LogBit AI
197 subscribers
16 photos
3 videos
12 links
Contact: @logbit_admin
Download Telegram
“Dalil bor ekan, inkor mumkin emas.”

🔍Logbit — tizim loglarini asosli tahlil qilish uchun yaratilgan.
Sun’iy intellekt yordamida faktlar ajratiladi,
tahdidlar fosh etiladi, javobgarlik aniqlashtiriladi

Taxmin emas. Tahlil.
🌐www.logbit.co
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2201198👏3🆒1😎1👾1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Logbit – Loglar endi gapiradi
Logbit — bu Windows va Active Directory loglarini tahlil qilish uchun bepul, brauzerda ishlovchi aqlli vosita. O‘rnatish yo‘q, ro‘yxatga olish shart emas, barcha tahlillar faqat sizning qurilmangizda.

Asosiy imkoniyatlar:
• AI yordamida aniqlik va tushuncha
• Qoidaviy + sun’iy intellekt asosidagi aniqlash
• Foydalanish oson, natijalar tez

SOC mutaxassislari, tergovchilar va o‘rganayotgan yoshlar uchun ideal tanlov.

www.logbit.co — Loglaringizda yashiringan haqiqatni oching.
210108⚡65🤷‍♂1
Yon harakatlar (Lateral Movement) aniqlanmoqda: Kompyuteringiz xavfsizmi?

Kiberhujumchilar birinchi tizimga kirgach, ko‘p hollarda shu bilan to‘xtab qolishmaydi. Ular tarmoq ichida "yon harakat" (lateral movement) qilgan holda, boshqa qurilmalar, ma’lumotlar va huquqlar sari harakatlanadi.

🧠 Microsoft aytganidek:

“Lateral movement is a critical phase of an attack chain where adversaries spread inside the network.”


Bu degani — bitta nuqtadagi zaiflik butun tizim uchun xavf tug‘diradi.

❗️ Shubhali xatti-harakatlar, masalan:

Administrator huquqlarini o‘zboshimchalik bilan olish

Keraksiz tarmoq so‘rovlarining ko‘payishi

Bir nechta qurilmaga bir xil foydalanuvchi bilan kirishlar — bularning bari yon harakat belgilari bo‘lishi mumkin.

🔐 Siz bu harakatlarni erta aniqlamasangiz, hujumchi:

Maxfiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydi

Tizimingizni egallaydi

Yoki uni to‘liq ishdan chiqarishi mumkin

🧭 Yaxshi xabar: Logbit bu kabi xavflarni erta aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi.

“Detecting lateral movement early is a key factor in reducing incident impact.” — Logbit blogidan


🚀 To‘liq tahlil va misollarni ko‘rish uchun maqolani o‘qing:

https://logbit.co/blog/detecting-lateral-movement
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2711454❤1⚡1👨‍💻1👾1
📝 Loglar haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
Ular infratuzilma haqida eng ko‘p narsani biladigan manba.
Har bir xatolik, har bir kechikish, har bir noodatiy hodisa — loglarda yozilgan.

🔍Microsoft iborasi:
You can’t secure what you can’t see.


Loglar esa — ko‘rish qobiliyatimizning asosi.

Nimalarni bilib olasiz?

—Xavfsizlikdagi bo‘shliqlarni

—Sekin ishlayotgan servislarni

—Tizimdagi g‘alati xatti-harakatlarni

To‘liq maqola: If Logs Could Talk: What They’d Tell You About Your Infrastructure
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
810🔥43👾2❤1🤷‍♂1😁1😇11
⚠️Entra ID xavfsizlik xatosi (CVE-2025-55241)

📅 2025-yil 4-sentabr kuni Microsoft Entra ID (sobiq Azure AD) dagi juda xavfli zaiflikni tuzatdi.

🔑 Ushbu xato orqali hujumchi istalgan foydalanuvchini, hatto Global Adminni ham soxtalashtirib, turli tenantlarda tizimga kira olishi mumkin edi.

✅ Microsoft allaqachon patch chiqargan va foydalanuvchilardan qo‘shimcha harakat talab qilinmaydi. Kompaniya hech qanday real hujum qayd etilmaganini bildirdi.

📌 Xulosa: Agar sizda hybrid AD / Entra ID integratsiyasi mavjud bo‘lsa, barcha xizmatlaringizni yangilab boring va eski API’lardan voz keching.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
812👍5🔥3😁2👨‍💻2😇22🆒1😎1
⚠️ Tezkor ogohlantirish: Windows RDS’da xavfli zaifliklar (CVE-2025-24035 & CVE-2025-24045)

Microsoft Windows Server’dagi Remote Desktop Services’da ikkita jiddiy zaiflikni tuzatdi. Bu oddiy “yangilash” emas — e’tiborsiz qoldirsangiz, tizimingizga kimdir bemalol kirib kelishi mumkin.

CVE-2025-24035: muhim ma’lumotlar xotirada noto‘g‘ri saqlanadi. Natija? Uzoqdan kod bajarish orqali tizimga kira olish mumkin.

CVE-2025-24045: race condition — vaqt uyg‘unligi muammosi yordamida hujumchi o‘z kodini ishga tushiradi.

Har ikkisi ham CVSSv3: 8.1 — ya’ni jiddiy. Ko‘p Windows Server versiyalariga ta’sir qiladi.

⚠️ Nimani darhol qilish kerak:

1. Rasmiy patchlarni o‘rnating — kechiktirmang.

2 .Remote Desktop’ni faqat zarur serverlarda yoqing va kirishni qat’iy cheklang.

3. Kirish loglarini tekshiring va noma’lum faollikni tahlil qiling.

4. RDP uchun MFA va tarmoq cheklovlarini joriy eting.

“Xavfsizlik — bu yakuniy manzil emas, balki har kuni takrorlanadigan odatdir.”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥86😁3👍2👨‍💻221
⚠️Tezkor ogohlantirish: Microsoft BitLocker’da xavfli zaifliklar (6 ta yangi exploit)

Microsoft tomonidan yaqinda BitLocker (disk shifrlash) bo‘yicha bir nechta jiddiy zaifliklar tasdiqlandi. Bu oddiy “update” masalasi emas — e’tiborsiz qoldirsangiz, hujumchi qurilmangizdan shifrlangan ma’lumotlarni chiqarib olishi yoki butun diskni ochib yuborishi mumkin.



🔎Asosiy zaifliklar:

1️⃣ CVE-2025-48818 — TOCTOU bypass
👉 “Time-of-check / time-of-use” muammosi orqali BitLocker Device Encryption’ni chetlab o‘tish mumkin.
⚠️ Talab: qurilmaga fizik kirish.

2️⃣ BitUnlocker (CVE-2025-48800, CVE-2025-48003, CVE-2025-48804, CVE-2025-48818)
👉 Windows Recovery Environment (WinRE) yordamida BitLocker chetlab o‘tiladi.
⚠️ WinRE’dagi “auto-unlock” va cmd.exe chaqiruvlari orqali to‘liq diskka kira olish mumkin.

3️⃣ CVE-2025-26637 — Protection failure
👉 BitLocker himoya mexanizmlaridagi nuqson tufayli hujumchi fizik kirish orqali cheklovni buzishi mumkin.

4️⃣ CVE-2025-21210 — AES-XTS randomization hujumi
👉 Shifrlash bloklari manipulyatsiyasi orqali ayrim ma’lumotlar ochiqlanishi mumkin.

5️⃣ CVE-2025-21214 — Metadata disclosure
👉 Fayl nomlari va metadata ma’lum qismi shifrlash kalitisiz ham ko‘rinib qolishi mumkin.

6️⃣ Bitpixie exploit (CVE-2023-21563 varianti)
👉 VMK (Volume Master Key) xotiradan ajratilib, diskni 5 daqiqa ichida ochib yuborish mumkin.


📊 Xavf darajasi:
• Bir nechtasi CVSS 8.0+ (jiddiy).
• Barchasi fizik yoki WinRE kirish talab qiladi, ammo real hayotda “o‘g‘irlangan noutbuk” stsenariysi uchun bu juda xavfli.



⚠️Nimani darhol qilish kerak:
1.
Windows yangilanishlarini darhol o‘rnating
— Microsoft Patch Tuesday’da yamoqlarni chiqargan.
2.
BitLocker’ni TPM + PIN pre-boot autentifikatsiyasi bilan sozlang
— faqat TPM yetarli emas.
3.
Secure Boot va REVISE mexanizmini yoqing
— boot komponentlarining versiyasi tekshiriladi.
4.
WinRE muhitini cheklang yoki qayta sozlang
— hujumchi undan foydalanolmasin.
5.
BIOS/UEFI parollarini o‘rnating
, crash dump va hibernatsiya fayllarini nazorat qiling.
6. Agar qurilmangizda maxfiy ma’lumotlar bo‘lsa —
fizik xavfsizlikni
ham unutmaslik kerak.


