Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.39K subscribers
679 photos
90 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
Bugungi kunda huddi pasportingizni himoya qilgandek (aslida undan ham qattiqroq) himoya qilish zarur bo'lgan narsalar:
- Telefon paroli
- Telefon raqami (albatta o'zingizni nomingizda bo'lsin)
- Telefonning o'zi va xotirasi (fleshka)
- Apple, Google akkaunt nomi va paroli
- Ijtimoy tarmoqlar ulangan email akkaunt va telefon raqam (o'zingizniki bo'lsin)
- Noutbuk/kompyuter paroli

Hozircha esimga kelganlari. Bu narsalardan birini yo'qotish hayotingizga, shaxsiy xavfsizligingizga jiddiy zarba berishi mumkin bo'lib qoldi.

Kibersavodxonlikni maktablarga kiritish, har bir insonga uqtirish lozim. Chalasavod odamlarning "telefonga parol nega kerak, telegramga parol nega kerak? Nimadan qo'rqasiz? Allohdan qo'rqing" degan ahmoqona gaplariga aldanmang.

Yuqoridagilardan biriga tajovuz bu nafaqat sizni, balki oilangiz, qarindosh-urug' va tanishlarigizni ham xavf ostiga soladi.

@sariqdev
22/100: Best Time to Buy and Sell Stock II

O'tgan oy boshida LeetCodeda masalalar yechishni to'htatib qo'ygan edim. Bugun, shu boshlagan ishimni davom ettirishga qaror qildim.

Endi, har bir ishlangan masalani GitHubimga ham qo'yib boraman. Qaysidir masalaning yechimi kerak bo'lsa shu yerdan topishingiz mumkin:
https://github.com/mabrur-h/leetcode-problems

Masala sharti: https://leetcode.com/problems/best-time-to-buy-and-sell-stock-ii/
Agar, ko'rayotgan narsalarimizni diskka, video qilib saqlab olish imkoniyatimiz bo'lganida, har bir sekunddagi tasvirimiz 21,45 GBni tashkil qilardikan.

@mabrur_dev
Forwarded from Nizamoff
Frontend dasturlash 👨‍💻

Dasturchi uchun eng kerakli TOP maslaxatlar, ishga kirish jarayonida bo'ladigan suxbatlarga tayyorgarliklar, dasturlash bo'yicha videodarsliklarni frontend dasturchi ustozim Khumoyun Inoyatovning kanalidan olsangiz bo'ladi.

Ustoz 6 oy davomida bizga frontenddan dars berganlar, tajribali dasturchi :)

LINK: @khumoyun_codes
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YouTubedan dars ko'rib o'tiradiganlarga yuboramiz😅

@mabrur_dev
Nega ko’p bitiruvchilar ish topa olishmaydi? Axir kompaniyalar ham ishchi qidiradi-ku?

Shaxsiydan “men dasturlashni o’rganmoqchiman, ammo vakansiyalar kanalini ko’rsam 100lab dasturchilar ishsiz ish qidirib yurishibdi. Ertaga man ham dasturlashda o’qisam 1000$ ga ish topa olamanmi?” deb so’rashgan ekan. Qiziq, haqiqatdan nega kompaniyalarga dasturchi, bitiruvchilarga ish kerak. Lekin ular bir-birini hech ham topa olmaydi. Bunga sabab: “Ishga kirishga ish staji, ish staji yig’ishga ish kerak” degan ahmoqona gap emas.

Keling muammoni boshiga qaytamiz. Muammo aslida borib o’quv markazlarining reklamasiga borib taqaladi. Ishkallik shu yerdan boshlanadi. “Bizni kursni o’qing va 1000$ lik ish egasi bo’ling”, “Bizni bitirgan o’quvchi 1000$lik ishga joylashdi”, “Bizni bitirganlar kamida 2000$lik kadr bo’lib chiqishadi” va hakozo.

Odatda kuchli kadrlar, (reklamada ko’rsatilingan) 2-3 ta guruhning bittasidan chiqishadi. Tahminan 20/1 20/2 nisbatdagi o’quvchilar orasidan. 20/10 nisbatdagi o’quvchilar dasturlashni tark etadilar. Qolgan 20/8 nisbatdagi odam esa freelance, shogird, stajirovka evaziga ishga kirishadi.

Bundan reklamadan motivatsiya olgan o’quvchi, kursni bitiriboq birinchi qilgan niyati: “yaxshi bilim to’plash, jamoa bilan ishlash” emas. Balki “qancha maoshga ishga kirsa bo’ladi?” degan fikr bo’ladi.

Manga vakansiya bo’yicha qanday yozishadi: “Assalomu alaykum. Va alaykum assalom. Yaxshimisiz? Alhamdulillah. Ish borasida yozyabman. Yaxshi, rezyume yuboring. Aka, avval oylikni kelishib olaylik… Block user”

Hurmatli ishlash staji 0 va 0.5 yil orasidagi yosh dasturchilar. Sizlarda o’qishdan keyingi 2 yil ham o’qish. U vaqt davomida katta pul topishni orzu qilmang. U vaqt ichida biror jamoaning yetakchi vakili bo’lishga harakat qiling. Sizni ishingiz sabab qadrlagan kompaniya, siz uchun oyiga 2000$ to'lashdan qochmaydi. Ishonavering, 1 oylik staj bilan sizni hech kim “2000$”ga ishga olmaydi :))
​​Assalomu alaykum👋

Dasturlash sohasiga endigina kirib kelayotgan juda ko'pchilikni o'ylantirishi mumkin bo'lgan yolg'onlar haqida qisqacha yozishga harakat qildim.

Dasturchilar faqatgina kod yozishadi.

Yo'q, ular kod yozishdan tashqari, dasturiy ta'minotni rejalashtirishadi, dastur bilan bog'liq savollarga javob berib, mijozlar bilan bevosita aloqada bo'lishadi.

▍Googledan faqat yomon dasturchilar foydalanishadi.

Aksincha, tarjibali dasturchilar ham qiyin ahvolga tushib qolganida yechimni googledan qidirishadi.

▍Dasturchi bo'lish uchun matematikani yaxshi bilishingiz kerak.

Yo'q, ba'zi yo'nalishlarda matematika kerak bo'lishi mumkin, ammo dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilar uchun maktabda o'rgatiladigan bilimlar yetarli.

▍Kod yozishni kitobdan o'rganishingiz mumkin.

Kitob sizga mantiqiy fikrlashingizni oshirshi va kod yozish nima ekanligi haqida tushuncha berishi mumkin, lekin kod yozishni o'rganishning yagona yo'li - sinab ko'rish. Klaviaturangizni qo'lingizga olib, biror ish qilib ko'rmaguncha natijaga erishishingiz qiyin.

▍Bu soha faqatgina aqlli va daholar uchun.

Unday emas. Dasturlash tug'ma qobiliyat emas, u huddi mashina xaydashni o'rganganingiz kabi, yillar davomida sekin-asta rivojlanib boradi.

💡 @mabrur_dev
TOP 3 lik

"Osmondagi bolalar" loyihasida shu paytgacha 14 ta suhbat bo'lib o'tibdi.

Shu suhbatlarning ichida o'zim uchun ko'proq foyda olgan 3 ta suhbatni sizlarga tafsiya qilmoqchiman. 1-2 marta qayta ko'rsangiz ham arziydi.

- Muhammadali Eshonqulov (Patronlar ligasi, Biznes kvadrat)
- Rustam Rahmatov (IMAN)
- Xurshid Maroziqov (Girgitton)

PS: Bu yerda 1,2,3 degan o'rin yo'q. Hamma suhbatlar ajoyib.
Bu TOP faqat men uchun.
Anvar ​​aka Narzullayev (Sariq dev) dasturlash asoslaridan dars lar chiqarayotganidan xabarim bor edi, oʻzim Javascript(NodeJS) developer boʻlganim uchun eʼtibor bergan edim.

Bugun koʻrsam:

- Dasturlash asoslari 50 ta dars;
- Maʼlumotlar tuzulmasi va algoritmlar 16-ta;
- Python veb dasturlash 11-ta dars chiqarishga ulguribdi.

Bugun dasturlash asoslari darslariga yozib borayotgan documentation koʻrib rosa hursan boʻldim. python.sariq.dev sahifasida har bir darsga yozilgan documentation oʻzbek tilida boʻlib oʻsha mavzuni tub maʼnoda tushunib yetish uchun koʻmakchi boʻladi.

