Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
186 subscribers
1.13K photos
13 videos
5 files
522 links
Download Telegram
✔️ 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz - xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

🧠 Xotira kechasida kutubxonamiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati hamda insoniy fazilatlari bilan yorqin va o‘chmas iz qoldirgan ustoz va faxriy xodimlar yodga olindi.

Tadbir davomida kutubxonamizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan sobiq direktor Umarov Nabi G‘aniyevich, direktor o‘rinbosarlari Qodirov Baxtiyor hamda Keryanova Taisya Yakovlevna, bosh bibliograf Jo‘rayeva Sora opa haqida iliq xotiralar, ularning kutubxona rivoji yo‘lidagi xizmatlari ehtirom bilan tilga olindi.

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site  📱 Telegram  📒 Facebook  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🧑‍💻 Ko‘rgazmada olimning ilmiy faoliyati, zoologiya fanini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda boy ilmiy merosini yorituvchi kitoblar, maqolalar va bibliografik manbalar o‘rin olgan.

📝 Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda yosh avlodni buyuk olimning boy ilmiy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site  📱 Telegram  📒 Facebook  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 26-may kuni “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi.

🤔 Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, asarlar mualliflari hamda ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shuningdek, sohaga oid ilmiy maqolalar yuzasidan fikr almashilib, qiziqarli suhbat va mulohazalar bildirildi.

📚 Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida alohida ta’kidlandi. Xodimlar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan tavsiyalar berilib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasida taklif va muhokamalar olib borildi.

💬 “Kitobxonlik soati” barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, kitob mutolaasi insonning ma’naviy ozuqasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bunday tadbirlar kutubxona xodimlarining bilim va tafakkurini boyitish bilan birga, kitobxonlarga sifatli tavsiyalar berish hamda kitobga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site  📱 Telegram  📒 Facebook  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimoti

🧑‍💻 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi Sizni 2026-yil 4-iyun kuni soat 10:00 da professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Aziz Oppoqovich Toʻrayev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimotiga taklif etadi.

🧠 Tadbir davomida asarning yaratilish tarixi, unda yoritilgan tarixiy voqealar va Sharof Rashidov shaxsiyati hamda faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlar haqida so‘z yuritiladi.

Sizni ushbu ma’rifiy tadbirda kutib qolamiz!

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site  📱 Telegram  📒 Facebook  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Bugun joriy yilning 4-iyun kuni FA Fundamental kutubxonasida professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Aziz Oppoqovich Toʻrayev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🤔 Ushbu tadbirda “Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimoti boʻlib o‘tdi. Asarning yaratilish tarixi haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Mazkur kitob ustozning jurnalistlarga bergan ikki intervyusi asosida nashr etilgan bo‘lib, unda davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning hayoti hamda faoliyatiga oid muhim xotiralar o‘z aksini topgan.

📚Shuningdek, tadbir doirasida Aziz Oppoqovich Toʻrayevning hayot yo‘li va serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan “Umrning havasli yo‘llari” nomli to‘plamning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda ustozning hamkasblari, shogirdlari va izdoshlari so‘zga chiqib, uning ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohalaridagi ulkan xizmatlari, insoniy fazilatlari hamda yoshlarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi haqida samimiy fikr va xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

🧠 Aziz Oppoqovich Toʻrayevni tavallud ayyomi bilan qutlash uchun tadbirga bir qator taniqli san’at namoyandalari tashrif buyurdilar. Jumladan, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Milliy qoʻshiqchilik kafedrasi professori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Doʻstlik” ordeni sohibi Ahmadjon Dadayev hamda Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov oʻzlarining dilbar va ohangrabo qoʻshiqlari bilan yigʻilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

🌀 Tadbirda tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulov, “Turon” FA akademigi va Fundamental kutubxona direktori Zuhra Berdiyeva, Xayrulla Lutfullayev, Ahmadjon Dadayev, Mirpo‘latov Husan hamda Orolmirzo Safarov so‘zga chiqib, Aziz Oppoqovich Toʻrayevning ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy faoliyatini yuksak baholadilar. Ular ustozga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromlarini bildirib, uzoq umr, mustahkam sog‘liq va yangi ijodiy yutuqlar tiladilar.

Mazkur tadbir ustozning boy hayotiy tajribasi, fidokorona mehnati va ma’naviy merosini e’zozlashga bag‘ishlangan samimiy va unutilmas uchrashuv sifatida barchada yorqin taassurot qoldirdi!

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site  📱 Telegram  📒 Facebook  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM