DEFLY
158 subscribers
118 photos
40 videos
37 files
218 links
you should see me in a crown)

for you: @linguaDeflybot
Download Telegram
Mastering_IELTS_Writing_Task_1_Academic_Band_9_Answers_Model_Answers.pdf
1.6 MB
#ingliz_tili

IELTS writing Task1 va Task2 uchun
Band9 Model answers 🔥

IELTS ga tayyorlangan vaqtimda har kuni bitta model answer tahlil qilib, o’zim ham yangi o’rgangan so’z yoki strukturadan foydalanib essay yozib ko’rardim.
Shuning uchun ham xayolimda doim bir jumla qolib ketgan:

Maqsadga erishish uchun nafaqat to’g’ri bilim olish, balki uni amalda uzluksiz qo’llay olish ham kerak. 3 kun ishtiyoq bilan bajarib, 3 kun dam olgandan keyingi 4-kunda albatta yana 0 dan boshlash kerak, unutmang)

Learn more with @linguaDefly ✨
⚡4🔥2🤝2
#italyan_tili

> 🇮🇹 Italyan tili faqat Italiyadagina ishlatilmaydi. Bu tilni bilsangiz qaysi davlatlarda siz uchun imkoniyatlar mavjudligi haqida bilib olganingiz yaxshi:

Italyan tili:
🇮🇹 Italy
🇨🇭 Switzerland
🇸🇲 San Marino
🇻🇦 Vatican City
davlatlarida rasmiy til hisoblanadi 💫

🌍 Quyidagi davlatlarda esa italyan tili universitet yoki maktablarda foreign language sifatida mashhur:

🇦🇱 Albania
🇭🇷 Croatia
🇸🇮 Slovenia
🇲🇹 Malta

💥 Italyan o'rtog'imdan yaqinda o'rgangan bir nechta so'zlar:

● Ciao, come stai? (Chao, ko-meh stai?) — Salom, qalaysiz?
● Ciao, a domani! (Chao, a do-ma-nee) — Xayr, ertaga ko‘rishamiz
● Grazie (gratsie) — rahmat
● Prego (prego) — arzimaydi / marhamat
● Amore (amore) — sevgi
● Bella (bella) — chiroyli
● Andiamo (andiamo) — ketdik

Learn more with @linguaDefly ✨️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡2🔥2🤝2
#italyan_tili

🌸 2023-yil Stars of Italy International competition jurnalida Ingliz va Italyan tillarida qo’shma otlar tahlili haqidagi ilmiy maqolam nashr qilingan ✍️

O’sha vaqtlarda ham qiziqishim bor edi, lekin o’rganishni davom ettirmaganman*)

Learn more with @linguaDefly ✨
✍2⚡2🔥2
Italy.pdf
2.4 MB
Bu esa jurnalning to’liq pdf shakli 🎯

Learn more with @linguaDefly ✨
🔥2🤝2✍1
Turk_tilini_o‘rganamiz_fayl_11_02_2015_kitob_turkcha_urganamiz.pdf
973.2 KB
#turk_tili

🔥🔥🔥
Har qanday tilni o’rganish uchun kitoblar ham, manbaalar ham talaygina.

Lekin asosiy o’rinda baribir 1 kitob tanlanishi kerak. Turk tilini 0dan boshlab mustaqil o’rganmoqchi bo’lsangiz, bu kitobni asosiy kitob sifatida olishingiz mumkin. Hamma mavzular barcha detallarigacha yoritib berilgan, lug’at va mashqlari ham mavjud)

Learn more with @linguaDefly ✨
⚡2🔥2🤝1
🇨🇳 #xitoy_tili da ko’p uchraydigan, ma’no jihatdan bir-biriga yaqin ravishlar:

常常 / 经常 / 通常 / 往常 / 照常 / 平常 / 正常

🔔 Eng qisqa va sodda holatda tushuntirib beraman:

1️⃣ 常常 / 经常 → tez-tez
Ravish bo‘lgani uchun "juda" lar bilan qo‘llana olmaydi.
常常的 ❌️
经常的 ❌️
Faqat 经常的事情 (tez-tez bo‘ladigan ishlar) shu holatda foydalanish mumkin ✅️
🟢 我经常去图书馆学习。(Men tez-tez kutubxonaga o‘qishga boraman.)

2️⃣ 通常 → odatda
Bu ham ravish, gapda "通常 + fe'l" bo‘lib keladi. Yoki 的 bilan birga otdan oldin qo‘llanishi mumkin.
通常的情况 (odatdagi holat)
🟢 我通常早上七点起床。(Men odatda ertalab soat 7da turaman.)

3️⃣ 照常 → o‘zgarmasdan, avvalgidek
Biror o'zgacha holat bo'lsa ham ish-harakat yoki holat avvalgidek davom etaveradi.
🟢 商店在假期的时候照常开门。(Bayramda ham do‘kon avvalgidek ochiq bo‘ladi.)

4️⃣ 平常 → kundalik, oddiy
Sifat bo‘lgani uchun, "juda" lar bilan foydalanish mumkin. 的 bilan ham qo'llash mumkin.
✔ 平常的生活 = oddiy hayot
🟢 我喜欢平常的生活。(Men oddiy hayotni yaxshi ko‘raman.)

5️⃣ 正常 → normal, muammosiz
Sifat bo‘lgani uchun, "juda" lar bilan foydalanish mumkin. Va 的 bilan ham qo'llana oladi.
✔ 正常的状态 = normal holat
✔ 正常的人 = normal odam
🟢 他的身体现在正常。(Uning sog‘ligi hozir normal.)

6️⃣ 往常 → ilgari, odatda bo‘lgandek (avvalgi holatga ishora)
🟢 往常的习惯他仍然保持着。(U ilgari bo‘lgan odatlarini hali ham davom ettiradi)

Learn more with @linguaDefly ✨️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3✍2⚡2
hsk-words-visualized.pdf
618.8 KB
#xitoy_tili

🇨🇳 HSK1 dan HSK6 gacha kerakli ierogliflar jamlanmasi 🔥

Barchasi tayyor. Siz faqat vaqt ajratsangiz, yodlasangiz, kundalik hayotda doimiy qo’llab gapirsangiz bas)

Learn more with @linguaDefly ✨
✍3🤝2🔥1
好习惯故事 @linguaDefly.pdf
9.5 MB
#xitoy_tili

🇨🇳 Xitoy tili og'izaki va yozma qismini rivojlantirish uchun ko'pincha ertak o'qish va kino, multfilm ko'rish maslahat beriladi. ☝️ Ha, bu to'g'ri lekin shunchaki o'qib/ko'rib ketish emas balki tarjima qilib kundalik hayotda qo'llasakgina foydali jihati mavjud 💯

Yuqoridagi qiziqarli ertakni bir o'qib ko'ring, pinyinlari ham mavjud. 👌 Qisqacha bo'lsa ham bilim olasiz va yangi so'zlarni birdaniga tarjima qilib ketsangiz so'z boyligingiz oshadi❗️

Undan tashqari, HSK1 / HSK2 / HSK3 darajadagilar uchun yaxshi bir saytni qoldiraman. Bu saytda nafaqat hikoyalarning darajasini o'zingiz tanlay olasiz balki uning pinyini, ingliz tilida tarjimasi va audiosidan ham tekinga foydalana olasiz. Vaqt topib albatta bir titib ko'rishga arziydi:

https://chinesegradedreader.com/?utm_source 👉


Learn more with @linguaDefly ✨️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4⚡3✍1
#ingliz_tili ▫️▫️▫️

➡️ Ushbu post aynan mandek IELTS Band score breakdown qanday olinishini bilmaydiganlar uchun. 3 yil avval IELTSim expired bo'lyotgan paytida o'rgangandim, qaysi skillda nechta javobim to'g'riligini bilish xuddi nativelardan feedback olgandek yoqimli bo'lgandi* ⬅️

Xullas, 2xil usuldan foydalana olishingiz uchun qo'llanma ⚡️

✅ IELTS BREAKDOWN

1️⃣ https://forms.office.com/r/qj0ECRwGuD

❗️Quyidagi saytga kirib, ketma-ketligi bo'yicha ma'lumotlaringizni to'g'ri kirgizasiz va yuborasiz.


2️⃣
Dear IDP.
My name is . In accordance with the GDPR, I am writing to ask for a breakdown of my IELTS scores for the following exam:

Test Date:
Test Centre Name and Number: IDP education centre, UZ004 .
Test Centre Address: IDP, Uzbekistan, Tashkent , Cambridge International University.

Test format: Paper-based, Academic.
Candidate Number:

Areas of the test I would like all stored information about:
Writing, Speaking, Reading and Listening.
I have also attached a copy of my passport so that you can confirm my identification.
Kind regards.


here is a template 👆. If you have taken your test with IDP, then fill in this template and send it to privacyofficer@idp.com . Plus, don't forget to attach a copy of your passport.