Odatda pullik darslarda ham bunaqangi documentation yozib chiqilmaydi. Har bir dars uchun erinmasdan, vaqtini sarflab, moddiy manfaat keltirmaydigan ishga shuncha eʼtibor bergani uchun Anvar akadan Alloh rozi boʻlsin.

Daqiq eʼtibor bilan yozilgan documentation va yaxshi mutaxassis tarafidan yozilgan darsliklarni biz e’tiborsiz qoldirmasligimiz kerak. Bundan foydalanishimiz kerak, boshqalarga tavsiya qilishimiz kerak. Men bugungacha bu qadar tushunarli holda yozilgan oʻzbekcha documentation koʻrganim yoʻq.

Ilmni qadriga yetishni oʻrganishimiz kerak bu sifatli darslarni zoya qilmasligimiz kerak.

Anvar Narzullaev darslari joylab borilayotgan sahifalar:

Youtube: https://www.youtube.com/c/Sariqdev

Dasturlash asoslariga yozilgan documentation: https://python.sariq.dev

Maʼlumotlar tuzulmasi va algoritmlar: https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/

© Muhammad Bobur
​​📺 Telegram Betaning barcha qurilmalarida "Video chat" qilish imkoniyati paydo bo'libdi, hatto Linuxda ham )

Bu imkoniyatdan hozircha faqat Beta versiyadagi telegram egalari guruh va kanallarda foydalanishi mumkin.

Video chatni boshlash uchun, dastlab ovozli chatni yoqib, chat sarlavhasiga #vid heshtegini qo'yish kerak ekan.

Biroz oldin bu funksiyani sinab ko'rdim, video uzatish sifati yomon emas.

Quyida Telegram Betani yuklab olish uchun havolalar:

Windows - https://t.me/tgfiles/2454?single
Linux - https://t.me/tgfiles/2458
MacOS - https://t.me/tgfiles/2459

💡 @mabrur_dev
Forwarded from Komil Allamjonov
Куни кеча IT соҳасини танлаган одам ёмон яшамаслигини ёзган эдим. «Уларнинг ойликлари қанча?» деган саволга Ўзбекистонда ва AҚШда дастурчиларнинг йиллик ўртача маошларини келтираман:

🇺🇿Ўзбекистонда:
Java: 3600$ - 24,000$
Python: 4800$ - 24,000$
C#: 3300$ - 20,000$
C++: 4000$ - 30,000$
.NET: 3600$ - 22,000$
JavaScript: 3800$ - 20,000$
PHP: 2500$ - 18,000$

🇺🇸AҚШда:
Java: 102 728$ - 159 688$
Python: 108 551$ - 244 857$
C#: 94 667$ - 168 327$
C++: 113 061$ - 223 526$
.NET: $77,012 - $96,182
JavaScript: 111 674$ - 187 807$
PHP: 89 967$ - 142 205$

Яна таъкидлайман, IT соҳаси бу — бугун ва келажак. Ушбу соҳани яхши ўрганган одам нафақат Ўзбекистонда, дунёнинг исталган бурчагида камида хор бўлмайди, кўпида эса жуда яхши яшайди. Танлов ўз қўлингизда, укаларим!

P.S. Энг асосийси, ҳозирга вақтда Ўзбекистонда бўла туриб ҳам, бошқа чет эл компаниялари учун масофадан ишлаб, пул топса бўлади. Чэт элга бориш ҳам шарт эмас!

#войманиукккаатоййлааарримм

@allamjonov_ki
Diqqat ish!

Bizga 1 ta veb dizayner va 1 ta frontend chi kerak bo’ladi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz.

Talablar:

Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, Reactdagi context va hooklar bilan ishlay olish;
Dizaynerga: Veb sayt va dastur uchun Figma, AdobeXD yoki Photoshop dizayn qila olish. Ranglarni yaxshi tanlashi.

Talab qilinadigan eng katta narsa harakatchan bo'lishi. Agar sizda mana shu hislatlardan biri bo'lsa, @muhammad_yunusoff ga o'zingiz haqingizda ma'lumot, rezyume yoki portfolio tashlashingiz mumkin.

Aytgancha: “Bizga ishchi kerak o’quvchi emas. Katta pul evaziga ham hozir o’qita olmaymiz. Iltimos sizga dars o’tishimizni haqida yozmang. Rahmat :))”

PS: E'lonni shu hislatlar bor do'stingizga ulashing.

@muhammadyunus_uz