Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.68K subscribers
669 photos
88 videos
14 files
468 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Bugundan boshlab Gemini, ChatGPT, Claude bilan gaplashishdan oldin salom beramiz, har bir javobi uchun rahmat aytamiz, kechqurun bo'lar-bo'lmas savollar bilan bezovta qilmaymiz.

Ertaga nimadir isyon ko'tarsa ro'yxatni eng tepasida bo'lib qolmay deymanda
Anthropic AI o'zining yangi MCP protokolini ommaga e'lon qildi. Bu orqali endi biz AI bilan dasturlar yasashni yanayam osonroq holatga keltirishimiz mumkin.

Tasavvur qiling, siz AI yordamchingiz (masalan Claude)ni turli xil dasturlar va ma'lumotlar bilan ishlashini xohlaysiz - masalan fayllar, kodlar yoki ma'lumotlar bazasi bilan. MCP paydo bo'lguncha bu ancha murakkab edi, chunki har bir dastur uchun alohida integratsiya qilib chiqish kerak edi.

Anthropic esa bu muammoni hal qilish uchun MCP ni yaratdi. Buni huddi universal tarjimonga o'xshatsak bo'ladi. U AI tizimlarining turli xil ma'lumotlar manbaiga bitta standart usul orqali ulanishiga imkon beradi. Buni huddi universal USB-c adapteriga o'xshatsak bo'ladi - uni birdaniga har qanday portga ulab chiqsa bo'ladi.

Qisqaroq qilib aytganda, MCP bilan biz quyidagi dasturlarni avtomatlashtirishimiz yoki integratsiya qilishimiz mumkin:
- Google Drive
- Slack xabarlari
- GitHub repozitoriyalari
- Ma'lumotlar bazalari
- Telegram API
- va boshqalar...

Hozircha yagona cheklovi shundaki, barchasi sizning shaxsiy kompyuteringizda (local) ishlashi kerak. Lekin Anthropic kelajakda masofaviy ma'lumotlar manbaiga xavfsiz ulanish imkoniyatini yaratish ustida ishlayabti.

Yana bir yaxshi tomonlaridan biri, bu dastur bepul va open-source, uni har kim o'ziga o'rnatib olib ishlatishi mumkin.

https://x.com/alexalbert__/status/1861079762506252723
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Anthropic AI o'zining yangi MCP protokolini ommaga e'lon qildi. Bu orqali endi biz AI bilan dasturlar yasashni yanayam osonroq holatga keltirishimiz mumkin. Tasavvur qiling, siz AI yordamchingiz (masalan Claude)ni turli xil dasturlar va ma'lumotlar bilan…
Buni rasm bilan soddaroq tushuntiradigan bo'lsak:

MCP - bu kompyuteringizda AI (masalan Claude) boshqa dasturlar bilan gaplashishiga yordam beradigan "tarjimon" dastur:

1. Asosiy Qism ("MCP Host"):
- Bu qism hamma narsani o'zaro bog'lab turadi.
- AI yordamchilar, IDE va boshqa dasturlar shu yer orqali ishlaydi.

2. Ulanishning Uch Xil Yo'li:
- Server A: Kompyuteringizdagi narsalarga ulanadi (masalan fayllaringizga)
- Server B: Bu ham kompyuterdagi boshqa narsalarga ulanadi (masalan boshqa papkaga)
- Server C: Bu biroz boshqacharoq, chunki u internetdagi manbalarga ham ulana oladi.

3. Qanday Ishlaydi:
- Hamma bir xil "til"dan foydalanadi (MCP Protocol)
- Buni barcha qurilmalaringizni boshqaradigan universal pultga o'xshatsak bo'ladi
- Internetga ulanishdan tashqari, asosan hamma ish kompyuteringizda bajariladi.

Tasavvur qiling, qo'lingizda universal adapter bor - u orqali siz turli fayllarni, dasturlarni va internet servislarini ulab ishlata olasiz. Ularning hammasi bir-biri bilan aloqada ishlay oladi, chunki ular bir-xil universal tilda gaplasha oladi.
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Buni rasm bilan soddaroq tushuntiradigan bo'lsak: MCP - bu kompyuteringizda AI (masalan Claude) boshqa dasturlar bilan gaplashishiga yordam beradigan "tarjimon" dastur: 1. Asosiy Qism ("MCP Host"): - Bu qism hamma narsani o'zaro bog'lab turadi. - AI yordamchilar…
MCP serverlar birgalikda mana shunday ishlaydi:

1-Misol - Kod Yozish:
- "MCP Server A" GitHub ga ulanadi
- "MCP Server B" VS Code ga ulanadi

- Siz Claude dan kod yozishda yordam so'raysiz
- Claude GitHub dagi mavjud kodlarni tekshira oladi (Server A orqali)
- So'ng VS Code da yangi kod yozishga yordam beradi (Server B orqali)

2-Misol - Hujjatlar bilan Ishlash:
- "MCP Server A" Google Drive ga ulanadi
- "MCP Server B" kompyuteringizdagi ma'lumotlar bazasiga ulanadi
- "MCP Server C" Slack ga ulanadi

- Sizga hisobot tayyorlash kerak
- Claude Google Drive dagi fayllarni o'qiy oladi (Server A orqali)
- Ma'lumotlar bazasidan kerakli ma'lumotlarni oladi (Server B orqali)
- Va yakuniy hisobotni jamoangiz bilan Slack da ulashadi (Server C orqali)

3-Misol - Dasturlash Jarayoni:
- "MCP Server A" kod muharriringizga ulanadi
- "MCP Server B" test muhitingizga ulanadi
- "MCP Server C" hujjatlaringizga ulanadi

- Siz yangi funksiya yaratmoqdasiz
- Claude kod muharririda kod yozishga yordam beradi (Server A orqali)
- Test muhitida testlarni ishga tushiradi (Server B orqali)
- Hujjatlarni avtomatik yangilaydi (Server C orqali)
Forwarded from GDG Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
⚡️ Join the biggest Developer Festival of the year in Central Asia (Get your free tickets)!

Less than 2 weeks left until GDG DevFest returns to Tashkent once again for the 2024 season!

Get ready for GDG DevFest, the high-energy, one-day event is packed with dynamic talks, interactive workshops, and hands-on sessions, all centered around the latest technologies and innovations.

This year, we’re raising the bar - join us as we welcome an incredible lineup of international speakers, including Google Developer Experts and Googlers, ready to share their insights and spark your creativity.

It’s more than a conference - it’s a chance to connect, learn, and get inspired alongside some of the brightest minds in tech. Don’t miss it!

👀 Date: December 7, 2024
🕙 Time: 10:00
🏛 Venue: Panorama Cinema Palace
🗓 Agenda: https://bit.ly/devfest-agenda24

👉 Get your FREE ticket now:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-2024-tashkent/

See you at DevFest Tashkent 2024!

@gdgtashkent
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Video message
Dasturiga two factor authentication ulamoqchi bo’lganlar uchun qisqacha yo’l-yo’riq )
3 yil oldin: "AI shunchalik ahmoqki, hatto Hello Worldniyam tuzuk-quruq yozolmaydi😏"

2 yil oldin: "AI kod yozishni o‘rgandi, lekin debugging qilishga kelganda huddi yosh bola bilan gaplashgandek bo'lasan😅"

1 yil oldin: "AI butun dasturimni yozib berdi. Qanday ishlashini to'liq tushunmadimu, lekin mayli deb productionga chiqarvordim😕"

Bugun: "AI kodimni qaytadan yozib tashladi, deploy qilib productionga chiqardi, va mijozdan pul so'rab, menga qahva olib kelishimni aytdi😨"

Progressni ko'ryapsiza )
Awesome - bu dasturchilar uchun eng foydali manbalar to’plangan repozitoriya.

Uni ichida xar-hil resurslar, tillar, kutubxonalar, texnologiyalarni qo’llashga va o’rganishga oid foydali manbalar mavjud.

Nimadir o’rganmoqchi bo’lsangiz, shu yerdagi ro’yxatdan ishonchli manbalarga o’tib olishingiz mumkin.
Node.js asoschisi Oracle’ni firibgarlikda ayblab, JavaScript’ni “ozod qilishga” chaqirganini eshitganmidingiz?

Node.js otasi Ryan Dahl bir necha oydan beri Oracle kompaniyasiga qarshi petitsiya yozib, ularni JavaScript savdo belgisi huquqidan mahrum qilishni talab qilmoqda. Dasturchilar fikricha, bu tilning nomi umumiy mulkka aylangan va Oracle kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Petitsiyani allaqachon 14 000 dan ortiq dasturchilar imzolashdi.

Asosiy ayblovlar:
— Oracle 2019-yilda savdo belgisi muddatini uzaytirishda yolg‘on ma’lumot taqdim qilgan.
— Kompaniya bu belgini tijorat faoliyatida uzoq vaqtdan beri ishlatmayapti. Qonunga ko‘ra, uch yil davomida foydalanilmagan belgilar “tashlab qo‘yilgan” deb hisoblanadi.

