E'lon
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi 2022-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e'lon qiladi.
Batafsil: https://madaniyat.uz/uz/post/572
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov rahbarligida vazirlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlari hamda kollejlar bo‘yicha 2022-2023-o‘quv yili qabul yakunlari natijalari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda vazirlikning 2022-yilning 31-maydagi 220-son buyrug‘i bilan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va kollejlarga yangi o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan taʼlim muassasalari rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish taʼkidlandi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yig‘ilishda vazirlikning 2022-yilning 31-maydagi 220-son buyrug‘i bilan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va kollejlarga yangi o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan taʼlim muassasalari rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish taʼkidlandi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat vazirining navbatdagi uchrashuvi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida malaka oshirayotgan Madaniyat markazlari direktorlari bilan boʻlib oʻtdi
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi va Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman Madaniyat bo'limi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi tuzildi.
Memorandum Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori G.Sharustamova va Madaniyat bo'limi direktori O.Yorov tomonidan imzolandi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Memorandum Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori G.Sharustamova va Madaniyat bo'limi direktori O.Yorov tomonidan imzolandi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Photo
Inson hayotlik chogʼidayoq eʼzoz topmogʼi lozim
Bugun biz qariyb butun umrini sahnada yashagan, oʼzining betakror ijrosi, shirali ovozi bilan oʼzbek sanʼatida munosib oʼrniga ega, ustoz ijodkor Oʼzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovga qalb eʼzozida ehtirom koʼrsatdik.
Taʼkidlash kerakki, Bobomurod Hamdamov oʼz yoʼnalishida munosib ijod maktabiga ega, nafaqat oʼzbek balki hind, turkman, tojik kabi millatlar qalbini zabt eta olgan bebaho sanʼatkordir.
Biroz avval ustoz bilan birga qoʼshiq kuylab bu insonning sahnaga boʼlgan hurmati, shijoati, chin yurakdan ijrosini koʼrib, toʼgʼrisi havas qildik.
Taʼkidlash kerakki, Davlatimiz rahbarining har bir rahbar oldiga qoʼygan eng katta vazifalardan biri — mamlakatimizda inson qadrini ulugʼlashga qaratilgan islohotlar ijrosini oʼz vaqtida taʼminlash, "Yangi Oʼzbekiston"da har bir soha rivojiga oʼz hissasini qoʼshgan insonlarning mashaqqatli mehnatini qadrlash, ehtirom koʼrsatishdir, desak aslo mubolagʼa boʼlmaydi. Аslida ham, har bir insonni hayotlik chogʼidayoq qadrlash, unga munosib ehtirom koʼrsatish juda muhimdir.
Аna shu asosda biz Oʼzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning 82 yoshni qarshilashi hamda ijodiy faoliyatining 60 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi va "ZO'R" TV telekanalining qoʼshma loyihasi hisoblangan "Ehtirom" dasturi orqali sanʼatimiz dargʼasining ijodiy kechasini tashkil etdik.
Ustozning sanʼat olamidagi oʼrni, oʼzbek milliy sanʼatiga boʼlgan muhabbati yosh ijodkorlar uchun ibrat maktabidir. Shu bois Bobomurod Hamdamovga
"Madaniyat va sanʼat fidokori" koʼkrak nishonini sharaf bilan taqdim etib, barchamizga xuddi ustozdek doimo eʼzoz va ehtiromda boʼlib yurish nasib etishi niyat qildik.
Qadringiz bundan-da baland boʼlsin, Ustoz!
Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

Video
Eʼlon!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori hamda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan aholi orasida keng ommalashgan Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzbek xalqi milliy madaniyatini targʻib etuvchi davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov quyidagi talablar asosida oʻtkaziladi, jumladan:
- aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-gʻoyaviy barkamol;
- inson qadrini ulugʻlash, mahallalardagi farovon turmush, namunali oilalar, ibratli ayollar faoliyati aks etgan;
- milliy qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni targʻib qiluvchi;
- bugungi kun muammolari va yutuqlari, jamiyat hayotidagi oʻzgarishlar aks etgan davrimizning ilgʻor ayollari hayoti aks etgan, millatlararo bagʻrikenglik, vatanparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat hamda insonparvarlik gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan spektakllar tanlovda ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi @SPEKTAKLLAR_TANLOVI nomli facebook, instagram, Youtube internet sahifalariga davlat va xususiy teatrlar tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar joylashtiriladi.
Internet foydalanuvchilari tomonidan eng koʻp koʻrilgan spektakllar Madaniyat vazirligi hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi va 50 tasi tanlab olinadi. Joriy yilning 15-dekabr kuni gʻoliblar aniqlanadi.
Gʻoliblar Madaniyat vazirligi tomonidan taqdirlanadi hamda vazirlikning rasmiy internet sahifalarida eʼlon qilinadi.
Spektakllarni kuzatib boring, ovoz bering, izohlaringizni qoldiring. Spektakllar tanlovi jarayonida faol qatnashing, Sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega.
Maʼlumot uchun telefonlar: 55 502-33-77 (ichki raqam 122, 123, 124)

San'atkorlarimiz tashabbusi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumani amfiteatrida O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Dasturdan ko'zlangan asosiy maqsad, mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashishdan iborat.