Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.1K subscribers
27.3K photos
5.36K videos
77 files
11K links
Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi
Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 107b-uy
🌐 https://gov.uz/madaniyat/
📞 (55)-502 33 75)
📨 info@madaniyat.uz
t.me/madaniyatvazirligi
www.instagram.com/madaniyatvazirligi
www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dilkash ko‘rsatuvining bu galgi sonida Andijon viloyati Izboskan tumanidagi madaniyat bo’limi haqida so’z boradi

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniyat vazirligi, O'zbekkonsert davlat muassasasi hamda estrada xonandalari bugun "Taraqqiyot formulasi" ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozodbek Nazarbekov qo’shiqchi yoshlarni tanqid qildi

Muxbir: Nurzod Vohidov

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat buyurtmasiga asosan Respublika ko‘zi ojizlar markaziy kutubxonasi tomonidan "Choy" qisqa metrajli audiovizual (tiflosharhli) asar yaratildi.

Bu kabi qisqa metrajli filmlar Respublika ko'zi ojizlar kutubxonasi tomonidan ko'plab tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#izohlilugat

ABRASH – [eskirgan so‘z] chavkar, xoldor ot.
Abrashini yeldurib yetgach yiqildim, do‘stlar. Bobur

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2022-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekiston xalq artisti, Navoiy mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanadi.

Mazkur taqiq O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq amal qiladi.

Taqiq ularning asarlaridan ommaviy foydalanish, tarqatish va barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va turli ijtimoiy kanallar, platformalar va veb-saytlarda joylashtirish, shuningdek, asarlardan ommaviy tadbirlar va tantanalarda foydalanishga taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, mualliflik huquqi egalarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish, ularning asarlaridan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “XALQLAR DO‘STLIGI” kuni munosabati bilan Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joylashgan “Ilm- ma’rifat bog‘i” da katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda hamshaharlarimiz uchun madaniyat xodimlari o‘zlarining konsert dasturlarini namoyish etishdi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat qo'g'irchoq teatrida kecha yangi spektakl mutaxassislar e'tiboriga havola etildi. Spektakl M.Palivanovaning "Quvnoq ayiqchalar" pyesasi asosida sahnalashtirildi.

Spektakl taqdimotida O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi teatr va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i o’rinbosari M.Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalarini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar tahririyat sho'basi mudiri Shorustam Abidov hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, rejissiyor Shomurod Yusupov yosh rejissiyorga o'z tavsiyalarini berishdi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Photo
O‘zbekiston — Koreya:
do‘stona madaniy aloqalar yanada mustahkamlanadi...

Bilamizki, dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlar bevosita ularning madaniyati almashinuvi va rivojlanishiga xizmat qiladi.
YUNESKO huzuridagi Xalqaro folklor san’ati tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Mun Hyung Suk janoblari bilan suhbatimiz ham ayni ana shu xalqlar do‘stligining madaniy aloqalarga ta’siri, O‘zbekiston va Koreya davlatlari o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlik munosabatlari xususida bo‘ldi.

Shuningdek, joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro maqom san’ati festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, festivalga dunyoning taniqli san’at ustalarini jalb qilish kabi masalalarni muhokama qildik. Muloqot davomida janob Mun Xyung Sun tomonidan Koreya Respublikasida yashab, faoliyat yuritayotgan ko‘p sonli vatandoshlarimiz hamda koreyalik o‘zbek san’ati ixlosmandlari uchun konsert dasturi tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida san’at va madaniyatga ixtisoslashgan O‘zbek — koreys institutini tashkil etish takliflari ilgari surildi.

Har ikki taklifni bajonidil qabul etdik va ishonamizki, bu takliflarning amaliy ro‘yobi har sohada ishonchli va ahamiyatli sanalgan hamkorlarimizdan biri — koreyalik madaniyat vakillari bilan do‘stona aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri


Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube