Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.1K subscribers
27.3K photos
5.36K videos
77 files
11K links
Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi
Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 107b-uy
🌐 https://gov.uz/madaniyat/
📞 (55)-502 33 75)
📨 info@madaniyat.uz
t.me/madaniyatvazirligi
www.instagram.com/madaniyatvazirligi
www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz
Download Telegram
#izohlilugat

AKKORD – [ital. accord – uyg‘unlik, hamohanglik] 1. Musiqada turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib, yaxlit holda yangrashi. 2. Cholg‘u asboblari torlarining o‘zaro hamohangligi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

AJOYIBXONA – [eskirgan so‘z, ibora] 1. Hayvonot bog‘i. 2. Muzey.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

ABAJUR – [fr.abat-jour – yorug‘likni qaytaruvchi) kerakli yorug‘likni bir joyga to‘plab tushirish yoki ko‘zni yorug‘lik nuridan pana qilish uchun lampa ustiga o‘rnatiladigan, shisha, mato, metall va shu kabilardan yasalgan qalpoq.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

ABRASH – [eskirgan so‘z] chavkar, xoldor ot.
Abrashini yeldurib yetgach yiqildim, do‘stlar. Bobur

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

ARFA – [nem. Harfe < ital. arpa] uchburchak shaklidagi qadimiy ko‘p torli tirnama musiqa asbobi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

AKAPЕLLA – xor jamoasi tomonidan cholg‘u asboblarisiz ijro etiladigan ashula.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube