Machine Learning Lab.
577 subscribers
96 photos
27 videos
9 files
158 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
Audio
Bizning TTS modelimizdan Demo audio'imizni ommaga taqdim qilamiz. Matn:
----------------------------------------------
Salom hammaga! NavAI bilan tanishing! Biz bir narsani juda yaxshi bilamiz: o‘zbek tilida sifatli ovozli kontent yaratish juda qiyin va qimmat. Ovoz yozish uchun studiya, aktyor, muharrir kerak bo‘ladi — va bu juda ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi. Shuning uchun biz NavAIni yaratdik. NavAI — bu sun’iy intellekt asosidagi ovozli texnologiya, aynan o‘zbek tili uchun. Endi siz oddiy matnni kiritasiz — va real, tabiiy eshitiladigan o‘zbekcha ovozni bir necha soniyada olasiz. Faqat matn kiriting, ovozni oling. Bu texnologiya yordamida biz ovozli kontent yaratish xarajatlarini deyarli 98 foizga kamaytirdik. Media, o‘quv platformalari, audiokitoblar, mobil ilovalar — endi barchasi uchun tez va arzon yechim bor.
----------------------------------------------
Hamkorlik va aloqa uchun

Hamkorlik: Audiokitob, e-o‘quv, telekom va fintech sohalaridagi kompaniyalar bilan ilg‘or yechimlarni birga sinovdan o‘tkazmoqchimiz.
Sarmoya: Til texnologiyasini rivojlantirishga qiziqqan investorlar bilan bog‘lanmoqchimiz.
Demo so‘rovlari: Shaxsiy demo uchun murojaat qiling.

Biz bilan bog‘lanmoqchi bo‘lsangiz: sardor@navai.uz yoki kilichbek@navai.uz | DM orqali murojaat qilin
🔥7👍4
#shaxsiy_fikr

Shu yoz oylarida ilmiy maqola ustida ishlayman deb reja qilgan edim va uni ustida jamoamiz bilan ishlayapmiz. Nasb qilsa oz qoldi. Shu bilan bo'lib kanalga post joylashga vaqt ham qunt ham bo'lmayapti.

Bu post ilmiy ishimiz yoki AI bilan bog'liq emas. Bugun o'qigan va meni taajubga solgan ikki xabar haqida. Na kulishni bilasan na yig'lashni.

Birinchisi: Bakiro kanalida o'qigan xabarim. O'zbekiston 4-avgust kuni ro'yxatdan o'tgan, ammo 3 kun oldin hukumat qarorida nomi tilga olingan kompaniya (Sea Breeze Uzbekistan) xujjatda email adressini example@Gmail.com deb ko'rsatgan. Wow!

Ikkinchisi: davletovuz kanalida o'qigan postim. Nature jurnali 2024 yilda ilmiy tadqiqot o'tkazib, jahon YaIMning kelajakdagi holatini prognoz qilgan (2050 yilda 19% ga, 2100 yilga kelib 62% ga kamayadi.). Bu prognozdan yirik mamlakatlar o'z rejalarida jiddiy foydalanadilar. Ammo, keyinchalik Stanford universiteti olimlari tomonida olib borilgan chuqur taxlildan so'ng bu ilmiy tadqiqot natijalari noto'g'ri ekanligi aniqlandi. Bunga sabab O'zbekistondan olingan ma'lumotlarda o'ta katta sonlar ko'rsatilganligi bo'lgan. O'zbekiston ma'lumotlarisiz jaxon YaIMi prognoz qilinganda 2050 yilda 6% ga va 2100 yilda 23% ga kamayishi kelib chiqqan.


Kovid vaqtidagi statistikalar ham juda aniq deb o'ylamayman. Xudo ko'rsatmasin, kelajakda yana shunga o'xshash xodisa yuz bersa va bizning kelajak avlodlarimiz biz qoldirgan statistikadan foydalanib biror yaxshi natijaga erishadi deb o'ylamayman.

Bu yolg'onlar vaqtlar o'tgandan keyin rost bo'lib qolmaydi, yolg'onligicha turaveradi. Xar bir qiladigan ishimizda yolg'on aralashtirmasligimiz kerak.

O'rtoqlar, qayoqqa qarab ketyapmiz!?

👉@machine_learning_lab👈
👍21🔥1👏1😢1
DIqqat E'lon!!!

Oramizda yaxshi malakali web-dasturchilar bormi?
Agar bo'lsa, Qilichbek do'stimiz va ularning jamoasiga web-dasturchi kerak ekan.

Batafsil ushbu link orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

Juda zo'r imkoniyat, harakat qilib ko'ring.

👉@machine_learning_lab👈
👍5