Rejalar tahlili:
366 kun oldin post yozgandim 2024-yilgi o’zim muhim deb o’ylagan rejalar haqida. Men o’ylagandan ham yaxshiroq va ko’proq voqealar bo’ldi (ammo hammasi haqida yozmayman). Yana bir marta kattaroq maqsad qo’yishdan qo’rqmaslik kerakligiga ishonchim komil bo’ldi.
Eng katta erishgan narsam bu telefonga qaramlikdan qutildim. Bu uchun telefonimdagi ijtimoiy tarmoqlarni hammasini o’chirib tashladim. “Deep work” kitobi juda katta yordam berdi. Telefonga qaramagandan keyin o’z-o’zidan odam zerikadi va bo’shliqni to’ldirishga harakat qiladi, bu vaqt yana boshqa rejalar uchun ishlatiladi.
Yanvar oyida ma’lumot tahlili yordamchisi va magistrni bitiriboq sentabrda scientist sifatida ish boshladim. Sezgan bo’lsangiz men o’qigan soha boshqa ammo ishlayotgan soham umuman boshqa, bu hayotda kutulmagan narsalar sodir bo’ladi. Yana bitta katta darski yaxshi yerga ishga kirish uchun aynan o'sha sohada o'qish shart emas. Hozrcha shu yerda bilmagan narsalarni o’rganib yaxshilab tajriba orttirish rejada, unda keyin yanayam ”kattaroq dor”ga osilamiz nasib qilsa.
Dan tilidan B2 darajani oldim ammo arab tilidan sustlik qildim, o’zim o’ylaganday natija bo’lmadi. Bu yil fokus unga qaratiladi. Power BI ni kunlik ko’p ishlatganim uchun uni yaxshilab o’rganishga majbur bo’ldim. SQL dan ham sertifikatlar oldim. Pythonni yangi ishimga keragi yo’qligi uchun o’rganishim kerak bo’lmadi. Ammo komandamiz uchun mobil ilova yaratishga to’g’ri keldi, shu sabab Power Apps ni o’rganishga majbur bo’ldim. Algoritmlar va Statistikani esa youtubedagi Khan Akademy dan hali ham ko’rib turaman kerak vaqtda va tavsiya qilaman darslari yaxshi tartiblangan.
O’tgan yili postni yozgan vaqtim oilaviy bir xonali kichik uyda turardik ayni vaqtda esa o’g’lim o’ynay oladigan kattagina uy bor. Sportga kelsak, yil hisobiga 4 ta yarim marafon ya’ni 21km lik masofaga yugurdim. Bu yilgi maqsad to’liq marafon, 42km lik masofani eng kamida bir marta yugurish. Sportsiz odamga energiya yetmaydi ko’p ish qilishga, shu sabab sport bu yil asosiy prioritet. Boshqa sport turlarini sinab ko’rish niyatim bor.
Dekabr oyida bu yerga ota-onam kelishdi va Germaniya, Shvetsariya, Fransiyaga sayohat qildik. Bu yil ham kamida yana 3 ta sayohat.
15 ta kitob o’qidim (rejada 40 ta edi, ammo uzr yo’q o’zim dangasalik qildim). O’qishim kerak bo’lgan kitoblarni ro’yxat qilib qo’yib, har kuni 2 soat o’qishga ajratgan vaqtim eng ko’p o’qiy oldim, ya’ni nima qilish va qanday qilish tayin faqat bajarish kerak. O’zi bunday mazmundagi postlarni yozib kanalga qo’yishdan ham maqsad o’zimga eslatma bo’lishi va uyalish his qilish.
Ishlarni tartib bilan qilsak judayam ko’p, erishish imkonsizdek tuyilgan natijalarga erisha olamiz. Maqsad qilishga qo’rqmaslik kerak, faqat yonida yaxshi reja va tartib bo’lishi kerak xolos. Ko’pchilik aynan shu joyda sustlik qiladi. O’ylaymanki yozganlarimni maqtanish deb qabul qilmaysiz balki o’zingiz uchun men ham katta ishlar qila olaman deb shu yilni mazmunli o’tkazishga kirishasiz. Aniq maqsad, tartib, doimiylik.
01.01.2025
Daniya kundaligi

Telegram
Daniya kundaligi🇩🇰
Assalomu aleykum kanal a’zolari. Bu kanalda Daniyadagi hayot, o’qish, ishlash, sayohat va bazi sohadagi muhim deb o’ylagan (o’ta shaxsiy) fikrlarimni berib boraman.
👍24👏5🔥1🍓1
Ajoyib va juda aniq yozilgan maqola o’qib qoldim. Daniyaga kelishni xoxlagan lekin ikkilanib turganlar uchun.
https://daadscholarship.com/move-to-denmark-in-2025-explore-skill-shortage-jobs-visa-options-and-path-to-danish-citizenship/
12.01.2025

DAAD Scholarship
Move to Denmark in 2025: Explore Skill Shortage Jobs, Visa Options, and Path to Danish Citizenship - DAAD Scholarship
Denmark, the land of hygge (cozy vibes), Vikings, and fairy tales, isn’t just about pastries and picture-perfect cobblestone streets. It’s also a country
❤5⚡2👍1
Tanish bilish/networking
Soat kechasi 1:30, uyqu qochdi va bir o'ylab yurgan narsamni yozib qo'yay dedim.
Men hech ikkilanmasdan hozrgi ishimga kirishimga katta yordam deb yaxshi insonlar bilan tanishganimni ayta olaman. Yaqinda oylik yig’ilishda edik o’zbeklar bilan, yana motivatsiyaga to’lib qaytdim uyga. Esimda birinchi Daniyaga kelib oddiy ishlar qilib yurganim va o’zimni oxiri yo’q yo’lda yurganday his qilgan vaqtlarim. Ammo bir voqea sabab bo’lib (albatta taqdirda yozilganiga ishonchim komil) bir aka bilan samalyotda tanishib qolgandim. U aka katta yerda, katta lavozimda ishlashiga qaramay (uni keyin bilganman) kelasi safar gapga keling degan vaqtda rosa xursand bo’lganman. Yaxshi ish topishga yordam olish uchun emas shunchaki o’zbeklar yig’ilishadi deganidan xursand bo’lgandim chunki u vaqtgacha xuddi Daniyada bir o’zimday his qilganman. O’sha vaqtda men mehmonxona tozalardim hafta oxirida va turklar bilan pizza qilardim. Orada yetkazib beruvchi bo’lib ham ishladim. Hozr o’ylab qarasam o’sha ishlardan ham anchagina narsa o’rgangan ekanman (til, muloqat qilish, sotish va hk).
Xullas, gapga bordim. Hammasi o’zini tanishtirib qayerda ishlashini aytganda birortasi oddiyroq yerni aytadimi deb kutib tursam, oralarida faqar men talaba va faqat men mehmonxona tozalardim. Tanishtirish menga kelganda ular ham sezdi shekilli, darrov bir aka el qatori sizam tozalovda ishlayapsizmi, hammamizni boshimizdan o’tgan bu kunlar deb menga qarashvordi. Rostan ham hammalari aynan mehmonxona tozalab kun ko’rgan ekanlar birinchi kelgan vaqtlari. Va aytishlari bo’yicha men zo’r vaqtda kelgan ekanman. Ammo menga qiziq tarafi shuncha qiynalgan bo’lsa ham hech biri to’xtab qolmagan va eng yaxshi/eng baland oylik beradigan ishlarga kirishga tinmay harakat qilishgan va uddalashgan. Xulosa, vaqtincha qiyinchilik hammada bo’ladi ammo o’sha xolatni shunchaki qabul qilish kerakmas. O’sha kundan keyin data analitikani qattiq o’rganib boshlagandim.
Aynan shu kuni bir qancha akalardan talaba yordamchi bo’lib ish topish haqida tavsiya olganman. Agar yordamchi sifatida ishga kirsangiz to’liq ish topish ancha oson bo’ladi deyishgani, va haqiqatdan ham ular aytganiday bo’lib chiqdi. Avval talaba yordamchisi bo’lib boshlagan yerimdan ish taklifi oldim 6 oydan keyin.
Xulosa tajribalilarga ishonish va tavsiyalarga amal qilish.
Sog’ bo’linglar.
11.03.2025

👍23⚡5
Chelenj- bu shunchaki biror qiyin/qiziq ish qilish emas, balki jarayondan mazza qilish.
Oxirgi postlarimni mazmunidan sezilgan bo’lsa kerak, sport haqida ko’p yozdim. Bunga sabab sport bilan shug’ullansam ishimda ham shaxsiy hayotimda yaqqol o’zgarish seza boshladim. Va ayniqsa turli xil chelenj lar qilish yoqib qoldi. Bu Daniyaga kelganimdan va rasmiy ish boshlaganimdan keyin yana ham kuchaydi, chunki birinchidan bu orqali o’zimni chegaramni bilib olaman va ikkinchidan sodda aytganda moliyaviy erkin bo’lgandan keyin odamda g’alati bo’shliq paydo bo’ladi va uni to’g’ri yerga yo’naltirmasangiz vaqt o’tib ketadi bekorga (bekorchidan hamma bezor). Daniyada ish va hayot balansi yaxshi bo’lgani uchun shaxsiy rivojlanishga bemalol vaqt bo’ladi, masalan men soat 08:00 dan 15:30 gacha ishlayman. Xullas ishdan keyin uzr qolmaydi nimadir qilmaslikka.
Yangi chelenj: Yil boshida reja qilayotib to’liq marafon 42,2 km yugurishni reja qildim va har yili May oyida Kopengagenda bo’ladigan (18000dan oshiq yuguruvchi) marafonga yozdirishga qaror qilgandim ammo marafon sotilib bo’lgan ekan. Kimdir jarohat olib o’rnini berib yuborar deb listiga ismimni yozib qo’ygandim kecha xabar keldi, xullas 11-may kuni 42km yuguradigan bo’ldim. Maqsad marafonni 4 soatda tugatish.
Qizig’i bu xabar kelishidan 2 kun oldin endi xabar kelmasa kerak deb Gretsiyadagi noyabrda bo’ladigan haqiqiy marafonga (75000dan oshiq yuguruvchi) yozilib qo’ygandim. Marafonning asl vatani ham aynan Gretsiya (forslarni yengan grek askari Marafon shahridan Afinagacha 42 km yugurib kelib xabarni aytib halok bo’lgan, bu sport ham shunda paydo bo’lgan). Demak bu yilga 2 ta to’liq marafon. Orasidagi vaqtni hisobga olsak uddalasa bo’ladi.
Tayyorgarlik: Kuni kecha endurance (chidamlilik)ni oshirish uchun 3soat 40minut 90km velik haydadim (yangi rekordim), shu hafta oxirida hayriya uchun bo’ladigan 21km yarim marafon bor. Albatta kunlik yugurish/umumiy mashg’ulot (oz bo’lsa ham), to’g’ri ovqatlanish va uyqu juda muhim.
Bitta mazza tarafi uzoq masofaga yugursangiz yoki velik haydasangiz ma’lum bir vaqtdan keyin og’riqni unutasiz, miyada hech narsa qolmaydi, faqat yo’l va o’zingiz bilan ichki suhbat. Avvalo sog’liq uchun foydali (ayniqsa hozrgi vaqtdagi yurak qon-tomir kasalliklarini oldini oladi) va eng kamida ertaga farzandlarga ayta oladigan tajriba bo’ladi. Agar hali sportni boshlamagan bo’lsangiz, 500 metrga yugurib ko’ring, menimcha buni hamma qila oladi, ertasi kun 1km, keyin 1.5km va hk.
Sog' bo'linglar😊
21.04.2025

👍13🏆3🍓2⚡1🤡1
Bir keb qoldi.
Dam olishga kelgansan, kuni bilan yurding, charchading, endi yuvinib Ayo Sofiyaga borib choy ichib aylanib kel degan fikr keldi hayolimga lekin 6 kundan keyin Kopengagenda marafoning bor, oxirgi marta 4 kun avval yugurganding, agar bugun yugurmasang ertaga ham qolib ketadi undan keyin uchib ketasan degan qarshi argument urildi miyyaga va darrov yugurish krasovkamni kiyib chiqib ketdim. Juda ko’pmas 5km yugurdim xolos lekin endi xotirjam bo’ldim. Oxirida kechki Bo’sforni, mushuklar va baliqchi abelarni ko’rdim. Vijdon qiynalmayapti endi.
Hissiyotlar bilan ish qilsam darrov yengilib qolaman, ammo tartib(disiplina) meni ushlab turadi ekan (balki sizga ham tegishlidir).
Istanbul, Turkiya
05.05.2025

👍9👏4✍2❤1🍓1
Turkiyadan Sun Tzu ning “Urush san’ati” degan kitobchasini olgandim, hozr o’qib turib, bir kichik parcha haqida yozgim keldi: Agar dushmaningni va o’zingni bilsang, qo’rqishga hojat yo’q, agar o’zingni bilsangu lekin dushmaningni bilmasang har bir g’alabang ortidan mag’lubiyat kutadi, agar ikkisini ham bilmasang har doim yutqazishdasan.
Asar rostan urush haqida yozilgan bo’lsa ham, buni odamni o’zi bilan urushiga ham taqqoslab ko’rdim. Agar odam ichidagi nafs degan dushmanning makrlarini his qilsa va unga qarshi qurashishni bilsa u odam yutibdi, ammo odam nafsini hiylalarini bilsayu ammo unga qarshi kurashmasa albatta qachondir yiqiladi. Eng havflisi agar odam o’zini umuman tergov qilmasa, tanqid qilmasa bu odam har doim yutqazishda bo’ladi.
(Aytgancha, yuqorida aytilgan marafonni 4 soat 4 minutda yugurdim, bu men uchun zo’r natija. 20 ming yuguruvchi ichida bitta o’zbek🙂 bo’libman. Marafon 30km dan keyin boshlanarkan, juda qiyin, o’g’riqli bo’ldi ammo bajarildi. Keyingisi Gretsiyada 🇬🇷 )
25.05.2025

🔥13❤🔥1👍1👏1🍓1
Ozroq vaqt topilib qolgandi, sumkamga kerakli bir ikkita narsani solib Polshaga ketdim. Rasmdagi tog’ Slovakiya bilan chegarada joylashgan Polshadagi eng baland Rysy tog’i (2500m). Tabiatni bunchalik chiroyini yozib tugatish qiyin. Har safar sayohatga chiqsam nega ertaroq kelmagan ekanman buyerga deyman. Men bormagan millionta yer bor dunyoda hali.
Keyingi rasmlar Auschwitz-Berkenaudan. Bu Gitler natsistlari 1mln dan ortiq yahudiy va boshqa kamchiliklarni o’ldirgan mashxur lager. Rostan qo'rqinchli joy, sovuq va achinarli tarix.
Qaytishimda uchoqda ajoyib kiyinib olgan polyak juftlikni uchratib qoldim, bola birdaniga menga qarab qurulishda ishlaysanmi deb qoldi. Hayron bo'lmadim, bu savol menga hech qanaqa haqorat ham emas (qilgan ishlarimdan uyalmayman), ha qurilishda ishlaganman dedim. Menga qiziq narsa shuncha imkoniyatni ichida bo'lib o'zi qurilishda ishlar ekan. Odam o'zidan kelib xulosa qiladi.
Sayohat qilish yaxshida...
2025.06.10

👏8❤🔥2🍓2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab vaqtimda qachon katta bo’laman ishga kirib pul topib sayohatlar qilaman deb rosa o’ylardim. Vaqt o’tmasdi. Darslar uzundan uzun tuyulardi. Uzoqroq joyga qidirishga borsak yo’lni oxiri yo’qday his qilardim. Vaqt o’tgani sari bu ayni teskariga qarab ketarkan. Kunlar ortidan oylar, yillar o’tib ketyapti. Yuqoridagi o’ylaganlarimga yetishdim. Lekin endi vaqt tez o’tyapti.
O’ylab ko’rsam yoshlik vaqtimda telefonim yo’q edi, juda hashamatlar yo’q edi. Kuni bilan ko’chada yurish, mol boqish, futbol o’ynash bilan o’tgan vaqtim. Hozr ham sayohatga borsam, o’rmonda aylansam, uzoq masofaga yugursam yoki velik haydasam vaqtni uzayganini his qilaman.
Bu postni bir o’rmonda hech kim yo’q yerda yozyapman. keganimga bor yo’g’i 30 min bo’ldi ammo o’zimni xuddi kuni bilan shuyerda turganday his qilyapman.
Men uchun qiziq savol: kuni bilan telefon oldida vaqt o’tkazib katta bo’layotganlar bu hisni qachondir his qilarkanmi?
Storskov, Denmark.
Daniya kundaligi
22.06.2025

👏13🍓2✍1🤔1🕊1
Daniyaning Novo Nordisk dunyodagi juda mashxur va Daniya iqtisodining katta qismiga ta'sir qiluvchi dori ishlab chiqaradigan kompaniya hisoblanadi. Hozrgi kundagi kompaniyaning bozor kapitali 240 milliard dollar. 2024-yilning o'zida 42 mlrd foyda qilgan. Xullas, kompaniya haqida googleda izlasangiz to'la ma'lumot, bu post Novo Nordiskka yaqinda tayinlangan CEO, bizni tilda "boshliq" haqida.
Yaqinda asli eronlik bo'lgan odam CEO etib tayinlandi. LinkedIn dan akani profiliga kirib ko'rsangiz ajablanasiz. Chunki, 33 yildan beri bir xil yerda ishlagan, eng pastdagi pog'onadan ya'ni oddiy sekretar (qog'oz tashib yuradigan) bo'lib ish boshlab hozr CEO bo'ldi. Men uchun ham bir paytlar hozr qilib turgan ishim orzu bo'lgan, hozr maqsadlar ancha katta.
Xulosa: Puxta reja + davomiylik = yaxshi natija
Aytgancha, Nokia ishlatib boshladim vaqtni maksimal tejash va e'tiborni chalg'itmaslik uchun. Natijasini biror haftadan keyin yozaman.
Daniya kundaligi
2025.08.20

👍12👏3🕊1🍓1
Sportda puxta reja, tayyorgarlik va davomiylik o’zini rivojlantiraman degan odamga eng kerakli hislatlar ekan.
Kecha dunyoda eng qiyin deyiladigan Gretsiya marafonini yugurdim. Natija o’zim kutganday bo’ldi (shaxsiy yangi rekord) lekin bazi yerlarda homligim bilinib qoldi.
Masalan tepalikka yugurishni mashq qilmagan ekanman. Qiyin bo’ldi.
Ikkinchidan, uzoq masofalarni ko’proq mashq qilishim kerak ekan (25-30km) ya’ni tanaga uzoq masofani tamini berib turilmasa 42 km juda ko’p tuyuladi ekan yugurish kuni.
Haftalik mashqlarni qoldirmaslikning muhimligini angladim. Ish, oila, ob-havo vhk sababli ba’zan yugurishim qolib ketgandi. Bu o’sha hafta uchun tasir qilmasligi mumkin, lekin umumiy kartinada yaxshigina ahamiyati bor.
Nima bo’lgandayam, UDDALADIM. Nafs bilan qattiq kurash ketdi. Yomg’irli nam havo, jami 336 metr balandlik, kechasi 2 soatlik uyqu bilan 30mingta qatnashchi ichida 2744 va erkaklar orasida 722-o’rinlar menimcha yomon emas. Lekin albatta rivojlansa bo’ladi yana.
Afina, Gretsiya
2025.11.10

🔥6👏4👍3🕊2🍓2❤🔥1
Hop, marafon tugadi, Daniyaga qaytapman. Belgiyada 2 soat 45 minut tranzit bor. Aqlimga ikkita fikr keldi. Birinchisi, ayroportda kutish, keyingisi shahar tashqarisiga chiqish va tezda qaytish. Belgiyaning shkalad va vaflilari mashxur uyga olaman va shaharni biroz ko’raman deb o’ylagandim. Juda ko’p o’ylamay chiqishga qaror qildim. Ayroport ancha katta ekan va boshini topib chiqaman degunimcha kech bo’lishi mumkin deb fikrimdan qaytdim. Lekin kech edi chunki tranzit zonadan chiqqandim. Endi qaytadan sumkani tekshiruvdan o’tkazish kerak. Sumkamda sovg’a deb olgan gretsiya asali bor edi, grami og’ir bo’lgani uchun olib qo’yishdi. Eng qizig’i Gretsiyada indamagan edi. Ozgina jahlim chiqdi, avval ayroport xodimini va keyin o’zimni aybladim, tinch o’tirishing kerak edi dedim.
Agar qolganimda shu gaplar yo’q edi. Chunki tranzitda tekshiruv bo’lmaydi qaytadan.
Buyerda xulosa muhim, xato qildingmi oqibatiga chida. Nimadir qilishga shoshib ketma, o’ylab qaror qil.
Brusel, Belgiya
2025.11.11

👍10😭3❤1🔥1👏1🌚1🍓1
2025 dan xulosalar va 2026 uchun rejalar
O'tgan yili davomida kelgan xulosalarim:
1- Ishlarni shoshmasdan, siyqasini chiqarib bajarish. Koreyada 4 yil yashash/ishlash menga ancha ta'sir qilgan ekan. Buni ayniqsa ikki madaniyatlar ishlash tezligida his qildim. Daniyaliklar bilan ishlagan odamda birinchi bular chumoliday sekin ishlarkan, qachon bitiradi ishini degan fikr keladi va kareyslar bilan ishlash aksincha taasurot uyg'otadi. Ammo biz cheklangan mavjudotmiz, tez va tartibsiz ishlash oqibatida charchashimiz ehtimoli oshadi. Bu uzoq muddatda ishimizdan bezdiradi. Daniyada bir maqol bor: "Frihed under ansvar" ya'ni erkinlikka asoslangan javobgarlik. Bu ishchiga mustaqillik berish, unga ishonish, tenglik asosida ishlashni anglatadi. Men ishimdagi vazifalarim uchun vaqtni o'zimga qulay qilib tanlayman, kasal bo'lishim mumkinligi, oiladagi har xil xolatlar va kutilmagan vaziyatlarni hisobga olib uzoq deadline olinadi. Menejerlarning o'zi bunga davat qiladi kerak bo'lsa. Xullas, buni yaxshiroq o'rganishim kerak kelasi yillarda.
2- O'tgan yili 30 ta kitob o'qidim ammo tushundimki son emas sifat va amaliyot muhim ekan. Sodda aytganda o'qiyotgan kitobning ma'nosini chaqish kerak va uni amalda sinash kerak.
3- Sport bilan shug'ullanishda davomiylik super muhim. Ya'ni haftada 3 kun 7 km dan yugurish dam olish kuni jamlab 21 km yugurib qo'yaman deyishdan afzalroq. Chunki masofa birdan kattalashadi va dangasalik qo'zib qolib umuman yugurmaslikka olib kelishi mumkin.
4- Sayohat qilishda davom etish kerak. O'tgan yili bir nechta davlatlarga sayohat qildim lekin har safar yangi madaniyat, til, muhitga borsam vaqt sekinlashganday tuyuladi. Sayohat odamni shukr qilishga va kamtarlikka o'rgatadi deb o'ylayman. Chunki odamlarning ehtiyojlari o'xshash: yaxshi yeyish, kiyinish, dam olish va hk. Ammo makon turli xil va imkoniyatlar notekis taqsimlangan. Sizdagi kundalik imkoniyatlar millionlagan odamlar uchun orzu ekanligini ko'rib pastga tushishni o'rganasiz.
Bu yil yuqorida sanalgan nuqtalar ustida shoshmasdan ishlash yili bo'ladi. Diqqatni jamlab ishlay/o'qiy olish vaqtini uzaytirish, sport uchun ko'proq vaqt sarflash, qisqa lekin ko'proq sayohatlar qilish.
Yana bir narsa, men kanalda ko'p post yozmayapman sababi:
a) yozganlarimga o'zim amal qilishim kerak. Masalan marafon vaqtimni 10 minutga kamaytirish 2 balki 3 oy tinimsiz shug'ullanish talab qiladi. Kamroq gapirib ko'proq ishlash men uchun va o'qiyotgan odam uchun ham foydali deb o'ylayman.
b) o'qigan odamni ma'lumot bilan band qilib tashamaslik. Shundoq ham ko'pchilik ekranga bog'lanib borayotgan bir vaqtda telefonga kelgan xabarnomalar (agar o'chirib qo'yilmagan bo'lsa tavsiya qilaman) kishilarni chalg'itadi, va domino kabi birisi orqasidan ikkinchisiga ulanib ketadi. Miyamiz bir ma'lumot ustida yaxshiroq ishlaydi.
Kopengagen, Daniya
01.01.2026

🤝5❤2🔥2👏2❤🔥1🕊1
Skandinaviyacha uyqu!
O’g’lim Daniyada tug’ilib katta bo’lyapti. Albatta buyerning havosi unga yoqadi. Uncha muncha sovuq ham u uchun normal bo’lib qolgan. Yanvarda tug’ilgan, chaqaloq vaqtida rosa qor yoqqan, sovuq edi, biz uni tashqariga aylantirardik. Ya’ni tug’ilganidan beri sovuq havoga moslashib kelyapti.
Bugun bizda 10sm qor bor, havo shamol hisobiga -7 daraja sovuq, har doimgiday tashqarida uxlatish ancha osonroq va foydali deb uni ostonada uxlatdik.
Bu skandinaviya davlatlari uchun odatiy xolga aylangan. Bolasini tashqarida uxlatib o’zi kofe ichib o’tirgan ota-onalarni ko’p uchratasiz. Bola toza havoda tiniqib chuqur va uzoq uxlaydi. Asosiysi bolani yaxshilab kiyintirish. Bu yerlarda bir maqol bor - yomon havo yo’q, yomon kiyinish bor.
Bizning madaniyatda ota-onalar bola kasal bo’ladi deb havfsirashadi. Aslida sovuq havo kasallik keltirishiga ilmiy asos yo’q. Har qanday havoda yashay oladigan viruslar bor. Mavsum kelsa baribr kasallik tarqaladi.
Kopengagen, Daniya
2026.01.04

👍8