Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
9.93K subscribers
28.9K photos
5.68K videos
77 files
11.5K links
Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi
Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 107b-uy
🌐 https://gov.uz/madaniyat/
📞 (55)-502 33 75)
📨 info@madaniyat.uz
t.me/madaniyatvazirligi
www.instagram.com/madaniyatvazirligi
www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz
Download Telegram
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk va Tomsk viloyatlarida bo‘ldi. Ushbu tashrif Sibir Federal okrugi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan imzolangan memorandum doirasida Madaniyat vazirligi va viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Jumladan, teatr jamoasi Tomsk viloyatining "Avangard" nomli xalq ijodiyoti saroyida hudud aholisi va shu yerda istiqomat qiyotgan vatandoshlarimiz uchun "Muhabbatim - qismatim mening" spektakli hamda teatrlashtirilgan konsert dasturini namoyish etdi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Ijodkorlarning mualliflik huquqlari qonun himoyasida

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli direktori Gulnora Musayeva “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga asosan ushbu mukofot bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadilar.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqlar do‘stligi san’at saroyi old maydonida 30-iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy madaniy markazlari jamoalari hamda taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert o'tkazildi.

Batafsil videoda

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi maktablarda musiqa fanlari qanday tashkil etiladi?

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

AKAPЕLLA – xor jamoasi tomonidan cholg‘u asboblarisiz ijro etiladigan ashula.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30-iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni”

Mirzo Ulug'bek markaziy bog'ida Mirzo Ulug'bek hamda Yunusobod tuman madaniyat markazlari bilan hamkorlikda 30-iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan "Do'stlik festivali" o'tkazildi.

Batafsil videoda

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onagaehtirom

Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan millat tarbiyachisi sanalgan onalarimizga ehtirom va mehru muhabbatimizni izhor etish maqsadida #onagaehtirom xeshtegi ostida chaqiriq (challenge) e’lon qiladi.

Ushbu loyihada qatnashib, mehridaryo, munis onajoningizni eng samimiy dil izhorlaringiz bilan quvontiring. Zero, onalar doimo ehtirom va e’zozga munosibdirlar!

Eng yaxshi tabrik egalari turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib sifatida aniqlanib, joriy yilning 1-sentabr kuni quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

Eng yaxshi videotabrik” – iPhone 13 pro;
Eng samimiy rasm” – televizor;
Eng ta’sirli tabrik so‘zi” — noutbook va yana ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahrida tashkil etilgan "Bolalar maqom studiyasi" jamoasi Bo‘stonliq tumanida Chimyon, Chorvoq va Xumson qishloqlarida joylashgan "Quyoshli", "Sokol", "Chotqol" nomli bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida milliy kuy-qo‘shiqlarimizni o‘z tengdoshlariga taqdim etishdi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Photo
Tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Hindistonning Chennay shahrida tashkil etilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Niderlandiya vakillarini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgani barchamizga katta quvonch bag‘ishladi.

Bu tarixiy g‘alaba! Misli ko‘rilmagan voqea! Shunday yuksak natijaga munosib hissa qo‘shgan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vahidov, Shamsiddin Vohidovdek yuksak iqtidor sohiblariga, ularning yaqinlari, ustozlariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz. O‘z navbatida, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida yurtimiz sharafini himoya qilgan qizlarimizga ham rahmat deymiz.

Albatta, bunday yutuqlar o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi. Buning zamirida mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiliklarida sport, xususan, shaxmatni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar yotibdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonligining O‘zbekistonga berilgani ham bejiz emas. Bu hammamiz uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Hademay istiqlolimizning qutlug‘ 31 yilligini katta tantana sifatida nishonlaymiz. Shubhasiz, Butunjahon shaxmat olimpiadasida qo‘lga kiritilgan tarixiy muvaffaqiyat ushbu ayyomga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.

Bizga shunday xursandchilik onlarini tuhfa qilganingiz uchun rahmat sizlarga, yigitlar! Sizlar barchamiz faxrlanadigan haqiqiy qahramonlarsiz! Barakalla!

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube