishlar qilindi.

Ma'lumot o'rnida, 17-sentyabrda o'z ishini boshlagan forum 19-sentyabrga qadar davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting...

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Bugun, 18-sentyabr kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida so‘nggi yillarda ikki davlat o’rtasidagi madaniy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida ikki davlat madaniyati kunlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, ikki davlat teatrlari o‘rtasida qo‘shma teatr gastrollarini amalga oshirish, ikki davlatning madaniyat va san’atga ixtisoslashgan tashkilotlari o‘rtasida muntazam hamkorlikni ta’minlashga alohida urg’u berildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Bugun, 18-sentyabr kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda jahonga mashhur janubiy koreyalik dirijyor, musiqachi, Pxyontek universiteti professori, Butunjahon dirijyorlar assotsiatsiyasi raisi, maestro No Te Choll o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi madaniy hamkorlik aloqalari haqida so’z bordi, shuningdek, Koreyada ko’plab o‘zbekistonliklar istiqomat qilayotganligi, ularning farzandlarini koreys tilini tezda o‘rganib olishiga hamda koreys maktablariga moslashishiga sharoit yaratish maqsadida o‘zbek va koreys madaniyatini aks ettiruvchi raqs, kuy-qo‘shiq to‘garaklarini tashkil etish va ularga O‘zbekistondan san’at ustalarini jalb etish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilindi.

Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida professor No Te Choll tomonidan Koreyaning yirik shaharlarining birida O‘zbek madaniyat markazini tashkil etish hamda o‘zbekistonlik ijodiy jamoalarning gastrol safarini amalga oshirish takliflari bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Bugun, 20-sentyabr kuni O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Polsha madaniyat vaziri o‘rinbosari Bojena Jelazovska o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik aloqalari hamda O‘zbekiston tomonidan Polsha madaniyatiga e’tibor ortib borayotganligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Polsha tomoni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Polsha Madaniyat vazirligi hamkorligida Toshkent va Xorazm viloyatlarida Anna German kuylari “Sevgi aks sadosi” nomli konsert dasturini yuqori saviyada tashkil etishdagi amaliy yordami uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O‘z o‘rnida, Avazxon Tadjixanov tomonidan o‘zbek-polyak madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish kerakligi hamda mazkur yo‘nalishda ikki mamlakatning madaniyat vazirliklari o‘rtasida san’at, teatr, kino sohalarini o‘z ichiga olgan madaniy hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklifini bildirdi.

Shuningdek, suhbat davomida ikki mamlakatdagi madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida, ikki davlat san’at va madaniyat sohasi vakillarini o'zaro tajriba almashish va yaqindan tanishish uchun xizmat safarlarini tashkil etish, Polshada O‘zbekiston kino kunlari va O‘zbekistonda Polsha kino kunlarini tashkil etish, ikki davlatning madaniyat sohasidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish kabi takliflar ko'rib chiqildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ "Brigada" filmining bosh qahramoni, Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov O‘zbekiston madaniyat vazirligiga tashrif buyurdi

👉 Batafsil - bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Videoreportaj

⚡️ Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVII forumi bo'lib o'tdi.

Ushbu forumda O'zbekiston madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.

Shuningdek, Gumanitar hamkorlik davlatlararo fondi tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Turkmanistonda boʻlib oʻtadigan TURKSOYga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlari Doimiy kengashining 41-Davlat yigʻilishiga tayyorgarlik doirasida Anqarada Turksoy Doimiy kengashi yuqori mansabdor shaxslarining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Batafsil - bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy maqom san’ati institutiga Quvaytlik mashhur kompozitor Dr. Amer Jaafar tashrif buyurdi.

Batafsil - bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida mahorat darsi o‘tildi

Batafsil -
bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Kuni kecha O'zbekiston madaniyat vazirining xalqaro masalalar bo'yicha maslahatchisi Shohrux Akbarov hamda Vengriyaning “OTP Group” kompaniyasi vakillari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi badiiy jamoalar faoliyati bilan yaqindan tanishish masalalari rejalashtirildi.
 
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Kuni kecha Moskva shahrida MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi "Qo‘shma ta’lim loyihalari" yirik loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

☑️ Ushbu tadbirda S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent shahridagi filiali BDKI direktori boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o’rnida, tadbir 5-oktyabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ayni kunlarda Turkiya davlatida “Madaniyat yo'li festivali 2024” (Türkiye Kültür Yolu Festivali 2024) bo’lib o’tmoqda. Unda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

☑️Batafsil - bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Malaya universiteti doktorantlari o‘zbek milliy musiqasi bo‘yicha tadqiqot olib borishadi

👉 Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Yunesko shafeligidagi Xalqaro festivalda O‘zbekiston jamoasi bosh sovrin sohibiga aylandi

☑️Madaniyat vazirligi va O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi ko‘magi bilan ishtirok etgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining “Navo” jamoasi Yunesko shafeligida tashkil qilingan xalqaro musiqa festivalida g‘olib bo‘ldi.

☑️Indoneziyaning eng mashhur orollaridan biri —Kalimantanda “Kaltim xalqaro musiqa festivali-2024” o‘tkazildi va unda institutning professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etishdi.

☑️ Quvonarlisi, institutning “Navo” jamoasi Gran-Pri sovrindori bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Qatar

⚡️Poytaxtda 11-14-oktyabr kunlari “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” bo'lib o'tishi haqida xabar berilgandi.

Kecha, 9-oktyabr kuni 150 nafarga yaqin Qatar delegatsiyasi Toshkent Xalqaro Aeroportida tantanali kutib olindi.

👉 Haftalik dasturi bilan - bu yerda - tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Qatar_madaniyat_kunlari

🇺🇿 🇶🇦 11-14-oktyabr kunlari poytaxtning “Tashkent City Park” majmuasida “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan, bugun O'zbekistonga tashrif buyurgan Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tanini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kutib oldi.

👉 Haftalik dasturi bilan - bu yerda - tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM