Komilov Muzaffar Murotovich
654 subscribers
8.6K photos
638 videos
7 files
2.99K links
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi
rektori — Komilov Muzaffar Murotovichning rasmiy kanali
Download Telegram
#XUSHXABAR

Akademiya professori “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Bugun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh faol yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar bilan mukofotlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi professori, taniqli sharqshunos olim Saidakbar Agzamxo‘jayev ham “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

👉🏻https://t.me/m_m_komilov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOLAR

🎞Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish kurslari

Manba: O‘zbekiston 24

👉🏻
https://t.me/m_m_komilov
#YANGILIKLAR

Muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘izistonda “Birdamlik” medali bilan mukofotlandi

🎖O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi tomonidan “Ынтымак” (Birdamlik) medali bilan taqdirlandi.

Mukofot Bishkekda o‘tkazilgan Qirg‘iziston musulmonlari idorasi yangi binosining ochilish marosimida topshirildi.

👉🏻https://t.me/m_m_komilov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOLAR

🎞“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorining mazmun-mohiyati (345-son, 08.08.2023 y.)

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

👉🏻
https://t.me/m_m_komilov
#XALQARO HAMKORLIK

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Indoneziyada xizmat safarida bo‘lib turibdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Indoneziyaning bir qator diniy-ma’rifiy tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan konstruktiv va samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

👉🏻https://t.me/m_m_komilov
#XALQARO HAMKORLIK

Hamkorlik rivojida yangi bosqich

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada bo‘lib turishibdi.

Akademiya vakillarining navbatdagi uchrashuvi Indoneziya Din ishlari vaziri o‘rinbosari S.Dasuki bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohani qo‘llab-quvvatlash, islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

👉🏻https://t.me/m_m_komilov