Komilov Muzaffar Murotovich
635 subscribers
8.6K photos
638 videos
7 files
2.99K links
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi
rektori — Komilov Muzaffar Murotovichning rasmiy kanali
Download Telegram
#XALQARO HAMKORLIK

Akademiya vakillarining Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida yangi O‘zbekistonda azaliy diniy qadriyatlarni qayta tiklash, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Bahouddin Naqshband va yetti pir allomalarining tabarruk qadamjolarini obod etishga katta e’tibor qaratilayotgani, masjid va madrasalar obod bo‘layotgani, fuqarolarimiz haj va umra ibodatlarini yuksak saviyada ado etayotganlari to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumot berildi.

👉🏻https://t.me/m_m_komilov
#XALQARO HAMKORLIK

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Valisongo davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziyadagi xizmati safari samarali uchrashuvlarga boy kechdi.

Tashrif davomida bir qator diniy-ma’rifiy tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan konstruktiv va amaliy muloqotlar o‘tkazildi.

Xususan, tashrifning ikkinchi kunida Indoneziyaning Valisongo davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, doktor Imom Taufiq hamda fakultet dekanlari ishtirok etdi.

👉🏻https://t.me/m_m_komilov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOLAR

🎞Prezident farmoniga muvofiq marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangan edi. Bugun ushbu mukofotni uning o‘g‘li, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom xatibi Muhammad Yusuf Ismoil Muhammad Sodiq qabul qilib oldi

Manba

👉🏻https://t.me/m_m_komilov
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда  мамлакатимиз мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан тақдирланганларга давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 32-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter