Machine Learning Lab.
578 subscribers
96 photos
27 videos
9 files
158 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
Forwarded from Machine Learning Lab.
​​#Roadmap #yol_xaritasi

AI muhandisi bo'lish ta'lim, amaliy tajriba va doimiy ravishda o'rganish va sohadagi eng so'nggi yutuqlardan xabardor bo'lishga tayyorlikni talab qiladi. Mana sizga AI muhandisi bo'lishga yordam beradigan batafsil yo'l xaritasi (roadmap) 🗺:

1️⃣ Dasturlash va kompter savodxonligi asoslarini o'rganish
ML muhandisi bo'lish uchun dasturlash va kompyuter savodxonligi asoslarini yaxshi tushunish kerak. Siz Python yoki C++ kabi bir yoki bir nechta dasturlash tillarini o'rganishdan boshlashingiz mumkin, so'ngra boshlang'ich informatika kurslarida ishlashingiz mumkin.

2️⃣Matematika va statistika bo'yicha bilimga ega bo'lish
Matematika va statistika AI ni o'rganishning asosidir. Chiziqli algebra, ehtimollar nazariyasi va statistika haqida kuchli tushunchaga ega bo'lish muhimdir. Siz ushbu sohalarda mustahkam poydevor yaratish uchun onlayn kurslar yoki darsliklarni olishdan boshlashingiz mumkin.

3️⃣ML tushunchalarini o'rganish
Siz nazorat ostida (Supervised Learning) va nazoratsiz o'rganish (Unsupervised Learning), tasniflash (Classification), regressiya (Regression), klasterlash (Clustering) va Deep Learning kabi asoslardan boshlashingiz mumkin. Asoslarni yaxshi tushunganingizdan so'ng, siz AIning ilg'or yo'nalishlaridan Natural Language Processing (NLP) va Computer Vision (CV) kabilarga o'tishingiz mumkin.

4️⃣O'rganganlaringizni amaliyotda qo'llang
Real hayotdagi ma'lumotlar to'plamida ishlash orqali o'rgangan narsalaringizni amalda qo'llash muhimdir. Kaggle - qiziqarli ma'lumotlar to'plamini topish va ML musobaqalarida qatnashish uchun ajoyib platforma. Ushbu maʼlumotlar toʻplamini oʻrganish va tahlil qilish va ML modellarini yaratish uchun 1-3-bosqichlarda oʻrganilgan koʻnikmalardan foydalanishingiz mumkin.

5️⃣Ma'lumotlar to'plami bilan ishlash va vizualizatsiya qilish ko'nikmasini rivojlantirish
Ma'lumotlar to'plami bilan ishlash va vizualizatsiya har qanday ML muhandisi uchun muhim mahoratdir. Siz ma'lumotlarni tozalash va qayta ishlashni va ma'lumotlarni ML modellari uchun mos formatlarga keltirishni o'rganishingiz kerak. Bundan tashqari, siz ma'lumotlarni tushunish va manfaatdor tomonlarga tushunchalarni etkazishda yordam beradigan vizualizatsiya yaratish uchun Matplotlib va Seaborn kabi ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish vositalarida malaka hosil qilishingiz kerak.

6️⃣Maxsus frameworklar va platformalarni o'rganish
ML modellarini yaratish uchun ko'plab vositalar va frameworklar mavjud. Ushbu vositalarning bir yoki bir nechtasida malakali bo'lish muhimdir. Mashhur vositalar va frameworklar qatoriga TensorFlow, PyTorch, Keras, Scikit-learn va Pandas kiradi. Shuningdek, AWS, Google Cloud Platform va Microsoft Azure kabi bulutga asoslangan platformalar haqida ham maʼlumot olishingiz kerak boʻlib, ular ML modellarini yaratish, oʻqitish va amaliyotga tadbiq etish xizmatlarini taqdim etadi.

7️⃣Real ML loyihalarini amalga oshirish
Malakali ML muhandisi bo'lishning eng yaxshi usuli bu haqiqiy loyihalar ustida ishlashdir. Image classification, sentiment analysis yoki customer segmentation kabi kichik o'lchamdagi loyihalarni qurishdan boshlashingiz mumkin. Yetarli tajribaga ega bo'lganingizdan so'ng, siz kattaroq va murakkabroq loyihalar ustida ishlashingiz mumkin.

8️⃣Eng so'nggi AI sohasidagi yangiliklardan xabardor bo'lish
AI jadal rivojlanayotgan soha bo'lib, eng so'nggi ishlanmalardan xabardor bo'lish muhimdir. Siz tadqiqot maqolalarini o'qishingiz, konferentsiyalar va uchrashuvlarda qatnashishingiz, so'nggi tendentsiyalar va texnikalar haqida xabardor bo'lish uchun onlayn forumlar qatnashishingiz kerak.


Usbu ma'lumot ko'pchilikka manfatli bo'lishi uchun yaqinlaringizga ham ulashing!


👉@machine_learning_lab
👏10🔥2👍1
​​Playground AI haqida eshitganmisiz?

Playground AI - bu sun'iy idrok algorithmlariga asoslangan tasvirlar yaratishga imkon beradigan bepul online website.

Siz undan san'at, ijtimoiy tarmoq postlari, taqdimotlar, plakatlar, videolar, logotiplar va boshqalarni yaratish uchun foydalanishingiz mumkin.

👉 Link bu yerda

👉@machine_learning_lab
🔥7👌3👍1
Ushbu yuqoridagi 👆rasmlar Playground AI platformasida tayyorlangan.

Siz ham foydalanib ko'ring va tayyorlagan tasvirlaringizni ushbu postning muhokama qismiga 👇 yuboring. Bu men uchun juda qiziq.

P.s: Kimni tasviri eng yaxshi chiqsa kanalga post qilib qo'yamiz 😊

👉 machine_learning_lab
👍121
Machine learning haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak ushbu kanalimizda.

Hop! Machine Unlearning haqida eshitganmisiz?
Final Results
37%
Ha eshitganman!
41%
Yo'q eshitmaganman!
22%
Endi eshitamizda :) !
​​Machine Unlearning nima? U qanday ishlaydi?

Machine Unlearning
- bu MLning kichik bir sohasi bo'lib, u o'rgatilgan modeldan ma'lum bir ma'lumotlar qismi - "unutish to'plami" (forget set) ta'sirini olib tashlashga qaratilgan.

Yani soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak, misol uchun bizning ML modelimiz bir ma'lumotlar toplami bilan training qilingan bo'lsin va bu ma'lumotlar toplami o'z ichiga 100 nafar odamning ko'plap suratlaridan tashkil topgan.

Keyinchalik ayrim sabablarga ko'ra bir odamning rasmlaridan foydalanmasligimiz kerak bo'lib qodi. Unda qanday yo'l tutamiz?

Birinchi yo'l: Malumotlar to'plamidan o'sha inson suratlarini olib tashlab qolgan 99 kishi rasmlari uchun modelimizni qaytadan train qilamiz. Bu yo'l ananaviy yo'l lekin katta malumotlar toplami bilan modelni qayta train qilish juda qimmatga tushishi mumkin.

Ikkinchi yo'l: Machine Unlearning metodini qo'llash orqali train qilingan orginal modelni faqat bir kishining (rasmlari o'chirilishi kerak bo'lgan kishi) rasmlaridan iborat ma'lumotlar to'plamida training qilishdir. Bu yo'l ancha arzon hisoblanadi. Ammo o'ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Masalan orginal modelning aniqlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin va birinchi yo'l orqali erishilgan darajaga erishish imkonsiz. bundan tashqari o'chirilishi kerak bo'lgan ma'lumot to'liq o'chmasligi mumkin.

Quyidagi rasmda Machine Unlearning algoritmining umumiy arxitekturasi keltirilgan.

Bu Machine Unlearning sohasi nisbatan yangi va o'ziga yarasha kamchiliklari borligi uchun Google o'zining Birinchi Machine Unlearning Challenge ini shu oyning (iyul) o'rtalarida Kaggle platformasida e'lon qiladi. Bunda siz ham qatnashish imkoniyatiga egasiz😎.

👉 @machine_learning_lab
👏6👍2🤔21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha

Smart Farm project

Loyihamizning ‘hardware’ qismi deyarli tugadi! Hozirda software qismida ishlayapman!

Insect detection (hashoratlarni aniqlash) uchun dataset tayyorlab Yolov-5 modelida datani o’qitib keyin to’liq experimentni boshlasak bo’ladi. insha Alloh!

👉 @machine_learning_lab
🔥13👏3👍1
#loyiha #smartfarm

Ushbu haftada Smart Farm loyihamizga doir bo'lgan zararli hashoratlarni aniqlash (Insects detection) qismida ishladim.

Ma'lumotlar toplamini tayyorlashda 7 xil issiqxonalarda eng ko'p uchraydigan hashoratlarni tanlab oldik va jami 1300 dan ortiq rasmlar toplandi. Bular quyidagicha (nomlari inglizchada ☺️):

Aphids
Caterpillars
Fungus gnats
Leafhoppers
Mealybugs
Spider mites
Whiteflies

Zararli hashoratlarni aniqlash
(Insects detection) uchun Yolov5 modelidan foydalanildi. Natijalar qoniqarli hozircha (rasmda keltirilgan). Lekin natijani yaxshilasa bo'ladi.

Datasetni hozircha ommaga ochiq qilmadik ☺️.

Telegram | Instagram | YouTube
🔥8👍5👏1
AI ni o'rganish va mavjud mahoratingizni oshirish uchun zo'r imkoniyat!

ML engineerlari uchun Microsoft kompaniyasi "Microsoft Learn AI Skills Challenge" nomli challenge ini e'lon qildi. Ushbu challenge quyidagi 4 yo'nqlishni o'z ichiga oladi:

👉Machine Learning Challenge
👉Machine Learning Operations (MLOps) Challenge
👉Cognitive Services Challenge
👉AI Builder Challenge

Ushbu challenge 17-iyuldan 14-avgutgacha davom etadi. Yuqoridagi 4 yo'nalishdan kamida bittasini tamomlagan ishtirokchiga Microsoft Learn AI Skills test nishoni va yakuniy sertifikat topshiriladi. Ular Microsoft Learn profilingiz bilan bog'langan elektron pochta manziliga yetkaziladi.

P.s: AI ga qiziquvchi yaqinlaringizga albatda bu xabarni yetkazing. Zero bir yaxshilikka sababchi bo'lib qolsangiz.

Telegram | Instagram | YouTube
👍14🔥21
Machine Learning Lab.
AI ni o'rganish va mavjud mahoratingizni oshirish uchun zo'r imkoniyat! ML engineerlari uchun Microsoft kompaniyasi "Microsoft Learn AI Skills Challenge" nomli challenge ini e'lon qildi. Ushbu challenge quyidagi 4 yo'nqlishni o'z ichiga oladi: 👉Machine Learning…
Microsoft AI Challenge haqida qisqacha xulosa!

Ushbu Microsoft kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan challenge-ning ikkitasiga (Machine Learning Challenge va Machine Learning Operations (MLOps) Challenge) ro'yxatdan o'tgan edim.

Ikki kun davomida vaqt ajratib ushbu dasturlarni tamomladim. Unda asosan Machine Learning haqida umumiy tushunchalar, regression, classification va clustering ga doir mashqlar berilgan.

Keyingi asosiy urg'u Microsoftning ML engineerlari uchun maxsus Azure Machine Learning Studio platformasida ko'nikma hosil qilishga qaratilgan. Ammo bu platformadan ro'yhatdan o'tish pullik 😉. Bu platforma sizga ML modelingizni online ishlab chiqarishga muvaffaqiyatli qo'yishga va uni nazorat qilib turishga katta yordam beradi va juda qulay.

Ushbu challenge-larni boshlang'ich bilimga ega yoki endi o'rganishni boshlagan ML engineerlari uchun juda foydali deb hisoblayman.

P.s: Aytgancha certificate berilar ekan. Portifolioingiz uchun kerak bo'ladi albatda ☺️

👉 @machine_learning_lab
👍7🔥2
​​Photoshop AI - yangi darajadagi Photoshop !!!

Photoshop AI - bu Adobe Photoshop-ning sun'iy intellektga asoslangan yangi xususiyati bo'lib, u sizni hayratda qoldiradigan, zavqlantiradigan haqiqiy natijalarga erishish uchun oddiy matnli ko'rsatmalardan foydalanib, soniyalar ichida, tasvirlaringizga buzilmaydigan tarzda kontent qo'shish, kengaytirish yoki o'chirish imkonini beradi.

Photoshop AI qanday ishlaydi?

Photoshop AI tasviringizni tahlil qilish va asl tasviringiz uslubi, istiqboli va yoritilishiga mos keladigan real kontent yaratish uchun Adobe Firefly AI mexanizmidan foydalanadi. Photoshop AI-ga rasmingizga nima qo'shish, kengaytirish yoki olib tashlashni xohlayotganingizni aytish uchun oddiy matnli ko'rsatmalardan foydalanishingiz mumkin. Masalan, siz "orqa fonga yelkanli qayiq qo'shing (add a sailboat to the background)" yoki "odamni oldingi plandan olib tashlang (remove the person from the foreground)" deb aytishingiz mumkin.

Photoshop AI-dan foydalanishning qanday afzalliklari bor?

Photoshop AI an'anaviy fotosuratlarni tahrirlash usullariga nisbatan bir qator afzalliklarni taklif etadi:

1. Tez va ishlatish uchun qulay. Siz qo'lda chizishingiz yoki bo'yashingiz shart emas, bir necha soniya ichida real kontent yaratishingiz mumkin.
2. Photoshop AI yordamida amalga oshirgan o'zgarishlar buzilmaydi, shuning uchun siz har doim asl tasviringizga qaytishingiz mumkin.
3. Photoshop AI tasvirlarning katta ma'lumotlar to'plamida o'qitilgan, shuning uchun u asl tasviringizning uslubi va istiqboliga mos keladigan real kontent yaratishi mumkin.

Photoshop AI bilan nima qilishingiz mumkinligiga ba'zi misollar:

1. Tasvirlaringizdan ob'ektlar qo'shish yoki olib tashlash amallarini bajarishingiz mumkin.
2. Tasvirlaringiz fonini o'zgartirishingiz mumkin.
3. Haqiqiy tekstura va naqshlar yaratishingiz mumkin.
4. Tasvirlaringizni retush qilishingiz mumkin.
5. Abstrakt san'at yaratishingiz mumkin.

Umuman olganda, Photoshop AI - bu qisqa vaqt ichida ajoyib tasvirlarni yaratishga yordam beradigan kuchli yangi vosita. Agar siz Adobe Photoshop obunachisi bo'lsangiz, uni sinab ko'rishingizni mumkin.

👉 @machine_learning_lab
👍8🔥1