Fikriyat
8 subscribers
12 photos
4 videos
1 file
9 links
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Moʻminning niyati amalidan yaxshiroqdir
(Hadisdan)

Ilohim barchamizdan Alloh rozi boʻlsin!
Download Telegram
# asl maʼno

Eʼtiqodiga koʻra yashash,
Yashagandek eʼtiqod qilish ...

( Bir qarashda bir - biriga oʻxshash tushunchalar )
#fikriyat...

Soʻzlarda yasha ...
#fikriyat...


Butun dunyo kutish zali
Kimdir kutib
Kim kutilib yashab oʻtar
#fikriyat...

Sevgi bu – Allohga avvalgidanda yaqinroq boʻlish ( u sababli )
Allohu Akbar
Al - Musavvir zotning buyukligi ila bugun 2025 - yil 7- sentyabrda oy tutildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar uchun ilm bo’lib qolsin (#)

Shu domlaga respekt lekin! Maktabda yaxshi o’qimagan yoki tushunmagan mavzularimizni sodda qilib miyaga quyib qo’yadi.


🔘 @xushnudbekuz
#fikriyat...

O'lim birlashtirar beparvolarni
Kibr-u aldovlarning niqobin yirtar,
Yirtqichmas, dushmanmas odamga odam,
Birodar ekanin eslatib ketar.

Shavkat Rahmon
#fikriyat...

Har kim oʻzida bor hislatlardan ta' sirlanadi
Yaxshi ko’raman deyish boshqa uni yashash boshqa
“Amallar sevgining
samimiyligini tasdiqlaydi,
so'zlarda esa hamma faylasufdir.”


Doktor Mustafo Mahmud
#fikriyat...

Tugʻilmasingdan tan oldilar sen ummatni,
Ulgʻayib sen tark etasan sunnatni.

Sulaymon Chalabiy
Forwarded from Asteroid B-612
Insonning quvnoqligi - uning eng ko‘zga tashlanadigan xususiyati, go‘yo qo‘l-oyoqli bir belgi.

Ba’zi odamning tabiatini uzoq vaqt tushunolmaysiz, ammo u samimiy kulsa, butun fe’l-atvori birdan kaftdagidek namoyon bo‘ladi. Faqat eng yuksak va baxtli taraqqiyotga erishgan inson jamoaviy, ya’ni beg‘araz va samimiy tarzda quvona oladi. Men uning aqliy rivojlanishi haqida emas, balki tabiati, butun shaxsiyati haqida gapiryapman.

Shunday ekan: agar siz insonni ko‘zdan kechirib, uning qalbini bilmoqchi bo‘lsangiz, uning jim turishi, gapirishi, yig‘lashi yoki hatto eng olijanob g‘oyalardan hayajonlanishiga emas, balki kulishiga e’tibor bering. Yaxshi kuladigan odam - demak, yaxshi odam.


✍️Fyodor Dostoyevskiy
Forwarded from طالبة🇵🇸
Каъба
#fikriyat...

Ibodatga berilishdan oldin, ibodat qilinuvchiga beril
Bir haqiqat bor:

Siz hech kimni o‘zgartira olmaysiz.

Odam faqat o‘zi istasa o‘zgaradi. Siz qancha tushuntirmang. Qancha motivatsiya bermang. Qancha imkoniyat yaratib bermang.

Agar ichida qaror bo‘lmasa — baribir o‘sha-o‘sha.

Ko‘pchilik bitta xatoni qiladi:
atrofidagilarni “tortib chiqarmoqchi” bo‘ladi.

Do‘stini.
Jamoasini.
Turmush o‘rtog‘ini.
Qarindoshini.

Go‘yoki ularning ongini yangilash o‘zining vazifasidek. Lekin haqiqat shuki — bu sizning mas’uliyatingiz emas.

Masalan: Doim noliydigan,
har narsaga bahona topadigan,
boshqalarni aybdor qiladigan odamni yoningizga ishga oldingiz.

O‘ylaysiz: “Men uni o‘zgartiraman.” Ustida ishlaysiz.
Gaplashasiz.
Ruhlantirasiz.
Imkon berasiz.

Natija bormi? Bor.
Lekin… Juda katta energiya evaziga juda kichik o‘zgarish. Va siz doim uni “ushlab turishingiz” kerak.
Bo‘sh qo‘ysangiz — yana eski holatiga qaytadi.

Savol: bunga arziydimi?

Eng og‘ir energiya yo‘qotish nima bilasizmi? Odamning fikrlash tizimini majburan almashtirishga urinish.

Nolishni.
Kutishni.
Ayblashni.
Mas’uliyatsizlikni.

Bu sizni ichingizdan yemiradi. Hayotda bitta qonun bor: Kimdirlar siz bilan bir muddat yuradi.
Keyin yo‘lingizdan tushadi.

Bu xiyonat emas.
Bu tabiiy saralash.

Siz butun mahallani, qarindosh-urug‘ni, tanish-bilishlarni o‘zgartirish uchun yashamaysiz. Siz o‘zingizni darajangizni oshirish uchun yashaysiz. Yana bir chuqur fikr: Odam qalbiga o‘zgarish urug‘ini soladigan Zot bor.
Bu siz emas.

Siz sabab bo‘lishingiz mumkin.
Lekin qarorni qalb ichida Alloh uyg‘otadi. Agar ichida uyg‘onish bo‘lmasa — eng zo‘r murabbiy ham foydasiz.

Shuning uchun:

Kimdirni sudrab yurish o‘rniga,
yoningizga yurishga tayyorlarni tanlang. O‘zgarmaydiganlarni sudramang. O‘sishga tayyorlarni ko‘paytiring. Energiya — eng qimmat resurs. Uni isrof qilmang.