Machine Learning Lab.
871 subscribers
148 photos
37 videos
9 files
208 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
​​Xitoyning Kimi K3: eng katta ochiq manbali model

Xitoylik Moonshot AI kompaniyasi Kimi K3 nomli modelni e'lon qildi — bu hozirgacha chiqarilgan eng katta ochiq manbali (open-source) AI modeli, 2,8 trillion parametrga ega. Model Arena.AI'ning Frontend Code reytingida birinchi o'rinni egalladi, hatto Anthropic va OpenAI'ning ba'zi modellaridan ham o'zib ketdi. Moonshot'ning o'zi ta'kidlashicha, K3 hali ham Claude Fable 5 va GPT-5.6 Sol kabi eng ilg'or yopiq modellardan orqada, biroq boshqa ko'plab tanilgan tizimlardan ustun. Modelning to'liq vaznlari 27-iyulda chiqarilishi rejalashtirilgan. 2 kun qoldi.

Bu — Xitoy AI laboratoriyalari (Moonshot, Z.ai, MiniMax) AQSh'ning yetakchi laboratoriyalari bilan orani tobora yaqinlashtirayotganining yana bir dalili. CNBC'ga ko'ra, buning ortida narx bosimi ham yotibdi — ochiq va arzon modellar mavjud bo'lgani sari, yirik AI kompaniyalari ham narx siyosatini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lmoqda.

Menimcha, bu tendensiya tadqiqotchilar uchun foydali — ochiq vaznli, ulkan modellarning paydo bo'lishi arxitektura va treyning usullarini o'rganish imkonini kengaytiradi, garchi bunday modelni ishga tushirish uchun katta hisoblash quvvati kerak bo'lsa-da.

Manba: https://www.cnbc.com/2026/07/17/moonshot-ai-kimi-k3-model-openai-anthropic-china.html

👉 @machine_learning_lab 👈
🔥31
Tanishing Opus 5!

O’rtoqlar nima bo’lyapti ey!!!

👉 @machine_learning_lab 👈
🔥41
​​🤖 Alibaba'dan yangi gigant: Qwen3.8-Max

Alibaba'ning Qwen jamoasi bugun Qwen3.8-Max'ni rasman taqdim etdi — bu hozirgacha Qwen oilasidagi eng qudratli model. Model 2,4 trillion parametrli mixture-of-experts (MoE) arxitekturasida qurilgan, biroq har bir so'rovda taxminan 95 milliard parametr faollashadi — bu uni real ishlatish uchun ancha samarali qiladi. Kontekst oynasi 1 million tokengacha, matn, rasm va videoni bir vaqtda qayta ishlay oladi. Narxi: kirish — $2/million token, chiqish — $6/million token, keshlash esa $0.25/million token. Eng muhimi — keyingi hafta (10-avgust atrofida) Qwen3.8-Max hamda kichikroq Qwen3.8-27B modellari ochiq vazn (open-weight) sifatida chiqariladi. Bu Qwen'ning "Max" darajasidagi birinchi ochiq modeli bo'lishi kutilmoqda.

Bu xitoylik AI laboratoriyalari o'rtasidagi tezlashayotgan poyganing yana bir ko'rsatkichi — bir necha hafta oldin Moonshot AI o'zining 2,8 trillion parametrli Kimi K3 modelini ochiq vazn bilan chiqargan edi, endi Alibaba ham shu yo'ldan bormoqda. Ochiq modellarning yiriklashib borishi tadqiqotchilar va kichik kompaniyalar uchun frontier darajadagi modellarga kirish imkoniyatini kengaytiradi, garchi 2,4 trillion parametrli modelni mahalliy ishga tushirish uchun juda katta infratuzilma (bir necha yuz gigabayt VRAM) kerak bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, Alibaba'ning "eng qudratli modellardan biri, faqat Claude Fable 5'dan keyin" degan da'vosi kompaniyaning o'zi tomonidan aytilgan bo'lib, hali mustaqil benchmarklar bilan tasdiqlanmagan.

Bu yerdagi eng qiziq narsa — parametrlar soni emas, balki ochiq vaznli "Max" darajasidagi modellarning paydo bo'lishi. Bu tadqiqot va ta'lim sohasi uchun katta imkoniyat, ammo amalda ko'pchilik uchun bunday ulkan modelni mahalliy serverda ishga tushirish real emas — cloud API orqali foydalanish hozircha yagona amaliy yo'l bo'lib qoladi. Vendor e'lon qilgan raqamlarga ham ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, mustaqil baholashlar chiqquncha.

🔗 https://qwen.ai/blog?id=qwen3.8

👉 @machine_learning_lab 👈
3🔥2👍1
⚖️YURIDIK SOHADA SUN’IY INTELLEKT: XAVFMI YOKI YANGI IMKONIYAT?

📅 2026-yil 3-avgust kuni Adliya vazirligi va Wakil AI hamkorligida soha mutaxassislari hamda yuristlar uchun dolzarb mavzuda seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Huquq sohasi vakillari to‘plangan ushbu tadbir «Yuridik sohada sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va prompt muhandisligi: Etikasi · Yutuqlari · Xavflari · Amaliy ko‘nikmalari» mavzusiga bag‘ishlandi.

📌 Seminar-treningdan asosiy xulosalar:

1️⃣ «Ot chavandozni almashtirmadi...»
Sun’iy intellekt yuristning o‘rnini bosmaydi — balki qaysi yurist tezroq, sifatliroq va ishonchliroq ishlashini hal qiladi. Matn va hujjatlar bilan ishlashning birlamchi, mexanik qismi sezilarli tezlashadi, yurist vaqti esa bevosita chuqur huquqiy baho berishga yo‘naltiriladi.
2️⃣ Bu endi tanlov emas — davlat siyosati
Prezidentning PF-189-son Farmoni, PQ-2733-son Qarori hamda Hukumat qarorlariga muvofiq, davlat organlarida SI loyihalarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
3️⃣ Mas’uliyat va etika — qaror doimo insonda!
O‘RQ-1115-son Qonunga muvofiq, fuqarolar huquqlariga taalluqli qarorni faqat SI xulosasiga tayanib qabul qilish taqiqlanadi. Yakuniy huquqiy baho, viza va javobgarlik har doim mutaxassis — yurist zimmasida qoladi.
4️⃣ Kiberxavfsizlik va ma’lumotlar suvereniteti
Ochiq SI modellariga idoraviy va shaxsga doir nozik ma’lumotlarni kiritish xavfli. Ma’lumotlar lokalizatsiyasi (O‘RQ-547) va shifrlash davlat tizimlari hamda korporativ sektor uchun hayotiy muhim shartdir.
5️⃣ Wakil AI — O‘zbekiston uchun suveren huquqiy yechim
Lex.uz bazasiga asoslangan, har bir javobni aniq qonun moddasi bilan manbalaydigan va mamlakat ichida (on-premise) xavfsiz ishlaydigan suveren SI tizimi imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.

Xulosa:
⚖️ — yuristni almashtiruvchi emas, balki uni rutinadan ozod qilib, strategik va chuqur tahliliy ishlarga vaqt ajratishga yordam beruvchi ishonchli yordamchidir.

🤖 Botda tezkor tayyorlash: @WakilAIBot

🌐 Saytda batafsil ishlash: WAKIL.AI (kompyuter orqali)

📞 Aloqa: +998 55 514-88-80
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Forwarded from Sariq Dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Startup ekotizimi haqida tanqidiy fikrim.

Balki men adashayotgandurman, fikringizni izohlarda kutaman 👇

@sariqdev
👍3💯2