Oracle 2025-yil 4-yanvarga qadar javob berishi kerak. Dasturchilar JavaScript’ni yana erkin qilish uchun oxirigacha kurashmoqchi.
Ko’proq postlar yozishga motiv bo’lishi uchun Yandex reklama orqali kanalni monetizatsiya qilishni sinab ko’ryabman.
Endi shunday reklamalarni yopib tashlash uchunam ko’proq post yozishga majbur bo’laman.

Pul olganimdan keyin nech pul foyda qilish mumkinligini sizlargayam aytaman )
Shu munosabat bilan ertaga nodejs mock interview qivoramiz😎
Hullas reklama otmen. Hozirgacha 730 ta prosmotr bo'libti, bundan balansimga $0,8 tushibti😕
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Shu munosabat bilan ertaga nodejs mock interview qivoramiz😎
Topgan kandidatimni bugunga vaqti bomadi😕

Middle backend pozitsiyasiga tortaman deb hisoblaydiganlar bo'lsa + qoldirib ketinglar, hafta ortalarida interview qivorsak bo'ladi
Forwarded from Khumoyun Codes
AI regulations?

Bugun ishxonadagi loyihalar uchun AI dan foydalanishni boshqaruvchi qonun qoidalar bilan tanishib chiqdik. Qisqacha mantiq, AI foydalanishda, kod yozdirib yoki loyihadagi kodni share qilib bo'lmaydi. Menimcha hozir ko'pgina kompaniyalar bunday qonun qoidalarni ishlab chiqishmoqda yoki chiqib bo'lishdi. Konfedentsial axborotni AI bilan share qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmasli bu turgan gap, lekin undan foydalanishni tekshiruvi qanday kechar ekan, shu menga qiziq bo'lyapti. Undan tashqari, internetda o'qiganlarim bo'yicha kompaniyalar AI-toollardan xavfsizlikni o'ylamay foydalanish uchun ichki tizimlar ishlab chiqib va AI based kompaniyalar, Enterprise maxsulotlarni faqat o'zingiz uchun "yoyib" berarmush. Huddi shaxsiy gitlab serveringiz bo'lgandek.

Boshida qarshilik ko'rsatdik, qabul qilmadik, lekin shunga qaramay kundalik hayotimizga AI tobora ko'proq kirib kelayapti. Ishimizni osonlashtirib yordamchi bo'lib ko'rinib, o'rnimizni egallayapti. Huddi bu bug' dvigatellari orqali ishlaydigan mexanizmlar birinchi odamlarga yordamchi bo'lib kelib, keyin ularni o'rnini egallaganday.

Kecha akamlar bilan shu haqida suhbatlashib qoldik, agar har bir sohada sun'iy intelektlar ishlasa, iqtsodiy inqirozga yuz tutmaymizmi? Masalan, kodni AI yozadi, rentgenni AI o'qib beradi, yuzingizdagi toshmalarni AI ko'rib nima dori kerakligini aytib beradi, mashinangizni AI boshqaradi, gaplaringizni AI tarjima qiladi. Bu kelajak emas, bu ayni hozirda bo'layotgan ishlar. Keyinchalik qolgan kasblarni ham AI egallasa, aholi ishsiz qolsa, xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar ham qulaydimi? Chunki odamlar ishsiz va puli yo'q, siz taklif qilayotgan obunani sotib olmaydiku.

Qiziq teoriya tog'rimi? 🤔 Barcha narsa o'zi ishlab ketaversa odamlar keraksiz bo'lib qolmaydimi? AI ni ham yo'lga solish uchun qandaydir qonun qoidalar ishlab chiqilarmikan? Shu savollar meni bir oz qiynab qo'ydi. Menimcha asta sekin singulyarlikka yaqinlashib kelyapmiz.

Sizningcha AI qanchalik o'zgarishlarga olib kelar ekan, inqirozga uchraymizmi yo'qmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring 👇

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Macni ichida windows ishlatishimga nechi😎
🔍 Yoshlar "Google" qilishni unutib yuboryapti

Google trafigi pasaymoqda: yoshlar qidiruv tizimidan tobora kamroq foydalanib, sun'iy intellekt vositalarini va boshqa platformalarni afzal ko'rishmoqda. Prognozlarga ko'ra, AQSh qidiruv reklamasi bozorida Google ulushi 2025-yilda birinchi marta 50 foizdan pastga tushadi. Bu yil esa allaqachon 8 foizga pasaydi.

Raqobat ham kuchaymoqda: ChatGPT qidiruv funksiyasini qo'shdi, Microsoft va Apple esa o'z mahsulotlariga sun'iy intellektni joriy qilmoqda

Shaxsan o'zim ham oldingidagidek aktiv google qilmay qo'yganman😕