Machine Learning Lab.
578 subscribers
96 photos
27 videos
9 files
158 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
Forwarded from Abdumalik Abdukayumov
66-IMO ham o'z nihoyasiga yetmoqda. Bu yil O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi. Elbekka 1 bal yetmay qoldi oltin medalga, nasib bo'lsa kelasi yili oltin medal oladi. 7-sinf Umarbekka esa gap bo'lishi mumkin emas. Biz sizlar bilan faxrlanamiz.

Shu o'rinda, oxirgi yillarda juda ko'plab ishlarni qilishayotgan O'tkir aka va Umid aka ga katta rahmat. Ustozlarimiz omon bo'lishsin.

@abdumalik_abdukayumov
👍1
Forwarded from Abdumalik Abdukayumov
IMO 2025 masalalarini yechtirib ko'rishibdi. Gemini 2.5 pro yomon emas lekin, P3 da 71 % qilibdi hmmm.

@abdumalik_abdukayumov
👍2
Kuni kecha juda manfaatli suhbat bo’ldi.

Yosh olimlar, barchalari chet el top universitetlarida Ph.D himoyasini qilib vatanga qaytib mamlakatimiz rivojiga o’z hissalarini qo’shayotgan, toplandik. Bu davrada bo’lganimdan, yangi tanishlar ortirganimdan juda xursandman. Ushbu yig’ilishimiz bardavom bo’lsin.

Tashkilotchi Rashidjon Tojiboyevga alohida tashakkur aytib qolaman.

👉@machine_learning_lab👈
10👍1
Forwarded from HumbleBeeAI
🚀 Calling All University Students in South Korea! 🇰🇷
HumbleBeeAI is launching its AI Hackathon — an exciting opportunity to showcase your skills, compete with the best, join top 1% AI community, and fast-track your way into the world of AI!

🎯 Who can join?
Current students at Korean universities (solo or in teams of 2)

Why join?
🏆 ₩1,000,000 prize pool
🎯 Internship fast-tracks for top teams
Real-world challenges in:
▪️ Data Science & ML
▪️ Computer Vision
▪️ Natural Language Processing

📅 Key Dates (KST):
- Registration closes: 31 July 23:59
- Kick-off & briefs released: 1 August 09:00
- Submission deadline: 3 August 23:59
- Winners announced: 7-10 August (Time TBA)

💻 Tech Stack: Python 3.10 | Clean repo | One-command run in markdown file

📌 Ready to build something impactful?
👉 Register here: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSczA-U567RRgo46yCFRmXF-TwYFZTLBOobWMbjLPjnaL1ZK9w/viewform?usp=dialog

Stay tuned for Hackathon briefs and join our community: https://t.me/HBAI_hackathon

Let’s innovate together. See you at the hackathon!
👍4
Audio
Bizning TTS modelimizdan Demo audio'imizni ommaga taqdim qilamiz. Matn:
----------------------------------------------
Salom hammaga! NavAI bilan tanishing! Biz bir narsani juda yaxshi bilamiz: o‘zbek tilida sifatli ovozli kontent yaratish juda qiyin va qimmat. Ovoz yozish uchun studiya, aktyor, muharrir kerak bo‘ladi — va bu juda ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi. Shuning uchun biz NavAIni yaratdik. NavAI — bu sun’iy intellekt asosidagi ovozli texnologiya, aynan o‘zbek tili uchun. Endi siz oddiy matnni kiritasiz — va real, tabiiy eshitiladigan o‘zbekcha ovozni bir necha soniyada olasiz. Faqat matn kiriting, ovozni oling. Bu texnologiya yordamida biz ovozli kontent yaratish xarajatlarini deyarli 98 foizga kamaytirdik. Media, o‘quv platformalari, audiokitoblar, mobil ilovalar — endi barchasi uchun tez va arzon yechim bor.
----------------------------------------------
Hamkorlik va aloqa uchun

Hamkorlik: Audiokitob, e-o‘quv, telekom va fintech sohalaridagi kompaniyalar bilan ilg‘or yechimlarni birga sinovdan o‘tkazmoqchimiz.
Sarmoya: Til texnologiyasini rivojlantirishga qiziqqan investorlar bilan bog‘lanmoqchimiz.
Demo so‘rovlari: Shaxsiy demo uchun murojaat qiling.

Biz bilan bog‘lanmoqchi bo‘lsangiz: sardor@navai.uz yoki kilichbek@navai.uz | DM orqali murojaat qilin
🔥7👍4
#shaxsiy_fikr

Shu yoz oylarida ilmiy maqola ustida ishlayman deb reja qilgan edim va uni ustida jamoamiz bilan ishlayapmiz. Nasb qilsa oz qoldi. Shu bilan bo'lib kanalga post joylashga vaqt ham qunt ham bo'lmayapti.

Bu post ilmiy ishimiz yoki AI bilan bog'liq emas. Bugun o'qigan va meni taajubga solgan ikki xabar haqida. Na kulishni bilasan na yig'lashni.

Birinchisi: Bakiro kanalida o'qigan xabarim. O'zbekiston 4-avgust kuni ro'yxatdan o'tgan, ammo 3 kun oldin hukumat qarorida nomi tilga olingan kompaniya (Sea Breeze Uzbekistan) xujjatda email adressini example@Gmail.com deb ko'rsatgan. Wow!

Ikkinchisi: davletovuz kanalida o'qigan postim. Nature jurnali 2024 yilda ilmiy tadqiqot o'tkazib, jahon YaIMning kelajakdagi holatini prognoz qilgan (2050 yilda 19% ga, 2100 yilga kelib 62% ga kamayadi.). Bu prognozdan yirik mamlakatlar o'z rejalarida jiddiy foydalanadilar. Ammo, keyinchalik Stanford universiteti olimlari tomonida olib borilgan chuqur taxlildan so'ng bu ilmiy tadqiqot natijalari noto'g'ri ekanligi aniqlandi. Bunga sabab O'zbekistondan olingan ma'lumotlarda o'ta katta sonlar ko'rsatilganligi bo'lgan. O'zbekiston ma'lumotlarisiz jaxon YaIMi prognoz qilinganda 2050 yilda 6% ga va 2100 yilda 23% ga kamayishi kelib chiqqan.


Kovid vaqtidagi statistikalar ham juda aniq deb o'ylamayman. Xudo ko'rsatmasin, kelajakda yana shunga o'xshash xodisa yuz bersa va bizning kelajak avlodlarimiz biz qoldirgan statistikadan foydalanib biror yaxshi natijaga erishadi deb o'ylamayman.

Bu yolg'onlar vaqtlar o'tgandan keyin rost bo'lib qolmaydi, yolg'onligicha turaveradi. Xar bir qiladigan ishimizda yolg'on aralashtirmasligimiz kerak.

O'rtoqlar, qayoqqa qarab ketyapmiz!?

👉@machine_learning_lab👈
👍21🔥1👏1😢1
DIqqat E'lon!!!

Oramizda yaxshi malakali web-dasturchilar bormi?
Agar bo'lsa, Qilichbek do'stimiz va ularning jamoasiga web-dasturchi kerak ekan.

Batafsil ushbu link orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

Juda zo'r imkoniyat, harakat qilib ko'ring.

👉@machine_learning_lab👈
👍5