💡 “Shifrlash — bu ishonch kaliti. Ammo zaifliklarni e’tiborsiz qoldirish uni oddiy qulflash kalitiga aylantiradi.”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍108🔥63❤2😁2🤔2
🎄Siz bayram qiling, xavfsizlikni bizga qo'ying!
Yangi yil shukuhi hamma yoqni qamrab olgan bir paytda, dam olishingiz va yaqinlaringiz davrasida bo'lishingiz juda muhim. Siz bayram dasturxoni atrofida ekanligingizda, Logbit tizimingiz xavfsizligini tunu-kun ta'minlaydi! ✅
🛡Nega Logbit?
• Doimiy nazorat: Tizimingiz bizning himoyamiz ostida.
• Xotirjamlik: Kiberhujumlardan qo'rqmasdan bayramni nishonlang.
• Ishonchlilik: Eng zamonaviy kiberxavfsizlik yechimlari.
☕️ Kiberxavfsizlik muhandislarimiz hammasini nazoratga olishgan. Siz esa shunchaki kofeingizdan bahra oling va oilangizga vaqt ajrating!
🌐 Batafsil ma’lumot:
www.logbit.co
Logbit — Tizimingiz xavfsiz qo'llarda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10❤9🎉5🔥3🫡3🆒22😁1😢111
🔍AI xavfsizlik jarayonlarini tezlashtirmoqda, ammo kiberxavflarni to‘g‘ri baholashda inson tajribasi hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.

🛡Zamonaviy cyber defense — bu AI tezligi va security mutaxassislarining strategik qarori uyg‘unligidir.

💭 Mavzu bo‘yicha batafsil fikr LinkedIn sahifamizda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🏆8🔥5👍2👌1
Hamma O‘zbekiston xakerlar uchun yirik nishonga aylanayotganini ko‘ryapti — lekin buning sababi nimada?

Raqamlar jiddiy: 2024-yilda 7 milliondan ortiq kibertahdid qaytarilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 107 milliondan oshdi. Bu yil esa 200 milliondan ortiq kiberhujum xavfi kutilmoqda.

Davlat tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi, bank va telekom sohalariga qaratilgan fishing hujumlari shuni ko‘rsatmoqdaki: O‘zbekiston global xakerlar radariga tushdi.

Nega aynan hozir? Chunki bu raqamli o‘sishimizning tabiiy oqibati.

1. Tezkor raqamlashtirish
OneID, raqamli banking, FinTech va 2030-yilgacha IT eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi mamlakatimizning raqamli izini keskin kengaytirmoqda. Tizimlar ko‘paygan sari hujum yuzasi ham kattalashadi.

2. Infratuzilmaning o‘sishdagi zaifliklari
Texnologiyalar tez kengayganda, xavfsizlik siyosatlari, eski tizimlar va yangilanishlar ba’zan ortda qoladi. Xakerlar aynan noto‘g‘ri konfiguratsiyalar, yangilanmagan zaifliklar va kuchsiz parollarni izlaydi.

3. AI kuchaytirgan tahdidlar
Hujumchilar endi AI yordamida infratuzilmani avtomatik skanerlaydi va mahalliy tilga mos, shaxsiylashtirilgan fishing xabarlarini yaratadi.

Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi hamkasblarimga savol: tashkilotingiz bu yangi reallikka qanday moslashmoqda? Mahalliy kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlashga yetarlicha investitsiya qilyapmizmi?
❤6🔥5😁3⚡1👾1
📅 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni!
Bugun farzandingiz sizdan shunchaki sovg‘alar emas, balki eng muhimi – sizning vaqtingiz va e’tiboringizni kutyapti.

Lekin kiberxavfsizlikda incidentlar bayram yoki dam olish kunini tanlamaydi. To‘satdan chiqqan muammo tufayli kun bo‘yi monitor qarshisida qolib ketish, farzandingiz ko‘ziga va’dasida turmagan ota-ona bo‘lib ko‘rinishingizga sabab bo‘lishi mumkin.

Incidentlarni emas, farzandingizni xursand qilishni o‘ylang!
Siz bayramni oilangiz davrasida xotirjam o‘tkazishingiz, monitoring va infratuzilma xavfsizligi esa nazoratda bo‘lishi uchun LogBit tizimini ishga tushiring. Biz infratuzilmangizni 24/7 himoya qilamiz, toki siz eng qadrli insonlaringizga vaqt ajrata oling.

LogBit jamoasi barcha bolalarni bugungi bayram bilan tabriklaydi! Ularning kelajagi tinch va xavfsiz bo‘lsin. 🌟
1❤8❤‍🔥4⚡3🤩1👌1
Forwarded from Taqdimot | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔$50 000 investitsiya uchun qanday shart qo‘yildi?

LogBit — kompaniyalarga kiberxavfsizlik hodisalarini tez aniqlash va ularga javob berishga yordam beruvchi platforma.

🚀 Platforma endpoint, identifikatsiya, tarmoq, email va bulut infratuzilmasidan kelayotgan ma’lumotlarni bir tizimda birlashtirib, tahdidlarni soniyalar ichida aniqlash va daqiqalar ichida ularga javob qaytarish imkonini beradi.

💡 LogBit’ning maqsadi — kompaniyalarga kiberxavfsizlik risklarini kamaytirish, hujumlarni erta aniqlash va biznesni uzluksiz himoya qilishda yordam berish.

💰 Ushbu loyiha investorlarni ishontira oldimi?

📱 Javobni TAQDIMOT 2-mavsum, 4-sonida bilib oling!

Instagram | Website | Telegram | LinkedIn | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥6🎉6❤2🆒1
Forwarded from Oq Do'ppi BugBounty
🚀 Oqdoppi platformasida yangi dasturlar e’lon qilindi!

Sizlar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor. Oqdoppi bug bounty platformasi yangi dasturlar bilan kengayishda davom etmoqda.

Platformada quyidagi dasturlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda:

🔹 DOMO.uz — O‘zbekistonda elektr, gaz, suv, chiqindi, internet va boshqa uy-joy bilan bog‘liq xizmatlarni yagona platforma orqali boshqarish va to‘lash imkonini beruvchi mobil platforma.
🔹 ishGO.uz — ish beruvchilar va ish izlovchilarni yagona tizimda bog‘lovchi, O‘zbekistondagi ish qidirish va xodim yollash platformasi.
🔹 pDaftar.uz — kichik va o‘rta biznes uchun nasiya savdosini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi fintech platforma.
🔹 AIBA.uz — bizneslar uchun sun’iy intellekt asosida moliyaviy va biznes boshqaruviga yordam beruvchi platforma.

Sizdan ethical tarzda ishlab zaifliklarni aniqlash va mas’uliyatli tarzda xabar qilishingizni so'raymiz.   Biznes egalariga o‘z tizimlarini yanada mustahkamlash va foydalanuvchilar uchun xavfsiz xizmat yaratishiga yordam bering.
4❤3👍3👏2
🔍Signature'ga tayanadigan himoya yangi hujumni ko'rmaydi. Kunlik misol.

Kiberxavfsizlik ga yo'naltirilgan tashkilot tadqiqotchisi vakolatli test doirasida LogBit aniqlashini chetlab o'tishga urindi. U tayyor vositalardan emas, o'zi yozgan payload'dan foydalandi — C:\ProgramData\s.exe, reverse shell va persistence bilan. Yangi fayl, hech qaysi antivirus bazasida yo'q.

Natija:
— Windows Defender: aniqlamadi
— Kaspersky: aniqlamadi
— LogBit XDR: critical alert, to'liq incident va kill-chain bilan

Sabab oddiy. An'anaviy antivirus faqat oldin ko'rgan zararli fayllarni taniydi. Yangi yoki maxsus payload uning uchun ko'rinmas. LogBit esa faylni emas, xatti-harakatni tahlil qiladi: foydalanuvchi yozadigan katalogdan bajarilgan imzosiz dastur, PowerShell orqali muntazam qayta ishga tushish, reverse shell namunasi.

Fayl nomi o'zgaradi — xatti-harakat qoladi.

🛡Test nazorat ostida, Researcherning roziligi bilan o'tkazildi. Natijalar quyidagi skrinshotlarda.

🇺🇿LogBit — O'zbekistonda ishlab chiqilayotgan XDR/EDR platforma.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍1265❤32⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Milliy raqamli xavfsizlikda yangi bosqich

Kiberxavfsizlik — bugun davlat ahamiyatidagi masala. Himoya qanchalik
tez bo'lsa, zarar shunchalik kam.

Logbit jamoasi — mahalliy muhandislar — mamlakatimizda ishlab chiqilgan
avtonom pentester sun'iy intellektni taqdim etadi:

😎 DotHex — 31 milliard parametrli AI kiber pentest mutaxassisi

Dothex oddiy skaner emas. U zaiflikni mustaqil aniqlaydi, kodda
tasdiqlaydi, tuzatmani yozadi va joriy etishga tayyorlaydi.