📨 Ikkisida ham 4-8 haftada emailingiz orqali javob olishingiz mumkin)

Learn more with @linguaDefly ✨️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2🔥2🤝1
🇨🇳 Miyangizni tayyorlab oling, chunki hozir ko'pchilik #xitoy_tili o'rganuvchilari ikkilanadigan va adashtiradigan 了 ning gapda qo'llash o'rni haqida gaplashamiz 💠


1. 动词 + 了 (harakat bajarildi)
✍️ "Nima qildi?"
我买了书。 Men kitob sotib oldim.

2. 动词 + obj + 了 ya'ni gap oxiridagi 了 (holat o‘zgardi)
✍️ "Endi vaziyat boshqacha."
我饿了。 Qornim ochdi.

3. 动词 + 了 + son/miqdor + obyekt
✍️ Odatda son yoki miqdor bo‘lsa 了 fe'ldan keyin keladi.
我看了三遍。 Men uch marta ko‘rdim.
我学了两年汉语。 Men ikki yil xitoy tili o‘rgandim.

4. 动词 + 宾语 + 了
✍️ Harakatdan keyingi yangi holatni bildiradi.
我吃饭了。 Men ovqatlandim (endi och emasman).
我回家了。 Men uyga ketdim (endi bu yerda emasman).

5. 动词 + 了 + 宾语 + 了
✍️ Ham harakat bajarilgan, ham yangi holat yuzaga kelgan.
我买了书了。 Men kitobni sotib oldim-ku.
他到学校了。 U maktabga yetib keldi.

Qaysi qismiga tushunmasangiz, kammentariya ochiq, savol berishdan tortinmang 🤝

Learn more with @linguaDefly ✨️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4⚡2🤝1
Agar sizning rejangiz bir yillik boʻlsa, sholi eking. Oʻn yillik boʻlsa, daraxt oʻtqazing. Agar bir umrlik reja tuzgan boʻlsangiz, bolalaringizni tarbiyalang.

Konfutsiy, Qadimgi Xitoy mutafakkiri


Learn more with
@linguaDefly ✨
⚡5🔥1🤝1
#ingliz_tili #xitoy_tili

1.🔥 Time flies — vaqt uchadi
⏳ 光阴似箭 (guāngyīn sì jiàn) — vaqt o’q kabi uchadi
Ikkala tilda ham vaqt haqida obraz orqali gapiriladi, lekin xitoycha versiyasi ancha “keskinroq” — o’q kabi tez va qaytmas. Til qanchalik madaniyatni aks ettirishini ko’rsatadigan yana bir misol 🎯


2. 🇬🇧 Break my heart — yurak sindi
🇨🇳 心碎 (xīn suì) — yurak maydalandi
Ingliz tilida yurak bir zarbada sinadi. Xitoy tilida esa u mayda-mayda bo’lib ketadi — og’riq chuqurroq tasvirlanadi. Til shunday — his-tuyg’uni qanday “ko’rsatishni” ham o’zgacha tanlaydi 🎭


3. 💰Time is money — vaqt puldir
🇨🇳 一寸光阴一寸金 — bir sun vaqt, bir sun oltin
Ingliz tilida vaqt pulga tenglashtiriladi. Xitoy tilida esa undan ham qimmatroq — oltinga o’xshatiladi. Sababi oddiy: oltinni qayta sotib olish mumkin, lekin o’tgan vaqtni hech qachon qaytarib bo’lmaydi ⏳


4. 🏆Good things come to those who wait — Yaxshi narsalar kutganlarga keladi
🇨🇳 冰冻三尺,非一日之寒 — uch metr muz bir kunda muzlamaydi
Bu xitoycha ibora tabiatdan olingan obraz orqali gapiradi: katta o’zgarish, katta muvaffaqiyat — asta-sekin, uzoq vaqt davomida shakllanadi. Sabr — bu ham bir til, uni tushunish kerak 🎋


Learn more with @linguaDefly ✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2⚡1🤝1
#xitoy_tili

🔢 Xitoyda qaysi raqamdan qochishadi?

❌️ 4-son (四, sì) — chunki talaffuzi 死 (sǐ, "o'lim") ga judayam o'xshaydi.

