Limit Of Humanity
37 subscribers
134 photos
24 videos
1 file
7 links
Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?
Download Telegram
Gapning po'stkallasi Xitoy kuchli strategik intellekt yordamida Malakka bo'g'ozini quruqlikdan aylanib o'tib resurslarning doimiy zaxira ta'minotini ta'minlamoqda.

Ma'no?

Ma'no shundan iboratki Xitoy bu orqali Malakka bo'g'ozi AQSH va uning ittifoqchilari yordamida to'sib qo'yilib iqtisodiyotni bo'g'ishga bo'lgan harakatlarga qarshi quruqlikdan qisqaroq yo'l bilan pokistonga chiqib keyinchalik dengiz yordamida arab neftini import qilishga intilmoqda.Zaxira taktikaga gap yo'q)
👍1
Xarid qilindi.

Bu yil kutubxonamga sovg'a va xaridlar hisobiga o'n beshdan ortiq kitob qo'shildi.Menimcha yil yakunigacha jiddiy chegirma yuz bermasa boshqa xarid qilmasam kerak.Har xolda o'qish ham kerak bularni)
👍2🔥21
Twitterdan. http://booktopia.uz/quiz

Foizdan tashqari bir xil chiqaryabdi shekilli.
👍1
Geografiya mahkumlari kitobini Rossiya, Xitoy va AQSHga bag'ishlangan boblarini o'qib turib bir narsani sezish mumkinki, bugungi kunda global darajada xavfga Rossiya qodir emas.Bu davlat o'z o'rnini ancha avval Xitoyga bo'shatib berganini Tim Marshal keng miqyosda bayon etibdi)
👍1
Garchand fikringizni haqoratli hisoblasam-da, uni aytish huquqingizni o'limgacha himoya qilaman.

Volter
👍1
Vinetka - yil bo'yi universitetda makiyajsiz ham chiroyli yurgan qizlar vinetkaga rasmga tushadigan kun yoqimsiz makiyaj bilan rasmga tushib, biroz vaqt o'tgandan keyin rasvo rasmga tushganmiz deb qizlar tomonidan eslab turilishi uchun chiqarilgan maxsus matox.
👍3
Scarfaceni tugatdim.

Toni Montana o‘zini o‘zicha vijdonli inson deb hisobladi. Biroq, uning jilovlab bo‘lmas yuqori ambitsiyalari va jinoiy dunyoning chirkin qonunlari oxir-oqibat uni mutloq mag‘lubiyatga va yolg‘izlikka yetakladi. Bu — Al Pacino ijrosidagi ko'rib chiqish kerak bo'lgan yana bir obraz ekan aslida)

To'g'risi meni juda ham o'ylantirib qo'ygan va xayron qoldirgan bir sahna mavjud ekan:

Filmni o‘rtalarida Toni o‘zining eng yaqin do‘sti, deyarli aka-ukasiga aylangan o‘rinbosari Menniga singlisi Jinani mashinada olib ketishni topshiradi. Fursatdan foydalangan Jina Menniga uchrashib turishni taklif qiladi. Ammo Menni Tonining xarakterini va u bilan bo‘lgan birodarlik rishtalarini o‘ylab, bu taklifni paysalga soladi, tuyg‘ularini jilovlaydi va epizod shu bilan yakunlanadi.

Vaqt o‘tib shubhalari girdobida qolgan Toni paranoya botqog‘iga bota boshlaydi.Menni to‘satdan g‘oyib bo‘lgach, Toni uni izlab noma’lum bir xonadonga boradi va nihoyat do‘stini topadi. Ammo daxshatli fojia shunda sodir bo‘ladi: Menni eshikni ochganida, uning ortidan, uy balkoniga Tonining singlisi Jina ham chiqib keladi.O‘z singlisini o‘ng qo‘li, eng ishongan sherigi bilan ko‘rgan Toni jahl otiga minib g‘azab uning aqlini o‘g‘irlaydi, u vaziyatni tushunishga, unga gapirishga ham imkon bermay, Jinani ko‘z oldida Mennini sovuqqonlik bilan otib tashlaydi.Menni qonga belanib yiqiladi. Jina daxshat ichida o‘zini sevgilisining qontalash jasadi ustiga otadi.Aynan shu fojiaviy soniyalarda u Tonining yuziga eng achchiq haqiqatni aytadi: Biz kechagina turmush qurgandik. Senga syurpriz qilmoqchi edik deb aytadi(

Shu joyida odam o'ylanib qoladi.Singlisini bu chirkin biznesdan asrashga urinib o'z do'stini otib tashlagan Toni to'g'ri ish qiladimi yoki muhabbat ila syurpiz tayyorlashga uringan Menni bilan Jina.Film yaratuvchilari umuman olganda filmda ko'plab narsalarni o'rtaga tashlashgan lekin menga eng ta'sir qilgan epizod shu bo'ldi.Agar filmni tomosha qilsangiz yanada o'zingiz uchun tushunarliroq bo'ladi)
👍2
Men doimo Al Pacino ijrosiga tan berganman va bu safar ham tan berdim.
👍1🔥1
Afrika - siyosiy-etnik nizolar va iqtisodiy manfaatlar to'qnashgan beqaror maskan😵‍💫

Bu yerlarni demokratik yo'l bilan birlikini tartibga keltirish ilojsiz bo'lsa kerak, kommunistik-sotsialistik g'oyalarni singdirish yechim bo'lishi mumkin.Yuzlab til, minglab qabilalarni birlashtirish masalasi haqiqattan ham kapitalistik yo'l bilan amalga oshmaydigan g'oya.Qolaversa G'arb manfaatlariga zid bo'lgani bilan ularga putur yetkazishi qiyin masala, ammo boshqa o'zlari kabi davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishi aniq putur yetkazsa kerak.Masalan Xitoy bilan)
👍1
Sobiq AQSH davlat kotibi Din Echesonning 1962-yilgi bayonotida qistirib o'tilgan fikr:

Buyuk Britaniya imperiyasi qudratini yo'qotdi, afsuski, o'zi buni anglaganicha yo'q.
👍1
Ikkita qiziq ma'lumot.
👍1
Limit Of Humanity
Photo
O'zlari birovga qarshilik qilib o'z davlatlarini qurishga urinib ko'rmagan odamlar.
👍1
Xitoyning Pokistondagi Gvadar portiga sarmoya kiritishiga tushunsa bo'ladi lekin Hindistonning Erondagi Chorbahor portiga sarmoya kiritishi men uchun tushunarsiz qaror bo'lib tuyulyapti.Yana bu ikki port bir biridan 170km uzoqdaliki ham g'alati ko'rinyabdi.

Xitoy yevropaga chiqishni Suvaysh orqali uddalayotgan bir paytda Hindiston Eron-Turkiya-Qora dengiz orqali bu ishni qilmoqchi bo'lsa biror nima deyishga xayronman.Agar CA(Central Asia) mintaqasida Hindiston tovar savdosini oshirish asosiy maqsad bo'lsa buni balkim tushunsa bo'ladi, chunki ular quruqlikdan bunday savdoni amalga oshira olmaydi.
👍1
Limit Of Humanity
Ha mayli fayzimizni bersin)
Beshinchi kitob

Kitobni deyarli tugatdim(33 bet qoldi).Maqsad o'zi Asaxiydan buyurtmalarim yetib kelguncha qiziqishga ko'z yugirtirish edi lekin haqiqiy qiziqish uyg'otgani uchun deyarli oxirigacha o'qidim.Asosan siyosat-iqtisodga doir masalalar geografiyaga bog'lab yoritilgani, etnik-ijtimoiy hayot tarzlari bayon etilgani, mojarolarni 2026-yilgacha ifoda etilgani o'qish uchun arzirli sabab bo'ladi.

E'tibor bergan yana bir narsam Falastin-Isroil mojarosida Isroil lobbistlari tomonidan ko'rsatilgan noneytrallik mavjud, qolaversa kitobda shu yilgacha narsalar bayon etilgani bilan 2026-yil 3-yanvar kuni Maduroning o'g'irlab ketilishi borasida bir og'iz ham so'z yozilmagan.


#feedback@LimitOfHumanity
👍1
Ha mayli fayzimizni bersin.

Vijdonni poklash uchun ikkinchi qismni ham tugatib qo'yaman)
👍1