🔎 Topadi — zaiflikni aniqlaydi
✅ Tasdiqlaydi — kodda haqiqiy xavf ekanini tekshiradi
🔧 Tuzatadi — tuzatma kodini o'zi yozadi
🚀 Yetkazadi — sinovdan o'tkazadi va ishlab chiqarishga tayyorlaydi

🔐 Yakuniy qaror — inson qo'lida. Har bir o'zgarish mas'ul mutaxassis
tasdig'idan so'ng qo'llaniladi.
🏢 To'liq lokal ishlaydi — maxfiy ma'lumotlar serveringizdan chiqmaydi.

Isbotlangan natijalar:
• Google'ga 2 ta zaiflik rasman oshkor qilindi
• O'zbek korxonalarida 10+ kritik zaiflik aniqlandi

Milliy infratuzilma uchun — mahalliy, mustaqil, nazorat ostida.

👉 Batafsil: Telegram | Web-site | Linkedin

#dothex #Logbit #kiberxavfsizlik #raqamliOzbekiston #AI #cybersecurity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3513👏54👍1👨‍💻1
«Ichki ishlar vazirligi targ’ib qilgan “Apk Qo’riqchi” bu josuslik agenti» — degan da’volar haftalab tarqaldi. LogBit Labs gapni emas, kodni tekshirdi.

IIV ilovani ochiq targ’ib qilmoqda: vazir o’rinbosari Ramazon Ashrapov 9-oktabr matbuot anjumanida 3 million foydalanuvchi ulanganini aytdi, Google Play’da esa yuklanishlar 5 milliondan oshgan. Shu ko’lamdagi davlat ilovasi ijtimoiy tarmoqlarda «bu josus dastur», «davlat telefoningizni to’liq nazorat qiladi» degan izohlarga sabab bo’ldi.

Taxmin qilish o’rniga LogBit Labs forenzik tahlil o’tkazdi — so’nggi versiya (v1.2.15) va 10 ta eski versiya dekompilyatsiya qilinib, kod satrma-satr o’qildi.


Avval bir chalkashlik: “Apk Qo’riqchi” - antivirus emas. U bitta aniq muammoga - Telegram orqali yuboriladigan zararli «.apk» fayllarga qarshi ishlaydi: ularning o’rnatilishini to’xtatadi, xavfli ilovalarni belgilaydi va qolib ketgan .apk’larni tozalaydi. Hammasi qurilmada, bepul, o’zbek tilida.

Asosiy xulosa. v1.2.15 kodida masofaviy server (C2), buyruq kanali, kuzatuv ruxsatlari (SMS, joylashuv, kamera, mikrofon, IMEI) yoki yashirin ma’lumot uzatish - yo’q. Aniqrog’i, ilova kodida umuman tarmoq kodi yo’q. Demak, uni “josuslik quroli” deyishga texnik asos yo’q.

Eng muhim topilma — eski versiyalarda. 1.2.0–1.2.12 versiyalari o’rnatilgan ilovalar xeshlarini foydalanuvchiga aytmasdan VirusTotal’ga (Google xizmati) yuborgan — bu Play’dagi «ma’lumot yig’ilmaydi» deklaratsiyasiga zid. Muhim nuqta: ma’lumot davlat serveriga emas, VirusTotal’ga ketgan; telefon raqami yoki IMEI uzatilmagan. Bu kod 1.2.13 versiyadan boshlab butunlay olib tashlangan.


Shaffoflik. Nashriyotchi «IIV» deb ko’rsatilgan, biroq aloqa ma’lumotlari shaxsiy (shaxsiy Gmail, com.baxtiyorov.security), maxfiylik siyosati rasmiy davlat domenida emas, Google Sites’da. Ilovani IIV o’zi ishlab chiqdimi — ochiq manbalardan tasdiqlab bo’lmadi; bu savolga IIV javob bergani ma’qul.

Fuqarolarga: ilovani faqat Google Play’dan o’rnating; Telegram’dagi «Qo’riqchi.apk»ni hech qachon ochmang; o’rnatgan bo’lsangiz 1.2.13+ ga yangilang. Esda tuting: u faqat APK’dan himoya qiladi — SMS-kodingizni hech kimga bermang.


Umumiy baho: josus vosita emas, real tahdidga qarshi foydali — lekin kuchli ruxsatli, egaligi shaffof emas va doimiy mustaqil nazoratni talab qiladi. Barcha xulosalar SHA-256 xeshlari va trafik loglari bilan tasdiqlangan.

To’liq texnik hisobot :
https://logbit.uz/blog/apk-qoriqchi-forenzik-tahlil


😎 LogBit Labs - kiberxavfsizlik tadqiqotlari

Telegram | Web-site | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1010🔥5❤3⚡2😢1