🏢 Ko'p binolarda 4-qavat yo'q — 3-dan to'g'ridan-to'g'ri 5-ga o'tadi. 🚗 Mashina raqamlarida 4 kam uchraydi. 🎁 Sovg'a sonlarida (masalan, 4 ta gul) ham ehtiyot bo'lishadi


✅️ Aksincha, 8-son (八, bā) juda sevimli — chunki 发 (fā, "boyish") so'ziga ohangdosh. 📱 6-son (六, liù) ham yaxshi hisoblanadi — “hamma narsa silliq ketadi” degan ibora 六六大顺 (liù liù dà shùn) bilan bog’liq.

Shuning uchun telefon raqami yoki avtomobil raqamida 8 bo'lsa, xitoyliklar katta pul to'lab bo'lsa ham sotib olishadi 💰. Xitoylik do'stlaringiz sizga pul yoki sovg'a berayotganda 666 yoki 888 miqdorida berishga harakat qilishlari mumkin — bu tasodif emas, atayin tanlangan raqam!


‼️ Shaxsan o’zim Xitoyda vaqtim ranglar bilan ham tushunmovchilikka duch kelganman, ularning ma’nolari haqida ham to’liq ma’lumot beraymi?!

Learn more with @linguaDefly ✨
🔥6⚡1🤝1
#yapon_tili

🎌 Yaponiyada hayotda faqat 1 marta bo’ladigan kun: 成人式 (Seijin Shiki) haqida eshitganmisiz?

Har yil yanvar oyining ikkinchi dushanbasida Yaponiyada davlat bayrami bor — 成人の日 (Voyaga yetish kuni). Shu kuni o’sha yili 20 yoshga to’lgan barcha yoshlar o’z tumanida rasmiy marosimga taklif qilinadi.

👘 Qizlar — furisode (uzun yengli, rangdor kimono)
🤵 Yigitlar — kostyum yoki hakama (an’anaviy kiyim)

Marosimda hokimiyat vakillari nutq so’zlaydi, “endi kattasiz, jamiyat oldida mas’ulsiz” degan ma’noda tabriklaydi va kichik sovg’a berishadi. Eng qizig’i — bu kun ko’pchilik uchun maktabdosh do’stlar bilan qayta uchrashish kuni ham hisoblanadi 🥹

🧐 Qiziq fakt: 2022-yilda Yaponiyada qonuniy voyaga yetish yoshi 18 ga tushirilgan (endi 18 yoshda shartnoma tuzish, uylanish kabi huquqlar bor). Lekin ko’pchilik shahar hokimiyatlari baribir marosimni 20 yoshdagilar uchun o’tkazishda davom etmoqda — chunki aroq ichish va chekish huquqi hali ham 20 yoshda beriladi va 18 yosh odatda maktabni bitirish/universitetga kirish imtihonlari davriga to’g’ri keladi.

*Yaponiyalik kursdoshimni aytishi bo’yicha, u 20 yoshida ham Xitoyda bo’lgan va aynan o’sha paytga 2ta imtihoni to’g’ri kelgan. Qatnashmasdan, davlatiga qaytib ketgan. Aslida, qatnashmasa ham hech qanday jazo yo’q. U “o’qishimniku tiklasa bo’ladi lekin marosimga qatnashmasam butun umr afsuslangan bo’lardim” degandi.

Bizda-chi, shunga o’xshab “faqat bir marta, qaytmaydigan” biror marosim bormi? 🤔

Learn more with @linguaDefly ✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2⚡1🤝1
#xitoy_tili

- Ustoz chinese o’rganishni to’xtatmoqchiman 🫣
- Nimaga?
- Chunki matematik bo’lish…
- To’xta, qara chinese o’rgansang…

- Ustoz chinese o’rganishni to’xtatmoqchiman 🫣
- Nimaga?
- Chunki ingliz tilim…
- To’xta, qara chinese o’rgansang…

- Ustozi qizim/o’g’lim chinese o’rganishni to’xtatadi 🫣
- Nimaga?
- Chunki boshqa fanlari bilanam charchab…
- To’xteng, qareng agar chinese o’rgansa…

- Ustoz chinese o’rganishni to’xtatmoqchiman. Keyingi darsdan kemiman 🫣
- Nimaga?
- Chunki doktor bo’lishni xohliman, kimyo/biologiyaga borishim kerak
- Bor, keyingi darsni kutmay hozir keeeeeet. Tur yo’qoooool

😅😅😅

Learn more with @linguaDefly ✨️
😁4